Suvning gigiyenik va epidemiologik ahamiyati


Suv ifloslanishining kimyoviy ko‘rsatkichlari



Yüklə 93 Kb.
səhifə3/6
tarix21.10.2023
ölçüsü93 Kb.
#129793
1   2   3   4   5   6
Ichimlik suvi tarkibi va uning sifatiga qo’yiladigan talablar

Suv ifloslanishining kimyoviy ko‘rsatkichlari
Suvning kimyoviy sifati suv manbalarining organik moddalar va ularning parchalanish mahsulotlari (ammoniy tuzlari, nitritlar, nitratlar) bilan ifloslanishining kimyoviy ko‘rsatkichlari deb ataladigan ko‘rsatkichlarda aniqlanadi. Bu birikmalarning suvda bo‘lishi suv yo‘lidagi tuproqning ifloslanganini va ana shu moddalar bilan bir qatorda suvga patogen mikroorganizmlar tushib qolishi mumkinligini bildiradi.
Ayrim holllarda har bir ko‘rsatkich o‘ziga xos tabiatga ega bo‘lishi, masalan: organik moddalar o‘simliklardan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun suvga bitta emas, balki bir necha kimyoviy ifloslanish ko‘rsatkichlari bo‘lsa hamda bakterial ifloslanish ko‘rsatkichlari, masalan, ichak tayoqchasi topilsa va bu suv manbayi sanitariya jihatidan tekshirilganda tasdiqlansa, bunday suv manbaini organik birikmalar bilan ifloslangan deb hisoblash mumkin.
Suvning oksidlanish xususiyati uning tarkibida organik birikmalar borligini bildiradi. Bir litr suvdagi organik moddalarning oksidlanishiga ketgan kislorodning mg dagi miqdoriga qarab, suvda organik moddalar bor-yo‘qligi to‘g‘risida fikr yuritiladi. Artezian suvi birmuncha kam oksidlanuvchanlikka ega.
Odatda 1 litr suvga 2 mg gacha, shaxta quduqlari suviga 3 – 4 mg kislorod to‘g‘ri keladi. Suv oksidlanishining shu raqamdan oshishi ko‘pincha suv manbayi ifloslanganligini ko‘rsatadi. Suvda ammonitli azot va nitritlar paydo qiladigan asosiy manba – bu oqsil qoldiqlari, hayvonlar jasadi, siydik va najasning chirishi, buzilishidir. Bunday ko‘rsatkich «oqsil uchligi» deb ataladi. Suv yangigina organik chiqindilar bilan ifloslanganda, unda ilgari bo‘lmagan ammoniy tuzlarining miqdori 0,1– 0,2 mg/l dan oshib ketadi. Nitritlarning 0,002 – 0,005 mg/l dan oshiq bo‘lishi ifloslanishning muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. Nitratlar ammoniy tuzlari oksidlanganda hosil bo‘ladigan oxirgi mahsulotdir. Suvda ammoniy tuzlari va nitratlarning bo‘lishi unga oldinroq azot tutuvchi moddalar tushib, allaqachon minerallanishga ulgurganligini ko‘rsatadi. So‘nggi yillarda azot tutuvchi o‘g‘itlar ko‘p ishlatilayotganligi sababli quduq suvlarida nitratlar miqdorining yuqori bo‘lishi ko‘p kuzatilmoqda.
Suvning sifatini kimyoviy usul bilan aniqlashga «oqsil uchligi» bilan bir qatorda, suv tarkibidagi xloridlar miqdorini aniqlash ham kiradi. Suv manbalari ferma va aholi chiqindilari bilan ifloslanganda suv tarkibidagi xloridlar miqdori oshib ketishi mumkin. Shuni yodda tutish kerakki, xloridlarning suvdagi miqdori sho‘rxok tuproqlar, ya’ni noorganik xloridlar hisobiga ham ko‘tarilishi mumkin. Aslida suvdagi xloridlarning miqdori 350 mg/l dan oshmasligi kerak.

Yüklə 93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə