Fozil odamlar shahri



Yüklə 65,96 Kb.
səhifə1/4
tarix29.11.2023
ölçüsü65,96 Kb.
#139412
  1   2   3   4
ABU NASIR FAROBIY33


ABU NASIR FAROBIYNING "FOZIL ODAMLAR SHAHRI" ASARI BUGUNGI KUN YOSHLARINING MA'NAVIYAT MAKTABI SIFATIDA MUNDARIJA
KIRISH
I BOB. AL – FOROBIYNING AXLOQIY TA’LIMOTI VA UNING ASARLARIDA AXLOQAN POK INSONNI TARBIYALASH MASALASI
1.1. Al – Forobiyning axloqiy ta’limotida barkamol inson timsoli.
1.2. Al – Forobiy asarlarida axloqan pok insonni tarbiyalash masalasi
II.BOB. ABU NASIR FAROBIYNING "FOZIL ODAMLAR SHAHRI" ASARINING O’ZIGA XOSLIGI VA MA’NAVIY AHAMIYATI
2.1. Abu Nasir Farobiyning "Fozil odamlar shahri" asarining o’ziga xosligi
2.2. Abu Nasir Farobiyning "Fozil odamlar shahri" asari ma’naviy ahamiyati
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Kirish.
Mamlakatimizda hozirgi kunda barcha sohalarda tubdan o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Buning asosiy sababi Respublikamiz Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning davlatimizda barcha sohalarni rivojlantirishga katta e‘tibor qaratmoqda. Bu e‘tiborning amaliy ahamiyatini sohalardagi o‘zgarishlar orqali ko‘rishimiz mumkin. Mana shu sohalardan biri ta‘lim yo‘nalishida ham Prezidentimiz tomonidan juda ko‘plab ishlar olib borilmoqda.
Bu islohotlarning ko‘rinishini quyidagi asoslarda uchratishimiz mumkin. 2022 -2026-yillarga mo’ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida, 2020-yil 23- sentyabrdagi yangi tahriridagi ,,Ta‘lim to‘g‘risida‖gi qonunda va boshqa qarorlarda o‘z aksini topgan. Ta‘lim to‘g‘risidagi qonunning 5-moddasida ta‘lim tashkilotlarida, innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va o‘quv dasturlarini innovatsion texnologiyalarini qo‘llagan holda amalga oshirish,ta‘lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflikni ta‘minlash haqidagi fikrlarni ta‘minlash haqidagi fikrlar berilgan.
Demak, mana shu qaror va qonunlar mazmunidan shuni tushunish mumkunki, yoshlarimizning ham ta‘limiy, ham ma‘naviy-axloqiy jihatdan yetuk bo‘lishlari muhim hisoblanadi. Ushbu qonunning 4 - moddasida quyidagi bandlari ham o‘quvchilarning ma‘naviy axloqiy jihatdan komil inson bo‘lib yetishishiga xizmat qiladigan
Bugungi kunda o‘quvchilarning ma‘naviy-axloqiy sifatlarini buyuk adib va allomalarimizning pedagogik qarashlarida, asarlarida va asarlaridagi ko‘rsatilgan namunalar orqali shakllantrishini muhim hisoblanadi. Jumladan, buyuk pedagog olimimiz Abu Nasr Farobiyning pedagogik qarashlarida va aynan ,,Fozil odamlar shahri‖ asarida bugungi yoshlarimizning axloqiy jihatdan yetuk bo‘lishiga doir yetakchi fikrlar berilgan. Farobiyning asarlari bugungi kun o‘quvchilarimizning axloqan tarbiyali va odobli bo‘lishida bir qancha fikrlar, hikmatli iboralar, sheriy matnlar, hikoyalar hamda ibratli hayotiy tajribalarga asoslangan matnlar berilgan. Ushbu fikrlarni tahlil etishimizdan oldin olimning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma‘lumotga ega bo‘lishimiz lozim.

Yüklə 65,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə