Fozil odamlar shahri


Al – Fororbiy merosining yosh avlodni axloqiy tarbiyalashda tutgan o’rni



Yüklə 65,96 Kb.
səhifə4/4
tarix29.11.2023
ölçüsü65,96 Kb.
#139412
1   2   3   4
ABU NASIR FAROBIY33

2.3. Al – Fororbiy merosining yosh avlodni axloqiy tarbiyalashda tutgan o’rni
Farzand tug’ilgan kunidan boshlab, oila muhitida yashaydi, oilaga xos
an’analar, qadriyatlar, urf – odatlar ta’siri ostida bola axloqi shakllanadi, eng
muhimi u oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi
va o’zlashtirib boradi.
Xalqimiz tarixiga nazar solsak, eng qimmatli an’analar: halollik,
rostgo’ylik, or – nomus, sharm – hayo, mehnatsevarlik, mehr – oqibat va
boshqa shu kabi yuksak insoniy fazilatlar, eng avvalo, oilada shakllana
boshlagan.
“Ota – onaning farzand oldidagi burchlari, o’zlarining oxiratini obod
etuvchi qarzlari bor – degan edilar. Prezidentimiz I. A. Karimov dinu –
diyonatli xonadon oqsoqollaridan so’rasangiz, ularni lo’nda qilib sanab
beradi: yaxshi nom qo’yish, yaxshi muallim qo’liga topshirish, savodini
chiqarish, ilmda, kasb – hunarli qilish, boshini ikki qilish, uyli – joyli qilish.
Bugun ana shunday olijanob an’analar qaytadan mustahkam qaror topishi va
rivojlanishi uchun istiqlol sharofati tufayli eng qulay muhit yaratildi”.
Davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan Mustaqil O’zbekistonni
rivojlantirishning ma’naviy – axloqiy negizlari:
- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
- xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
- insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
- vatanparvarlik kabilarga katta e’tibor berish ta’lim – tarbiya sohasida,
xususan ahloqiy tarbiyani takomillashtirish yo’lida juda muhim va zarur
ekanini alohida ta’kidlab o’tish lozim.
Umuminsoniy qadriyatlar asosida O’zbekiston yoshlari ma’naviy jihatdan kamolotga erishadilar va egallagan bilim va malakalarini o’z faoliyatlarida, jamiyatimiz taraqqiyoti yo’lida to’la namoyon etish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Albatta, bu ezgu vazifani ijobiy hal etishda xalqimiz ma’naviy merosining ahamiyati kattadir. Shu sababli ma’naviy merosimizni tiklash, o’rganish va hayotga tatbiq etishga alohida e’tibor berilmoqda.
Har bir insonning, ayniqsa, endigina hayotga qadam qo’yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish lozimki, ular o’rtaga qo’yilgan
maqsadlarga erishishning o’zlariga bog’liq ekanligini, bu narsa ularning
fidokorligi, g’ayrat – shijoati, sobitqadamligi va mehnatsevarligiga
bog’liqligini anglab yetishlari kerak. Bu esa davlatimiz va xalqimiz ravnaqi,
taraqqiyotining asosiy shartidir.
IX – X asrlarda yashagan mutafakkirlarning ilmiy va ma’naviy merosi
mana XXI asr bo’sag’asida ham barkamol, axloqiy pok insonlarni
tarbiyalashda o’z ahamiyatini hanuz yo’qotgani yo’q. Ularning merosi
nafaqat O’zbekistonda, balki butun dunyoda ardoqlanib, zo’r ehtirom bilan
o’rganilmoqda. Jumladan, Saudiya Arabistonida talabalar uchun
mo’ljallangan “Islom tarixi” kitobida o’rta asrlarda arab ilm – faniga hissa
qo’shgan olimlar qatorida Imom al – Buxoriy, Muhammad ibn Muso al –
Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi vatandoshlarimiz
nomlarining zikr etilishi, ular qoldirgan ma’naviy merosning naqadar
bebaholigidan darak beradi.
Al – Forobiy asarlarida aks etgan hadislarning aksariyatini umuminsoniy
qadriyat sifatida, ota – bobolarimizning urf – odatlari, nasihatlari tarzida
yosh avlodning tarbiyasida foydalanish mumkin. Xalqimizning asrlar
davomida shakllanib kelayotga va an’anaga aylana boshlagan – ajdodlarning
yutuqlari bilan g’ururlanish, kattalarga hurmat va ularning nasihatlariga amal
qilish odati tariqasida o’z samarasini berishi aniq.
Bu xususda “Islom axloqining ko’pgina tomonlari aqlga muvofiq
bo’lganligi uchun qadriyat hisoblanadi. Bu qadriyat islom dini doirasidan
chiqib, umumbashariy mazmunga egadir. Diniy manbalar diniy qadriyatlari
sifatida oilada bolalarni ma’naviy – ahloqiy tarbiyalashda muhim vosita
bo’lib xizmat qilib kelgan va bugungi kunda davlatning dinga munosabati
keskin o’zgargan bir sharoitda ularning qimmati va tarbiyaviy ta’siri yanada
ortib bormoqda”.
Sharq uyg’onish davri, ya’ni IX – XII asrlarda tarbiyaviy – axloqiy
qarashlarga islom ta’limotining umuminsoniy qadriyatlari va tamoyillari ham katta ta’sir ko’rsatadi. Bu borada pedagog olimlar quyidagicha oid qarashlarining asosi ham Qur’on va Hadis ta’limotiga asoslanadi. Chunki biz nazarda tutayotgan davrdan boshlab, savod o’rgatish Qur’on va Hadislarni o’rganish va ulardagi ko’rsatmalarni o’zlashtirish bilan birga olib borilgan.
Shunga ko’ra, Qur’on va Hadislardagi pand – nasihatlar ham olimlar, ham
adiblar, ijodiga ta’sir etgan. Hadislarda umuminsoniy fazilatlarga alohida urg’u berilgan. Ularda ilgari surilgan musulmonlarining muhim xislatlari: halollik, saxovat, himmat, mehr – oqibat, ehson, sharm – hayo, ilm izlash, muomala qoidalari, ahloq mezonlari va boshqalar o’z ifodasini topgan va
Sharq adabiyotiga, jumladan, ta’limiy – axloqiy asarlarga ta’sir qilgan. Hadislar ta’siri Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asaridan boshlanib Kaykovusning “Qobusnoma”, Ahmad Yugnakiyning “Hibatul - haqoyik”,
Sa’diyning “Guliston”, Jomiyning “Bahoriston”, Alisher Navoiyning
“Mahbubul - qulub” va boshqa asarlar negizida ko’rinadi. Ham g’oya, ham
mazmun, ham shakl buning dalilidir.
Ma’lumki, kelajak avlod haqidagi qayg’urish, sog’lom va axloqan barkamol naslni tarbiyalab yetishtirishga intilish o’zbek xalqining milliy xususiyati bo’lib, bu yurtda yashayotgan har bir inson o’z farzandining baxtini, fazlu kamolini ko’rish uchun butun umri davomida kurashadi, mehnat qiladi.
“Ko’p asrlik tarixiy tajriba shuni ko’rsatadiki, jamiyatimizning haqiqiy boyligi, bu inson – inson avlodidir – deb takidlagan edilar Prezidentimiz I. A. Karimov – kishilik jamiyati el – yurtga, Vatanga sadoqatli, iymon – e’tiqodi butun, mard va jasur, malakali, ma’naviyati yuksak va ahloqiy pok insonlar bilan faxrlanadi”.
Insonparvarlik – bu o’zbek xalqining ajralamas fazilatlaridir. Shu sababli
ham shafqatsizlik va zo’ravonlik o’zbeklar tabiatiga yod narsadir.
Yuqorida aytib o’tganimizdek, har bir insonning, shuningdek,
jamiyatimizning muqaddas vazifasi qobil farzandlar o’stirish ekan, ularni
ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan mukammal qilib tarbiyalash, ota –
onasiga, Vataniga sadoqatli kishi etib voyaga yetkazish lozim. Bu esa, o’z
navbatida, ma’naviyatimizni tiklash, mustahkamlash va yuksaltirish bilan
amalga oshadi.
Ma’naviyat – tarbiyaning eng ta’sirchan qurolidir. Shu bois bundan oqilona foydalanish, yosh avlodni vatanparvarlik, rostgo’ylik, halollikka o’rgatish kerak.
Prezidentimiz I. A. Karimov ma’naviyat va inson ahloqi haqida: “Aslini
olganda, ahloq – ma’naviyatning o’zagi. Inson axloqi shunchaki salom –
alik,xushmuomaladangina iborat emas. Axloq – bu avvalo insof va adolat
tuyg’usi, imon, halollik degani” deb teran va haqqoniy tushuncha berdilar.
Darhaqiqat, sog’lom avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazish davr talabidir.
Sog’lom inson deganda, faqat jismoniy sog’lomlik emas, balki sharqona
axloq – odob va umumbashariy g’oyalar ruhida kamol topgan inson
tushuniladi.
O’rta Osiyoning qadimiy tarixi va madaniyati, bunda yashab o’tgan Sharq mutafakkirlari va faylasuflarining jahon madaniyati taraqqiyotiga qo’shgan g’oya katta hissalari ham bu yerda yashayotgan odamlar turmushining barcha tomonlariga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatgan. O’tmishdagi alomalarning bebaho merosi qanchadan – qancha avlodning ma’naviy – ruhiy ongini va turmush tarzini shakllantirgan va shakllantirmoqda.
Bu ta’sir ko’proq ilmiy – falsafiy fikrlar bilan ifodalangan holda Abu Nasr al – Forobiyning insonparvarlikka oid asarlarida ham o’z aksini topgan. Olim ahloqiy xususiyatlar insonda faqat an’analar orqaligina emas, shuningdek, bilim va tarbiya orqali vujudga kelishini takidlaydi. Uning fikricha, ta’lim – tarbiya insonning tabiat hodisalaridan o’z maqsadlari uchun foydalana bilish va bu yo’lda boshqa kishilar bilan to’g’ri munosabatda bo’lishi, jamiyatning haqiqiy a’zosi bo’lib yetishuvi, uning ichki tartib – qoidalarini to’g’ri o’rganib jamiyat talablariga javob bera oladigan bo’lib yetishishi uchun zarurdir.
Mutafakkir insonning ma’naviy hayotida, asosan, uning ikki tomoniga:
aqli – ongiga va ahloqiga (xulq – atvoriga) e’tibor beradi. Shuning uchun ta’lim – tarbiya, uning fikricha, insonni aqliy tomondan ham, ahloqiy tomondan han yetuk mukammal kishi qilib yetishtirishga qaratilmog’i lozim, demak, ta’lim – tarbiyaning birdan – bir vazifasi jamiyat talablariga to’la – to’kis javob bera oladigan va uni bir butunlikda, tinchlikda, farovonlikda saqlab turish uchun xizmat qiladigan ideal inson tayyorlashdir.
Al – Forobiy ta’limotiga ko’ra, inson yakka o’zi kamolotga, baxt – saodatga erisha olmaydi, chunki u boshqalarning yordamiga, tayanchiga muhtojdir. Shuningdek, ta’lim – tarbiya biror maqsadga muvofiq olib borilishi lozimdir.
Al – Forobiy ta’lim – tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan olim sanaladi. Ta’lim – degan so’z insonga o’qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya – nazariy fazilatni, zarur bo’lgan xulq normalarni va amaliy malakalarni o’rgatish ekanini olim alohida ta’kidlab o’tadi. Al–Forobiyning fikricha, tarbiyani boshlashdan avval tarbiyalanuvchilarning shaxsiy xislatlarini o’rganish lozim. Zero, insonning xohishi, ixtiyori, irodasi, ijobiy sa salbiy jihatlarini, xislatlarini, nimaga qobiliyati borligini aniqlamay turib, kutilgan natijaga erishib bo’lmaydi.
Alloma o’zining “Baxt – saodatga erishuv to’g’risida” asarida bilimlarni
o’rganish tartibi haqida fikr bayon etgan. Uning ta’kidlashicha, avval bilish
zarur bo’lgan ilm o’rganiladi, bu olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni
o’rgangach, tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlarni o’rganish lozim. Undan so’ng,
umuman, jonli tabiat o’simliklar va hayvonlar haqidagi ilm o’rganilishi
darkor – deydi.
Al – Forobiy ta’limotida inson ta’lim yordamida barcha fanlarni puxta
o’zlashtirish bilan ma’naviy – ahloqiy fazilatlarga, odob me’yorlari va kasb
– hunarga oid malakalarga ega bo’lgan. U “ta’lim – tarbiyada rag’batlantirish, odatlantirish, majbur etish usullarini ilgari suradi”. Bu usullar esa, o’z navbatida, al – Forobiyning “fozil insonlar jamiyati”da axloqan pok, barkamol avlodni tarbiyasi uchun xizmat qilishi kerak edi.
Umuman olganda, al – Forobiyning fozil jamiyati, komil inson baxt – saodati, o’zaro yordam, dono boshliq, tenglik haqidagi fikrlari o’z davri uchun hayoliydir. Lekin insonni ma’naviy ozod etishga, uning imkoniyatlarini ochishga, insonparvarlik yo’nalishini asoslashga qaratilgan bu ta’limot ilg’or ijtimoiy tafakkur taraqqiyotiga buyuk hissa bo’lib qo’shildi va umumbashariy intilishlarni ifodaladi. “Uning ijtimoiy g’oyalari keyin davr mutafakkirlari: Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Ibn Rashid, Baxmanyor, Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Bedil, Iqbol, Ahmad Donish va boshqalar ijodida rivojlantiriladi”.
Darhaqiqat, IX – X asrdan keyingi davrlarda yashab o’tgan allomalar
ham inson axloqi, yoshlar tarbiyasi masalasiga doir ko’plab risolalar yozganlar. Bu xayrli ishga tasavvuf olamining gulshanlari Najmiddin Kubro, Farididdin Attor, Bahovuddin Naqshbandiy, Ahmad Yassaviy, Jaloliddin Rumiy, Abdurahmon Jomiy, Aziziddin Nasafiy, Alisher Navoiy kabilar katta hissa qo’shdilar. Ular ijodida al – Buxoriy, Ibn Sino, Abu Hamid G’azzoliy qarashlari yangi pog’onada rivojlantirildi. Masalan, Aziziddin Nasafiy o’zining “Zubdatul haqoyiq” (Haqiqatlar qaymog’i) risolasida insonning kamolot sari o’sishi jarayonlarini tahlil qilar ekan, bu ta’limotni zamon va davr nuqtai nazaridan kelib chiqib, o’z fikrlari bilan boyitdi. Nasafiy shu risolasida: “Kamida axloqiy xislatlar – da bezanmagan, o’zini tanimagan odamlar ko’p, ammo ular hali komil emas, deydi – inson hayvon turlaridan biridir, aynan hayvon ruhi tarbiya topib, ta’lim va tahsil ko’rib, bilish,
takrorlash, taqvo va zikr tufayli darajalar bo’ylab rivojlanadi va har bir
darajada – martabada yangi ismga molik bo’ladi”. Uning axloqiy go’zallik
haqidagi fikrlarida axloqiy yetuklikka oid hadislarning talqini aks etib tursa,
ta’lim – tarbiya, bilim to’g’risidagi qarashlari al – Forobiy g’oyalari bilan
hamohangdir.
Ko’p asrlar davomida xalqimizning og’zaki ijodi, urf – odat va
an’analari, islom ta’limotidagi umuminsoniy qadriyatlar hamda buyuk
mutafakkir ajdodlarimizning ilmiy qarashlari asosida shakllangan axloqiy
tarbiyaga oid ta’limotlar dastlab bu o’lkaning Chor Rossiyasi tomonidan
bosib olinishi, so’ngra esa oktyabr inqilobidan keyin ateizm siyosatini joriy
etilishi bilan o’z ahamiyatini yo’qota boshladi.
Natijada, ko’pchilik din – u, xurofot va bid’at nimaligini ajrata olmay
qoldi. Bu esa o’z navbatida, yoshlarning ongini zaharlash din niqobi ostida
turli g’arazlar va yovuz niyatlarni amalga oshirish uchun juda qo’l kelishi
mumkin. Buni Prezidentimiz I. A. Karimov ham o’z nutqlarida qayta – qayta
ta’kidlab: “Ular dunyoning turli mamlakatlaridagi yuzlab yosh yigit –
qizlarni irodasidan, ong – shuuridan mahrum qilib, zombi – ya’ni manqurtga
aylantirib qo’ygani ma’lum-ku?!” – deb xalqimizni ziyraklikka
chorlayotganlari bejiz emas.
Al – Buxoriy va al – Forobiyning axloqiy tarbiyaga oid ta’limotlariga
qiyosiy nazar tashlar ekanmiz, bu ikki alloma insoning ahloqiy tarbiyasi
masalasiga ikki xil yondashganlariga qaramay, ularning asl va yagona
maqsadlari barkamol, axloqan pok inson tarbiyasi masalasidir, aynan shu
jihatdan ularning axloqiy ta’limotlari o’zaro uyg’unlashib boradi.
Al – Buxoriy insonni axloqiy kamolotga erishmoqligi uchun halollik,
poklik, ota – onaga hurmat, yaxshilik, birodarlik, do’stlik, vafodorlik,
rostgo’ylik, hayo, muloyimlik, mehribonlik, saxovat, ilmlilik, sabr – qanoat,
muruvvat, ezgulik, adolatlilik, shirinsuxanlik, rahmdillik, ehson, hamjihatlik,
g’amxo’rlik, kechirimlilik, beozorlik kabi fazilatlarni ko’rsatgan bir vatda,
nafsni tiya olishlik, haqiqatparvarlik, olijanoblik, kamtarlik, adolatparvarlik,
qat’iyatlilik, donishmandlik, jasurlik, ijodkorlik oldidan ko’ra bilishlik,
notiqlik, har sohada mohirlik kabi sifatlar bilan inson axloqan barkamol
bo’lib, baxt – saodatga erishuvini ta’kidlaydi.
Al – Buxoriy o’z asarlarida insonning ma’naviy inqiroziga: o’zgalarni
haqorat qilish, hasad, hirsga berilish, manmanlik, g’amxo’rlik, ikkiyuzlamachilik, behayolik, tajovuzkorlik, isrofgarchilik, buzg’unchilik, jaholat, yolg’onchilik, g’iybat, buzuqlik, nohaqlik, adolatsizlik, xiyonat, tuhmat, adovat, zulm, harom ishlar, ota – onaga itoatsizlik, qotillik, iymonsizlik kabi illatlar sabab bo’lishi haqida ogohlantirgan bo’lsa, al –
Forobiy bunday illatlar qatoriga johillik, beqarorlik, benomuslik, zalolat,
razolat, obro’parastlik, amalparastlik, shahvatparastlik kabi sifatlarni kiritadi.
Al – Buxoriy va al – Forobiyning bu kabi illatlarning o’z asarlarida
ifodalashdan maqsadlari odamlarni, ayniqsa, yoshlarni ogoh etish,
saqlanishga da’vat etishdir.
Al – Buxoriy va al – Forobiy ta’limotlaridagi insonning axloqiy tarbiyasi muammosini ilmiy tahlil etib va olingan natijalarni umumlashtirib, shu
xulosaga keldik-ki, ular tomonidan ilgari surilgan qarashlar, g’oyalardan
ijodiy foydalangan holda, bugungi kunda yosh avlodning axloqiy kamolotini
ta’minlash hamda mustaqil O’zbekiston xalqining barkamol farzandlarini
tarbiyalash yo’lida o’sib kelayotgan avlodda quyidagicha fazilatni hosil
qilib, odat tusiga aylantirish lozim:
a) vatanparvarlik, xalqparvarlik, insonparvarlik, elga hurmat va sadoqat, xalq qayg’usi va quvonchiga hamdardlik, mehnatsevarlik, chin qo’shnichilik munosabatlari, mehmondo’stlik;
b) oilaga sadoqat, pok muhabbatni e’zozlash, diyonatli va vijdonli bo’lish, o’z or – nomusini saqlash, ichkilik va giyohvandlik kabi nomaqbul odatlardan saqlanish;
c) ajdodlarga hurmat – ehtirom, ularning merosini ardoqlash, asrab – avaylash, o’qib – o’rganish, o’git, pand – nasihatlariga amal qilish, ishlarini davom ettirishga intilish;
v) ota – onaga va ustozga katta hurmat, kattalarga, qariyalarga izzat, kichiklarga mehribonlik, yetim – yesirlarga, nogiron va muhtojlarga muruvvat, mehr va shafqat, ularga g’amxo’rlik;
g) tabiat va jamiyat boyliklariga ongni munosabatda bo’lish, ularni asrab – avaylash, tejab – tergash, jonli mavjudotlarga g’amxo’rlik, yaratuvchanlik,
bunyodkorlik, ijodkorlik;
d) adolatlilik, rostgo’ylik, haqiqatga intilish, o’z kasbini sevish, o’zgalar mehnatini hurmat qilish, kamtarlik, mardlik;
e) poklik, go’zallikni qadrlash, did va farosat bilan kiyinish, ortiqcha zeb
– ziynatga berilmaslik, til bilan dil birligi, shirinzabonlik va shirinxusanlik.

Xulosa
Jamiyat taraqqiyoti, uning yutuq va muammolari ko’p jihatdan inson


axloqiga bog’liqdir. Insonning ahloqiy imkoniyatlari jamiyat rivojiga ta’sir
etib, jamiyatning harakatlanuvchi kuchi bo’lib xizmat qiladi.
Jamiyatda inson ko’proq o’zining ikki qarama – qarshi tomonlari bilan
namoyon bo’lishi mumkin:
Birinchisi – ijobiy, ya’ni yaratuvchi, o’zgartiruvchi va ijodkor;
Ikkinchisi – salbiy, ya’ni buzuvchi, qo’poruvchi va boqimanda.
Amalda ijtimoiy hayot shuni ko’rsatadiki, insonda zarur ta’lim – tarbiya
yordamida birinchi sifatlar shakllansa, o’sha zarur ta’lim – tarbiya doirasidan
chetda qolganida unda ikkinchi sifatlar paydo bo’ladi.
Insonlar o’zilarining maqsadlariga, qarashlari, mavqelari, faoliyat darajalari bilan bir – birlaridan farq qiladilar. Bu xususiyatlarning bir qism tug’ma ravishda shakllangan bo’lsa, aksariyati ta’lim va tarbiya orqali hosil qilinadi. Shuning uchun, jamiyat rivojining har bir bosqichida, davlat siyosatida inson muammosi, uning axloqi alohida e’tibor kasb etadi.
Istiqlol tufayli, o’zbek xalqi o’zining mustaqil, suveren davlatiga ega bo’ldi. Barkamol sog’lom, axloqiy pok avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish orqali jahonning eng taraqqiy etgan davlatlari qatoriga chiqish maqsad qilib
belgilandi. Siyosiy, ijtimoiy – iqtisodiy sohalar qatorida ta’lim – tarbiya
sohasida ham islohotlar boshlab yuborildi. Jamiyatning barcha islohotlari
inson bilan bog’liq bo’lganligi uchun, uning axloqiga, tarbiyasiga alohida
e’tibor berila boshlandi.
Buning o’ziga xos ob’yektiv sabablarini nazariy tahlil qilish natijalari
shuni ko’rsatadi:
Birinchidan – jamiyatdagi ijobiy o’zgarishlarni amalga oshirish
bevosita insonga, uning tarbiyasiga, axloq – odobiga bog’liq ekani hisobga
olina boshlandi.
Ikkinchidan – insonning o’zini va jamiyatda tutgan o’rnini anglashi
uchun imkon yaratildi.
Uchinchidan – insonning tarbiyasini, axloqini yuqori saviyaga ko’tarmay turib, odil, demokratik, adolatli jamiyatini qurish mumkin emasligi aniq sezildi.
Olib borilgan ishimiz natijalari asosida quyidagi xulosalarni chiqarish
mumkin:
1. IX – X asrlarda O’rta Osiyo hududida ilm – fan, madaniyat rivoji uchun qulay sharoit yuzaga keldi. Bu sharoit mahalliy xalqlarning Arab xalifaligi qaramligidan ozod bo’lgani va shu bilan bir vaqtda xalifalik tarkibida mavjud bo’lgan madaniy, savdo – sotiq va boshqa aloqalarning saqlab qolgani, Somoniylar sulolasi tomonidan yagona davlatning barpo etilishi va ilm – fan tili sifatida keng qo’llanilishi, madrasa va maktablar sonining ko’payishi kabi omillar natijasida hosil bo’ldi;
2. Ahloqiy tarbiya masalasi juda qadim zamonlardan olimlarning tadqiqot markazida bo’lib kelgan. Bu xalq og’zaki ijodi namunalari, xalq pedagogikasi va mutafakkirlarning ma’naviy merosida yaqqol ko’rish mumkin. Ushbu meros IX – X asrlarda O’rta Osiyoda yaratilgan axloqiy ta’limotlarda ham o’z aksini topdi va mutafakkirlari tomonidan o’z zamonasi talablari asosida rivojlantirildi;
3. Islom ta’limotida umuminsoniy qadriyatlar IX – X asrlarda nafaqat O’rta Osiyoda, balki butun musulmon sharqida yangi axloqiy munosabatlarni shakllantiruvchi vosita bo’lib xizmat qildi. Bu ta’limotga ko’ra inson eng mukarram va go’zal shaklda yaratilgandir hamda butun insoniyat o’zaro birodardirlar, ya’ni bir ota – onadan tarqalganalar. Shu sababdan ular ahil va hamjihatlikda yashamoqliklari, doimo savobli, ezgu va xayrli amallar qilishlari lozim;
4. Abu Nasr al – Forobiy merosini tahlil qilar ekanmiz, u Yaqin va O’rta Sharqda ijtimoiy – siyosiy fanlar asoschisi sifatida inson axloqi va kamoloti ustida katta ish olib borganining guvohi bo’lamiz. U inson axloqining shakllanishi masalasini har tomonlama o’rganib chiqdi va axloqiy barkamollikka erishish shartlarini ishlab chiqdi. Al – Forobiy ta’limoti bo’yicha inson tabiatan fozil va fosiq bo’lib yaratilmaydi, balki shu xislatlarga yaqinroq, moyilroq bo’lishi mumkin. Shuning uchun pedagoglarning asosiy vazifasi – insonda axloqiy yuksak va insoniy
fazilatlarni mustahkam hosil qilishi hamda ularni odat tusiga aylantirishdan
iborat.
Yuqorida aytilgan so’zlardan kelib chiqib, shuni ta’kidlash lozimki, yosh
avlodni axloqan barkamol etib tarbiyalashda bir qator tadbirlarni amalga
oshirish kerak bo’ladi:
a) Mustaqil O’zbekiston davlatning taraqqiyoti axloqan pok va barkamol avlod qiladi ekanini yoshlarga yanada mukammalroq yetkazish va tushuntirish ishlarini olib borish. Ta’lim – tarbiya jarayonida yosh avlodning axloqiy jihatlariga yanada ko’proq e’tibor berish;
b) Ta’lim – tarbiya ishlarida yosh avlodni Vatan mustaqilligi va uni mustahkamlash, do’stlik, hamjihatlik, halollik, o’zaro mehr – muhabbat kabi
ezgu maqsad asosida voyaga yetkazish;
v) O’zbekistonda yangi jamiyatni barpo etishdagi vazifalarni hal etishda inson uning faol sub’yektidir. Uni amalga oshirishda bir emas, balki hamda ta’lim – tarbiya tizimlarining ishini o’zaro uyg’unlashtirish va muvofiqlashtirish;
g) Doimo yoshlar bilan muayyan mavzularda suhbatlar olib borish, zarur bo’lgan taqdirda bu suhbatalarni individual tarzda o’tkazish lozim.
Shuningdek, maxsus tarbiya soatlari tashkil qilish, ota – onalar, jamoat
tashkilotlari, diniy tashkilotlar hamda haquq – tartibot idoralari hodimlari
ishtirokida axloqiy – tarbiyaviy ishlarni keng yo’lga qo’yish kerak. Sinfdan
tashqari mashg’ulotlar tarzida xalqimizning o’tmishidagi va hozirgi
mahorati, iste’dodi va yutuqlarini aks ettiruvchi joylarga ziyoratlar
uyushtirish kabi ishlarni amalga oshirish lozimdir.

Adabiyotlar ro’yxati


1. Karimov I. A. “Ijobiy ishlarimizni oxiriga yetkazaylik”. – T.: O’zbekiston,
1994 – 9b.
2. Karimov I. A. “O’zbekiston, milliy, istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura”.
T.1. – T: O’zbekiston, 1996. – 34b.
3. Karimov I. A. “Bizdan ozod va obod Vatan qolsin”. T.2. – T.:
O’zbekiston, 1996. – 207b.
4. Karimov I. A. “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir”. T. 3. – T.:
O’zbekiston, 1996. – 39b.
5. Karimov I. A. “Bunyodkorlik yo’lidan”. T.4. – T.: O’zbekiston, 1996. –
348b.
6. Karimov I. A. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”. T.: Sharq, 1998. - №5.
7. Karimov I. A. “O’zbekiston buyuk kelajak sari”. T.: O’zbeksiton, 1998. –
686b.
8. Karimov I. A.” Adolatli jamiyat sari”. T.: O’zbekiston, 1998. – 160b.
9. Karimov I. A. “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard
maqsadimiz”. Xalq so’zi. 2000. – 23 yanvar.
10. Prezident Islom Karimovning Imom al – Buxoriy yodgorlik majmuining
ochilishiga bag’ishlangan marosimda so’zlangan nutqi. Xalq so’zi. 1997. –
24 oktyabr.
11. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni. Ma’rifat –
1997 – 1 oktyabr.
12.O’zbekiston Respublikasi “Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi”.
Turkiston gazetasi. 1997. – 30 avgust.
13. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida” O’zbekiston
Respublikasining qonuni (yangi tahiri). Xalq so’zi. 1998. – 25 may.
45
14. Abdurahmonov A. “Axloqiy tarbiya va milliy qadriyatlarimiz”. Sharq
yulduzi. 1991. №3. – B. 164 – 167.
15. Abu Nasr Forobiy. Risolalar. – T.: Fan, 1975. – 23 – 24b.
16. Abu Nasr Forobiy. “Fozil odamlar shahri”. T.: Meros, 1993. – 51b.
17. Azimov A. Islom va hozirgi zamon. T.: O’zbekiston, 1991. – 13b.
18. Al – Farabi. Sotsiaolni – eticheskiye trakti. Alma – ata: Nauka, 1973. –
C. 111,174, 229.
19. Al – Farabi. Filosofskiye tarakti. Alma – ata: Nauka, 1970. – 107c.
20. An – Narshaxiy Abu Bakr. “Buxoro tarixi”. T.: Meros, 1991. – 102 –
146b.
21. Buyuk siymolar, allomalar. 1 – kitob. F. 1995. – 28b.
22. Djaxid A.M. Abu Nasr al’ – Farabi o gosudarstve. Dushanbe. Nauka.
1966. – 61c.
23. “Dinshunoslik asoslari”. (A.A. Abdusamedov tahririda) T.: O’qituvchi.
1995. – 15b.
24. Inomova M. “Oilada bolalarni ma’naviy, axloqiy tarbiyalashda milliy
qadriyatlar”. T.: Fan. 1995. – 226b.
25. Inomova M.O. “Oilada bolalarni ma’naviy – axloqiy tarbiyalashda milliy
qadriyatlardan foydalanishning pedagogik asoslari” (Mustaqil hayot
bo’sag’asidagi yoshlar). Pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olish
uchun taqdim etilgan dissertatsiya. Toshkent. 1998. – 91 – 102b.
26. Komil inson haqida to’rt risola. T.: Ma’naviyat. 1997. – 148, 152b.
27. Komilov Najmiddin. Tasavvuf. 1 – t. – T.: Yozuvchi. 1996. – 153b.
28. Makovelskiy A.O. Avesto. Baku. 1960. – 18c.
29. Tilegenov A.T. Xalq dostonlari vositasida o’smirlarni ma’naviy –
ahloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash (“Alpomish” dostoni misolida).
46
Pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan
dissertatsiya. Toshkent. 1998.
30. Uvatov U. “Donolardan saboqlar”. T.: Meros. 1994. – 5b.

Taqriz
O’zbekiston o’z mustaqillikgini ko’ra kirishini bilan ijtimoiy va iqtisodiy o’zgarishlar qatorida xalqimiz uchun milliy qadriyatlar, urf – odatlar va an’analarni o’rganish hamda tiklash borasida keng imkoniyatlar
ochib berildi.
Xalqimiz o’ziga xos taraqqiyot yo’lini tanlab barcha sohalarda dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari darajasiga yetib olishdek ezgu maqsad sari intilmoqda. Uni amalga oshirish uchun yuksak malakali, axloqan barkamol mutaxasislar kerak.
Shu jihatdan, aqlan yetuk, axloqan pok va jismonan baquvvat insonlarni
tarbiyalash masalasi davlatimiz oldida turgan muhim vaziafalaridan biri sanaladi.
Bu borada ajdodlarimizning boy ma’naviy axloqiy merosining ahamiyati beqiyosdir. Darhaqiqat, buyuk siymolar bo’lmish ota – bobolarimiz qoldirgan ma’naviy merosni ta’lim – tarbiya sohasida tatbiq etish jamiyatimizning axloqan barkamol a’zolarini shakllanishida samarali vositadir.
Xamidillayeva Mahbubabonu tamonidan yozilgan ushbu kurs ishi ikki
bob, olti paragraf, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Ishning birinchi bobi ; O’rta asrlardagi axloqiy tarbiyaga oid ta’limotlarning manbalari va Al – Forobiyning ilmiy merosi. IX – X asrlarda O’rta Osiyodagi ijtimoiy - siyosiy ahvol, ilm – fan rivoji va ta’lim – tarbiya. O’rta asrlardagi axloqiy tarbiyaga oid ta’limotlarning manbalar. Al – Fororbiyning hayoti, faoliyati hamda ilmiy merosi yoritilgan.
Ishning ikkinchi bobida ; Al – Forobiyning axloqiy ta’limoti va uning asarlarida axloqan pok insonni tarbiyalash masalasi .Al – Forobiyning axloqiy ta’limotida barkamol inson timsoli. Al – Forobiy asarlarida axloqan pok insonni tarbiyalash masalasi Al – Fororbiy merosining yosh avlodni axloqiy tarbiyalashda tutgan o’rni haqida yoritilgan.
Umuman olganda mazkur malakaviy bitiruv ishi mavzuga mos ravishda
mazmunli qilib yoritilgan.
Ishni himoyaga tavsiya etaman.


Yüklə 65,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə