Ta lim texnologiyalari


Didaktik markazlashgan texnologiya



Yüklə 180,86 Kb.
səhifə34/99
tarix02.04.2022
ölçüsü180,86 Kb.
#84956
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   99
Ta lim texnologiyalari

Didaktik markazlashgan texnologiya. Bu texnologiya markazida ta'lim jarayoni turadi va ta'lim jarayoni tarbiyadan ustun qo‗yiladi. Aynan didaktik vosita yordamida shaxsni shakllantirish maqsad qilib qo‗yiladi. Bunda o‗qituvchi yetaklovchi sifatida maydonga chiqadi. Ikki tomon ham (o‗qituvchi va talaba) bir xil pozitsiyani egallaydi. Asosiy maqsad ta'lim olish va tomonlar hamkorlikda ish olib boradilar.

  • Shaxsga yo„naltirilgan texnologiyalar. Ta'lim tizimining markazida talaba shaxsi turadi. Talabaning rivojlanishiga so\lom psixologik muhitni tashkil qilish, nizo va inqirozlardan asrash, tabiiy imkoniyatlarini rivojlantirish, qobiliyatini o‗stirishga qaratilgan. Bu yo‗nalishni to‗rt guruhga bo‗lish mumkin:

    1. Insoniy texnologiyalar (Gumanno-lichnostyu texnologii). Bu texnologiya o‗zining insoniyligi bilan, psixoterapevtik yo‗nalishi bilan ajralib turadi. Ushbu texnologiyaning mazmuni talaba shaxsini har tomonlama qo‗llab-quvvatlash va talabani ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdir. Talabaga nisbatan hurmat va mehr bilan qarash va majburiylikdan voz kechishdan iboratdir.

    2. Hamkorlik texnologiyasi. Bu texnologiya demokratiya, hamkorlik, tenglik kabi \oyalar asosida qurilgan. O‗qituvchi v talaba orasidagi munosabatlar sub'ekt - sub'ekt sifatida qaraladi. Birgalikda ta'lim jarayoni tashkil etiladi va birgalikda ijod etiladi.

    v) Erkin tarbiya texnologiyasi. Talabaga tanlash, mustaqillik erkinligi beriladi. Talaba o‗zi tanlagan vosita va mazmunni to‗liq qabul qiladi, hamda bu faoliyatni xoxish bilan bajaradi. Ichki extiyoj bilan uy\unlik hosil bo‗ladi.

    g) Ezoterik texnologiya. Ezoterik bilimlar (ongdan tashqari) qonuniyatlarni o‗rganish orqali haqiqatga yaqinlashish nazarda tutiladi.


    Ilmiy tajribani o‗rganish bo‗yicha: Geshtalt texnologiya, Bixeivioristik rivojlantiruvchi kabi texnologiyalarni ajratish mumkin. Bixeivioristik texnologiya

    • (E. Torondayk, D. Uotson, V.S. Dinner va boshqalar) bu nazariyaning umumiy ko‗rinishi quyidagicha: Stimul-reaksiya-mustahkamlash. Stimul – qo‗z\atuvchi, reaksiya – faoliyat, mustahkamlash – baholash va ra\batlantirish. Ular o‗zlashtirish mexanizmi mana shu ko‗rinishda vujudga keladi degan fikrni oldinga tashlaydi. Bunda talabaning munosabati va hissiyotlari hisobga olinmaydi va talabaning onglilik masalasiga kam e'tibor qaratiladi.

    Geshtalt texnologiya – (M. Vetmeymer, G. Myuller, V.Keler) talabaning qabul qilishiga, idrok qilish refleksini o‗rganishga asoslangan, yangi mavzuni o‗zlashtirish yorqin fragmentlardan va yakuniy fikrlardan tashkil topish nazarda tutiladi. Idrok va diqqatga qaratilgan texnologiyalardir. Talabaning qabul qilish xususiyatlarini va diqqatning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda o‗zlashtirish jarayonini tashkil etish zarur ekanligini ta'kidlaydi va shu asosda o‗zlashtirish texnologiyalarini yaratadi.

      1. Rivojlantiruvchi texnologiya. V.V. Davidov, D. B. Elkonin \oyasi.

    Asosiy mazmuni - nazariyaning amaliyotdan ustunligi va mazmuniy umumlashtirishlardan foydalanish, mantiqiy bo\liqliklar va guruhlash sistemalashtirishdir. Umumiydan yakkaga qarab harakatlanish. Mavjud bilimlardan yangi bilimlarga qarab harakat qilish, ya'ni bor bo‗lgan assotsiatsiyalar asosida yangi assotsiatsiyalarni vujudga keltirishni nazarda tutadi. Talabaning tushunishi oson bo‗lgan bilimlardan uzoqroq va murakkabroq bilimlarga qarab xarakatlanishni tavsiya etadilar (oblast blijayshego razvitiya). Soddadan murakkabga qarab izchil rivojlanish o‗zaro bo\liqliklarga amal qilish talab etiladi.

      1. Suggestiv texnologiya. Emotsional, yorqin taasurot, ishontirish, qiziqtirishga yunaltirilgan. Talaffuz, mimika, gipnoz, avtoritetdan foydalanish kabilarga asoslanadi. His–tuy\ularni uy\otishga qaratilgan. O‗zlashtirish jarayonida insonning nafaqat ongi, balki his-tuy\ulari ham ishtirok etishini va o‗zlashtirish jarayonida hissiyotlarni uy\otish bilimlarning faqat ong bilan emas, balki qalb bilan ham anglab yetishiga yordam berishini ta'kidlaydilar. Faqat ong bilan qabul qilingan bilimlar quruq va yuzaki bo‗ladi degan fikrlar asosida o‗zlarining o‗zlashtirish texnologiyalarini yaratadilar. Ular har bir yangi mavzuni o‗zlashtirishda obrazlardan foydalanish, hissiyotlarni uy\otish va har bir talaba ana shu hislarni sezishini ta'minlashga e'tibor beradilar.

    Yüklə 180,86 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   99




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə