Termiz davlat universiteti



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə19/25
tarix22.05.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#112023
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
ozbekiston oziq ovqat sanoati geogrfiyasi RRFGVS

5-chizma. Marketing bo’limida inegratsiya qilingan mahsulotni boshqarish

48

Bunday tuzilma divizionli deb ataladi. Qoidaga ko’ra, u korxonani vazifalar bo’yicha emas, balki ob’ektlar bo’yicha tashkil qilishni ko’zda tutadi, buning ustiga ob’ektlar sifatida mahsulotlar, mijozlar, bozorlar va hakazo. harakat qilish mumkin. Bundan tashqari marketingni tashkil qilish mijozlar, grafik alomatlar bo’yicha
ham ko’riladi.

Marketing bo’limi


A mahsulot guruhi bo’yicha boshqarish

Bozorni tadqiq qilish

Reklama


O’tqazuv
V mahsulot guruhi bo’yicha boshqarish

Bozorni tadqiq qilish

Reklama


O’tqazuv
S mahsulot guruhi bo’yicha boshqarish

Bozorni tadqiq qilish

Reklama


O’tqazuv


6-chizma. Mahsulotlar turi bo’yicha tarkiblashtirilgan marketing tizimini tashkil qilish

Firmalar marketing xizmati tuzilmasining eng qulay mo’ljalini tanlashga harakat qilib, marketing xizmatini segmentli mo’ljallashga murojaat qiladilar, marketing tuzilishining segmentli mo’ljallanishi shundan iboratki, marketingning har bir bo’limi bo’lajak xaridorlarning belgilangan segmentlari bilan, bu segment qanday geografik bozorda bo’lishidan qat’iy nazar, ishlash uchun javob beradi.


Bunday mo’ljallash bajarish bo’yicha ancha murakkab bo’lib, ammo marketing bo’limlari va xizmatlarini samarali muvofiqlashtirishni ta’minlaydi. Xorijiy tajriba shuni ko’rsatadiki, bunday mo’ljallanishni tashkil qilishning murakkabligi hammadan avval universallashtirish talab qilinadigan alohida tovarlar
49

bo’yicha xodimlarni ixtisoslashishi bilan bog’liq, bu esa shunday mutaxassislarni tanlashni murakkablashtiradi.
Marketing xizmati takomillashtirilishining mo’ljalini tanlashdan qat’iy nazar, u quyidagi belgilangan talablarga javob berishi kerak:
 Alohida bo’linmalarning huquqlari, majburiyatlari, huquq doiralarining tartibga solinishini ta’minlovchi tezkorlik, uyushqoqlik, muntazamlik, moslashuv, hamda ularni firmaning uzoq muddatli strategiyasiga mosligi.
 Tuzilmaning nisbatan soddaligi boshqaruv, muvofiqlashtiruvchi va markaziy xizmatlar darajasi miqdorining o’zgarishi hisobiga boshqaruv tizimi uyushqoqligining o’zgarishi hisobiga boshqaruv tizimining butunlik va muntazamligini ta’minlaydi.
 Marketing xizmati ko’lamlarini samaradorlik darajasi va tovarlarni sotish hajmiga mos kelishi. O’zbekiston Respublikasi korxonalari uchun, ularga marketing tashqi bozorga chiqishda eng katta darajada zarur, eksport va import sotuvlarga hajmini hisobga olish muhimdir.
 Tuzilmani tovar aylanmasilar va xizmatlar navlari o’ziga xosligining mos kelishi. Firma, korxona, assotsiatsiya tarkibida tovar tamoyili ko’rilgan bo’lishini, kompleks bozor siyosati masalalarini hal qilish esa xo’jalik mustaqilligi berilgan alohida tezkor bo’linma doirasida to’plangan bo’lishi kerakligini bildiradi.
 Tashkiliy tuzilmani sotish bozorlari soni va hajmiga mos kelishi, hammadan avval, tashkiliy tuzilmani bozorni segmentlarga bo’lishni guruhlashuvi, iste’molchilarning alohida guruhlariga darajalangan yondashishni qo’llash, ularga eng yaxshi xizmat ko’rsatishga yo’naltirilganligini ko’zda tutadi.
 Ixtisoslashgan bo’linmada rahbarlikning eng yuqori darajasida strategik boshqaruvning markazlashuvi eng yuqori boshqaruv xodimlarini strategik masalalarini hal qilishda faol ishtirok etish imkoniyatlarini nazarda tutadi.
Mamlakatimiz tajribasi va O’zbekiston Respublikasi bozor munosabatlarini rivojlanishi darajasini o’rganish aktsiyador jamiyatlar va assotsiatsiyalarda marketingning rivojlanishi va uni boshqaruv faoliyatida qo’llash darajasiga muvofiq marketingni tashkiliy tuzilmalari bosqichma bosqich tashkiliy qilinishi kerakligini

50
ko’rsatdi.

Birinchi bosqichda tijorat, bozor holati va baholar kabi bo’linmalar kiritilishi kerak. Ikkinchi bosqichda boshqaruv xizmatlari tizimida yuqori rahbarlikka bo’ysunadigan marketing bo’yicha alohida segment tashkil etilishi kerak.


Bunday bo’limning ixtiyorida quyidagi masalalar bo’lishi kerak: reklama va sotishni rag’batlantirish;
bozorlar holati va bahoni prognozlash; kompleks bozor tadqiqotlari;
integratsiyalashgan marketing siyosatini ishlab chiqish.

Uchinchi bosqichda marketing bo’limi quyidagi sektorlarni o’z ichiga oladi: kompleks bozor tadqiqotlarini;


marketing rejalashtirishini; sotishni;
navlar va sifatni rejalashtirishni;

sotishni rag’batlantirish reklamalari va hakazo.




Respublikada korxonalar, assotsiatsiyalarda Marketing xizmatini takomillashtirish marketinggatayangan boshqaruv tizimini yaratishga imkonberadi. Korxona rahbarlarining zamonaviy menejment, marketing, biznes strategiyalarining asoslarini yaxshi bilishlari, korxona balansini o’qiy va tahlil qila olishlari, xo’jalik faoliyatininig me’yoriy-huquqiy asosini yaxshi bilishlari juda zarurdir. Bu narsa esa o’z navbatida yuqorida ko’rsatilgan bozor ishtirokchilari bilan samarali va mahsuldor ish olib borishga, paydo bo’lgan masalalarni va ishlab
chiqarishni rivojlantirish vazifalarini tez va omilkor hal qilishga yordam beradi. Faol marketingdan foydalanishga ko’pchilik hollarda mutaxassislar ham,
boshqaruvchilar ham juda qisqa va yuzaki yondashadilar. Ko’pchilik mutaxassislar faol marketingdan foydalanish deganda ishlab chiqaruvchi bilan savdo firmasi o’rtasida, savdo firmasi bilan yakuniyiste’molchi o’rtasida bo’ladigan munosabatni, ularning tashkil etuvchilarini tushunishadi. Bunda tovar ishlab chiqaruvchilarning sotish bilan shug’ullanuvchi tashkiliy strukturasi nazardan chetda qoladi.
Faol marketingdan foydalanishga keng qamrovli qaraydigan bo’lsak, unga firmaning sotadigan (ishlab chiqaradigan) tovarlari, xodimlari, ishlab chiqarish yoki

51
tovarlarni saqlash, qayta ishlash joyi, tovar va xizmatlarning baholari kabilar kiradi. Faol marketingdan foydalanish elementlarini nafaqat tanlash kerak, shuningdek tovar yetkazib beruvchilar bilan bo’ladigan munosabatlarni, tovar va uning bahosini boshqarish zarur. Xodimlar doimiy ravishda tayyorgarlikdan o’tib turishlari kerak. Xodimlar o’z vaqtida kerakli axborot bilan ta’minlanishi va xizmatga yarasha rag’batlanib turilishi kerak. Uning faoliyati doimiy ravishda boshqarilib, nazorat qilib borilishi kerak.
Firmaning faol marketingdan foydalanishni rejalashtirish va amalga oshirish quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
 Tovarlarni yetkazib beruvchi vositachi tovarning sotish hajmini va bozorga to’siqsiz harakatlanishi darajasini tahlil qilishi lozim;
 U faoliyatga ta’sir etuvchi turli xil omillarni aniqlab olishi kerak;  U har bir sotish tarmoqlarining vakillarini tanlashi lozim;
 Baho siyosatini ishlab chiqishi lozim;

 Jamoatchilik bilan aloqa o’rnatishning (PR) samarali yo’llarini aniqlashi lozim.


Amal qilayotgan marketing faoliyatiga asoslanish tabiiyki osonroq, yangisini yaratishdan ko’ra rahbarning ongida amal qilib kelayotgan tarkib, reja eng to’g’ri degan fikr paydo bo’ladi. Yangi faol marketingdan foydalanishni amalda qo’llayotganda bosqichma-bosqich va ehtiyot bo’lgan holda harakatlanish talab etiladi.
Faol marketingdan foydalanishni ishlab chiqish quyidagilardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi:
aniq bir bozorning xarakteri;

tovarlarning alohida xususiyatlari;



firmaning faoliyati va imkoniyatlari;

Agar ishlab chiqaruvchi firma o’zining hududida bozorini kengaytirishni xohlasa va umummilliy miqyosdagi ta’minotchi bo’lishni xohlasa u eng samarali sotuv kanalini tanlashi zarur.
Ishlab chiqaruvchi sotish tarmoqlarini to’g’ri tanlangandan so’ngra ularni boshqarishi va qo’llab-quvvatlashi zarur. Tashqi sotish tarmoqlarini boshqarish

52
sezilarli qiyinchiliklar bilan kechadi.

Agar firma sotish agentlari yoki ulgurji firmalar xizmatidan tanlov asosida foydalanadigan bo’lsa, ular o’rtasidagi munosabat uzoq muddatga davom etishi mumkin. Bunda munosabatlar yozma shakldagi shartnomalarda o’z ifodasini topadi. Har yili imzolanadigan shartnomalardagi noqulayliklarni tomonlar o’zaro kelishgan holda ma’lum muddatga tomonlarning huquq va majburiyatlarini kelishgan holda bartaraf etishlari mumkin.
Sanoat tovarlari yetkazib beruvchi o’z vositachilarini majburan u bilan munosabatdabo’lishga intilmaydi, balki teng xuquqli munosabatda bo’lishni ma’qul ko’rishadi. Bu xaridorlar tovar markalariga kam bog’langanligi yoki markaning umuman bo’lmagan hollarida o’rinli.
Tomonlarning huquq va majburiyatlari aniq ko’rsatilgan shartnomalar imzolangandagina samarali hamkorlik yuzaga kelishi mumkin.
Sotish tarmoqlarini tashkil etishda yetkazib beruvchi o’z vositachilari manfaatlarini himoyalashni ham kelishib oladi. Agarda ma’lum vositachilar aniq bir hududda firma tovarlari bilan savdo qilsa, shu hududdagi boshqa vositachilarga firma bu tovarini sotmasligi mumkin.
Yetkazib beruvchi bozordagi yagona vositachi bilan hamkorlik qilgan holda unga tovarni sotishni mutloq xuquqini beradi. Yoki tovarlarini bir qancha vositachilar xizmatidan har bir bozorda foydalanishi mumkin. Ikkinchi holatda vositachilar o’rtasida raqobat muhiti yuzaga keladi.
Ko’pchilik sanoat tovarlari ishlab chiqaruvchilar vositachilar bilan omborlarda saqlanadigan zahiralarning minimal miqdorini belgilash haqida o’zaro kelishishadi. Vositachilarning asosiy qismi regionlardan o’zining bazalarini tashkil etishning afzalliklarini bilishadi. Chunki bundan katta va tezda talab etiladigan buyurtmalarni bajarishda foydalaniladi.
Vositachi xizmatlaridan foydalangan holda tovar yetkazib beruvchi tovarni sifatli qadoqlash yo’li bilan raqobatbardoshliligini oshiradi. Bunday qadoqlash tovarni siljitganda va qayta ishlaganda yoxud omborlarda saqlaganda ham tovarga zarar etmaydi, ham ixchamroq joyni egallaydi. Tovar qadoqlanganda undagi yozuv aniq, oddiyvako’zgatashlanadigan yashikdagi tovarbirligisonialohida ahamiyatga

53
ega. Agar yashikda ko’p tovar birligi bo’lsa, ishlab chiqaruvchi katta chegirmalar berish imkoniga ega bo’lmaydi. Shuningdek tovarni qayta ishlash xarajatlari ortib ketadi.
Faol marketingdan foydalanish samaradorligi deganda, avvalo potentsial bozorni mumkin darajada qisqa vaqtda (chunki bozor, undagi guruhlar doimo o’zgarishdadir) maqsadga muvofiq holda egallab olish, ham sotuvchi uchun, ham xaridor uchun maqbul baholarni shakllantirish, ularning bozor talablariga hamda korxonalar manfaatlariga moslashuvchanligini ta’minlash tushunilishi lozim.
Faol marketingdan foydalanish samaradorligini xuddi shu usulda aniqlashning amalda iloji yo’q. Ishlab chiqarishni rivojlantirish, uning iqtisodiy potentsialidan oqilona foydalanishning asosiy maqsadi- iste’molchilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini to’laroq qondirishga qaratilgandir.
Ishlab chiqarish imkoniyatlaridan foydalanish, samaradorlik umumlashgan ko’rsatkichinianiqlashuchunquyidagi asosiytalablardankelibchiqishikerak: uning tarmoqni faoliyat ko’rsatkichining asosiy maqsadi bilan bevosita aloqasi, xarajat va natijalarni to’laroq hisobga olish, miqdoriy aniqlanganlik, amaliy hisob-kitoblar uchun statistik axborotning mavjudligi.
Ijtimoiy-iqtisodiy nuqtai nazardan, ishlab chiqarishning pirovard maqsadi-kuchli raqobat sharoitida xaridorlar talabini maksimal qondirishdir.
Iste’molchining tovarlarga bo’lgan ehtiyojini qondirilish darajasi tovar aylanishida o’z ifodasini topadi. Tovar aylanishi ijtimoiy ishlab chiqarish amal qilishining ko’rsatkichlaridan biri bo’lib, tovarlarni iste’mol sohasigacha bo’lgan oxirgi harakatini ifodalaydi. Shuning bilan bir qatorda, bu ko’rsatkich bir qator kamchiliklarga ega. Uning kattaligiga, tovarlarga bo’lgan baho darajasi va assortiment ta’sir etadi. Buni tahlil etishda e’tiborga olish zarur.
Ishlab chiqarishda samaradorlikni ta’minlashda mehnat unumdorligining oshib borishi muhim ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashda mehnat unumdorligining o’sish sur’atlari xodimlar soni, tovar aylanishi va o’rtacha ish haqi o’sishi sur’atlaridan yuqori bo’lishi lozim. Faqat shu sharoitdagina ishlab chiqarishning jadal rivojlanishi ta’minlanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning samaradorligini oshirish

54
yo’llarida biri, bozor iqtisodiyotiga mos keladigan ko’rsatkichlar tizimini ishlab chiqishdan iboratdir.
Ishlab chiqarishda bozor tizimlarining shakllanishi, nodavlat sektorining vujudgakelishi, tadbirkorliknimarketingasosidarivojlantirishmasalalarinio’rganib chiqib, faoliyatning natijalarini milliy ko’lamda ko’rib chiqish mumkin.
Korxonalar o’z faoliyatini samarali olib borishga intilib va tobora uzoq muddat uchun oldindan strategik rejalashtirish usulidan foydalanishadi. Bozordagi o’zgarishlar va fan-texnika taraqqiyoti yo’nalishlarini tahlil qilish asosida, korxonalarning strategiyasini ishlab chiqish uchun negiz bo’ladigan umumiy maqsadlar belgilab olinadi.
Bozor iqtisodiyotini rivojlantirishning asoslaridan biri bo’lgan raqobat mexanizmining to’liq ishlashi uchun hamda iste’molchini ma’lum darajada ijtimoiy himoyalash maqsadida davlat boshqa sohalar kabi ishlab chiqarishda ham monopolizmga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Monopolizmga qarshi chora-tadbirlar ishlab chiqarishda raqobatni va tadbirkorlikni rivojlantirish asosida bozor munosabatlarini shakllanishiga ko’maklashadi.
Korxonalarning samarali ishlashida davlat tomonidan moliya va kredit munosabatlarini tartibga solish choralari ham muhim rol o’ynaydi.
Faol marketingdan foydalanish, korxonalar yutuqlarining hal qiluvchi omillari va ularning kutilmagan tasodiflarini hisobga olgan holda imkoniyat istiqbollarini aniqlash borasida, faoliyatning strategik tadqiqoti o’tkaziladi, marketing strategiyasi va uni amalga oshirish shakllari ishlab chiqiladi.
Korxonalarning tijorat faoliyati doimo o’zgarishlarga uchrab turadi. Bu o’zgarishlar texnologik taraqqiyot natijasida yoki iste’molchilar turmush tarzining o’zgarishi natijasida amalga oshadi. Biroq zamonaviy jamiyatda insonlarning ehtiyojlariturli-tumanbo’lib, savdoningturlishakllariniamalqilishigaimkonberadi va ularda tanlov erkinligi imkoniyati saqlanib koladi. Xuddi shu xaridorlarning tanlov erkinligi ishlab chiqarishning turli xil shakllarini yashab qolishiga sabab bo’ladi. Shunday qilib, shuni ta’kidlash mumkinki, ishlab chiqarishning hech bir shakli boshqa shakllar orasida ustunlikka ega emas. Keyingi yillarda ko’plab chet el korxonalar turli xil savdo shakllarini qo’llashmoqda va muvaffaqiyatga erishmoqda.

55
“O’zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasida faol marketingdan foydalanish avvalo yuqori darajaga ega bo’lgan savdo tarmog’ini shakllantirishni, uyushma faoliyatini yaxshilash bilan bog’liq hukumat qarorlarini, Prezident Farmonlarini jadal amalga oshirishni, moliyaviy muassasalar, aloqa va transport korxonalari bilan aloqalarni bozor iqtisodiyoti talablari asosida faol olib borishni, iste’molchilarga xizmat ko’rsatishni yuksaltirish va raqobatbardoshlikni oshirish maqsadida o’z ichki imkoniyatlarini (ishlab chiqarish yangi texnologiyalari, transport, aloqa vositalari va h.k.) rivojlantirishni ko’zda tutadi.
Xo’jalik faoliyati va biznesning samaradorligi keng va qamrovli jihatlar bo’yicha baholanadi. Dastlabki holda samaradorlik iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish darajasi sifatida, ikkinchi holda korxona elementlarini yoki ayrim quyi tizimlarini tavsiflovchi xususiy ko’rsatkichlar tizimi sifatida aniqlanadi.
Marketing tizimi ishining sifati va samaradorligi, xususan faol marketingdan foydalanishni ishlab chiqishning samaradorligi uslubiy ishlanmalarning ilmiyligi, miqdoriy, miqdoriy-sifat va sifat baholashning ob’ektivligi, baholashning oqilona tizimini yaratish, tadbiq etish hamda uni boshqarish, marketing tizimini tashkil etish darajasi va bu tizimni takomillashtirish bo’yicha rezervlardan foydalanish orqali ta’minlanadi.


Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə