Тергов экспериментини ўтказиш тактикаси


Tergov eksperimentini o`tkazish tartibi va taktikasi



Yüklə 109,5 Kb.
səhifə3/4
tarix29.01.2023
ölçüsü109,5 Kb.
#99682
1   2   3   4
Tergov eksperimenti

3 Tergov eksperimentini o`tkazish tartibi va taktikasi

Har qanday tergov harakatlari kabi eksperiment o`tkazishning ham umumiy qoidasi jinoyat-protsessual qonunida tartibga solingan.


Eksperiment o`tkaziladigan joyda hozir bo`lgan ishtirokchilar bilan, ularning har birlarining huquq va burchlari, o`tkazilayotgan tekshiruv maqsadi, o`tkazish jarayonida ularning bajaradigan ishlari haqida suhbat o`tkaziladi.
Eksperiment o`tkazish joyi, vaqti, uni o`tkazish sharoitlari, jumladan, ob-havo, yorug`lik va boshqalar ko`rib chiqiladi. Vaziyatni tiklashda ayrim shaxslarning turar joyi, ma`lum harakatlarni muayyan vaqtda bajarishlari ta`kidlanadi, zarur bo`lgan predmetlarni tegishli joylarga qo`yiladi, yo`q bo`lgan, zararlangan obyektlarning modellari hozirlanadi.
Eksperiment o`tkazish joyini qo`riqlash uni o`tkazishga xalaqit beruvchilarni chetlatish kabi choralar, tezkor xodimlarga topshiriladi. Eksperiment tajribalarini o`tkazishda ayrim harakat vaziyatlarini tiklash choralari, ko`rsatuvi tekshirilayotgan shaxsga topshiriladi, agar bunday qilishni turli sabablarga ko`ra iloji bo`lmasa, bu topshiriqlarni taklif qilingan boshqa shaxslar amalga oshirishi mumkin.
Sinalayotgan dalillar, versiya, so`roq qilingan shaxslarning bergan ma`lumotiga qarama-qarshi, salbiy natija bersa, eksperiment jarayonini kuzatib turgan, unda qatnashayotgan shaxslar (guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi)ning psixologiyasiga ta`sir etib, ularning so`roqqa bergan ko`rsatuvlarini to`g`ri-noto`g`ri ekanligi ma`lum bo`ladi. Bunday hollarda eksperimentni o`tkazib bo`lgandan so`ng takroriy so`roq o`tkazish ma`qulroq bo`ladi.
Ayblanuvchi, gumon qilinuvchilarning eksperiment o`tkazishda qatnashuvi ixtiyoriy bo`lib, ularning ishtiroki zarur bo`lgandagina, ishning oqibatidan manfaatdorligini va ular o`z ahvollarini ancha yengillashtirishi mumkinligi masalasi tushuntiriladi.

Zarur ѕolalarda tajribalarni єayta-єayta o‘tkazish

TERGOV EKSPERIMENTI O‘TKAZISHNING TAKTIK USULLARI

O‘zgargan va єayta tiklab bo‘lmaydigan sharoitlarni ѕisobga olish



Tajribalarni ѕodisa, fakt, voєyea ro‘y bergan joydagi sharoitlarga juda o‘xshash bo‘lgan sharoitlarda o‘tkazish



Muayyan tartib maromda tajribalar o‘tkazish


Sharoit va vaziyatlarni o‘zgartirib ko‘rish (tezlikni, marom, masofa va ѕokazolarni o‘zgartirish)



Zarur ѕollarda tajribalarni bosєichma-bosєich o‘tkazish

TERGOV EKSPERIMENTI O‘TKAZISHNING TAKTIK USULLARI

Qayta tiklangan va tajriba o‘tkazilgan sharoitlar asl sharoitlarga mos edimi?


Tajribalarning salbiy natijalari aslida bunday ѕarakatlar, ѕodisalar, voєyealar bo‘lishi
mumkinmas, deb xulosa chiєarish imkonini beradi

Qайта ва єайта ўтказилган тажрибаларнинг натижалари бир хилми?

Tajribalarning ijobiy natijalari tekshirilgan faktlar ѕaєida, faєat taxminiy xulosa chiєarish (bo‘lishi ѕam mumkin, bo‘lmasligi ѕam) imkonini beradi.



Tajriba ѕarakatlarini o‘tkazishda tasodiflar istisno etildimi?


Natijalar qarama-єarshi: tajribalarning bir ismi boshєasiga mos kelmaydi. Tekshirilgan fakt sodir bo‘lmagan, deb taxminiy xulosa chiєarish imkonini beradi.


Eksperiment tajribalarini tashkil etish va o`tkazishda qo`llanadigan taktik uslublar qonunchilikka rioya qilgan holda amalga oshirilishi lozim.


Jinoiy hodisa holatlarini tajriba qilib tekshirishda, sun`iy tiklangan vaziyat asl hodisa holatida bo`lgan shart-sharoitga mos kelmog`i zarur. Tekshirish jarayonida topshiriq olgan shaxs tajribaning ayrim harakatlar bilan bog`liq qismlarini (balandlikdan sakrash, biror to`siqdan o`tish kabi) bajara olmasa, uning o`rniga bo`yi, gavdasi, yoshi jihatidan o`xshash bo`lgan boshqa shaxsga bu ishni bajarish topshiriladi.
Tekshirilayotgan hodisa, holat, vaziyatlar bir necha ko`rinishda takrorlanib sinalishi lozim, shundagina tekshiruv natijalari haqiqiy va xolisona bo`ladi. Masalan, ko`rish imkoni 200 m masofada ifodalangan bo`lsa, tekshiruvni 150, 200 va 250 mda o`tkazish lozim bo`ladi, qaysi holatlar qayta takrorlanganda o`zgarishsiz natija bersa, ana shu yo`nalish haqiqatga to`g`ri keladi, deb tanlanadi.
Eksperiment o`tkazilayotgan sharoit, tiklanayotgan harakat yoki hodisalar yuz bergan sharoitga iloji boricha o`xshash bo`lishi lozim. Tajribalar imkoni boricha bir necha marotaba takrorlanib o`tkaziladi, tajribalarning sharoitlari bir muncha o`zgartilishi mumkin (JPKning 155-moddasi). Mana shu qoidaga asoslangan holda, eksperimentni o`tkazish jarayonida, tergovchi ayrim holatlarni tiklab namoyon qilayotgan shaxslarning joylarini o`zgartirishi, harakat ko`rinishlarini bir necha variantda amalga oshirishni taklif qilishi va ana shu ko`rinishlar orasidan ko`proq takrorlangan natijani tanlab olishi kerak.
Tekshirilayotgan holatlar, versiyalar, ko`rsatuvdagi ayrim dalillarni har tomonlama tekshirib aniqlash uchun, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, guvoh, jabrlanuvchilarning har birlariga alohida-alohida o`zi qatnashgan yoki shohid bo`lgan hodisa holatini tiklash tavsiya etiladi va tergovchi tajriba harakatlarini o`tkazadi.
Tajribalar ko`p va murakkab bo`lsa, tergovchi uni bir necha bosqichga bo`lib, tegishli oldinma-ketinlikda o`tkazadi. Eksperiment tekshiruvlarini o`tkazish jarayonida, uning ayrim qismlari-bosqichlarini mustahkamlash maqsadida foto, kino, video tasvirga olish lozim bo`ladi. Shu bilan birga, eksperiment o`tkazilayotgan joyning chizmasi, ishlatilgan nusxa, qoliplar ham yuqorida ko`rsatilgan vositalarga qo`shiladi.
Eksperiment tajribalarini o`tkazish jarayonida ko`rsatuvlari tekshirilayotgan shaxslarga va ayrim harakatlarni amalga oshirayotgan qatnashuvchilarga savollar berilishi mumkin. Savollar tergovchi, mutaxassis, xolislar tomonidan berilib, eksperiment o`tkazishning shart-sharoitlariga, uning natijalariga, ishlatilayotgan jihozlarga tegishli bo`lishi mumkin.
Eksperiment harakatida ishtirok etuvchi shaxslar, tergovchining ruxsati bilan ko`rsatuvlari tekshirilayotgan gumon qilinuvchi-ayblanuvchilarga savol berishga, tergovchining e`tiborini ish holatini aniqlashga ko`maklashadigan barcha holatlarga qaratishga, tekshiruv sharoitiga ba`zi aniqliklar kiritishga haqlidirlar. Shu bilan birga eksperiment qatnashuvchilari tajriba va ayrim harakatlarni yana takrorlashni iltimos qilishlari mumkin. Qatnashuvchilarning bunday fikr-mulohazalari eksperiment bayonnomasida aks ettirilmog`i lozim.
Eksperiment jarayonida amalga oshirilgan tekshiruvlar natijasi voqelikka nisbatan to`g`ri kelmasdan zid bo`lsa, ya`ni tekshirilayotgan harakatning natijasi ko`rsatuvdagi holatlarni tasdiqlamasa, natija salbiy, inkor etuvchi bo`lib, ko`rsatuvdagi ma`lumot noto`g`ri bo`lib chiqadi.
Aksincha, eksperiment jarayonida tekshirilayotgan hodisa, vaziyatlar o`tkazilgan tajribalar natijasiga mos kelsa, u holda tekshirilayotgan holat hodisalari haqiqatda voqelikda yuz bergan bo`lishi mumkinligi tasdiqlanadi.
Tergov eksperimenti jinoyat-protsessual qonuni normalari asosida o`tkazilishi bilan bir qatorda, qo`llaniladigan taktik uslublar ham qonun normasiga zid bo`lmasligi lozim.



Yüklə 109,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə