Geologiya va informatsion tizimlar



Yüklə 4,08 Mb.
səhifə1/8
tarix23.05.2023
ölçüsü4,08 Mb.
#112443
  1   2   3   4   5   6   7   8
18-Экзоген жараёнлар геокимёси.


MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI “GEOLOGIYA VA INFORMATSION TIZIMLAR” FAKULTETI “GEOKIMYO VA MINERALOGIYA” KAFEDRASI
Mavzu: Ekzogen jarayonlar geokimyosi
O’qituvchi: P.N.Ziyayeva

Geokimyoviy jarayonlar- tog` jinslari, minerallar, shuningdek ularni hosil qilgan eritma va qorishmalarning kimyoviy tarkibini o`zgarish jarayonlari.

Geokimyoviy jarayonlar- tog` jinslari, minerallar, shuningdek ularni hosil qilgan eritma va qorishmalarning kimyoviy tarkibini o`zgarish jarayonlari.

Geokimyoviy jaryonlar natijasida kimyoviy elementlar migratsiyasi (ba`zilarning yo`qolishi,boshqalarning kelib qolishi va kontsentratsiyalanishi), ularning valentlik nisbatini o`zgarishi sodir bo`ladi.

Ekzogen jarayonlar Yerning yuza qismida kislorod ishtirokida sodir bo`ladi va tog` jinslari, ulardagi minerallarning nurashini o`z ichiga oladi.

Ekzogen jarayonlar Yerning yuza qismida kislorod ishtirokida sodir bo`ladi va tog` jinslari, ulardagi minerallarning nurashini o`z ichiga oladi.

Ekzogen geokimyoviy jarayonlar : gipergenez, singenez, diagenez, katagenez, galogenez, gidrogenez, mexanogenez, biogenez, texnogenezga bo`linadi. biogenez — uglerod, azot, fosfor, yod, brom, oltingugurtning paydo bulishida muhim rol uynaydi.


Diagenez (dia... — tugallanganni bildiruvchi old qoʻshimcha va genesis — hosil boʻlish) — suv havzalari tubida boʻsh choʻkindilarning Yer poʻstining yuqori qatlamlari muhitida choʻkindi togʻ jinslariga aylanish tabiiy jarayonlari majmui. Diagenez choʻkindilarning qayta kristallanishi, kolloidlarning vaqt oʻtishi bilan oʻzgarishi, autigen minerallar (glaukonit, rodoxrozit, siderit va b.), gʻuddalarning hosil boʻlishi, barqaror mineral turlarining tarkib topishi, degidratatsiya (suvsizlanish) yoki gidratatsiya va choʻkindilarning sementlanishidan iborat. Diagenez tushunchasini fanga nemis geologi V. Gyumbel (1888) kiritgan. Uning fikricha, Diagenez choʻkindilarning dastlabki holatidan metamorfik jinsga aylanishiga qadar boʻladigan oʻzgarishlar tushuniladi. Diagenez okean, dengiz va dare tubida hosil boʻlgan choʻkindilar tarkibidagi oʻzaro va ular atrofidagi muvozanatning buzilishidan yuzaga keladi. Muvozanatning yoʻqolishi ichki va tashki oʻzgarishlarni keltirib chiqaradi. Bu esa tarqoq holdagi qum va gil zarralarining bir-biriga yopishib, zich, yaxlit va qattiq togʻ jinslariga aylanishiga sabab boʻladi. 

Yüklə 4,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə