Termiz davlat universiteti



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə20/25
tarix22.05.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#112023
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
ozbekiston oziq ovqat sanoati geogrfiyasi RRFGVS

3.2. O’zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasida faol marketing samaradorligini oshirish yo’llari

Marketing tizimi iste’molchilar talabiga sezgirlik xususiyatiga egadir. Iste’mol sifatlari, kafolatligi, servis va boshqa jihatlari bilan belgilanadigan tovarga bo’lgan talabdagi uncha katta bo’lmagan o’zgarishlarga tizim sezgir bo’ladi hamda moslashadi. Bunga faqat raqobatchilar faoliyatining marketing tahlili, ular ular bilan hamkorlik shakllarini qidirishgina emas, balki yuqori madaniyatli, uyg’unlashgan, yuqori axloqli iste’molchini tarbiyalash ham yordam beradi. Ushbu sohadagi muvaffaqiyatga iste’molchilar xohishlarini yaxshi tushunuvchi, talab dialektikasi va uning jihatlarini aniq bashorat qila oluvchi, faoliyat sohasining imkoniyatlarini biluvchi, tizimning dinamikligini, moslashuvchanligi va elastikligini ta’minlay

56
oluvchi marketologlarning yuqori kasb-mahorati orqali erishiladi.

Faol marketingdan foydalanish quyidagi vazifalarni hal etishi lozim:



1. Korxona taklif etayotgan tovar va xizmatlarning bozorga keng miqyosda kirib borishini ta’minlashi lozim;
2. Mumkin bo’lgan maksimal foydani yoki me’yor darajasidagi foydani ta’minlab berishi kerak;
3. Bozordagi o’zgarishlarga tezda javob berishi, ya’ni vaziyat taqazo etganidek qayta shakllanishi, tovarlarning o’z vaqtida va talab darajasida yetkazib berilishini ta’minlashi shart.
Tizim uning butunligini hosil kiluvchi funktsional va ta’minlovchi quyi tizimlarning birligi va yuqori ilmiy-texnika darajasini uyg’unligini ko’zda tutadi. Korxonalarda marketingni boshqarishning asosiy tuzilmaviy-funktsional bo’g’ini bo’lgan va boshqaruv apparati xodimlarining o’zaro aloqalarini ta’minlovchi faol marketingdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi paytda ushbu uyg’unlik kichikbiznesnishakllantirishdakuzatilmoqda. Marketingtizimi ilmiytashkiletilgan hamda dastur tarkibida amal qilgan paytda, u faqatgina ishonchli va tejamkor bo’lib qolmay, balki o’z-o’zini tashkil etuvchi va o’z-o’zini boshqaruvchi bo’ladi.
Bozor iqtisodiyoti tamoyillarini yanada to’liq joriy etish, korxona va tashkilotlarni real mustaqilligi chegaralarini kengaytirish, xalqaro bozorga chiqish imkoniyatlarining berilishi va boshqa omillar marketingga bo’lgan qiziqishni ko’payishiga ta’sir ko’rsatdi.
Marketingning asosiy kontseptsiyasi potentsial iste’molchilarning ehtiyoji va iste’molini qondirish g’oyasi asosida tuziladi. Uning mohiyati bozor iqtisodiyotiga o’tish uchun bizning qanday yo’lni o’tishimiz kerakligini tushunishga imkon beradi. Bozor aholini Respublikamizdagi ishlab chiqarish va iste’mol o’rtasidagi
aloqa shakllari nuqtai nazaridan tahlili va har xil sohalarga ajratish imkonini beradi va ularning har birida marketingdan foydalanishda o’zining yo’nalishi bo’ladi.
«Biz uchun asosiy vazifa – ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan uzluksiz yangilab borish, doimiy ravishda ichki imkoniyat va zaxiralarni izlab topish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni izchil davom ettirishdan iborat bo’lishi

57
zarur. Ayni shunday yangicha qarash va harakatlar butun faoliyatimizning negizini tashkil etishi shart.
Shu borada ichki imkoniyat va zaxiralarimizni ishga solishning eng muhim yo’nalishi bizning zaminimizdagi boy mineral xomashyo va o’simlik dunyosi resurslarini chuqur qayta ishlashni bosqichma-bosqich oshirib borish, shuningdek, yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarishning hajmi va turini kengaytirishdan iborat bo’lishi kerak.
Boshqacha aytganda, xomashyoni jahon bozorida talab katta bo’lgan mahsulotga aylantirish uchun qayta ishlashning 3-4 bosqichli tizimiga o’tishimiz zarur. Bu tizimning ma’no-mohiyati shundan iboratki, u birinchi bosqichda xomashyoni dastlabki qayta ishlash, ya’ni yarim fabrikatlar tayyorlash, keyingi bosqichda sanoat asosida ishlab chiqarish uchun tayyor materiallarga aylantirish, uchinchi, yakuniy bosqichda esa iste’mol uchun tayyor mahsulot ishlab chiqarishni nazarda tutadi.
Bu boradagi dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda har bir turdagi birlamchi xomashyo, ya’ni yarim fabrikatlarni chuqur qayta ishlashdan tortib, uni iste’mol uchun tayyor mahsulotga aylantirishgacha bo’lgan yakuniy bosqichga qadar butun ishlab chiqarish jarayonini kuzatib borish zarurati paydo bo’lmoqda.
Muxtasar aytganda, ishlab chiqarishni tashkil etishning butun jarayonini – xomashyoni chuqur qayta ishlashdan toki uni tayyor mahsulotga aylantirishgacha bo’lgan yo’lini – tsiklini, sarflangan xarajatlarning maqsadga muvofiqligi va nechog’liq o’zini qoplashini asoslab bergan holda, prognoz qilishni ta’minlash darkor. Hisob-kitoblar shuni ko’rsatmoqdaki, yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarish natijasida 2030 yilda, yangi turdagi tovarlar tayyorlashni o’zlashtirish asosida neft-gaz-kimyo sohasida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 3,2 barobar, rangli metall mahsulotlari 2,2 marta, qora metalldan tayyorlanadigan buyumlar 2,3 karra, kimyo sanoati mahsulotlari, jumladan, mineral o’g’itlar 3,2 barobar ko’payishi mumkin.
Zamonaviy texnologiyalar asosida paxta tolasini va meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash tashqi va ichki bozorda talab yuqori bo’lgan tayyor, ekologik toza to’qimachilik va engil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish

58
hajmini 2030 yilda 5,6 marta, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hajmini esa 5,7 karra oshirish imkonini beradi.»24
Iqtisodiyotni modernizatsiyalashtirish sharoitida yuridik va jismoniy shaxslar marketing va oddiy ishlab chiqarish-sotish faoliyatlarining farqi haqida aniq tushunchaga ega bo’lishlari kerak. Marketing faoliyatida direktordan keyinga birinchishaxsboshinjener, texnolog, iqtisodchi emas, balkitijorat direktori-u sotish sohasida yaxshi mutaxassis bo’lib, u tashkilotchi, iqtisodchi, moliyachi, sotuvchi va hakazolar, beandoza fikrlay oladigan xususiyatlarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak.
Tovarlarni sotish jarayonida iste’molchilar bilan aloqa o’rnatiladi va ularning talablari o’rganiladi. Faol marketingdan foydalanishning vazifasi iste’molchilarni didlaridagi farqlarni aniqlash va ularni qondirishga yo’naltirilgan takliflarni ishlab chiqishdan iborat. Shular asosida firmalar, shirkatlar, kompaniyalarning uzoq muddatli istiqbollari va rivojlanish maqsadlari belgilanadi. Marketologlar aholining xohish va ehtiyojlari haqida ishlab chiqarishga ma’lumot beradilar va buning natijasida iste’molchilarni to’lashi mumkin bo’lgan bahoda yaxshi tovarlar va xizmatlar turlari tayyorlanadi.
Korxonada faol marketingdan foydalanish muhim o’rin tutadi. Uning muvaffaqiyatli tuzilishi bor bo’lgan qiyinchiliklarni hal qilish yo’llarini belgilashga imkon beradi va raqobatchilikdagi yutuqlarni ta’minlaydi. Bu dastur yordamida korxona (firma) o’zining faoliyatini baholaydi va rivojlanish qaysi yo’nalishda bo’lishi lozimligi haqidagi savolga javob beradi.
Aniq maqsadlarga qarab korxonaning faoliyatini miqdoriy va sifat jihatdan baholaydigan har xil iqtisodiy ko’rsatkichlar tahlil qilinadi. Bunday ko’rsatkichlar qatoriga kapital hajmi, tovar aylanmasi miqdori va qiymati bor mablag’larni joylashtirish korxonaning mayda tuzilmalarning tavsifi, kapital qurilishiga sarflanadigani mablag’ni miqdori va joylashishi, tadqiqot natijalari kiradi.
Marketing faoliyati, iqtisodni bozor boshqaruvi tizimi, ishlab chiqarishni iste’mol bilan bog’laydigan butun dinamik tovar oqimi yo’lida aniq choralarni

24 Islom Karimov. Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo’l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir.//Xalq so’zi, 2016 yil 16 yanvar, N11 (6446)

59
amalga oshirishni ko’zda tutadi. Buning uchun ishlab chiqarish bilan iste’mol o’rtasidagi noaniqliklarni yo’q qilishda bozorni o’rganish, talab tuzilishi va dinamikasini o’rganish ishlari amalga oshiriladi. Bundan so’ng bozorni o’rganishlar natijasi ishlab chiqarishga yetkaziladi va pirovard iste’molchilarni talab va istaklariga mos keladigan, raqobatchilar chiqarayotgan tovarlardan har tomonlama ustun keladigan tovarlar ishlab chiqariladi.
Vujudga kelgan marketing holatlarini chuqur tadqiq etish uchun masalalarni tiplashtirishni har bir funktsiya, texnologiya bosqichi va har bir tizim sub’ekti bo’yicha amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Ko’pchilik holatlar marketing tizimi xodimlari tomonidan rejalashtirilgan, dasturlashtirilgan bo’ladi, biroq ayrim holatlar kutilmaganda yuzaga keladi va rejasiz, boshqarilmaydigan bo’ladi. Marketing tizimining rejali, barqaror va dinamik amal qilishi uchun uning yuqori darajada boshqariluvchanligini ta’minlash lozim. Biroq rejalashtirilmagan holatlar har doim ham xo’jasizlik oqibatida yuzaga kelmaydi. Ayrim hollarda bu holat mehnat jamoasida yoki undan tashqarida bo’lgan ilg’or g’oyalar, innovatsiyalar ko’rinishida bo’ladi. Shu sababli yangidan yuzaga kelgan marketing holatlarini salbiy va ijobiy xarakterdagi holatlarga ajratish mumkin. Salbiy xarakterdagi holatlar- xo’jasizlik belgisi bo’lib, qondirilmagan marketing, tijoratning kuchsiz tashkil etilganligi va hakazolardir. Ijobiy xarakterdagi holatlar- ishga innovatsion, ijodiy yondoshuv natijasidir.
Marketing samaradorligini oshirish yo’llari turli xildir. U yoki bu o’zgartirishlar yo’nalishlarini tanlashda bajarishga ta’sirini, tejamkorligini, tezkorligini marketing tizimining ishonchliligini, uning raqobatbardoshligini oshirishni, korxonaning va uning tovarlarni (xizmatlarini) bozorda barqaror pozitsiyalashtirishni, korxonaning aniq muhitdagi holati va hakazolarni aniqlash lozim.
Ilg’or tajribalarni, mamlakatimiz va xorijiy mamlakatlar olimlarining fikrlarini umumashtirish marketing samaradorligini oshirishning asosiy yo’nalishlarini aniqlash imkonini beradi.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda texnologiya darajasi va sotishni tashkil etish bilan birga boshqarishda tovar zahiralariga katta o’rin ajratiladi. Ular bozorda

60
ishlab chiqarish vaiste’molchilaro’rtasidabog’lovchibo’g’in sifatidaishlaydi, talab va taklif o’rtasidagi kelishmovchiliklarni tekislovchi vazifasini o’taydi, chunki taklif talabdan ustun kelishi kerak.
Turli xil korxonalar miqyosida yoki birlashma doirasida marketing funktsiyalarini kooperatsiyalash va integratsiyalashni kengaytirish hisobiga marketingning tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish yo’nalishining tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, boshqaruv tuzilmasini optimallashtirish hisoblanadi, chunki u marketingdan samarali foydalanish uchun tashkiliy imkoniyatlar yaratadi. Hozirgi bosqichda boshqaruvning ilg’or tuzilmalaridan bo’lib dasturli-maqsadli va tarmoq tuzilmalari hisoblanadi. Tashkiliy mexanizmni optimallashtirish marketing jarayonini tartibga solish, me’yorlash va nazorat qilishni ko’zda tutadi. Tajriba maqsadli va dasturli - maqsadli marketingni, tashkiliy-iqtisodiy marketing tsiklini, marketing jarayonining matritsali modellarini va kartalarini, me’yorlari va standartlaridan foydalanishni maqsadga muvofiqligini tasdiqlamoqda.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə