Tarbiyaviy ishlar


Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil



Yüklə 16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/110
tarix22.03.2024
ölçüsü16 Kb.
#184034
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   110
Tarbiyaviy ishlar metodikasi

1.8. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil
qilishda m a’naviyat ishlari bo4yicha direktor
o ‘rinbosarining ish metodikasi
I. O'quvchilarni har tomonlama yetuk, barkamol qilib 
tarbiyalash masalalarini muvaffaqiyatli hal etish, ularda faol 
hayotiy mavqeni shakllantirish, o'zlashtirish va bilim sifatini 
oshirish ko'p jihatdan kuni uzaytirilgan guruhlaming samarali 
ishlashiga bog'liqdir. Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil 
qilingan ishlar o'quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni 
to'ldiradi. Ularning dunyoqarashi to 'g 'ri shakllanishiga, axloqiy 
kamol topishiga ko'maklashadi. Nazariy bilimlaming amaliyot 
ishlab chiqarishi bilan bogianishiga zamin yaratadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi 
tashkilotchilaming 
vazifalari 
ham 
ko'p 
qirralidir. 
Ularga 
quyidagilar kiradi:
1. 
Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlami rejalashtirish va 
amalga oshirishni nazorat qilish.
2. 
O'quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko‘p
49


qirrali ishlarini o ‘quvchilar tashkilotlari va sinf faollari yordamida 
y o ig a qo‘yish.
3. 
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar y o ‘nalishiga 
bevosita rahbarlik qilgan holda o ‘qituvchilar, sinf rahbarlari, ota- 
onalar. sinf faollariga uslubiy yordam koi'satish.
4. 
Umummaktab va maktablararo o ‘tkaziladigan eng muhim 
tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish.
5. 
O^quvchilarning b o ‘sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya 
va madaniyat muassasalari hamda jam oatchilik kuchidan keng 
foydalanish. Bu borada direktor oi'inboosari faolligining uchta 
asosiy tomonini ko‘rish mumkin: tashkilotchilik, uslubiy va 
m a’muriy.
Bular k o ‘pincha o ‘zaro uzviy bog ian g an holda namoyon 
b o ia d i. M a’naviyat ishlari bo‘yicha direktor o ‘rinbosarinig 
tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator ishlarni ham kiritish 
mumkin: 
a)tarbiyaviy 
ishlar sohasida 
erishgan yutuq 
va 
kamchiliklarni tahlil qilish; b) tarbiyaviy ishlaming maqsad va 
vazifalarini aniqlash; c) tarbiyaviy, ommaviy, siyosiy ishlami 
rejalashtirish va ulaming mazmunini, shakl va usullarini aniqlash;
d) 
sinfdan, 
maktabdan 
tashqari 
ishlami 
rejalashtirish, 
gumhlashtirish va ularning mazmunini, shakl va usullarini 
aniqlash, boshqamvchi shaxslami aniqlash.
О 'quvchi laming sinfdan tashqari ishlari o 'z mazmuniga ko‘ra 
tafakkur faoliyati va munosabat vositasi hisoblanadi. Chunki 
sinfdan tashqari ishlarda olingan axborot idrok etiladi, qayta 
ishlanadi. Shu asosda yangi bilimlar hosil qilinadi. 0 ‘quvchilar 
maktabdan tashqari ishlarda qatnashib turli kishilar bilan muayyan 
munosabatga kirishadilar. Turli vaziyatga duch keladilar. Shuning 
uchun ham o‘quvchilaming maktabdan tashqari faoliyatlari 
qanchalik xilma-xil b o is a , ulaming munosabatlari doirasi 
shunchalik keng va m a’naviy o ‘sishi samarali b o ia d i. Maktabdan 
tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda o ‘quvchilar jamoadagi ishlarni 
o'rganadilar. Ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar. Ishlab 
chiqarish mehnatiga qo ‘shiladilar. Jamoatchilik fikriga bo^ysu- 
nishga, jam oa sharafi uchun kurashishga otlanadilar. Maktabdan
50


tashqari faoliyatga quyidagilar kiradi:
1. 
Og'zaki ish usulJari:
majlislar, yig‘inlar, m a’ruzalar, 
kutubxonalar, 
konferensiyalar, 
munozaralar, 
uchrashuvlar, 
gazetalar, radio va jum allar.
2. 
Amaliy ish olib borish usullari:
turli joylarga sayyohatlar, 
sport musobaqalari, tabiatshunoslar to ‘garaklari, shanbaliklar, 
yangi kitoblar ko‘rgazmalari.
Tarbiyaviy ish pedagogikadan butun qobiliyatlarni ishga 
solishni taqozo etadi. Sinf rahbarligi kursi bilan maktabdan va 
sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar metodikasi kursi bir-biriga 
bog'liq va uning davomiyligidir.
Yuqoridagi qayd etilgan topshiriqlarni bajarish jarayonida 
o'quvchilar turli qoilanm alar, asboblar, apparatlar, didaktik 
materiallardan foydalanishni o ‘rganadilar, o ‘z-o‘zini tekshirish 
uchun turli maTumot va tayanch materiallarini jalb etish 
ko'nikmalarini egallaydilar.
II. 
Sinfdan va maktabdan tashqari ishni rejalashtirish 
bolalarning yosh xususiyatlarini, maktabning joylashgan shart- 
sharoitlarini, ijodiy birlashmalar, ilmiy markazlar bilan o ‘zaro 
aloqasi kabi ishlarni inobatga oladi. Direktor o ‘rinbosarining 
faoliyati o\z ifodasini topadigan hujjatlar ro ‘yxati Xalq ta’limi 
vazirligi tomonidan doimiy ravishda berib boriladi.
«Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar» konsep- 
siyasi Xalq ta ’limi vazirligi tomonidan 1993-yilda tasdiqlangan.
Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga 
keltirish uchun tarbiyaning asosi bo ‘lgan barcha g ‘oyalar qaytadan 
ishlab chiqiladi.
Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda o ‘qituvchining 
yo'naltim vchi ta ’siri ostidagi o ‘quvchilarning o ‘z-o‘zini nazorat 
qilish asosiga qurilgan va fan kabinetlarida, kutubxonada va uyda 
yakka 
tartibdagi 
reja 
asosida 
o ‘tkaziladigan 
mustaqil 
m ashg‘ulotlar yetakchi shaklga aylanishi kerak. Bunda sinfdan 
tashqari ishda ta’limning moddiy bazasi: 
qo‘shimcha va 
m a’lumotnoma adabiyotlari, laboratoriya uskunalari, ko ‘rgazmali 
qo‘llanmalar, didaktik materia liar, texnika vositalaridan oqilona
51


foydalanish ko‘zda tutiladi. Ular o 'z ichiga quyidagilarni oladi:
-
darslik va qo'shim cha adabiyotlar bilan ishlashning xilma- 
xil 
shakllarini 
olgan, 
nazariy 
bilimlami 
o'zlashtirishni 
ta ’minlovchi;
- tajribalar, ijodiy tusdagi ishlarni bajarishni, asboblarni 
loyihalashni, maketlar, rnodellar va hokazolami tayyorlashni olgan 
mustaqil ishlash uchun topshiriqlar tizimi maqsadga muvofiqdir.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar metodikasi fani va 
b o iim ig a sinf rahbarlarining ishlari, maktab m a'm uriyatining 
tarbiyaviy ishlari kiritiladi. Bunda o ‘qituvchilarning o'quvchilar 
bilan muomilasi adolatli bo'lishi, kerakli ta ’sir ko'rsata olishi 
kerak.
O 'quvchi yoshlami hozirgi zamon m a’naviyati bilan ongini 
sug‘orishi, y a’ni singdirishi kerak. O'quvchilarni qadriyatlarimiz 
asosida, 
urf-an’analarimiz 
asosida 
tarbiyalash 
har 
bir 
o ‘qituvchining vazifasidir.
O 'quvchi atrofini o'rab turgan vositalar, yaxshi-yomon 
odatlar, o ‘qituvchilar, maktabning muhiti. o'quvchilar tarbiyasini 
to ‘g ‘ri, ongli ravishda o'rganishi va qabul qilishi lozim. Sinfdan 
tashqari ishlarni to ‘la qamtab olgan to ‘garaklar bir necha xilda 
bo‘lishi mumkin:
1. Fan to ‘garaklari.
2. Mohir qo'llar.
3. Duradgorlik.
4. Sport musobaqalari.
5. Badiiy havaskorlik.
Bunda asosiy e ’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida 
to‘plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarur.

Yüklə 16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə