Mundarija: Kirish



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix26.10.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#131527
1   2   3   4   5   6   7   8
Turon bank Shax

 
 


“Turon bank”ning Buxgalteriya bo’limining tarkibi va tuzilishi 
Bo'limning tarkibi, tuzulishi va hisob kitob operatsiyalari xaqida quyidagi 
bilimlarga ega bo'ldim:
Banklar har kuni bir necha yuz minglab operatsiyalarni amalga oshiradi va turli xil 
bank xizmatlarini ko‘rsatadi. Bularning barchasi banklarda buxgalteriya hisobida aks 
ettiriladi va tegishli hisobotlarda qayd etiladi. 
Banklarda buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlarni tuzish nafaqat bank mijozlari 
va aholiga sifatli bank xizmatlarini koʻrsatish, balki bank aksiyadorlari, kreditorlari, 
investorlari, mijozlari va davlat moliya muassasalarini zarur axborot bilan ta‘minlash 
hamda bankning moliyaviy barqarorligi va iqtisodiy samaradorligini nazorat qilishda 
muhim o‘rin tutadi.
Banklarda hisob-operatsion apparati ularning bajaradigan operatsiyalari va ularga 
yuklatilgan ishlarning hajmidan kelib chiqib tashkil etiladi. Bankning hisob-operatsion 
apparati pul- to‘lov hujjatlarini qabul qilish, nazoratdan o‘tkazish, rasmiy- lashtirish va 
bankning buxgalteriya hisobini aks ettirish bilan band bo‘lgan bankning mas‘ul 
xodimlaridan tashkil topadi. Banklarning xizmat ko‘rsatish darajasi va ish hajmiga 
qarab hisob-operatsion apparati quyidagi mutaxassis xodimlardan shakllantiriladi: 
-
Bosh buxgalter; 
-
Mas‘ul ijrochilar (bevosita mijozlar bilan ishlaydi);
-
nazoratchi buxgalterlar; 
-
Operatsiyalarni amalga oshiruvchi xodimlar;
-
operatorlar. 


Mas‘ul ijrochi va nazoratchi buxgalterlar zimmasiga muayyan hisobvaraqlari yuritish 
yoki alohida operatsiyalarni amalga oshirish ishlari yuklatiladi. Bankning bosh 
buxgalteri mas‘ul ijrochilarga vazifalari taqsimlaganda mijozlar va ular tomonidan 
amalga oshirilayotgan operatsiyalarning o‘ziga xos jihatlarini e‘tiborga olishi lozim. 
Xususan, hisobvaraqlar bux- galteriya xodimlari o‘rtasida shunday taqsimlanishi 
kerakki, bunda bir xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha depozit va ssuda 
hisobvaraqlari bitta buxgalteriya xodimi tomonidanyuritilishi kerak, chet el valutasida 
ochilgan hisobvaraqlar bundan mustasno. Hisobvaraqlarni buxgalteriya xodimlari 
o‘rtasida taqsimlash va qayta taqsimlash kitobi dasturiy ravishda yuritiladi hamda 
maxsus daftarda qayd etib boriladi. 
Banklarda hisob-operatsion appparati tarkibini tashkil etish, ularning bank 
qonunchiligi doirasida faoliyat yuritishi bilan bog‘liq mas‘uliyat bank boshqaruvchisi 
zimmasiga yuklatiladi. O‘zbekistonda banklarning hisob-operatsion apparati 
Markaziy bankning «O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini 
yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma hamda 
unga qilingan qo‘shimchalarga asosan tashkil etiladi. 
Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish bank boshqa- ruvchisi zimmasiga 
yuklatilgan. Bankning buxgalteriya appa- ratiga bosh buxgalter rahbarlik qiladi. Bosh 
buxgalter bo‘lmagan vaqtda uning vazifalarini bosh buxgalter o‘rinbosari bajaradi. 
Bankning bosh buxgalteri:
-
bank hisob siyosatini ishlab chiqish va uni bajarilishini ta‘minlashga: 
-
Buxgalteriya hisobini qonunchilik doirasida yuritishga


-
bankda amalga oshirilayotgan barcha operatsiyalarni oʻz vaqtida va to‘liq 
hisobotlarni tuzishga mas‘ul hisoblanadi. Shuningdek, bankning bosh buxgalteri 
bankda hujjatlari aylanish jadvalini ishlab chiqadi va uni bajarilishini 
ta‘minlaydi. 
Quyidagi rasmda bosh buxgalter va uning o‘rinbosarlari vabo‘limlar haqida 
ma‘lumotlar keltirilgan. Banklarda hisob-operatsion apparati ikkita tarkibiytuzilmadan 
– 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə