Fozil odamlar shahri


Al – Forobiy asarlarida axloqan pok insonni tarbiyalash masalasi



Yüklə 65,96 Kb.
səhifə3/4
tarix29.11.2023
ölçüsü65,96 Kb.
#139412
1   2   3   4
ABU NASIR FAROBIY33

2.2. Al – Forobiy asarlarida axloqan pok insonni tarbiyalash masalasi
Muhammad al – Buxoriy qoldirgan ilmiy asarlar ichida eng kattasi va
mashhur butun dunyo musulmonlarning muqaddas kitoblaridan biri hisoblanmish – “al – Jomi’ as - Sahih” (Ishonarli to’plam)dir. Mustaqillik sharofati bilan so’nggi yillarda bu asar o’zbek tiliga to’la tarjima qilindi va xalqimizga taqdim etildi. Ayniqsa Abdulg’ani Abdulloh tomonidan bajarilgan “Hadis” – “Al – Jomi’ as - Sahih” to’plamining hamda
Shamsuddin Boboxonov tomonidan bajarilgan “al – adab al - mudraf” –
“adab durdonlari” asarning tarjimasi o’z saviyasi va badiiy qiymati bilan
boshqalaridan ajralib turadi. Chunki tarjimonlar bu asarlarni tarjima qilibgina qolmay, ularni sharhlab ham berganlar. Ushbu asarlar bilan yaqindan tanishar ekanmiz, ular juda mukammal, puxta, ommabop va keng qamrovli ekanlgining guvohi bo’lamiz. Al – Buxoriynig ahloqiy tarbiya haqidagi g’oyalari, qarashlari aynan shu “Al – Jomi’ as - Sahih” va “Al – adab al - mudraf” asarlarida o’z ifodasini topgan.
Sharq, xususan o’zbeklarning milliy tarbiyasi falsafiy, metodologik asoslarini sharq falsafiy fikri dunyoni idrok qilishning sharqona “ruhi”,
uslubi mavjudligini tushunmasdan aniqlab bo’lmaydi. Dunyoni idrok
qilishning sharqona tarzi mavjudligidan kelib chiqish yaqin yillargacha
ijtimoiy fanlarda yetakchilik qilib kelgan biryoqlamalik – yevrotsentrizm
oqimiga barham beradi. G’arb kishisining ongidagi antipersonalistik qarash
esa Islomning bevosita ta’sirida yuzaga keladi. Ana shuning uchun ham
ovrupalik shaxs mohiyatini xristianlik (Xristian dini Ovrupaning
o’qituvchisidir, N. S. Trubetskoy), Sharq mohiyatini islom dininig ahloqiy
qarashlarisiz tadqiqot qilish yangilash xulosalarga olib keladi.
Din haqida so’z yuritar ekan, pedagogika fanlari doktori
M.Quronovning: “Din – dunyoqarashni tashkil qiluvchi ongining tarkibiy
qismidir. Dinda inson, uning mohiyati, milliyligi haqida mulohazalarning
ulkan, yaxlit tajribasi mavjud. Uning vazifasi e’tiqod orqali inson, jamiyat
ruhiyatini uyg’unlashtirish, tarbiyalashdir. Ana shu nuqtai nazardan har bir
din – o’zi asoslangan ma’naviy ta’lim va ahloqiy tarbiya tizimidir” – degan
fikrlari e’tiborga loyiqdir.
Imom al – Buxoriyning ilmiy – pedagogik merosi bilan yaqindan
tanishar ekanmiz, insonning ahloqiy tarbiyasiga bog’liq bo’lgan, uning xulq
– atvorining shakllanishida muhim o’rin egallovchi 3 ta asosiy va keng
qamrovli tushunchalarga duch kelamiz. Bular quyidagicha chizmada aks
etgan:

Iymon – har bir musulmon uchun asosiy shart hisoblanadi, ya’ni musulmon bo’lish uchun inson balog’atga yetgach, o’z ixtiyori bilan “Olloxdan o’zga iloh yo’q, Muhammad uning bandasi va payg’ambari ekaniga shahodat beraman” – degan iborani tilida aytib, dili bilan tasdiqlash talab qilinadi. “Iymon so’zda ham, amalda ham bo’lmog’i kerak. Iymon kuchaygaydir va susaygaydir”. Buni iymonning kuchayishi yoki susayishidagi tarbiyaning roliga ishora sifatida tushunish mumkin.
“Iymon” so’zi arabcha “ishonch, e’tiqod” ma’nolarini anglatadi. Iymon
tor ma’noda Alloxga, uning bor ekanligiga ishonmoqlikni bildirsa, keng
ma’noda inson barcha amallari uchun mas’ul ekani, yaxshilik uchun mukofot, yomonlik uchun jazo olishi muqarrarligiga ishonishlikni ifodalaydi. Ollohga iymon keltirish haqida gap ketganda, uning barcha sifatlarini yoki ismlarini e’tirof etgan holda, ishonmoqlik lozimligi uqtirib o’tiladi.
Ibodat al – Buxoriy asarlarida inson axloqiga ta’sir etuvchi ikkinchi vositadir, deb aytish mumkin. Ibodat deganda faqatgina namoz o’qish, ro’za
tutish, zakot berish va haj amallarini bajarishgina tushunilmaydi, balki sabr –
toqatli bo’lish, nafsni tiyish, tozalikka rioya qilish va yomon illatlardan
saqlanish nazarda tutiladi. Al – Buxoriy “Al – Jomi’ as - Sahih” asarlarida
quyidagi hadislarni keltirgan:
Muhammad alayhissalom odamlarga: “Birortangiz uyingizning oldidan
oqib o’tayotgan daryo (yoki soyda) har kuni besh mahal yuvinsangiz,
badanimda kir qolmish, deb aytasizlarmi?” – dedilar.
Odamlar: “Sira ham kir qolmagay” – deyishdi. Janob Rasululloh: “Besh
vaqt namoz ham shunga o’xshash bo’lib, Olloh taolo tufayli gunohlarni kechirgaydir. Kimki namoz o’qigay, Rabbiga murojaat etgaydir” – dedilar.
“Ro’za (tutmoqlik) do’zax o’tidan asrovchi vositadir! Binobarin, ro’za
tutgan kishi haqorat so’zlarini tilga olmasin, so’zlashganda baqirmasin,
birovni masxara qilmasin”. “Zakot ortiqcha mol – dunyoni halollash uchun
beriladigan haqdir”. “Kimki yomon so’zlamay va yomonlik qilmay Olloh
taolo yo’lida haj qilsa – dedilar Muhammad alayhissalom, - onasidan bugun
tug’ilganidek gunohlaridan pok bo’lib qaytgaydir”.
Amal tushunchasi iymon va ibodat kabi tushunchalardan farq qilib,
ko’proq insonning irodasiga, xohishiga bog’liqdir. Masalan, inson bir
kishiga yordam berishi, bermasilig yoki aksincha yomonlik qilishi mumkin.
Yosh avlodning axloqiy tarbiyasida ana shu amal tushunchasining ahamiyati
kattadir. Al – Buxoriy asarlarida ta’kidlanishicha, inson qilgan amali tufayli
kamolotga yoki inqirozga boradi.
Islom ta’limotida ham boshqa e’tiqodlardagi singari inson uchun
mumkin bo’lgan va mumkin bo’lmagan narsa, hodisa va tushunchalar
mavjud. Bu “halol” yoki “harom” atamalari bilan izohlanadi. Al – Buxoriy
asarlarida amal tushunchasini to’liq izohlash uchun ana shu o’zaro qarama –
qarshi bo’lgan “halol” va “harom” narsa, hodisa va tushunchalar xizmat
qiladi. Alloma o’z davrining ijtimoiy qarashlariga tayangan holda amallar
ham halol, yaxshi, ijobiy va harom, yomon, salbiy bo’lishi mumkinligini o’z
asarlarida ko’rsatib o’tadi. Sahobalar rivoyat qilishlaricha, “Muhammad
alayhissalom xayrli ishda kuchli shamoldan ham tez eldilar”. “Al – Jomi’ as
- Sahih”da keltirgan bu hadis orqali axloqiy jihatalar bilan inson amali
o’zaro uzviy bog’liq ekanini ko’rish mumkin.
Alloma yaxshi amallarni har kishi o’zida, oilasidan va qarindosh –
urug’laridan so’ngra esa qo’ni – qo’shnisidan boshlashi lozimligini uqtirib
o’tadi. Shu sababli “Qo’lidan va tilidan o’zgalar ozor topmagan kishi
musulmonlarning afzali” – degan hadisni al – Buxoriy “Al – Jomi’ as Sahih” asarining birinchi bobiga kiritadi. Bu albatta bejiz emas, chunki
insonlar o’rtasidagi munosabatalarda qo’l bilan til a’zolari asosiy vazifalarni
bajaradi.
Oila muqaddasdir. Bu borada al – Buxoriyning “Al – Jomi’ as Sahih”ida: “O’zingizni hamda oilangizni do’zax o’tidan saqlangizlar… Er
o’z oilasiga homiy va mas’uldir, xotin erining uyiga homiy va mas’uldir” –
deyilsa, boshqa bir hadisda: “Agar biror musulmon o’z oilasiga xarj (xarajat)
qilsa, sadaqa savobini oldim, deb hisoblayversin” – degan Rasulullohning
so’zlari aks etadi.
Yaxshilik va ezgulik inson axloqining asosi bo’lishi kerak. Shu sababli
al – Buxoriy Qur’ondagi quyidagi oyatni o’z to’plamida bayon qiladi:
“Yaxshilikka ko’mak bergan kishi yaxshi nasiba olg’usidir, yomonlikka
ko’mak bergan kishi yomon nasiba olg’usidir! Olloh hamma narsaga
qodirdir!”.
Al – Buxoriy barcha insonlar bir – birlari bilan aka – uka, opa – singil va
birodar ekanini alohida qayd etgan. Shuning uchun ular o’zaro
hamjihatlikda, bir – birlarini qo’llab – quvvatlab yashamoqlari lozim. Buni u
Muhammad alayhissalomning: “Badgumon bo’lmanglar, badgumonlik eng
yomon ishdir”. Gap poylamanglar, tirnoq ostidan kir qidirmanglar, bir –
biringiz bilan bahslashmanglar, bir – biringizga hasad qilmanglar, aka – uka
tutinib, Ollohning (solih) bandalari bo’linglar!” – degan so’zlari bilan
asoslaydi va tinch – totuv yashash, ahillik har bir oqil insonning asosiy
vazifasi ekanini uqtirib o’tadi.
Al – Buxoriy o’z asarlarida insonni axloqiy yuksaklikka ko’taruvchi
sifatalar bilan bir qatorda, u saqlanishi lozim bo’lgan jirkanch, yomon, past,
buzuq sifatlar haqida ham so’z boradi va bu kabi illatlar qattiq qoralanadi.



Yüklə 65,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə