Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
409
SPIRT ISHLAB CHIQARISH JARAYONINI AVTOMATIK BOSHQARUV
TIZIMLARINING TAHLILI
Usmonov Axtam Usmonovich
Texnika fanlari nomzodi, dotsent, Buxoro muhandislik texnologiya
instituti
Doniyorov Firdavs Orifjon o’g’li
M7-21 TJBAKT magistranti, Buxoro muhandislik texnologiya instituti
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada spirt ishlab chiqarish jarayonini avtomatik boshqarish
tizimlarining tahlili, tegishli tavsiyalar borasidagi fikrlar yoritildi.
Kalit so’zlar: Avtomatik rostlash sistemasi, Ob’yekt, avtomatik boshqaruv,
rostlash obyekti, issiqlik almashtirgich.
АННОТАЦИЯ
В данной статье проведен анализ систем автоматического управления
процессом производства спирта, даны соответствующие рекомендации.
Ключевые слова: Система автоматического регулирования, объект,
автоматическое управление, объект регулирования, теплообменник.
ABSTRACT
This article analyzes the automatic control systems of the alcohol production
process, and gives relevant recommendations.
Keywords: Automatic adjustment system, object, automatic control, adjustment
object, heat exchanger.
KIRISH
Spirt sanoatining oziq-ovqat xom ashyosidan etil spirti va rektifikatsiyalangan
spirt ishlab chiqariladi. Oziqovqat xom ashyosidan
tayyorlanadigan spirt faqat
tarkibida alkogol boʻlgan ichimliklar ishlab chiqarishda emas, balki xalq
xoʻjaligining
tibbiyot, radioelektronika, parfyumeriya va boshqa sohalarida ham
ishlatiladi. Texnika ishlarida qoʻllaniladigan spirtining koʻp qismi, asosan, oziqovqat
uchun ishlatilmaydigan oʻsimlik moddalarini gidrolizlash va turli kimyoviy usullarda
sintezlash yoʻli bilan olinadi. Hozirgi kunda ushbu yo‘nalish doirasida
bugungi kunda
ko‘plab kompaniyalar quyidagi texnologiyalarni ishlab chiqish va loyihalashtirishga
kirishdilar:
Oziq-ovqat sanoatining texnologik jarayonlari (TP) tegishli qurilmalar,
uchastkalar, avtomatlashtirish ob'ektlari deb ataladigan mashinalarda amalga
oshiriladi. Bu dinamik tizimlar bo'lib, ularning o'z vaqtida
hatti-harakati bir qator
xarakterli texnologik miqdorlarning joriy qiymatlari - harorat, oqim, daraja, turli xil
sifat ko'rsatkichlari bilan belgilanadi. Yuqori sifatli mahsulotlarni olish sharti bu