Soliqqa tortish


SOLIQLARNING FUNKSIYALARI



Yüklə 8,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/218
tarix26.10.2023
ölçüsü8,7 Mb.
#131026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   218
1 2009 Vahobov A V Soliqlar va soliqqa

1.2. SOLIQLARNING FUNKSIYALARI
Soliqlaming iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va 
jismoniy shaxslar o‘rtasida vujudga keluvchi obyektiv maj­
buriy to ‘lovlaiga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali 
xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy 
xarakteiga ega bo‘lib, milliy daromadning bir qismi bo‘lgan 
pul mablag‘larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat 
qiladi.
Soliqlaming mohiyati ulaming bajaradigan funksiyalari- 
dan kelib chiqadi. H ar bir iqtisodiy kategoriyaning o ‘z 
funksiyasi mavjud. Soliq mustaqil kategoriya sifatida o‘zi 
bajaradigan funksiyalarga ega bo‘hb, bu funksiyalar soliq 
kategoriyasining amaldagi harakatini ifodalaydi. Funksiya 
deganda, odatda, kategoriyaning ko‘p qaytariladigan, 
takrorlanadigan doimiy harakatlarini tushunish lozim.
Soliqlaming funksiyalari to ‘g‘risida fanda turli xil qa- 
rashlar mavjud. Sobiq Ittifoq davrida soliqlar ikki xil 
funksiyani bajaradi, degan qarash keng tarqalgan edi. Bu
14


ikki funksiya sifatida fiskal va nazorat funksiyalari tan oli- 
nardi. Eng asosiy funksiya bu soliqlaming fiskal funksiya- 
sidir, chunki bu funksiyasiz nazorat funksiyasining mavjud 
bo‘lishi mumkin emas, deb qaralardi.
G ‘arb iqtisodchilari ko‘pchiligining nazariyalari angliya- 
lik iqtisodchi J. M. Keynsning konsepsiyasiga asoslanadi. 
By konsepsiyaga ko‘ra soliqlar fiskal funksiyasidan tashqari 
iqtisodiyotni tartibga solish, rag‘batlantirish va daromad- 
lam i boshqarish vositasi funksiyalariga ega, soliqning bu 
funksiyalari uni iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy bar- 
qaror o'sishni ta ’minlash vositasi sifatida foydalanish 
zarurligidan kelib chiqadi.
Neokeynschilik yo‘nalishi vakillari bo‘lgan L. Xarrot, 
N. Kaldor, A. Xansen va P. Samuelsonlaming fikriga ko‘ra 
soliqlar iqtisodiyotni tartibga solish funksiyasiga ega. U lar 
soliq stavkalarini o‘zgartirish va turli xil imtiyozlar berish 
yo‘li bilan bu funksiyani bajarish mumkin, deb hisoblaydi- 
lar.
Sohqlaming daromadlam i boshqarish funksiyasini yuza­
ga kelishiga fransuz iqtisodchisi E. De. Jirardenning naza- 
riyasi asos bo‘lgan. Bu nazariyaga ko‘ra sohqlar yordamida 
soliqqa tortishning progressiv shkalasini qo‘llash yo‘li bilan 
jamiyat a ’zolari o‘rtasidagi mulkiy tengsizlikka barham 
berish mumkin. Hozirgi kunda bu nazariyaning davomchi- 
lari bo‘hb amerikalik iqtisodchilar A. Ilersik, G. Koul, fran- 
suz iqtisodchilari M. Klyudo, J. Furastye hisoblanishadi. 
U lam ing fikriga ko‘ra davlat soliqlardan va transfer 
to ‘lovlaridan foydalanish yo‘li bilan jamiyat milliy daroma- 
dini kambag‘allar foydasiga qayta taqsimlaydi. Bu naza- 
riyalar soliqlaming daromadlam i tartibga solish funksiyasi 
mavjud, degan xulosa kelib chiqishiga sabab bo‘ldi.
I. 
Malmiginning fikriga ko‘ra soliqlar uch funksiyani 
bajaradi, ya’ni fiskal, taqsimlash va rag‘batlantirish funk- 
siyalaridir. Uning fikriga ko‘ra birinchi funksiya davlat 
daromadlari manbalarining tashkil topishi bilan bog‘liq, 
ikkinchisi huquqiy va jismoniy shaxslaming daromadlarini 
taqsimlashni nazarda tutadi. Rag‘batlantirish funksiyasi 
turli imtiyozlar va yengilliklar berish yo‘li bilan amalga 
oshiriladi.1 0 ‘z-o‘zidan ko'rinib turibdiid, G ‘arb iqtisodiy

Мальмигин И.
Налоги как элементы финанса. М.: перевод с англ., 
1997 г., стр. 69.


adabiyotlaridagi daromadlami boshqarish funksiyasi I. Mal- 
miginda taqsimlash funksiyasi sifatida namoyon boTmoqda.
Soliqlaming funksiyalari ularning mohiyatini amaliyot- 
da harakat qilayotganligini ko‘rsatadi. Shunday ekan, 
funksiya doimo yashab, soliq mohiyatini ko‘rsatib turishi 
zamr. Demak, funksiya kategoriyasi doimiy, qat’i tak- 
rorlanib turadigan voqelikni ifodalaydi. Shunday uslubiy 
yondashishdan kelib chiqib soliqlar funksiyasini aniqlash 
kerak.
Soliqlaming funksiyalari masalasida hozirga qadar olim- 
lar o‘rtasida katta bahslashuvlar mavjud, lekin yagona bir 
fikrga kelingan emas. Ko‘pchilik iqtisodchilar soliqlarga 
fiskal, boshqamvchi, rag‘batlantimvchi, nazorat funksiya­
lari xos deb ta’rif berishadi.
„ 


, , . 
Soliqlaming 
quyidagi 
asosiy
funksiyasi1*1 
*
funksiyalarini ajratib ko‘rsatish
maqsadga muvofiqdir: 
soliqning
fiskal funksiyasi, tartibga solish funksiyasi, rag‘batlantirish
funksiyasi, nazorat funksiyasi, soliqni hisoblash jarayonini
axborot bilan ta ’minlash funksiyasi.
Soliqlaming asosiy funksiyasi — 
fiskal funksiya
hisobla- 
nib (lotincha 
fiscus
so‘zidan olingan boTib, xazina degan 
ma’noni anglatadi), bu funksiyaning mohiyati shundan ibo- 
ratki, soliqlar yordamida davlatning moliya resurslari hosil 
qilinadi hamda davlat faoliyat ko‘rsatishi uchun moddiy 
sharoit yaratiladi. Soliqlar orqali korxonalar va fuqarolar 
daromadining bir boTagini davlat boshqaruvini, mamlakat 
mudofaasini, umuman noishlab chiqarish sohasini saqlab 
turish maqsadida undirib olish yoTi bilan davlat budjetining 
daromad qismini shakllantirish — soliqlar fiskal funksiyasi- 
ning eng muhim elementi hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan fiskal funksiya­
ning ahamiyati oshib boradi. Ishlab chiqarish ijtimoiy tus- 
daligining chuqurlashishi fan-texnika taraqqiyotining ri- 
vojlanish munosabati bilan asosan soliqlar hisobiga shakl- 
lantiriladigan moliyaviy resurslar oqimini ko‘paytirishning 
real zarurati yuzaga keladi. Davlat iqtisodiy va ijtimoiy tad- 
birlarga ko‘proq e’tibor bergan sari moliyaviy resurslami 
ko‘proq sarflaydi, lekin soliq tizimi o‘zining fiskal 
funksiyasi vazifalarini bajarishi jarayonida ishlab chiqarish­
ning o‘sishiga, jamg‘arish jarayoniga halal bermasligi, ijti­
moiy adolatni buzmasligi hamda iqtisodiyotning umumiy
16


tuzilmasida buzilishlar sodir boTishiga yo‘l qo‘ymasligi, 
bozor jarayoniga putur yetkazmasligi kerak.
Soliqlaming ushbu funksiyasi orqali paydo boTadigan 
pul resurslari davlat budjeti orqali qayta taqsimlanadi, ular 
ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga, 
ustuvor tarmoqlami investitsiyalashga yo‘naltiriladi.
Jahon amaliyotida ijtimoiy himoyaga muhtoj boTgan 
shaxslar uchun soliq imtiyozlari va yuqori daromad oluvchi 
shaxslar uchun progressiv stavkalar belgilash ham qoTlana- 
di, ya’ni aholining kam daromad oladigan qismini ijtimoiy 
himoya qilish maqsadida daromadlami bir qismi qayta 
taqsimlanadi.
........................................ Bozor munosabatlarining shakl-

Yüklə 8,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə