20
agregatning o‗zida ip yigiruv mashinasida yigiriladi, pardozlanadi, quritiladi va
pishitiladi. Pardozlash jatrayonida viskoza iplar yuviladi, oqartiriladi, va bo‗yaladi.
Ancha pishiq viskoza shtapel tolalarni uzluksiz
usulda ishlab chiqarish
uchun potok liniyalar qo‗llaniladi.
Viskoza tolaning pishiqligini oshirish uchun, shakllantirilgan iplar darhol
qaynoq suvdan o‗tkaziladi va cho‗ziladi, natijada sellyuloza molekulalari tola o‗qi
bo‗ylab joylashadi.
Melanj tipidagi ikki rangli viskoza ip har xil rangdagi ikki yigiruv eritmasi
oqimini cho‗ktirish vannasida biriktirish yo`li bilan olinadi. Bunda tola boshqa
usullarda olib bo‗lmaydigan o‗ziga xos optik xossa va tusga erishadi.
Melanj
tipidagi iplar trikotaj buyumlar va astarlik gazlamalar tayyorlashda keng
qo‗llanildi.
Profillangan
tolalar gazlama asosli sun`iy mo‗yna olish uchun ishlatiladi.
Profillangan kesimli to‗qimachilik viskoza ipidan olingan sun`iy mo‗yna tabiiy
mo‗ynaga o‗xshash ko‗rinish beradigan optik efektga ega bo‗ladi.
Mtilon
– modifikatsiyalangan junga o‗xshash viskoza tola bo‗lib, gilamlarni
tukli qilish uchun ishlatiladi.
Viskoza tolalarni uzunasiga mikroskop ostiga qo‗yib qarasaq bo‗ylama
chiziqlari bo‗lgan silindr shaklida ko‗rinadi. Bo‗ylama chiziqlar yigiruv eitmasi
notekis qotganda paydo bo‗ladi. Sutrang tolalada qora nuqtalar bo‗ladi, bu nuqtalar
titan (IV)-oksid qo‗shilgani natijasidir. Tolalarning ko‗ndalang kesimi – tilingan
ko‗rinishda (rasm).
Tolalarning
uzunligi
har xil bo‗lishi mumkin.
Elementar
tolalarning
chiziqli zichligi
0,27—0,66 teks, ko‗ndalang kesimi
25—60 mkm. Viskoza iplarning yo`g‗onligi ularni hosil qiladigan elementar
tolalarning yo`g‗onligi va soniga bog‗liq bo‗ladi.
Tolalarning
pishiqligi
sellyuloza molekulalarining joylashuviga bog‗liq
bo‗ladi. Normal vizkoza tolalaning pishiqligi tabiiy ipaknikidan past,
juda pisiq
viskoza tolalarniki esa ancha yuqori. Oddiy tolalarning nisbiy uzilish nagruzkasi
19,8 kH/teks; juda pishiq tolalarniki 45 kH/teksgacha. Ho‗l holatda pishiqligi 50—
60 % gacha pasayadi. Normal tolalarning uzilishdagi uzayishi 22 % ga, juda pishiq
tolalarniki 6—10 % ga etadi. To‗liq uzayishning anchagina (70 % gacha) ulushini
qoldiq deformatsiya tashkil qiladi. SHuning uchun viskoza tolalardan tayyorlangan
buyumlar ancha g‗ijimlanuvchan bo‗ladi.
Viskoza tolalar keskin
tovlanib turafdi, sutrang tolalar
esa tovlanmaydi.
Normal sharoitda tolalar
tarkibida 11 % nam bo‗ladi.
21
Viskoza tolalarning kimyoviy tarkibi va yonishi paxtaga o‗xshaydi,
lekin
kislotalar, ishqorlar ta`siriga sezgirroq bo‗ladi va teroq yonadi. Normal namlikdagi
tolalar120
o
C gacha isitilganda ham xossalari o‗zgarmaydi.
Dostları ilə paylaş: