Soliqqa tortish


SOLIQLARNING IQTISODIY MOHIYATI



Yüklə 8,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/218
tarix26.10.2023
ölçüsü8,7 Mb.
#131026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   218
1 2009 Vahobov A V Soliqlar va soliqqa

1.1. SOLIQLARNING IQTISODIY MOHIYATI
VA OBYEKTIV ZARURLIGI
Soliqlaming iqtisodiy 
mohiyati va obyektiv 
zarurligi
f Soliq tushunchasi iqtisodiy kate- 
goriya sifatida davlatning paydo 
bo‘lishi va faoliyatining davo- 
miyligi bilan bevosita bog‘liqdir.
Shu o‘rinda 
soliq kategoriyasi
davlatni iqtisodiy siyosati 
orqali iqtisodiy voqelik sifatida yuzaga chiqishini ta’kidlash 
lozim. Soliq tushunchasi tor m a’noda davlat ixtiyoriga soliq 
to ‘lovchilardan majburiy tartibda undiriladigan pul tushum- 
larini ifodalaydij
M a’lumki, soliqlar bevosita davlatning paydo bo‘lishi 
bilan bog‘liqdir, ya’ni davlat o‘zining vakolatiga kiruvchi 
vazifalarni bajarish uchun moliyaviy manba sifatida 
soliqlardan foydalanadi. Soliqlaming amal qilishi bu obyek- 
tivlikdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi barcha subyekt- 
lar ham real sektorda, ya’ni ishlab chiqarish sohasida 
faoliyat ko‘rsatmaydi. Jamiyatda boshqalar tomonidan rad 
etilgan yoki faoliyati iqtisodiy samarasiz bo‘lgan sohalar 
ham mavjudki, bular sohqlami obyektiv amal qilishini talab 
etadi. Aniqroq qilib aytganda-jamiyatni norentabel (mudo- 
faa, meditsina, fan, maorif, madaniyat va boshq.) va 
rentabel sohaga ajralishi hamda norentabel sohani moliya- 
lashtirishning tabiiy zamrligi soliqlami obyektiv amal qi- 
lishini zam r qilib qo‘yadi, vaholanki, norentabel sohaning 
ijtimoiy xizmatlari, asosan, davlat tomonidan amalga oshi- 
riladiki, ulami moliyalashtirish usuli sifatida yuzaga chiquv- 
chi soliqlar ham shu tufayli bevosita davlatga tegishli 
bo‘ladi.
Soliqlaming amal qilishini bozor iqtisodiyotiga o‘tish 
sharoitida ikki holat bilan ifodalash mumkin: 
birinchidan,
davlatning qator vazifalarini mablag‘ bilan ta ’minlash 
zamrligi, 
ikkinchidan,
bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari.
i Davlatning bajaradigan funksiyalari va vazifalari ko‘p 
boiib, bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan ba’zi ijti­
moiy himoyalangan bozor munosabatlariga mos kelmaydi-
6


gan vazifalar yo'qola borsa, yangi vazifalar paydo boTa 
boshlaydi. Bularga bizning respublikamizda kam ta’minlan- 
ganlargaf ijtimoiy yordam ko‘rsatish, bozor iqtisodiyoti 
infratuzilmasini tashkil qilish kabilar kiradi. Davlat kuchli 
ijtimoiy-siyosiy tadbirlami amalga oshirish uchun pensio- 
nerlar, talabalar, ko‘p bolali onalar va boshqalarni mablag1 
bilan ta’minlash zarurligini anglab, ayrim cheklangan 
tovarlar bahosidagi farqni budjet hisobidan qoplaydi va 
undan tashqari mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj kam 
ta ’minlanganlarga moddiy yordamlar ko‘rsatadif Shu bilan 
birga, davlat jamiyat a’zolari osoyishtaligini saqlash maqsa- 
dida o ‘zining mudofaa qobiliyatini saqlab va mustahkamlab 
turishga ham mablag‘lar sarflaydi, qolaversa, davlat fuqaro- 
lar xavfsizligini saqlash, mamlakatda tartib-intizom o ‘m a- 
tish, uni boshqarish fiinksiyalarini bajarish uchun ham 
ko‘plab mablag1 yo’naltirishga majburdir. Bunday xarajat- 
lami amalga oshirishning majburiyligi ular uchun manba 
bo‘lgan soliqlami obyektiv zarur qilib qo’yadi.
Qayd etish lozimki, hozirga qadar davlatning funksiya- 
larini bajarish ;uchun lozim bo‘lgan moliyaviy mablagTarni 
shakllantirishning soliqlardan boshqa usuli jahon amaliyoti- 
da qoTlanilgan emas. Demak, hukmron kuch sifatida davlat 
mavjud ekan, moliyalashtirish usuli sifatida soliqlar amal 
qiladi. M a’lumki, jamiyat iqtisodiy hayoti juda murakkab 
iqtisodiy hodisalardan iborat bo‘lib, ana shu murakkablik 
bevosita soliqlarga ham tegishliki, bu holat soliqlami iqti­
sodiy mohiyatini teran anglashni taqozo etadi.
Soliqlar majburiy toiovlam i ifoda etuvchi pullik muno- 
sabatlami bildiradi. Bu munosabatlar soliq toTovchilar 
bilan ulami o‘z mulkiga aylantimvchi davlat o‘rtasida 
bo'ladi. Davlat uchun budjet daromadlarining asosiy man- 
bayi hisoblangan soliqlar katta ahamiyatga ega.
Soliqlar to'g'risidagi qarashlar tarixan obyektiv va 
subyektiv omillarning ta’sirida shakllangan. Soliqlarga doir 
turli ta’riflami tahlil qilish, ularning konkret iqtisodiy-ijti- 
moiy taraqqiyotlar jarayonidagi mohiyatini asoslash, 
soliqlaming iqtisodiy rolini va soliq qonunchiligiga asos 
boTgan soliq tamoyillarini belgilash hamda soliq tizimida, 
jamiyat taraqqiyotida mavjud bo‘lgan soliqlaming tutgan 
o ‘mini aniqlash zamrdir. Chunki, davlat paydo bo’lishi 
bilan soliqlar jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarning 
zaruriy talablaridan biri hisoblanib kelingan. Davlat tuzilish
7


shakllarini rivojlanishi bilan bir vaqtda soliq tizimi o ‘zgar- 
gan va takomillashtirilgan. Soliq tizimining o‘zgarishi va 
takomillashtirilishi soliqlaming turlari, miqdorlari va yig‘ib 
olish usullari xilma-xil bo‘lganligi bilan asoslanib kelingan. 
Masalan, Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti tarixida soliqlar 
aholidan shaxsiy mol-mulk, yerdan olingan hosil, uy 
hayvonlari va boshqalar uchun «zakot» sifatida olingan.
Davlat faoliyatining barcha yo‘nalishlarini mablag1 bilan 
ta ’minlashning asosiy manbalaridan biri va davlat ustu- 
vorligini amalga oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir. 
Soliq tizim ini tartibga solish va mukammallashtirish 
moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Iqtiso- 
diyotni davlat tom onidan soliqlar orqali tartibga solish, 
davlat budjeti daromadlarini shakllantirish soliq solish vosi- 
tasida jamiyatdagi u yoki bu jarayonlaming rivojlanishiga 
ta ’sir etuvchi usuli hisoblanadi. Davlatning mavjudligi 
soliqlar bilan uzviy bog‘hq, chunki soliqdan tushadigan 
tushum lar davlat iqtisodiy mustaqilligining asosiy manbayi 
hisoblanadi.
Insoniyat tarixida yirik davlat arboblaridan bin, o'rta 
asrlarda buyuk saltanat barpo qilgan Amir Tem ur sohqlarga 
katta e’tibor qaratgan. U davlatni idora qilish tizimini yuza­
ga keltirishda asosan soliqlarga tayangan. 0 ‘sha davming 
davlat moliyasi bu tizimning eng m uhim unsurlaridan biri 
ekanligi, u davlatni boshqarishdagi barchaijihatlariga uzviy 
bog'langanligi bilan tubdan farq qilib tuigani va ayni shu 
xususiyatga ko‘ra boshqamvning barcha tarkibiy qismlari 
orasida markaziy o‘rinni egallaganligi bugungi kunga kelib 
hammaga ayon bo‘lmoqda.
Soliqlar qadimgi davrlardan e ’tiborga olingan, ammo u 
vaqtlarda soliqlar ozod va erkin bo‘lmagan kishining belgisi 
bo‘lib xizmat qilgan. 

Yüklə 8,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə