Achitqili xamirdan “Vatrushka” tayyorlash texnologik xaritasi



Yüklə 4,06 Mb.
səhifə1/24
tarix11.10.2023
ölçüsü4,06 Mb.
#126768
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Plakat qandolat (2)




Achitqili xamirdan “Vatrushka” tayyorlash texnologik xaritasi


Tayyorlanadigan mahsulot nomi

Vatrushkalar

Tayyorlash uchun ketadigan vaqt

3-4 soat (+achish vaqti)

Kerakli mahsulotlar

Un 8,400, jumladan, urvog‘iga 0,060, margarin 200, melanj 0,72, tuz 0,030, achitqi 100, suv 150. Xamirning og‘irligi 5800. Ichiga solish uchun tvorogyoki povidlo 3000; listiarga surtiladigan yog‘ 25, mahsulotlarga surtiladigan melanj 150.

Kerakli asbob-uskunalar

Chuqur idish, kastrulka, pishirish javoni, elektr plita, stakan, taqsimcha.

Chiqishi

75 g dan 100 dona

Tayyorlanishi



Vatrushkalar uchun achitqili xamir oparasiz tayyorlanadi. Achitqili xamirni oparasiz tayyorlash usulida, xomashyoning hammasi birdan solib xamir qoriladi.
Xamir tayyor bo‘lganidan keyin uni dumalatib, diametri 3 sm bo'lgan uzurrzuvala holiga keltiriladida, og'irligi 58 yoki 26 g keladigan bo‘laklarga bo‘linadi va g'olaklar yasaladi. Ularni bir biridan 6-8 sm qochirib, qandolatpazlik listiga teriladi va qo‘l bilan ohista bosib chiqiladi. 15 minut tindirib qo‘yilganidan keyin bulkachalaming o‘rtasiga diametri 5 sm keladigan yog'och dasta yoki o‘qlov uchi bilan chuqurcha solinadi; yo'g'onlashib turgan chetlariga tuxum surtiladi, chuqurchasiga esa qandolatpazlik xaltasida tvorog yoki povidlo tushiriladi. Tvorog bilan tayyorlanadigan vatrushkalarga tuxumni ular tvorog bilan to'ldirib, tindirib qo'yilganidan keyin surtish kerak. Tindirib bo'lgandan keyin vatrushkalami 230-240°С da 6-8 minut davomida pishiriladi.

Ishning borish rejasi

1.Ishchi kiyim kiyish,ombordan kerakli mahsulotlarni olish, ish stolini tayyorlash.
2. Shirinlikni tayyorlash
3.Shirinlikni bezash, suzish va uzatish.
4.Ish joyini tartibga solish




Yüklə 4,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə