Suv resurslari, havza tamoyili, irrigasiya tizim boshqarmalari, suv iste’molchilari uyushmalari, sig’imlilik, qaytimlilik, sug’orish usullari


Fermer xo’jaliklarida tomchilatib sug’orish texnologiyasini qo’llash xususiyatlari



Yüklə 57,36 Kb.
səhifə11/12
tarix31.05.2022
ölçüsü57,36 Kb.
#88418
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
5 mavzu Qishloq xo‘jaligida suv resurslari va ulardan foydalanish

Fermer xo’jaliklarida tomchilatib sug’orish texnologiyasini qo’llash xususiyatlari.
Tomchilatib sug’orish natijasida boshqa sug’orish usullariga nisbatan 20 foizdan 60 foizgacha suv tejaladi.
Tomchilatib sug’orishda suv o’simlikka shlanglar vositasida yetkazib berilganligi uchun dala tuprog’i qotmaydi, natijada tuproqni yumshatishga (kultivasiya) va ariq olishga hojat qolmaydi. Tuprog’i qotmagan maydon esa mavsum oxirida oson haydaladi.
O’g’it suv bilan birga berilganligi bois, o’g’itlash uchun texnika ishlatishning zaruriyati yo’qoladi.
Tomchilatib sug’orish tizimini qurish uchun suv nasosi, filtr hovuz-tindirgich, o’g’itlovchi moslama, magistral va tarqatuvchi quvurlar, sug’orish shlanglari, tomizgichlar, yordamchi va o’lovchi qismlar kerak bo’ladi. Bundan tashqari qurilish ishlari va loyihani tuzish xarajatlar kiritiladi.
2014–2015 yillarda o’tkazilgan tadqiqot ishlariga asosan bir gektar maydonga o’rtacha 6–7 mln so’m atrofida mablag’ sarflandi.
Respublikamizda ushbu texnologiya uchun talab etiladigan 95 foiz jihoz va anjomlari chiqariladi. Bundan 5–6 yil burun mamlakatimiz sharoitida tomchilatib sug’orish tizimining ba’zi qismlarini ishlab chiqaruvchi birgina Saniplast qo’shma korxonasida ishlab chiqarilgan bo’lsa, hozirgi kunga kelib bunday korxonalar soni bir qadar ko’paydi.
Agar suv nasosi “Suvmash” zavodida tayyorlansa, filtr, har xil diametrdagi plastik quvurlar, shlangalar, yordamchi va ulovchi qismlar “Sho’rtangazkimyo”, “Maxsuspolimer”, “Jizzaxplasmassa” va boshqa korxonalarda ishlab chiqilmoqda. Eng asosiysi avvallari to’liq chetdan keltirilgan tomizgichlar (kapelnisalar) endilikda o’zimizda “Pipelayn texnologis” (Toshkent sh.), “Agroplast montaj servis” (Namangan viloyati) korxonalarida ishlab chiqarilmoqda.
Tomchilatib sug’orish tizimini va suvni tejaydigan boshqa sug’orish texnologiyalarini joriy etgan qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga tejalgan suv resurslaridan boshoqli don ekinlaridan bo’shagan maydonlarda qishloq xo’jaligi ekinlari o’stirish uchun foydalanish huquqi berilishi belgilab qo’yilgan.
Shu bilan birga, 2014 yilda O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 367-moddasiga kiritilgan o’zgartirishlarga asosan yuridik shaxslar, yer uchastkasining qaysi qismida tomchilatib sug’orishdan foydalanilayotgan bo’lsa, o’sha qismida tomchilatib sug’orish tizimi joriy qilingan oydan boshlab besh yil muddatga 5 yil muddatga yagona yer solig’i to’lashdan ozod etildi.
Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 21 iyundagi 176-sonli qaroriga asosan tomchilatib sug’orish tizimini va suvni tejaydigan boshqa sug’orish texnologiyalarini joriy etish har yili tasdiqlanadigan Tomchilatib sug’orish tizimini va suvni tejaydigan boshqa sug’orish texnologiyalarini joriy etish Davlat dasturlari asosida amalga oshirilishi belgilab qo’yilgan.


Yüklə 57,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə