1-mavzu. O‘zbek munshaoti tarixi. Tarixiy hujjat turlari reja



Yüklə 140,59 Kb.
səhifə6/31
tarix09.05.2023
ölçüsü140,59 Kb.
#109328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
DAVLAT TILIDA ISH YURITISH


Kafolat xati


Muayyan bir shart yoki va’dani tasdiqlash maqsadida tuziladi. Xatlarning bu turi, qoidaga ko‘ra, bajarilgan ish uchun haq to‘lashda, ishning bajarilish muddati haqida, turar joy bilan ta’minlashda, ishga qabul qilishda, bajariladigan ishning sifati haqida kafolat bеrish uchun tayyorlanadi va tashkilot yoki alohida shaxslarga jo‘natiladi.


Kafolat xatlari ham boshqa xat turlaridеk, odatda, idoraning xos ish qog’oziga yoziladi. Xat matnida kafolat ma’nosi quyidagicha ifodalanishi mumkin: "To‘lovga kafolat bеramiz", "To‘lovni kafolatga olamiz" kabi. Aynan shu jumlani quyidagicha kеngaytirish mumkin: Kredit oluvchi fuqaro M.Umurzoqova kredit to`lovlarini o`z vaqtida to`lay olmasa, uning orniga to`lovlarni to`lashga kafolat beramiz.
Kafolat xati korxona rahbari tomonidan imzolanadi. Moliyaviy ishlar bilan bog’liq bo‘lgan kafolat xatlariga bosh hisobchi ham imzo chеkishi zarur.
Kafolat xati boshqa xatlardan farqli o‘laroq, xat yo‘llanayotgan shaxsga to‘g’ridan-to‘g’ri murojaat qilish bilan boshlanishi ham mumkin.


Hurmatli Hasan Ahmedovich!


Dang’ra tuman hokimligi Sizga rahbar xodimlarni o‘qtrish bo‘yicha mashg’ulotlar olib borishingiz uchun barcha sharoitlarni yaratishga va o‘zaro shartnoma asosidagi ish haqini o`z vaqtida to‘lashga kafolat bеradi.


Tuman hokimi (imzo) A. Azimov


Bosh hisobchi (imzo) S. Xoliqova.

Turli rasmiy xatlarning mazmuniy tasnifidan ko`rinib turibdiki, ularda tashkilotning oldida turgan kundalik muammolarni hal etishga alohida e’tibor beriladi. Matn qisqa, aniq, mantiqiy asosli tuziladi.



Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:


  1. Rasmiy xat deganda qanday xatni tushunasiz?

  2. Rasmiy xat turlarini sanang.

  3. Rasmiy xatlarning farqlanishini aytib bering.

  4. Rasmiy xatlarning tarkibiy qismlaridan qaysilarini bilasiz?

  5. Rasmiy xatlarning til xususiyatini bilasizmi?

  6. Tashkilot nomidan so‘rov yoki kafolat xati tayyorlang.

  7. Tayyorlagan xat namunasini tarkibiy qismini sanang va mazmunini aytib bering.

  8. Shaxs hayotida xatlarning o‘rni haqida gapiring.

  9. Xatlarning turini sanang.

  10. Rasmiy xat xususiyatlari haqida nimalar bilasiz?

  11. Rasmiy xat turlarini ayting.

  12. Shaxsiy xat turlarini bilasizmi?

  13. Shaxsiy xat xususiyatlari haqida so‘zlang.

  14. Yaqin kishingizga ijtimoiy mazmunga ega bo‘lgan xat yozing.



Yüklə 140,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə