Geologiya va informatsion tizimlar


Poligalit (poli... va hals



Yüklə 4,08 Mb.
səhifə8/8
tarix23.05.2023
ölçüsü4,08 Mb.
#112443
1   2   3   4   5   6   7   8
18-Экзоген жараёнлар геокимёси.

Poligalit (poli... va hals—tuz) — sulfatlar sinfiga mansub mineralKaliykalsiy va magniyning suvli sulfati. Kimyoviy tarkibi K2Ca2Mg (SO4)4- 2N2O. P. da 15,62% K2O, 18,6 SaO, 6,69% MgO, 53,11% SO3, 5,9 N2O boʻladi. Triklin singoniyada kristallanadi. Koʻpincha donador, baʼzan tolali agregat holida uchraydi. Rang-siz, oq, kulrang , baʼzan gematit va gyotit aralashganda qizilsargʻish boʻladi. Shishasimon yaltiroq, smolaga oʻxshash. Qattikligi 2,5—3,5; zichligi 2720–2780 kg/m3. Suv taʼsirida parchalanib, gips ajralib chiqadi. Qizdirilganda tarkibidagi suvni yoʻqotib, yumaloq boʻlib qoladi. Choʻkindi tuz konlarida keng tarqalgan. Kaliyli oʻgʻit tayyorlashda ishlatiladi. Oʻzbekistondagi tuz konlarida uchraydi.
Astraxanit (Astraxon shahri nomidan) — mineral, natriy bilan magniyning suvli sulfati. Formulasi Na2Mg(SO4)2·4(H2O). Kimyoviy formulasi Na2Mg [SOJ2• 4N20. Qattikligi 2—3. S. ogʻ. 2,3. Monoklin singoniyali. Kam uchraydigan kristallari ustunsimon yoki izotermik shaklda. Odatda zich massa holida uchraydi. Rangsiz yoki oqish. Shishaga oʻxshash yaltiroq. 45—60° temperaturada tuzli eritmalarda hosil boʻladi. Koʻpincha koʻllarda uchraydi, taʼmi shoʻr-taxir. Markaziy Osiyoda Astraxanit Qora-boʻgʻozgoʻl qoʻltigʻi, Quvli, Dengizkoʻl va Qoraumbetʼkoʻllari yotqiziklarida koʻp miqdorda topilgan.
Bishofit (nemis olimi G. Bishof familiyasidan) — galogenidlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi MgCl2*6H,O. Qoʻshimchalari Mg (1% gacha). Monoklin singoniyali. Oq donador yoki tolasimon agregatlar. Gigroskolik. Taʼmi oʻtkir-achchiq. Magniy va uning birikmalari olinadigan xom ashyo. Tibbiyotda qoʻllaniladi.
Mirabilit (lot. mirabilis — ajoyib; nem. kimyogari I.R.Glauber bergan nom), glauber tuzi — sulfat lar sinfiga mansub mineral; kimyoviy tarkibi Na2[SO4]10H2O. Tarkibida 19,24% Na2O; 24,85% SO3; 55,91% H2O mavjud. Monoklin singoniyada kristallanadi; qisqa prizmadan ninasimon shaklgacha. M., shuningdek, donacha yoki kukunsimon agregatlar va mayda kristalli poʻstloqchalar hosil qiladi. Rangsiz yoki oq. Suvda oson eriydi, eritma achchiqshoʻr taʼmga ega. Quruq holatda suvini tez yoʻqotadi va oq kukunsimon suvsiz mineral — tenardit (Na2SO4)ra aylanadi. Qattikligi 1,5-2; zichligi 1,5 g/sm3. M. shoʻr koʻllar, sayoz qoʻltiqlar va issiq buloklarda kimyoviy choʻkindi sifatida hosil boʻladi. Tuproq yuzasida uning rangini oʻzgartiradi. Kaspiy dengizining Qoraboʻgʻ-ozgoʻl qoʻltigʻida, Katta Shoʻr koʻlda (AQSH)va boshqa joylarda, past temperaturada yomon erigani uchun koʻproq qishda choʻkadi. Oʻzbekistonda ham keng tarqalgan. Mirzachoʻl, Zarafshon daryosi quyi qismidagi koʻllarda va boshqa joylarda uchraydi. M., asosan, kimyo sanoatida soda, ishqoriy natriy olish uchun, oynashisha, boʻyoq tayyorlashda, shuningdek, tibbiyotda ishlatiladi.

E’tiboringiz uchun rahmat!!!


Yüklə 4,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə