Geologiya va informatsion tizimlar



Yüklə 4,08 Mb.
səhifə2/8
tarix23.05.2023
ölçüsü4,08 Mb.
#112443
1   2   3   4   5   6   7   8
18-Экзоген жараёнлар геокимёси.

Katagenez (yun. kata — yuqoridan quyiga boʻladigan harakatni bildiradigan qoʻshimcha va ... genez) 1) biologiyada organizmlarning soddalashgan ekologik muhitga oʻtishi tufayli morfofiziologik tuzilishining pasayishiga, bir qancha organlar va organlar sistemasining dezintegratsiyasi va reduksiyasiga olib keluvchi regressiv evolyusiya. Katagenezga misol qilib organizmlarning oʻtroq yoki parazit yashashga utishi tufayli ular tuzilishining oʻzgarishini koʻrsatish mumkin. Katagenez termini regressiv evolyusiyaning morfologik oʻzgarishlarini emas, balki ekologik va genetik tomonlarini ham oʻz ichiga olishi bilan katamorfozdyan farq qiladi. 2) Katagenez geologiyada — choʻkindi togʻ jinslari hosil boʻlgandan soʻng diagenez natijasida va ularning metamorfik togʻ jinsiga aylanishiga qadar kimyoviy-mineralogik shakllanish bosqichi. Katagenez terminini rus olimi A. Ye. Fersman (1922) tavsiya etgan. Katagenezda togʻ jinslari kuchli zichlanadi, ikkilamchi minerallar hosil boʻladi, moddalar qayta kristallanadi. Katagenez tektonik harakatlar natijasida togʻ jinslarining chuqurlikka choʻkishidan hosil boʻladigan bosim va xaroratning koʻtarilishidan sodir boʻladi. Katagenez qonuniyatlarini bilish amaliyotda katta ahamiyatga ega. Mas, choʻkindi qatlamlarning neftga istiqbolini baholashda, qazilma koʻmirlar, noruda qurilish materiallari va b.ning xususiyatlarini bashorat qilishda Katagenezning ahamiyati katta. Xorijiy adabiyotlarda Katagenez oʻrnida "diagenezning kechki bosqichi" iborasi qoʻllaniladi.
Gipergen jarayonlar - Yer poʻsti va uning yuzasidagi mineral moddalarning atmosfera, gidrosfera va tirik organizmlar taʼsirida kimyoviy va fizik oʻzgarishi. Gipergen jarayonlar kimyoviy ajralish, erish, gidroliz, gidratatsiya, oksidlanish, karbonatlanish va b. hodisalarda namoyon boʻladi.
Gipergen jarayonlar taʼsirida quyidagilar kelib chiqadi: foydali qazilmalarning oksidlanishi va nurash poʻstining vujudga kelishi, tuproq hosil boʻlishi, yer osti, daryo, koʻl, dengiz va okeanlar suv tarkibining shakllanishi, xemogen va biogen choʻkishning yuzaga kelishi, choʻkishning diagenez va ilk epigenezi. Biogeokimyoviy jarayonlar ham katta rol oʻynaydi. Gipergen jarayonlarning muhim tashqi omili iqlim boʻlib Gipergen jarayonlarning yer yuzasida joylashish qonuniyati — zonallik esa ilk bor V. V. Dokuchayev tomonidan aniqlangan. Gipergen jarayonlar natijasida qimmatbaho foydali qazilma konlar vujudga keladi.
Galogenez (yun. hals — tuz, genesis — paydo boʻlish) — arid zonalaridagi shoʻr suv havzalarida bugʻlanish natijasida oson eriydigan tuzlarning choʻkishidan tuz uyumi hosil boʻlish jarayoni. Tuzli eritma nihoyatda shoʻr (hatto tuz kristallari bor) boʻlib, rapa deb ataladi. Tarkibi va tuz toʻplanishining navbatlanishi havzadagi dastlabki suvning gidrokimyoviy turiga bogʻliq. Galogenez ikki bosqichdan: uzoq muddat toʻplanish konsentratsiyalangan namakobni asosiy zaxirasi toʻplanadi; qisqa — namakoblardan oson eriydigan tuz choʻkindilari hosil boʻladi. Galogenez jarayonida xar xil minerallar xosil bo’ladi. Mas, galogenez jarayoni — kaliy, natriy, magniy, xlor sulfat;

Yüklə 4,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə