Mundarija: Kirish


“Turon Bank” ning tashkiliy tuzilishi



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix26.10.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#131527
1   2   3   4   5   6   7   8
Turon bank Shax

“Turon Bank” ning tashkiliy tuzilishi
Vaqt – bu shunday to'fonki, o'zining domiga soniyalar, daqiqalar, yillarning bir 
nechasini olib ketadi. Undan olinadigan xulosa esa eng muhim omil sanalmish 
tajribaning ortishi va sinovlarga bardosh bilan harakat qilishga o'rgatadi. Bu 
jarayondan sabr va tinimsiz mehnat bilan o'tganlar chin ma'noda roziliklar bilan 
olqishlanadi. Mustaqil O'zbekiston bilan tengdosh bo'lgan, yangi va qudratli davlat 
tuzilishida kamarbasta sifatida o'z faoliyatini boshlagan dastlabki tijorat moliya 
muassasalaridan biri Turonbank aksiyadorlik tijorat bankini so'zimizga isbot sifatida 
keltirishimiz mumkin. Ibtidoga nazar tashlasak, Turonbank 1990 yil 6 noyabr sanasida 
Davlat banki sifatida № 713 raqam ostida ro'yxatga olindi va o'z faoliyatini boshladi. 
Hozirgi kundagi uning asosiy yirik aksiyadorlari O'zbekiston Respublikasi Tiklanish 
va 
taraqqiyot 
jamg'armasi 
hamda 
O'zbekiston 
Respublikasi 
Moliya 
vazirligi hisoblanadi. Aytish kerakki, so'nggi yillarda Respublikamiz bank tizimida bir 
qator yirik islohotlar yuz berdi. Ayni shu oqimda, ―Turonbank‖ ATB ham o'zining 
moliyaviy ko'rsatkichlarini yildan – yilga yaxshilab, barqarorlikni ta'minlab kelmoqda. 
Xususan, bank tashkil etilgan davrdan ustav kapitali bosqichma-bosqich 50,0 mlrd. 
so'mdan 2020 yilda 884 mlrd. so'mgacha ko'tarildi va ayni shu ijobiy dinamika fonida 
umumiy kapital ham 1,1 trln. so'mga yetdi. Albatta, bu borada bankning kapitallashuv 
darajasi davlat tomonidan sezilarli ravishda qo'llab-quvvatlangani muhim ahamiyat 
kasb etdi. Endi bank faoliyatining yana bir eng muhim bo'g'inlaridan biri bo'lmish 
aktivlar haqida ham so'z yuritsak. Agarda 2016 yilda ushbu yo'nalish bo'yicha 709,1 
mlrd. so'm qayd etilgan bo'lsa, joriy yilning oktyabr oyiga kelib bu raqam qariyb 8,0 
trln. so'mgacha ko'tarildi. Bankning umumiy faoliyatini aholiga yaqinlashtiradigan va 


sodda aytganda ―xalqqa foydasi tegadigan‖ jabhasi, bu - uning kredit ajratish, foizlar 
stavkasining darajasi hamda maqbulligi bilan bog'liq siyosatidir. Ya'ni, kredit 
portfelini shakllantirish jarayonida asosiy e'tibor mamlakat iqtisodiyotining ustuvor 
tarmoqlarini rivojlantirish, ayniqsa, manzilli hamda hududiy dasturlarga kiritilgan 
loyihalarni moliyalashtirish va turli sohalarida faoliyat yurituvchi korporativ 
mijozlarning ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan. So'zimizni raqamlar ham 
isbotlaydi. Agarda 2016 yilda kredit qo'yilmalari 506,1 mlrd. so'mni tashkil etgan 
bo'lsa, bu ko'rsatkich 2020 yil 1 oktyabriga kelib 5,9 trln. so'mga yetdi va o'sish 
sezilarli darajada qayd etildi. Albatta, bu moliyaviy ko'maklar sanoat sohalarini 
rivojlantirish, 
qishloq 
xo'jaligi 
tarmog'ini 
taraqqiy 
ettirish, 
transport 
va 
kommunikatsiyalar yo'nalishini modernizatsiya qilish kabi qator tarmoqlar hissasiga 
to'g'ri keladi. Shuningdek, bank tomonidan aholi ehtiyojini qondirish, ularni ijtimoiy 
himoyalash maqsadida foydali shartlarda qator kreditlar ham ajratib kelinmoqda. 
Xususan, 2018-2019 yillarda jismoniy shaxslar uchun ―Mikroqarz‖, ―Onlayn 
mikroqarz‖ ―Overdraft‖, tadbirkorlik sub'ektlari uchun esa aylanma mablag'larni 
ko'paytirish uchun ―Revolver‖ turidagi yangi kredit mahsulotlari taqdim etilishi yo'lga 
qo'yildi. Shu bilan birga, 2020 yildan e'tiboran Turonbank jismoniy shaxslarga 
―Anderrayting‖ tizimi asosida kreditlar ajratishni ham yo'lga qo'ydi. Bu orqali kredit 
olish maqsadida ariza taqdim etgan fuqarolarning hujjatlari tez fursatlarda yig'ilib, 
ularning kredit tarixini tahlil qilish uchun ko'p vaqt sarflanmaydi va amaliyot 
soddalashtirilgan tartibda bajariladi. Statistik ma'lumotlarga qaraganda, joriy yil o'zida 
mazkur ―Anderrayting‖ tizimi orqali 22,5 mingga yaqin jismoniy shaxslarga 233,4 
mlrd. so'm miqdorida kreditlar ajratilgandir. Yillar o'tib borar ekan taraqqiyotning eng 


so'nggi yutuqlarini amaliyotga joriy etish barobarida bank xalqaro moliya institutlari 
bilan ham faol hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'ydi. Xususan, Jahon Banki, Osiyo 
Taraqqiyot Banki, Xitoy Eksimbanki, Islom xususiy sektorni rivojlantirish 
korporatsiyasi, Xalqaro Islom savdo va moliya korporatsiyasi, ―KazakhExport‖ 
eksport sug'urta kompaniyasi, Xalqaro qishloq xo'jaligini rivojlantirish jamg'armasi, 
Turkiya Eksimbanki, Germaniya AKA banki, Chexiyaning CSOB banki va Rossiya 
Federatsiyasining Gazprombanki shular jumlasidandir. Shuningdek, bank ― SWIFT‖ 
va ― VISA International‖ xalqaro to'lovlar tizimlari, ―Refinitif‖ informatsion-diling 
tizimi, ―Mastercard Europe‖ xalqaro pul o'tkazmalari tizimi kabi qator mahalliy va 
xorijiy tashkilotlarning a'zosidir. Moliya muassasasining korrespondent banklar 
qatoriga esa ―Bank of China‖, ―Korea Exchange bank‖, ―Sberbank‖, OAO ―Bank 
VTB‖, OAO ―Promsvyazbank‖, ―Aziya-Invest Bank‖ (Rossiya)lar kiradi. 
Ahamiyatlisi, Turonbankning moliyaviy qo'llab - quvvatlashi natijasida yengil sanoat, 
telekommunikatsiyalar, qurilish va O'zbekiston iqtisodiyotining boshqa sohalarida 
yirik investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu o'z navbatida, minglab 
qo'shimcha ish o'rinlari yaratilayotgani, sanoat tarmoqlarida raqobat darajasi 
ko'tarilayotgani bilan barobardir. Bunga misol qilib, ―Peng Sheng‖ O'zbekiston – 
Xitoy ko'shma korxonasini, ―Xiva Gilamlari‖ mas'uliyati cheklangan jamiyatini, 
―Zarafshon Golden Group‖ kompaniyasini, yaratilgan yangi ―Melek‖, ―Yaks‖ 
brendlarini, ―Oxbridge international school‖ loyihasini, AQShda ishlab chiqarilgan 
asboblar bilan jihozlangan ―Genotexnologiya‖ klinikasi kabi ko'plab samarali 
loyihalarni keltirishimiz mumkin. Yana bir ahamiyatga molik jihatni keltirmasdan 
ilojimiz yo'q. ―Turonbank‖ ATB o'tgan vaqt davomida o'zining sifatli va tezkor 


xizmati natijasida mamlakat iqtisodiyoti rivoji uchun muhim bo'lgan Davlat 
dasturlarida ham munosib ishtirok etib, Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan 
vazifalarni o'z vaqtida bajarib kelmoqda. Xususan, aholining bandligini ta'minlash, o'z 
tomorqalaridan unumli foydalanishlari uchun sharoit yaratish maqsadida qabul 
qilingan ―Limonchilik tarmog'ini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-
tadbirlar to'g'risida‖gi qaror bilan bank ushbu yo'nalishda mas'ul etib belgilandi. 
Ularning ijrosini ta'minlash maqsadida esa Turonbank 3 ta muhim yo'nalishda ishlarni 
boshlab yubordi. Xususan, 203,9 gektar zamonaviy limonchilik issiqxonalarini qurish 
uchun ajratilgan 46,3 mln. dollarlik 100 ta loyihani to'liq moliyalashtirib, ularni o'z 
vaqtida ishga tushirilishini ta'minlash bo'yicha aniq choralar belgilandi. Limonchilikka 
ixtisoslashgan 17 ta tumanda 550,5 gektar issiqxonalarni tashkil etishni boshlab 
yubordi. Qolaversa, bank ustav kapitaliga berilgan ―Har bir oila – tadbirkor‖ dasturi 
doirasida ajratilgan kreditlar hisobidan 98 gektar yer maydonidagi 1875 ta xonadonda 
bosqichma - bosqich issiqxonalar tashkil etib kelmoqda. Mazkur amalga 
oshirilayotgan ishlar natijasida 4 500 ta doimiy ishchi o'rinlari yaratilishi 
rejalashtirilgan. Mavsumiy ishchi o'rinlari bilan birgalikda bu raqam 10 mingdan 
ortishi kutilmoqda. Ahamiyatli jihati, Turonbank ushbu tarmoqni taraqqiy ettirish 
uchun xalqaro kredit liniyalarining ham mablag'larini jalb etib kelmoqda. Farg'ona 
vodiysida limonchilik issiqxonalarini tashkil qilish ishlari uchun Xalqaro tiklanish va 
taraqqiyot bankidan kredit mablag'lari jalb qilindi. Shu bilan birga, Namangan 
viloyatining Pop tumanidagi 50 gektar, Andijon viloyatining Baliqchi tumanida esa 75 
gektar yer maydonida limonchilik issiqxonalarini tashkil qilish uchun Jahon bankidan 
umumiy hisobda 11,6 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablag'lar o'zlashtirildi. 


Bundan tashqari, ―Turonbank‖ ATB yirik loyihalarni moliyalashtirish barobarida 
Respublikamizda gidroenergetika sohasini rivojlantirishga ham o'zining munosib 
hissasini qo'shib kelmoqda. Xususan, 14 ta GESni modernizatsiya qilish va yangi 
kichik GESlarni qurish maqsadida hukumat kafolati ostida Xitoyning Eksport-import 
bankidan umumiy hisobda 209,9 mln. AQSH dollari miqdorida kredit jalb etilgan. 
Shundan o'tgan 2019 yilda 2 ta yangi kichik gidroelektrostansiya ishga tushirildi. 
Jumladan, Tuyabo'g'iz suv ombori qoshida tashkil etilgan stansiyaning quvvati 12 
MVTga teng bo'lib, yiliga o'rtacha 41,2 mln. kVt.s. elektr energiya ishlab chiqara 
oladi. Katta Farg'ona kanalida ish boshlagan navbatdagi KGES ham 12 MVTga teng 
bo'lib, yiliga o'rtacha 72,8 mln.kVt.s. elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega. 
Bundan tashqari bank ―Chirchiq GES kaskadi‖, ―Samarqand GES kaskadi‖ va 
―Toshkent GES kaskadi‖ unitar korxonalarini modernizatsiya qilish, ―Samarqand 
viloyati Darg'om kanalida KGES qurilishi kabi loyihalarini moliyalashtirishni ham o'z 
zimmasiga oldi. Birzumda, tezkor va manfaatli. Bu Turonbank jamoasi kasb lug'atidan 
o'rin olgan eng muhim sifatlaridandir. Ya'ni, bank moliya bozorining eng jadal 
rivojlanayotgan segmenti bo'lmish chakana xizmatlar ko'rsatish darajasini o'zining 
kreativ g'oyalari bilan rivojlantirib bormoqda. So'zimiz tasdig'ini jozibali 
omonatlarning ortayotgani, naqd pulsiz hisob – kitoblarning rivojlanayotgani bilan 
ham izohlash mumkin. Mana masalan, 2016 yil 1 oktyabr xolatiga aholi omonatlari 
qoldig'i 121,5 mlrd. so'mni tashkil etgan bo'lsa, 2020 yil 1 oktyabrga kelib ushbu 
ko'rsatkich 689,5 mlrd. so'mga yetdi va o'sish 568 mlrd. so'mga oshdi. Qolaversa, 2020 
yilning 1 oktyabrga qadar bank tomonidan muomalaga chiqarilgan milliy valyutadagi 
plastik kartochkalar soni 584 mingdan oshib ketdi. Bundan tashqari, mijozlarga VISA 


Electron, VISA Classic, VISA Gold imtiyozli kartasi, VISA Business korporativ 
kartasi va Mastersard Standard, Mastersard Gold kartalari ham taqdim etish 
jadallashdi. Bundan tashqari, Turonbank SWIFT, Thomson Reuters singari xalqaro 
tashkilotlarning a'zosi bo'lish bilan bir qatorda VISA, Mastercard xalqaro to'lov 
tizimining to'laqonli vakili hisoblanadi. Moliya muassasasi respublikamizda birinchilar 
qatorida Zolotaya Korona, CONTACT, Western Union, MoneyGram, Unistream 
hamda ―Aziya Ekspress‖ pul o'tkazmalari tizimini tatbiq etganligi bilan ajralib turadi. 
Ayni vaqtda Respublika miqyosidagi 75 ta xalqaro pul o'tkazmalari shaxobchalari 
orqali mijozlarga xizmat ko'rsatib kelinmoqda. Yana bir ahamiyatli jihati shundaki, 
Turonbank xalqaro va mahalliy reyting agentliklarining ham munosib baholarini 
doimiy tarzda qo'lga kiritib kelmoqda. Xususan, ―Standard and Poor‘s‖ xalqaro reyting 
kompaniyasi moliya muassasasiga ―Barqaror‖ prognozi bilan B/B darajasini bergan 
bo'lsa, «AxborReyting» Milliy reyting agentligi ―Barqaror‖ prognozi bilan yuqori 
kredit reytingi – ―UzA+‖ darajasini taqdim etdi. 
Turonbankning ish uslubi va rejalarini butkul o'zgartirib, yangicha fikrlash va jahon 
andozalarini o'zida sinovdan o'tkazishga undagan navbatdagi tarixiy Farmon bank 
faoliyatiga burilish yasadi. Bu O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 
mayda qabul qilingan ―2020 — 2025 yillarga mo'ljallangan O'zbekiston 
Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasidir. Mazkur hujjat orqali 
zamonaviy transformatsiya jarayonlari boshlandi va Jahon banki guruhiga kiruvchi 
Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) bilan hamkorlik yo'lga qo'yildi. Transformatsiya 
jarayonlariga kirib borar ekan, Turonbank mijozlarga yanada yirikroq moliya 
amaliyotlarini ko'rsatish strategiyasini ishlab chiqdi va bu orqali rentabellikning 


barqaror darajasiga erishib, xatarlarni boshqarish tizimini optimallashtirdi. Buning 
natijasi o'laroq, yangi imidj yaratishga erishgan bank iqtisodiyotning real sektorlarini 
moliyalashtirish hajmlarini kengaytirib, mijozlar bazasini oshirdi. Dastlab faoliyat 
boshlangan vaqtda zamonaviy mobil shoxobchalar deyarli mavjud bo'lmagan bo'lsa, 
bugungi kunga kelib ularning soni quyidagicha o'zgardi. 70 ga yaqin zamonaviy bank 
xizmatlari ofislari, 90 ta 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan to'lov 
shoxobchalari, 51 ta valyuta ayirboshlash shaxobchasi va 123 ta bank jamg'arma va 
omonat kassalari. Ular orqali esa 25 mingdan ortiq yuridik hamda 745 mingga yaqin 
jismoniy shaxslarga xizmat ko'rsatib kelinmoqda. Prezidentimiz ta'biri bilan aytganda, 
raqamli iqtisodiyotga o'tish barobarida bank iste'molchilarga qulayliklar yaratish 
maqsadida raqamli va masofaviy bank xizmatlarining yangi turlari joriy qilishni 
jadallashtirdi. Elektron navbat, call markaz, jismoniy shaxslarni biometrik barmoq va 
FaceID orqali identifikatsiya qilish, QR texnologiyasi orqali to'lovlarni o'tkazish, ―One 
touch‖ tizimida to'lovlarni smartfon orqali qabul qilish va 3D secure xizmati joriy 
qilindi hamda DIG ID qurilmasi (va dasturiy ta'minoti ishga tushirildi. O'tgan vaqt 
davomida erishilgan yutuqlarni tahlil qiladigan bo'lsak, unda yosh va tajribali 
xodimlarning o'rni ahamiyatli ekanligini ko'ramiz. Sababi, moliya muassasasi 
bankirlarning malakasini doimiy oshirib borish mexanizmini ham yo'lga qo'ygan. Ular 
uchun doimiy ravishda o'quv-seminar va anjumanlar tashkil etiladi. Nufuzli milliy va 
xorijiy moliyaviy institutlarda ta'lim olishlari uchun mablag'lar ajratiladi. Jumladan 
o'tgan yillar davomida 219 nafar xodim malaka oshirish uchun turli o'quv markazlari 
va seminarlarga jo'natilgan. Bank-moliya akademiyasida O'zbekiston Respublikasi 
Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida xodimlar doimiy tarzda tahsil 


olishadi. Qolaversa, iqtisodiy yo'nalishdagi oliy o'quv yurtlarining bakalavriat 4-
bosqich talabalari test sinovi asosida tanlab olinib ularning kontrakt to'lovlari bank 
tomonidan to'liq qoplanib, ishga jalb qilinmoqda. Mana shunday uzoq, zalvorli va 
g'oyat muhim yo'lni bosi bo'tgan Turonbankka 30 yil to'ldi. Ehtimol tarix oldida bu 
juda katta raqam emasdir. Ammo bir muassasa, xususan tijorat bankining oyoqqa 
turishida 30 yil – 10950 kun – sira oz muddat emas. O'tgan har bir soat jamoamiz ahli 
uchun qanchadan-qancha zahmat, mehnat, intilish, harakat, mashaqqat, quvonch va 
tashvishlar, topishlaru yo'qotishlar, umid va orzular, depsinishlaru yuksaklik 
pillapoyalari sari qadamlar vaqti bo'ldi. Ishonchimiz komilki, qadimiy Turon nomi 
bilan ataluvchi bankning ertasi ham nurli, yorug' va albatta porloq bo'ladi. Ozod va hur 
diyorimiz, 
jonajon 
O'zbekistonimiz 
iqtisodiyotini 
yanada 
ko'tarish, 
yurtdoshlarimizning turmushini yuksaltirish yo'lida, o'z oldiga qo'ygan vazifalarini 
sidqidildan bajarishadi. Zero, Prezidentimiz ta'biri bilan aytganda, ―Xalq davlat 
organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak‖... 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə