1-mavzu. O‘zbek munshaoti tarixi. Tarixiy hujjat turlari reja



Yüklə 140,59 Kb.
səhifə1/31
tarix09.05.2023
ölçüsü140,59 Kb.
#109328
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
DAVLAT TILIDA ISH YURITISH


1-mavzu. O‘ZBEK MUNSHAOTI TARIXI. TARIXIY HUJJAT TURLARI


REJA:

  1. Munshaot haqida tushuncha.

  2. O‘zbek munshaotining tarixiy bosqichlari.

  3. Tarixiy hujjat haqida ma’lumot.

  4. Hozirgi o‘zbek ish yiritishining rivojlanishi.

Tayanch so‘z va iboralar: munshaot, tarixiy bosqich, vasiqa, vasiyatnoma, farmon, yorliq, shartnoma, tilxat, so‘g’d hujjatlari.
Juda qadim davlardan boshlab davlat va jamiyatni madaniy ko‘rinishda boshqarish yo‘lga qo‘yilgan. Bu kabi boshqaruv esa o‘zining maxsus usuliga ega bo‘lib, u turli ish qog’ozlari va ma’muriy meyorlarga asoslangan. Jamiyatni bu kabi boshqarish jarayoni ish yuritish deb ataladi. Hozir kunda ham jamiyatni tartibli boshqarish uchun maxsus qonunlar, yo‘riqnomalar, tartib- qoidalar, nizomlar ishlab chiqilgan. Ana shunday hujjatlarni tayyorlash va ularning bajarilishini nazorat qiluchilarni ish yurituvchilar deb atalanadi. Qadimda ularni bitikchi, yozuvchi, mirzo, nozim, munshiy, kotib deb atashgan.
“Munshaot” so‘zi arabcha so‘z bo‘lib, insho so‘zining ko‘pligini ifodalaydi hamda “yozuvchi”, “qayd qiluvchi”, “bayon qiluvchi” kabi ma’nolarni anglatadi.
Munshaot deganda, biror davlatning rasmiy tili asosida davlat va jamiyat ishlarini tashkillash va olib borish, boshqarish tushuniladi. Davlat, jamoat, va nodavlat tashkilotlarida maxsus kishikar bo‘lib, ular ish yurituvchi vazifasini bajaradilar. Hokimiyatlarda konselyariya xodimlari, boshqa joylarda bevosita ish yurituvchilar, yana boshqa tashkilotlarda esa kadrlar bo‘limi rasmiy xatlar bilan ishlaydilar.
O‘zbek munshaoti tarixi ilk o‘zbek davlatchilik davriga borib taqaladi. Eramizdan avvalgi 3 ming yillikdayoq ajdodlarimiz ihson va tabiiyat o‘rtasidagi o‘zaro mutanosiblikni bilganlar va tabiiyatni avaylash maqsadida turli tartib- qoidalar ishlab chiqqanlar. Shunga ko‘ra ular o‘z hayotlarini tashkil etganlar. Ularning ko‘pchiligi yozilmagan qonun ko‘rinishida bugungi kungacha yetib kelgan. Bular odob-axloq kodeksidir.
O‘zbek munshaoti tarixida “Avesto” muqaddas kitobi ham muhim o‘rin egallaydi. Unda turli rasmiy-diniy boshqaruv me’yorlari, tartib qoidalar, nizomlar bayon qilingan va o‘sha davrda ajdodlarimiz jamiyatni ana shu manbaa asosida boshqarishgan. Masalan, Yaxshi hokimlar hokimlik qilsin, (yomon hokimlar hokimlik qilmasin) Ular ezgulik ta’limoti va sadoqatni amalda namoyon qiladilar. Bu ta’limot kishilar va ularning avlodlariga farovonlik olib keladi.
Bizgacha yetib kelgan sug`d tilidagi tilxat, vasiyat, shartnoma, rasmiy xat kabi o`nlab hujjatlar Camarqand, Farg`ona, Toshkent hokimliklaridagi ish yuritish haqida ma’lumot beradi.
Eramizning boshlarida Osiyo qit’asining kattada qismida markazlashgan ulkan Turk hoqonligi tashkil topgan va u arab bosqiniga qadar yashagan. Bizga undagi turli rasmiy qog’ozlar, tilxatlar, vasiyatlar yetib kelgan. Turkiy toshbitiklaridagi Tunyo‘quq, Bilga hoqon, Kul tigin vasiyatnomalari(Kitob so‘ngidagi ilovaga qaralsin), Andijon viloyatidan topilgan sopoldagi ahdnoma shular jumlasidandir.
Eramizning VIII asridan boshlab yurtimizga arablar bostirib kira boshlagan va hokimiyat arablar qo‘liga o‘tgan. Ish yuritish ham arabcha olib borilgan. Bu hol XIX asrning oxiri, XX sarning boshlarigacha davom etgan. Undan keyin, rus-kirill tartibida ish yuritilgan. 1989 yildan buyon esa o‘zbek tilida ish yuritilmoqda.
O‘zbek munshaoti tarixini shartli ravishda quyidagi taraqqiyot bosqichlarga bo‘lish mumkin.
1.Eramizgacha bo’lgan eng qadimgi davr munhsaoti.
Bu davrdagi manbaa og’aki hujjatlar, “Avesto” kitobi va Shiroq, To‘maris kabi rivoyatlarni kiritish mumkin.
2.Eramizning I asridan VII-VIII asrigacha bo‘lgan davr munshaoti.
Bu davr ham o‘zining so‘g’diy xatlari, tangalari, shartnomalar, tilxatlari, uyg’ur moniylik, buddaviylik, shomoniylik yo‘riqnomalari bilan qadrlidir. Turk hoqonligi, Xunlar imperiyasi, Sug’diyona davlati munshaoti o‘rganiladi.
3.IX-XIX asrlarni o‘z ichiga olgan turkiy-islomiy davr:
A) IX-XI asr umumturkiy davr munshaoti. Bu davrda G’aznaviylar, Qoraxoniylar davlatidagi ish yuritish asosiy manbaa hisoblanadi.
B) XII-XIII asr ilk o‘zbek munshaoti, Xorazmshohlar mamlakati munshaoti o‘rganiladi.
D) XIV-XVI asr yoki Temuriylar davri munshaoti.
E) XVII-XIX asr uch xonlik munshaoti (Qo‘qon xonligi munshaoti XIX asrning 60-yillarigacha o‘rganiladi).
4. XIX asr so‘nggi choragi va XX asrning boshlaridan 1989 yilgacha bo‘lgan mustamlaka davri,

  1. Hozirgi o‘zbek munshaoti.

Mazkur tarixiy bosqichlarda ajdodlarimiz yorliq, arznoma, qarznoma, vasiqa, tilxat, shartnoma, farmon, amr, sulh, bitim, nizom kabi tarixiy hujjat turlaridan keng foydalanishgan. Ulardan aksariyati hozir ham o‘z maqomida ishlatiladi. Masalan, Bobur mirso davlatida Farmon oily qoniniy hujjat hisoblangan. X-XIX asrlarda yorliq, farmon, noma, bitim, arznoma, qarznoma, vasiqa kabi hujjatlar keng tarqalgan. Yorliqlar mazmunan turlicha bo‘lgan. Ular xabar, tavsif, farmoyish, bildirish, tasdiqlash kabi mazmunni ifodalagan. Bu o‘rininda To‘xtamishxonning 1393 qili polyak qiroli Yag’aylaga yo‘llagan yorlig’i, Boburning otasi Umar shayx mirzoning 1469 yili marg’ilonlik Mir Said Ahmad ismli kishiga bergan yorlig’I, Toshkent hokimi Yunusxo‘janing 1779 yil 2-iyunda Rossiya podshosiga o‘z elchilari orqali yuborgan yorlig’i va boshqalar shular jumlasidandir.
O‘rta Osiyo hududlaridan topilgan qadimgi madaniy obidalar, turli moddiy
jismlarga bitilgan ma’lumotnomalar ajdodlarimizning qadimdan o‘ziga xos hujjarchilik an’analariga rioya qilganliklaridan dalolat beradi. O‘rta asrlarda ish yuritish huquqiy maqomga ega bo‘lgan. Davlat mahkamalarida munshaot tizimi shakllandi va qator hujjat turlari paydo bo‘ldi. Buni Buxoro amirligi, Xiva va Qo`qon xonliklari misolida yaqqol ko`rish mumkin. Bugungi kunda ham Xudayorxon o`rdasidagi O`lkani o`rganish muzeyida o`nlab tarixiy hujjatlar saqlanadi.
O‘zbek tilining rasmiy–idoraviy til sifatida qo‘llanishi qoraxoniylar hukmdorligi davrida boshlandi. X-asrdan so‘ng o‘zbek xonlari va amirlari saroylarida yozilgan turli xil hujjatlar o‘ziga xos mazmuni, muayyan tartibi va nutqiy qolipi bilan ajralib turadi. Bu davrda o‘zbek tilining rasmiy-idoraviy imkoniyati kuchaydi. Rasmiy doiralarda nutq madaniyatiga alohida e’tibor berilgan. Lekin, mamlakatimizga ruslar bostirib kelishgach, o‘zbek ish yuritish tizimining o`sishi to`xtatildi. Bu esa o‘zbek tilining rasmiy til sifatidagi imkoniyatlarini pasaytirdi. Lekin 1989-yil o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgach, o‘zbek tili yana rasmiy ish yuritishda o‘z mavqeini egalladi. Mustaqillik yillarida esa uning maqomi mustahkamlandi. Hozirda Oliy yig’ilish huzuridagi maxsus kommisiya davlat tashkilotlarida davlat tilida ish yuritishni doimiy ravishda nazorat qilib boradi. Arxivlar boshqarmasi huzuridagi mutaxassislar esa ish yuritishning talablari bilan hujjatlarga zarur o‘zgartitishlar kiritib, yangi turdagi hujjatlar shaklini tayyorlashmoqda.



Yüklə 140,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə