Laboratoriya mashg’ulotlari Spirtlarga xos tajribalar Spirtlarning suvda eruvchanligi va indikatorlarga munosabati



Yüklə 42,39 Kb.
tarix19.04.2023
ölçüsü42,39 Kb.
#106171
3. Spirtlar bo’yicha bajariladigan ishlar


Laboratoriya mashg’ulotlari
Spirtlarga xos tajribalar
Spirtlarning suvda eruvchanligi va indikatorlarga munosabati.
Reaktivlar: Etil spirt, propil spirt, n-butil spirt, izoamil spirt, ko`k va qizil lakmus qog’ozlar.
Uchta probirka olib, ularning biriga 0,5 ml etil, ikkinchisiga 0,5 ml propil, uchinchisiga 0,5 ml n-butil yoki anil spirt quyiladi. Spirtlarning hidiga e’tibor bering. Probirkalarning har biriga 2 ml dan distillangan suv qo`shiladi va aralashma chayqatiladi. Bunda molekulasida to`rttadan kam uglerod saqlovchi spirtlarning suvda yaxshi erishi, tarkibida to`rttadan va undan ortiq uglerod bo`lgan butil, izoamil va boshqa spirtlarning suvda yomon erishi amalda tekshirib ko`riladi. Hosil bo`lgan eritmalarga ko`k va qizil lakmus qog’ozlarini galma – gal botirib ko`rish orqali to`yingan bir atomli spirtlarning neytral modda ekanligi aniqlanadi.
Etil spirtini kaliy permangant eritmasibilan oksidlash.
Reaktivlar: etil spirt, kaliy permanganatning 1 % li eritmasi. O`yuvchi natriyning 10% li eritmasi.
Probirkaga 1-2 ml etil spirt quyib, so’ngra kaliy permanganatning ishqordagi eritmasidan 1 ml solib qizdiriladi. Eritmada qo’ng’ir rangli cho`kma – MnO2 hosil bo`ladi hamda sirka aldegidning hidi seziladi.
2KMnO4K2MnO4 + MnO2 + 2O
CH3-CH2-OH + (O)  CH3-CHO + H2O
Etil spirtni mis (II) oksid ta’sirida oksidlash.
Reaktivlar: Etil spirt, fuksinsul’fit kislota.
Mis simdan yasalgan spiral gorelka alangasida mis (II) oksidining qora pardasi hosil bo`lgunicha qizdiriladi va probirkadagi 1 ml etil spirtga botiriladi. Bunda mis (II) oksidning qaytarilish natijasida spiralning sirti oltin rangli bo`lib qoladi va sirka aldegidning o’ziga xos hidi keladi.
CH3-CH2-OH + CuO CH3-CHO + Cu + H2O
Olingan eritmaning bir qismini boshqa probirkaga quyib, unga 1-2 tomchi fuksin sul’fit kislota quyilsa, qizil binafsha rang hosil bo`lishi aldegidlarga xos bo`lgan sifat reaksiyadir.
Savollar va topshiriqlar
1. Etil spirtini kaliy permanganat bilan H2SO4 ishtirokida oksidlanishi
reaksiya tenglamasini yozing va koeffitsentlarini topib tenglashtiring.
2. Etil spirtini xromli aralashma bilan oksidlashi reaksiya tenglamasini
yozing va tenglashtiring.
3. Birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi spirtlarning oksidlanishi natijasida
qanday moddalar hosil bo’ladi? Izopropil spirtining oksidlanish reaksiyasi
tenglamasini tuzing


Yüklə 42,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə