Shaxsni shakllantirish va rivojlantirish metodlari


Bizning fikrimizcha, barkamol shaxs



Yüklə 85 Kb.
səhifə2/5
tarix28.11.2023
ölçüsü85 Kb.
#134157
1   2   3   4   5
6 SHAXSNI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH METODLARI

Bizning fikrimizcha, barkamol shaxs – bu aqlan va ruhan yetuk, yuksak iste’dod va salohiyatga ega bo‘ lgan, ma’naviy boy, axloqan pok, jismonan sog‘ lom, nafosatli, jamiyatda o‘ zligini tanigan, mustaqil fikrlaydigan, erkin, ijodkor, tashabbuskor, ishbilarmon, fidoiy shaxs.


2. Barkamol shaxsni shakllantirish mezonlari

Insonning barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun nasl-irsiyat (inson – biologik mavjudod sifatida), ijtimoiy muhit (ijtimoiy-iqtisodiy hayot) hamda maqsadga muvofiq tashkil etilgan tarbiya va uning faoliyati kabilar ta’sir etadi.


Shuning uchun ham pedagogik ta’lim jarayonida talaba-yoshlarning shaxs sifatida rivojlanishi, uning har tomonlama kamolga yetishi qonuniyatlari, shaxs kamolotiga ta’sir etuvchi omillar o‘ rganiladi.
Oliy pedagogik ta’limning asosiy maqsadi ham shaxsni aqliy, ma’naviy-axloqiy, estetik, jismoniy rivojlanishi, talabalar yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning ijodiy imkoniyatlarini har tomonlama ro‘ yobga chiqarish, insonparvarlik munosabatlarini shakllantirishdan iboratdir.
Tarbiya qonuniyatiga ko‘ ra shaxsning kamolga yetishi jamiyat rivojlanishidan orqada qolsa, ijtimoiy maqsadni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratilmagan bo‘ lsa, uni amalga oshirish qiyin.
Talabalarni barkamol shaxs sifatida shakllantirishda quyidagi talablarga rioya etish muhimdir:
- yoshlarning bilimlarni o‘ zlashtirishga bo‘ lgan qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish;
- ta’lim jarayonida talabalar faoliyatini pedagogik jihatdan to‘ g‘ ri tashkil etish;
- talaba-yoshlarning har biriga individual yoshdashish;
- pedagogik nazokatni shakllantirish;
- kasb-hunarga tayyorlash;
- noqulay vaziyatlardan to‘ g‘ ri yo‘ l topib chiqib keta olish qobiliyatiga ega bo‘ lishlariga erishish;
- ijtimoiy faollik, fuqarolik rolini shakllantirish va hokazolar.
Yuqoridagi talablarni amalga oshirishda barkamol shahsni shakllantirishga hizmat qiluvchi quyidagi mezonlar asos bo‘ lib xizmat qiladi.

Yüklə 85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə