Tarkibida yurak glikozidlari va saponin saqlovchi dorivor o’simlik va mahsulotlar saqlash vaqadoqlash



Yüklə 5,04 Mb.
səhifə4/5
tarix09.04.2023
ölçüsü5,04 Mb.
#104811
1   2   3   4   5
saql

ARSLONQUYRUQ
ARSLONQUYRUQ
PUSTIRNIK SERDECHNIY — LEONURUS ARDIACA
O'simlik tasviri. Arslonquyruq turlari yasnotkadoshlar (labguldoshlar) Losh I aceae (Lab l a l ae) oilasiga mansub, bo'yi 50-150 (200) sm ga yetadigan ko'p yillik o't-o'simlik. Poyasi bir nechta, tik o'sadi, shoxlangan, to' rt qirrali. Barglari tuxumsimon bo'lib, besh bo'lakka qirqilgan, yuqoridagilari cho'ziq ellipssimon, uch bo'lakka qirqilgan bo'lib, poyasi bilan shoxlarida bandi yordamida qaramaqarshi o'rnashgan. Pushti yoki pushti binafsha rangli, besh bo'lakli, ikki labli gullari o'simlikning yuqori qismidagi barglari qultig'ida halqa shaklida joylashib, boshoqsimon to'pgulni hosil qiladi. Mevasi — to'rtta yong'oqcha.
lyun - avgust oylarida gullaydi, mevasi iyul — sentabrda yetiladi.
Geografik tarqalishi. Arslonquyruq turlari sobiq Sho'ro davlatlarining yevropa qismi, Kavkaz va G'arbiy Sibirdagi aholi yashaydigan joylarga yaqin yerlarda, bo'sh yotgan va tashlandiq joylarda, ekinzorlarda va boshqa yerlarda o'sadi.
Tibbiyotda arslonquyruqning ikki turi: besh bo'lakli arslonquyruq va oddiy arslonquyruq qo'llaniladi.
QIZILMIYA
QIZILMIYA — SOLODKA - GLYCYRRHIZA GLABRA
Qizilmiya turlari dukkakdoshlar — Fabaceae oilasiga mansub, bo'yi 50-100 sm bo'ladigan ko'p yillik o't-o'simlik. 0'1ta Osiyo o'sadigan turlaridan quyidagi ikkitasi tibbiyotda ishlatiladi:
Oddiy qizilmiya (chuchukmiya) — Solodka obiknovennaya — G glabra L. va Ural qizilmiyasi G — uralensis Fisch.
O'simlik tasviri. Qizilmiya turlarining yer ostki qismi yaxshi taraqqiy etgan bo'lib, ko'p boshli, kalta yo'g'on ildizpoyali. Undan yer ostida gorizontal va vertikal novdalar (4-5 m chuqurlikda) tarqaladi. Poyasi bir nechta, tik o'sadi, shoxlanmagan yoki kam shoxlangan. Barglari toq patli murakkab, 3-7 juft ellipssimon, cho'ziq-tuxumsimon yoki nishtarsimon, tekis qirrali bargchalardan tashkil topgan bo'lib, bandi yordamida poyasi bilan shoxlarida ketma-ket o'rnashgan. Oqish binafsha rangli, besh bo'lakli gullari barg qo'ltig'idan o'sib chiqqan shingil gulto'plamga joylashgan. Mevasi to'g'ri (yoki Ural qizilmiyasida o'roqsimon qayrilgan), bezli tikanchalar bilan qoplangan yoki silliq, pishganda ochilmaydigan, ko'p urug'li dukkak lyun-avgust oylarida gullaydi, mevasi avgust-sentabrda yetiladi.

Yüklə 5,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə