Mundarija: Kirish



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix26.10.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#131527
  1   2   3   4   5   6   7   8
Turon bank Shax



MUNDARIJA: 
Kirish 
1.
―Turon Bank‖ ning tashkiliy tuzilishi; 
2.
―Turon bank‖ ning asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichi; 
3.
―Turon Bank‖ buxgalteriya bo‘limining tarkibi va tuzilishi
4.
―Turon Bank‖ ning chakana xizmatlari. 
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



Kirish 
So‗nggi yillarda O‗zbekiston Respublikasida bank tizimini takomillashtirish 
bo‗yicha olib borilayotgan islohotlarning dastlabki natijalari bank faoliyatining 
fundamental asoslarini shakllantirish va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar 
o‗rtasida ma‘lum uzilishlar mavjudligidan dalolat bermoqda. Mazkur holat birinchi 
navbatda, bank tizimining yaqin va uzoq istiqboldagi holatini belgilab beruvchi 
strategik rivojlanish dasturlari va yo‗nalishlariga ta‘alluqlidir. Xususan, O‗zbekiston 
Respublikasini 2017–2021 yillarda yanada rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar 
strategiyasida. 
―Bank faoliyatini tartibga soluvchi zamonaviy tamoyil va mexanizmlarni joriy 
etish, ularning samarali faoliyat ko‗rsatishiga yo‗l qo‗ymayotgan to‗siqlarni bartaraf 
etish yo‗nalishida 2018-2019 yillarga mo‗ljallangan bank faoliyatini yanada 
takomillashtirish bo‗yicha chora-tadbirlar, shu jumladan bank nazorati bo‗yicha Bazel 
qo‗mitasining talablariga asosan, tijorat banklarining mablag‗lari etarliligi va 
likvidliligi darajasi ko‗rsatkichini qo‗llab-quvvatlash‖ zarurligi qayd etilgan. Bu bilan 
2019 yilning yakunigacha bank nazorati bo‗yicha xalqaro Bazel – 3 kelishuvi 
talablarining bank faoliyatiga joriy etish jarayonlari yakunlanishi nazarda tutilmoqda. 
Tijorat banklari iqtisodiyotning ―qon tomir tizimi‖ bo‗lib, aholi va biznesning 
to‗planib qolgan jamg‗armalarini taqsimlash orqali iqtisodiyotni zarur moliyaviy 
resurslar bilan ta‘minlaydi. Bu vositachilik iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun 
zarur bo‗lgan ―yoqilg‗i‖ bilan ta‘minlaydigan omilidir. 


Vositachi sifatida tijorat banklari pul mablag‗laridan foydalanganligi uchun foiz 
to‗lash sharti bilan omonatlarni jalb qiladilar va ularni aholi va tadbirkorlarga kreditlar 
va investitsiyalar shaklida foiz evaziga taqdim etadilar. 
Shuningdek, tijorat banklari xorijiy valyutani naqd va naqd pulsiz shakllarda sotib 
olish va sotish, bank konsalting va informatsion xizmatlar, hujjatlarni va boshqa 
qimmatbaho narsalar va hokazolarni saqlash uchun seyf va yacheykalarni ijaraga 
berish bilan bog‗liq xizmatlar ko‗rsatadi. 
Tijorat banklarining xizmatlar turi: 
Jismoniy shaxslarga: 

Pul o‘tkazmalari 

Omonatlar 

Bank kartalari 

Kredit mahsulotlari 

Konversion amaliyotlari 

Mobil banking 

Individual seyf va kassa xizmatlari 

To‘lovlarni qabul qilish 

Kommunal to‘lovlarni amalga oshirish 

Jamg‘arma sertifikatlari 

Mol-mulikni ishonchli boshqarish 
Yuridik shaxslarga: 

Pul o‘tkazmalari 



Depozitlar 

Bank kartalari 

Kredit mahsulotlari,shu jumladan xorijiy valyutada 

Lizing 

Konversion amaliyotlari 

Internet-banking 

Individual seyf va yacheykalari 

Hisob-kitob va kassa xizmatlari 

Xorijiy kredit liniyalari 

Loyihalarn moliyalashtirish 

Sug‘urta tashkilotlari nomidan sug‘urta shartnomasini tuzish 

Omonat sertifikatlari 

Mol-mulkni ishonchli boshqarish 
O‗zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan bank bu – tijorat muassasasi bo‗lib, 
jismoniy va huquqiy shaxslarning bo‗sh turgan pul mablag‗larini jalb qilish va ularni 
o‗z nomidan, to‗lov, muddat-lilik, qaytib berish sharti asosida joylashtirish 
operatsiyalarini va boshqa bank operatsiyalarini bajaradi. 
Ba‘zi adabiyotlarda bank korxona sifatida ham izohlanadi. Ma‘lumki, bank yaxlit 
olingan korxona sifatida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirmaydi. Tijorat 
banklarining faoliyatini korxona faoliyatiga jihatidan o‗xshatish mumkinki, tijorat 
bank-lari ham korxonalar singari faoliyatini o‗z daromadini ko‗pay-tirishga va shu 


asosda birinchidan o‗z asoschilari - aksionerlarining manfaatlarini, ikkinchidan o‗z 
mijozlarining manfaatlarini himoya qilishni ta‘minlashi. 
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta‘biri bilan aytganda: ―Mamlakatimiz bank tizimi va 
bozor infratuzilmasining boshqa organlari faoliyati samaradorligini oshirish ham 
dolzarb masala bo‗lib qolmoqda. Afsuski, hozirgi kunda ularning faoliyati bugungi 
hayot va iqtisodiy islohotlar talablaridan ancha ortda qolmoqda‖. Mamlakatimizda 
iqtisodiyotning kreditlar bilan ta‘minlanganligi, yani iqtisodiyotga yo‗naltirilgan bank 
kreditlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi Jahon banki tavsiya etgan eng kam 
me‘yor – 60% dan ancha pastligi, (2016 yilgacha 26% dan oshmagan 2017-yilda esa 
amalga oshirilgan devalvatsiya natijasida xorijiy valutada berilgan kreditlarning 
so‗mdagi qiymati 2 barobar ortishi natijasida 44% ga ko‗tarildi), tijorat 
banklarimizning zamonaviy kreditlash shakllari: forfeyting, faktoring, kontokorrent, 
overdraft, kredit kartalari orqali kreditlash, kabilardan foydalanish amaliyotining 
rivojlanmaganligi kabi holatlar bank tizimimizning ojiz nuqtalaridir. Aynan mana shu 
holatlar malakaviy amaliyot hisoboti mavzusining dolzarbligidan dalolat beradi. 
Bank tizimiga zamonaviy servis yechimlari asosida axborot texnologiyalarini, 
moliyaviy texnologiyalarni keng joriy etish, axborot xavfsizligini lozim darajada 
ta‟minlash, shuningdek, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda inson omili ta‟sirini 
kamaytirish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rish talab etilmoqda.
Banklarning investitsiyaviy jozibadorligini, bank xizmatlari ommabopligi va sifatini 
oshirish uchun bank sektorini tubdan transformatsiya qilish maqsadida O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi ―2020-2025 yillarga mo‘ljallangan 


O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida‖ PF-
5992-son Farmoni qabul qilindi.
Moliya-bank tizimining barqaror rivojlanishini ta‟minlash asosan milliy ta‘lim tizimini 
mustahkamlash, uni zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari 
darajasiga chiqarishga katta ahamiyat berib kelinmoqda.
Mazkur malakaviy amaliyoti dasturi ―Bank ishi va auditi‖ bakalavriat ta‘lim yo‘nalishi 
talabalari uchun tayyorlangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim 
to‘g‘risida‖ gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim 
vazirligining 1998-yil 30-oktyabrdagi 305-sonli buyrug‘I bilan tasdiqlangan 
―O‘zbekiston Respublikasi oliy ta‘lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti 
haqida‖gi Nizom talablari asosida ishlab chiqilgan. Shuningdek, amaliyot dasturi 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi ―Oliy ma‘lumotli 
mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining 
ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi PQ-3151-sonli Qarorida 
belgilangan vazifalar ijrosini ta‘minlashga qaratilgan. 



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə