Geologiya va informatsion tizimlar

Kimyoviy nurash mahsulotlarini 4 guruhga bo‘lish mumkin

Yüklə 4,08 Mb.
səhifə6/8
tarix23.05.2023
ölçüsü4,08 Mb.
#112443
1   2   3   4   5   6   7   8
18-Экзоген жараёнлар геокимёси.

Kimyoviy nurash mahsulotlarini 4 guruhga bo‘lish mumkin:

1) nurash qobig‘idan chiqib ketadigan eruvchi komponentlar,

2) reaksiyada qatnashmaydigan birlamchi qoldiq minerallar,

3) reaksiya tufayli hosil bo’ladigan yangi barqaror minerallar va

4)organik moddalarning parchalanishidan vujudga keladigan organik birikmalar. Eruvchi komponentlarga Na+, Ca2+, K+, Mg2+, CO2, HCO3, C1 kiradi.

Kvars, sirkon, magnetit, ilmenit, rutil, granatlar, turmalin va monasit birlamchi qoldiq minerallar hisoblanadi.

Nurash jarayonida kaolinit, montmorillonit, illit, xlorit, gematit, gyotit, gibbsit, byomit, diaspor, amorf kremnezyom, pirolyuzit, pisilomelan hosil bo‘lishi mumkin.

Organik birikmalar organik kislotalardan, gumus moddalaridan iborat bo’ladi.

Kimyoviy differentsiatsiya - chin eritmalardan moddalarning ajralib, alohida qatlamlar holida cho‘kmaga o‘tishi. Kimyoviy differensiatsiya cho‘kindi mahsulotlarining umumiy differensiatsiyasi qatorida yakunlovchi bosqich bo`lib, suv havzalariga chin eritmalar shaklida kelib tushgan moddalarda sodir bo`ladi. Chin eritmalarda erigan moddalar zarralarining o`lchami 1 nm dan kichik bo`ladi.

Kimyoviy differentsiatsiya

Quruq va issiq iqlimli o'lkalardagi ko‘l va lagunalarda bug‘lanish miqdorining havzaga oqim bilan kelib tushayotgan suv miqdoridan ortiqligi sho‘rlikning tobora ortib borishiga olib keladi va moddalarning kimyoviy cho‘kishi uchun qulay sharoit yaratadi.

Sho'r suvli havzalarda erigan tuzlarning tarkibi turlicha bo'lishi mumkin. Bunda erigan tuzlarning miqdoriga qarab sodali, sulfatli va xloridli havzalar ajratilishi mumkin.

Yüklə 4,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə