Tadbirkorlik


 2. TADBIRKORLIK FALSAFASI, UNING AHAMIYATI VA



Yüklə 9,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/236
tarix23.05.2023
ölçüsü9,01 Mb.
#112330
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   236
Tadbirkorlik asoslari. Hamroyev H

4. 2. TADBIRKORLIK FALSAFASI, UNING AHAMIYATI VA
SHAKLLANTIRILISHI
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar tajribasidan m a’lumki, raqobatda 
g'olib chiqishning turli yo‘llari va vositalari mavjud: mahsulotning 
sifati, narxi, iste’molchilar talabiga mosligi, ularga mahsulotni tez va 
qulay tarzda yetkazib berish, g ‘oyalami amalga oshirishda tezkorlik va 
boshqalar. Yana shunday ko‘zga tashlanmaydigan vosita borki, undan 
samarali foydalangan firmalar muvaffaqiyatga erishganlar. Bu tadbir­
korlik, biznes falsafasidir. Falsafa odamlarning am aldayo‘1 tutish umu­
miy tamoyillarini ishlab chiqib, madaniyat va amaliyot umumiy kon- 
sepsiyasi sifatida hayotda muhim rol o ‘ynaydi. Tadbirkorlik sohasida 
ham u katta rol o ‘ynashi mumkin. Tadbirkorlik falsafasi — bu tadbir­
korlik to‘g ‘risidagi umumnazariy g‘oyalar, qarashlar, tasavvurlar yax­
lit tizimi va uning asosida shakllantirilgan tadbirkorlikni tashkil etish, 
amalga oshirish, rivojlantirishga umumiy yondashuvdir. Demak, tad­
birkor falsafasi o‘z ishiga madaniy-ma’naviy nuqtayi nazaridan yuksak 
mezonlar va andozalar asosida shakllantirilgan o ‘ziga xos yondashuv 
hisoblanadi.
Rivojlangan mamlakatlarda tadbirkorlik, biznes falsafasi, ayrim 
kompaniyalarda esa firma falsafasi u yoki bu darajada shakllantirilgan 
va amal qilib kelmoqda. 0 ‘zbekistonda ham tadbirkorlik milliy falsafa- 
sini yaratish payti keldi. Biz ana shunday falsafani shakllantirish bora- 
sidagi o ‘z fikr-mulohazalarimizni quyida keltirib o'tamiz.
0 ‘zbekistonda tadbirkorlik milliy falsafasi quyidagi muhim tamo- 
yillarga asoslanishi lozim:
1) insoniylik;
2) erkinlik;
3) mustaqillik;
59


4) tashabbuskorlik;
5) sifat va samaradorlik;
6) ijtimoiy m as’ullik;
7) qonuniylik.
Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti tizimi markazida inson 
turadi. Bu tizimning asosiy maqsadi inson manfaatlari va kamoloti 
bo‘lishi lozim. Iqtisodiyotning har bir sohasi, tarmog'i, subyektining 
faoliyati pirovard natijada insonning moddiy va m a’naviy ehtiyojlarini 
qondirishga xizmat qiladi. Tadbirkorlikning umumiy ijtimoiy-iqtisodiy 
maqsadi inson (tadbirkorlar, iste’molchilar, xaridorlar, mijozlar) ehti­
yojlarini yaxshiroq qondirib, aholining turmush darajasi va farovon- 
ligini ko‘tarish hisoblanadi.
Tadbirkorlik bilan shug‘ullanadigan jismoniy va yuridik shaxslar 
faoliyat sohasi, turi, shakli va joyini, hamkorlar va xodimlar tanlashda 
to ‘la erkin hamda o‘z mol-mulki va oladigan foydasini tasarruf etish, 
qarorlar qabul qilish va o 'z faoliyatini yuritishda to ‘la mustaqil hisob­
lanadilar. Ularning erkinligi va mustaqilligi 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligi- 
ning kafolatlari to ‘g ‘risida”gi va boshqa qonunlarda mustahkamlangan 
va kafolatlangan. Faqat ulardan amalda to‘g‘ri foydalanish lozim.
Tadbirkorlik - bu tashabbuskorlik, izlanuvchanlikdir. Ana shun­
day fazilatlarga ega bo‘lgan kishi haqiqiy tadbirkor bo‘lishi mumkin. 
Bunday tadbirkor mavjud holat va erishgan yutuqlari bilan kifoyalanib 
qolmay, doimo yangi-yangi imkoniyatlami izlab topish va ro‘yobga 
chiqarishda tashabbus ko'rsatadi. Tadbirkorlar yangiliklarni joriy etish- 
da peshqadam bo‘lib. boshqalami ham ergashtirib, ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotga katta hissa qo‘shadilar. Shuning uchun ham ulaming no- 
vatorlik missiyasi jamiyatda muhim rol o ‘ynaydi.
Tadbirkorlik - bu sifat va samaradorlikdir. Tashabbuskor, izlanuv- 
chan tadbirkorlar xomashyo va materiallarning yangi turlari, ilg‘or 
texnika va texnologiyalar, ishlab chiqarish omillarining yangicha 
uyg‘unligi (kombinatsiyasi), faoliyatni tashkil etish va boshqarishga 
yangicha yondashuvlarni joriy etib, mahsulot sifatini yaxshilash, ish­
lab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va samaradorligini oshirishga 
erishadilar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kuchayib borayotgan raqo­
bat sifat va samaradorlikni birinchi o‘ringa ko‘tarishni taqozo etadi. 
Bozor talabi va uning o‘ zgarishlarini yaxshiroq anglab, unga tezroq
60


moslasha olgan tadbirkorlar raqobatda ustunlikka va natijada yuqori 
ko‘rsatkichlarga erishadilar.
Tadbirkorlik bilan shug‘ullanadigan shaxslar o‘z zimmalariga 
m a’lum ijtimoiy m as’uliyat ham oladilar: jamiyat va uning a ’zolarini, 
ularning manfaatlarini hurmat qilish, ularga ziyon yetkazadigan hara­
katlar qilmaslik, ijtimoiy sohadagi ishlar va aholini ijtimoiy qoilab- 
quvvatlashda ishtirok etish va boshqalar.
Tadbirkorlik m a’lum huquqiy muhitni talab qiladi va amal qilayot- 
gan qonunlarga muvofiq tashkil etiladi, amalga oshiriladi, rivojlanadi. 
0 ‘zbekistonda tadbirkorlik uchun huquqiy muhit, umuman yaratilgan 
va u takomillashib bormoqda. Respublikada jamiyatning demokratiya 
asoslari mustahkamlanib borgan sari tadbirkorlik sohasidagi ayrim 
ma’muriy-huquqiy cheklovlar qisqarib, m a’muriy aralashuvlar bartaraf 
etilib, tadbirkorlik subyektlari erkinligi va mustaqilligi kengayib bora- 
di, Bu jarayon, o‘z navbatida tadbirkorlarning ham huquqiy madani- 
yatini ko‘tarib borishni taqozo etadi.
Shuni ta ’kidlash lozimki, 0 ‘zbekistonda mustaqillikdan so‘ng tad­
birkorlikka yo‘l ochilgan bo ‘lsa-da, u shu o ‘tgan qisqa vaqt ichida an- 
cha rivojlanib, jamiyatda o ‘zining munosib o ‘rnini egallab bormoqda. 
Shuning uchun endi uning falsafiy asoslariga nazariy va amaliy jihatdan 
jiddiy e’tibor qaratishga ehtiyoj sezilmoqda. Birinchi navbatda, respub­
likada tadbirkorlik milliy falsafasini yaratish, so‘ng esa uning asosida 
har bir tadbirkorlik subyekti o ‘z falsafasini ishlab chiqishi va joriy eti­
shi lozim bo‘ladi. Bunday zaruriyat bozor iqtisodiyoti va raqobatning 
rivojlanishidan kelib chiqadi. Mazkur yo‘nalishda iqtisodiy rivojlangan 
mamlakatlar tajribasini o‘rganish ham foydali hisoblanadi.
Birinchi bo‘lib biznes falsafasi firma falsafasi ko‘rinishida 
Yaponiyada yaratilgan va joriy etilgan. Keyinchalik u G ‘arb mamlakat- 
larida o ‘z madaniy qadriyatlariga moslashtirilib qo‘llangan. Firma fal­
safasi quyidagi uch qoidaga asoslanadi:
1) firma falsafasini joriy etuvchilar ham, uni ro‘yobga chiqaruvchi­
lar ham, firma muvaffaqiyatini ta ’minlovchilar ham uning xodimlaridir;
2) firma ham misoli jonli organizm bo‘lib, unda yagona maqsad sari 
birlashgan odamlar ishlaydilar;
3) firma ham, uning xodimlari ham muntazam ravishda yangilanib, 
o‘zgarib, tashqi muhit o‘zgarishlariga moslashib boradilar.
61


Mazkur qoidalarni ro ‘yobga chiqarish va firma falsafasini yaratish- 
da har bir xodimning tabiati, qobiliyati, qiziqishi, intilish sabablarini 
aniqlab olish zarur bo‘ladi. Biznes nuqtayi nazaridan odamlar uch toi- 
faga ajratiladi.
1. Iqtisodiy odam. Uning asosiy maqsadi ko‘proq pul topish bo‘lib, 
uni ishlatish uchun ko‘proq rag‘batlantirish va jarim a usullarini qo‘llash 
kerak bo‘ladi. Agar boshqa firma unga ko'proq pul va’da qilsa, u ishlab 
turgan joyini bemalol tashlab ketaveradi.
2. Ijtimoiy odam. Bunday odamlar o‘z kuchiga ishonmaydilar va 
davlatdan, firmadan homiylik kutadilar. Ulardan tashabbuskorlikni kut- 
m asaham bo‘ladi.
3. Tashabbuskor odam. Ular o ‘z imkoniyatlarini amalga oshiruvchi- 
lar bo'lib, yangi-yangi takliflar qiladilar va shuning bilan birga, mod­
diy manfaatdorlikka ham ahamiyat beradilar. Bunday tabiatli kishilar 
firmaga sadoqatli, uning yaxshi-yomon kunlarida uni qo‘llab-quvvat- 
laydigan va farovonligini ta ’minlaydigan odamlardir.
Yuqoridagi g‘oyalar va fikrlar asosida shakllantirilgan va amal qilib 
kelayotgan firma falsafasini ayrim chet el firmalari misolida ko‘rib 
chiqish u bilan batafsilroq tanishishga imkon beradi.
Amerika IBM kompaniyasida “Kompaniyaning eng katta boyligi -
uning odamlari” degan shior bor va unga qat’i rioya qilinadi. Bu shior 
ikki qoidaga asoslanadi. Birinchisi, eng iste’dodli odamlarni kompani- 
yada ishlashga jalb etish, ularning malakasini oshirib borish, kuchli 
xodimlarni ushlab qolish bo‘Isa, ikkinchisi, rahbariyat tomonidan mus- 
taqillik, tashabbuskorlikni rag'batlantirishdir. Firmada xodimlarni qat- 
tiq nazorat qilish o‘miga, ularga erkinlik beriladi, tashabbus ко" rsatish 
uchun tegishli vakolat ham taqdim etiladi, o‘z fikr-mulohazalarini be­
malol izhor qilishi va mustaqil ishlashlari uchun zarur sharoit yaratiladi. 
Bundan ko‘rinib turibdiki, kompaniyada ishchi-xodimlaming hurmati 
joyiga qo‘yilgan, ular har tomonlama e’zozlanadi. Kompaniya rahbari- 
yatining fikricha, odamlar o ‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqara olsalar, 
nimaga qodir ekanliklarini anglasalar, ishlaridan faxrlansalar shuning 
o ‘zi ular uchun katta yutuq hisoblanadi.
Xodimlarni bir oila a’zolari sifatida birlashtirish firma falsafasi- 
ning ikkinchi qoidasini tadbiq etishni-firma madaniyatini jonlantirishni 
taqazo etadi. Falsafa madaniyat umumiy konsepsiyasi bo‘lganligi tu- 
fayli firma falsafasi firma madaniyatida ham o‘z aksini topadi. Firma
62


madaniyati muayyan firmaga xos qadriyatlar, an’analar, urf-odatlar 
tizimi ko‘rinishida shakllanadi. Firma xodimlari o‘rtasida hamjihatlik 
va ularni o'zaro birlashtiruvchi firma madaniyati uning muvaffaqiyatini 
ta’minlaydigan muhim omildir.
IBMdagi firma madaniyati quyidagi uch tamoyilga asoslanadi:
- odamlami hurmat qilish;
- kamolotga intilish - “0 ‘ylanglar” shiori ostida;
- xaridorlar (mijozlar)ga sifatli xizmat ko‘rsatish.
Bu kompaniyada firma madaniyatida katta e’tibor beriladi. Uning 
firma madaniyatida kompaniyada shakllangan urf-odatlar, an’analar 
muhim o‘rin egallaydi: xodimlaming bir xil kiyinishlari, rahbarlar- 
ning arzon qora kostyum kiyishlari (qo‘l ostida ishlaydigan xodimlardan 
ajralib turmaslik uchun), yangi xodimlaming firmaga a’zo bo‘lishlari 
munosabati bilan har yili bayram o ‘tkazilishi, firmani tuzgan va uning 
taraqqiyotiga hissa qo‘shgan kishilami e’zozlash, yangi xodimlarni ular 
bilan tanishtirish va hokazolar.
Firmada o‘sib borayotgan iste’dodli xodimlar 10 yilgacha martaba 
pog‘onasidan ko‘tarilmay, bo‘limdan bo‘limga o ‘tkazilib, unga firma- 
ning ruhiyati singdiriladi. Natijada u ham malakali mutaxassis bo‘lib 
etishadi, ham firmaning odamiga aylanadi va unga vafodor boiadi. 
Kompaniyada g ‘oliblik qo‘llab-quvvatlanadi. Har bir xodimning im­
koniyatlari o ‘rganiladi va har kimga uning qo‘lidan keladigan vazifa 
topshiriladi, eng kuchli va iste’dodli xodimlar esa “g ‘oliblar klubi”ga 
a ’zo qilib olinadi.
Shunday qilib, firmada hamma narsa asosiy maqsadga - odamlar 
faqat pul topish uchun emas, balki o‘z oilasi bo‘lib qolgan firmaning 
qudratini oshirish, uning farovonligini ta’minlashga hissa qo‘shishga 
yo‘naltirilgan.
Yaponiyalik 23 yoshli Konosuke Matsusita, “Panasonik elektrik” 
kompaniyasiga asos solgan va unga o ‘z nomini bergan. Uning birinchi 
mahsuloti chiroqlar uchun patron ishlab chiqarish bo‘lgan. U hozirga 
kelib Soni, Xitachi, Toshiba, Matsusita kabi savdo belgilari ostida bar­
cha maishiy va idoraviy elektron moslamalari, komputerlar, sanoat va 
tibbiyot uskunalari, aloqa vositalari ishlab chiqaradigan va dunyo elek- 
tronika bozorida yetakchilik qilayotgan mashhur kompaniyaga aylan- 
gan. Kompaniya dunyoning 46 mamlakatida ish olib boradi. Konosuke 
Matsusita “Panasonik” kompaniyasining dunyo elektronika bozori-
63


da yetakchilikka erishishini ta’minlab bergan falsafaga asos solgan. 
Kompaniya falsafasi quyidagilardan tashkil topgan:
- xaridorning ustunligi;
- jamiyatga foyda tegadigan daromad;
- erkin boshqaruv;
- hamkorlikda ishlash;
- kompaniya barcha xizmatchilarining boshqaruvda ishtirok etishi;
- halol raqobat;
- insonning mahsulotdan yuqori turishi.
Bundan tashqari, kompaniya falsafasi bir qator qoidalar bilan 
to ‘ldiriladi va quvvatlanadi. Bu qoidalar ikki guruhga bo‘linadi:
1) kompaniya va ishchilarga m o‘ljallangan qoidalar:
- har bir ishchi, hatto nafaqa yoshiga yetgan bo ‘ Isa ham, bu kom­
paniyada umrining oxirigacha ishlash huquqiga ega;
- kompaniya xodimlari ishdan bo‘shash nimaligini bilmaydilar;
2) ishchilar uchun qoidalar:
-ja m iy a t rivojiga o‘z hissasini qo‘shish;
- adolat;
- haqqoniylik;
- hamkorlik;
- birlashish;
- har qanday sharoitga moslashish;
- minnatdorchilik tuyg‘usi.
Kompaniya barcha xizmatchilari har kuni mamlakat madhiyasi 
va Konosuke shiorini aytib ishga kirishadilar. Konosuke shiori qu- 
yidagichadir: “Bizning mehnatimiz yashash sharoitimizni yaxshilaydi 
va biz jamiyat rivojiga ham o‘z hissamizni qo‘shmoqdamiz”.
Konosuke Matsusita kompaniyani boshqargan davrda (1973- yil­
gacha) qo'llagan ish uslubi nafaqat o ‘z kompaniyasida, balki butun 
Yaponiya biznesida inqilob yasadi. Kompaniyaning hozirgi rahbari 
Kunio Nakamura ham aynan shu ish uslubiga amal qilib kelmoqda. 
1932- yilda Matsusita asos solgan boshqaruv tamoyillari Yaponiya 
kompaniya boshqaruvi qoidalari maqomiga erishdi.
“Soni korporeyshn” kompaniyasida firma falsafasi “Soni ruhi- 
yati” degan manifestida aks ettirilgan. Unda, jumladan shunday de- 
yilgan: “Soni - pionerdir va hech qachon o ‘zgalar ketidan bormaydi. 
Taraqqiyotni ta’minlash orqali Soni butun dunyoga xizmat qilmoqchi
64


va shuni amalga oshirish maqsadida har doim yangi cho‘qqilar sari inti- 
ladi”. "Soni"ning tamoyili - har bir kimsani hurmat qilish hamda uning 
qobiliyatini rag‘batlantirishdir. U har doim insonning yaxshi fazilatini 
ochishga intiladi, unga ishonadi va qobiliyatini rivojlantirishga imkoni- 
yat yaratadi. “Soni”ning hayotiy kuchi - ana shundadir. “Sonr’ning 
yangi xodimlariga bayon qilinadigan bu manifesti asta-sekin ularning 
shaxsiy manifestiga, turmush tarziga, dunyoqarashiga aylanadi.
Shuni ta’kidlab o'tish lozimki, firma falsafasi judajiddiy, murakkab 
narsa va uni har qanday, ayniqsa, kichik korxonalarda yaratish qiyin. 
Lekin bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatga bardosh berib, rivojian- 
moqchi bo‘lgan har qanday korxona o ‘z falsafasi to ‘g ‘risida o‘ylashi 
kerak bo‘ladi.

Yüklə 9,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə