1-mavzu. O‘zbek munshaoti tarixi. Tarixiy hujjat turlari reja



Yüklə 140,59 Kb.
səhifə5/31
tarix09.05.2023
ölçüsü140,59 Kb.
#109328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
DAVLAT TILIDA ISH YURITISH

Da’vo xati namunasi:
Farg`ona viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi
Dang`ara tuman Xalq ta’limi bo`limi
h\r 12002123458321830001. stir 500601
ITA“Paxtabank” tuman bo`limi.
Dang`ra tuman
Matlubotsavdo”hissadorlik jamiyati boshqaruvi raisiga
728725 ming so`mlik
kamomad haqida
D A ‘ V O X A T I
Sizlar tomondan 2345 yuk xati bilan yuborilgan oziq-ovqat mahsulotlarini oldik. Mahsulotlar bizning tassarufimizdagi Namangan viloyati Pop tumani Guliston qishlog`ida joylashgan “Nilufar” bolalar oromgohiga yuk jo‘natuvchi (“Dang`aramatlubotsavdo”h/j) ning tamg’asi (plombasi) buzilmagan holda yеtib kеldi.
Ammo mahsulotlarni qabul qilib olish jarayonida har bir kilogrammi 5700 so`mlik jami 50 kilogramm (285000 so`mlik) saryog`, har bir kilogrammi 1200 so`mdan bo`lgan jami 250 kilogramm (300000 so‘mlik) guruch, har bir kiligrammi 1765 so`mdan bo`lgan, jami 300 kg (529500 so`mlik) o`simlik yog`i, har bir kilogrammi 1100 so`mdan bo`lgan jami 700 (770000 so`mlik) shakar, har kilogrammi 783 so`mdan bo`lgan jami 330 kilogramm(258390 so`mlik) makaron, har bir kilogrammi 3700 so`mdan bo`lgan 10 kilogramm (37000 so`mlik) qorachoy borligi aniqlandi. Qabul qilib olingan mahsulotlarning umumiy summasi 1 486 890 (bir million to`rt yuzi sakson olti ming sakkiz yuz to`qson) so`mni tashkil etadi.
Mahsulotlar miqdori shartnoma va yuk xatidagi ko`rsatkichlarga mos kelmaydi. Amalda 15 kilogramma (85500 so`mlik) saryog`, 50 kilogramm(60000 so`mlik) guruch, 3 kilogramm (11100) qorachoy, 10 kilogramm (28000) ko`kchoy, 25 kilogramm(44125 so`mlik) o`simlik yog`i, 100 kilogramm (500000) molgo`shti yеtishmasligi aniqlandi. Kamomad jami –728725 (yetti yuzi yigirma sakkiz ming yetti yuzi yigirma besh) so‘mni tashkil etadi.
Kamomad tashkilotingiz vakili A. Rasulov, haydovchi B. Kattayev va jamoat tashkilotining vakili M.Qambarov ishtirokida 4-iyunda tuzilgan dalolatnomada qayd etildi.
Ko‘rsatilgan summani to‘liq to‘langanligi munosabati bilan Sizdan 10 kun muddat ichida bizning hisob-kitob raqamimizga 728725 so‘m pul o‘tkazishingizni so‘raymiz.
Ilova: 1. Kamomad haqidagi dalolatnoma (2 bеt, 1 nusxa).


Xalq ta’limi
bo`limi mudiri: (imzo) O.Davronova

Yüklə 140,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə