1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
MUQIMIY NOMIDAGI QO‘QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
TARIXSHUNOSLIK FANIDAN
MA’RUZALAR MATNI
(3-kurslar uchun)
Bilim sohasi: 100 000 – Gumanitar
Ta’lim sohasi: 110 000 – Pedagogika
Bakalavriat yo’nalishi: 5110600- Tarix o’qitish metodikasi
QO‘QON – 2020 yil
2
1-mavzu: TARIXSHUNOSLIK FANI, UNING MAQSAD VA VAZIFALARI
HAMDA METODLARI
Reja:
1.
Tarixshunoslik fani predmeti, uning maqsad va vazifalari.
2.
Tarixshunoslik fanining manbalari.
3.
Tarixshunos fanining davrlanishi va turlari.
4.
Tarixshunoslik fanining metodologiyasi.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Tarixshunoslik fani predmeti, fanning
maqsad va vazifalari, manbalari,
davrlanishi, turlari,
metodologiyasi haqidagi
ilmiy-nazariy bilimlarni chuqurlashtirish
.
Tushunchalar va tayanch iboralar:
Tarix haqidagi fan
, ilmiy kadrlar, ilmiy
tarixshunoslik markazlari, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad Yusufbek Bayoniy,
Abu Bakr Narshaxiy,
tarixshunoslik sektori,
fanning metodologiyasi, qiyosiy
tarixiy usul, aniq tahliliy usul, xronologik usul.
Tarixshunoslik fani predmeti, uning maqsad va vazifalari.
Tarixshunoslik
tarix fanlari tizimida o‘ziga xos mustaqil o‘ringa ega. Faning o‘z manbalari,
tadqiqot usullari mavjuddir. Tarixshunoslik fanini oliy ta’lim tizimida o‘qitishdan
asosiy maqsad talabalarda qadimgi davrdan hozirgi kungacha yaratilgan
tadqiqotlar, ularning haqqoniyligi, qimmati, fikrlar xilma-xilligi, tarixiy shaxslar va
voqealarni baholash, tarixiy bilimlarni to‘plash, tarixchilarning monografiya, ilmiy
tadqiqot va maqolalarini o‘rganishda tarixiylik tamoyillarga asoslanib xulosa
chiqarishga o‘rgatishdir. Fanning vazifasi esa adabiyotlarning qiyosiy tahlilini
amalga oshirish, tarixiy voqealarni tarixshunoslik nuqtai-nazaridan tahlil qilish,
mualliflarni klassifikasiya (guruhlarga bo‘lib o‘rganish) qilishdir.
Tarixshunoslikning ob’ekti tarixiy jarayonning o‘zi bo‘lmay, balki tarixiy
tafakkur, uni o‘rganish, tarix haqidagi fan hisoblanadi. Masalan, O‘zbekiston
tarixida O‘rta Osiyoning ilk o‘rta asrlar tarixi mavzusida O‘rta Osiyo hududida ilk
o‘rta asrlarda mavjud davlatlar, arablar istilosi, islom dinining yoyilishi,
markazlashgan davlatlarning paydo bo‘lishi va hokazolarni o‘rganilsa,
tarixshunoslik fanida esa bu davr tarixi o‘rta asrlarda, yangi davrda va bizning
kunlarda qanday tadqiq etilganligini tahlil etadi.
Tarixshunoslik tushunchasi ikki ma’noda qo‘llaniladi: 1. Tarixiy bilimlar
taraqqiyoti va tarixiy tadqiqot usullariga doir fan ma’nosida. 2. Muayyan tarixiy
davrga yoki muammoga bag‘ishlangan tarixiy tadqiqotlar majmuasi ma’nosida
(masalan, hozirgi davrda istorigrafiya).
Tarixshunoslik tarixiy bilimlar taraqqiyotini, muayyan tarixiy bosqichda
yaratilgan yoki ma’lum bir muammoga bag’ishlangan tarixiy tadqiqotlarni
o’rganadi va tahlil qiladi. Tarixshunoslik nafaqat tarix, balki maxsus tarix fanlari
3
(masalan, sharqshunoslik, etnologiya, arxeologiya va boshqalar) tarixi bilan ham
shug’ullanadi. Tarixshunoslikning asosiy vazifasi tarix fani rivojini chuqur va har
tomonlama xolisona o‘rganish, muayyan taraqqiyot davrida to’plangan tarixiy
bilimlarni tahliliy tadqiq etishdan, amalga oshirilgan ishlarning natijasini
chiqarishdan hamda shu asosda tadqiq etilgan dolzarb muammolarni aniqlab,
kelgusi tadqiqotlarning yunalishlarini belgilashdan, tarixchilarni muayyan tarixiy
ilmiy muammo doirasidagi adabiyotlarga yunaltirishdan iborat.
Tarixshunoslik shuningdek, fan taraqqiyotida o’z o’rniga ega bo’lgan ilmiy
tarixshunoslik markazlari tarixini, unda faoliyat ko’rsatgan ilmiy kadrlarning
salohiyati, ularning fan rivojiga qo’shgan hissalarini o’rganish kabi vazifalarni ham
bajaradi.
Tarixshunoslik tadqiqotlarda tadqiqotchining vazifasi o’zidan avvalgi
bosqichlarda yaratilgan ilmiy asarlarni zamonaviy bilimlar nuqtai nazaridan
o’rganish, ularning ijobiy va salbiy jihatlarini taxlil qilishdan iborat.
Tarixshunoslik Vatan tarixini o‘rganishda, tarixiy muammolar ustida bahs
yuritishga, ijodkorlikka ilhomlantiradi.
Tarixshunoslikda eng asosiy e’tibor quyidagilarga qaratiladi:
- tarixshunoslik tahlilining nazariy masalalari, metodologiyasi rivoji masalalari,
mazkur soha nazariy va metodologik muammolari haqidagi fikrlar kurashi;
- tarixchilar tomonidan o‘rganilayotgan mavzular, shuningdek masalani yoritishda
jalb qilingan manbalarning kengayishi va o‘zgarishi evolyusiyasi;
- ilmiy tahlil usullarining takomillashuvi, tadqiqotning manbashunoslik vositalari,
manbalar tanqidi;
- tarixiy materialni bayon qilish xarakteri, turli davrdagi tarixchilar stili.
Xullas, tarixshunoslik tarix fanining tarixini o’rganuvchi fandir.
Tarixshunoslik tarix faniga nisbatan yangi fan hisoblanadi. O’rta asrlarda
yaratilgan ba’zi tarixiy asarlarda, jumladan, Abu Rayhon Beruniyning "Qadimgi
xalqlardan qolgan yodgorliklar" va "Hindiston", Abu Bakr Narshaxiyning "Tarixi
Buxoro", Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma", Boburning "Boburnoma",
Muhammad Yusufbek Bayoniyning "Tarixi Xorazm", "Shajarai Xorazmshohiy",
Ahmad Donishning "Buxoro amirlarining tarjimai hollari" va boshqalarda
muayyan ma’lumotlarni umumlashtirishga, fakt va tarixiy jarayonlar bayonida
tahliliy yondashuvga bo’lgan harakatlar kuzatiladi.
O‘zbekistonda tarixshunoslikning akademik ma’nodagi institutsional
shakllanishi XX asrning 60 yillarida, Fanlar akademiyasi Prezidiumining maxsus
qarori bilan Tarix instituti bazasida tarixshunoslik sektorining tashkil etilishi bilan
amalga oshdi.
1968 yilda Tarix instituti qoshida "Tarixshunoslik" sektori, keyinroq
bo’lim tashkil etilishi bu sohaning rivojiga katta hissa qo’shdi (bo’limni 1968-1988
yillarda tarix fanlari dri B.V.Lunin, 1988-1992 yillarda tarix fanlari nomzodi
4
V.A.Germanov boshqargan, 1992 yildan esa tarix fanlari doktori, professor
D.A.Alimova rahbarlik qilib keldi).
O’zbekiston FA Tarix instituti tashkil topgach, bir qator tarixshunoslar,
jumladan, V.Ya. Nepomnin, R.N.Nabiyev, I.K. Dodonov, L.M.Landa,
X.I.Inoyatov, B.V.Luninlar muayyan muammolarning tarixshunosligini tadqiq
qilishga kirishdilar. Tarixshunoslik bo’limi tomonidan o’tkazish an’anaviy bo’lib
qolgan "Tarixshunoslik o’qishlari" O’zbekiston tarix fani sohasida amalga
oshirilayotgan ishlarni sarhisob qilib boradi. O’zbekistonda tarixshunoslik fani
ilmiy maktablariga B. V. Lunin, G.I.Jeltova, F.H.Qosimov, R. Rajapova, D.A.
Alimova kabi olimlar tomonidan asos solindi.
Mustaqillik yillarida tarixshunoslik tadqiqotlari ancha kengaydi. 5 ta
doktorlik, 20 dan ortiq nomzodlik ishlari himoya qilindi. Ayniqsa, xorijiy
tadqiqotchilar (AQSH, Koreya, Turkiya, Rossiya, Buyuk Britaniya, Germaniya)
O’zbekiston tarixshunoslari bilan ilmiy-amaliy aloqalar o’rnatib, O’zbekiston
tarixshunosligining muhim muammolarini o’rganishda davom etmoqdalar.
Tarixshunoslik tarix fanlaridan manbashunoslik bilan juda yaqin aloqada
bo‘lib, har bir davr manbalarning ko‘pligi, ularga tanqidiy yondashuv va
foydalanish tarixiy tafakkurning, bilimning darajasi, saviyasini belgilaydi.
Tarixshunoslikning rivojlanishida manbalar doirasining kengligi va o‘sha
davrdagi tarixiy tadqiqot usuli asosiy omil hisoblanadi. Tarixiy tadqiqot
usullarining takomillashishi (masalan: tanqidiy yondashuv, tarixiy taqqoslash va
boshqalar), yangi (epigrafik, arxeologik, numizmatik) manbalarning paydo
bo‘lishi tarix fanining saviyasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Tarixshunoslik tarixning
manbashunoslik, arxeologiya, etnografiya, numizmatika va lingvistika fanlari bilan
chambarchas bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: |