Microsoft Word Geoinformatika savollar



Yüklə 451,43 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix27.12.2023
ölçüsü451,43 Kb.
#163993
Geoinformatika ehtimoliy javoblar



2. ”Geoinformatika va fazoviy tahlil” fanining maqsadi, vazifasi va boshqa fanlar bilan aloqasi? 
Yer haqidagi fanlarga informasion texnologi yalarning kirib kelishi yangi atamalarning paydo bo’lishiga sabab 
bo’lmoqda ─ 
geoinformatika 
va 
geografik axborot tizimlari
(
GAT
, keyinchalik umumiy qabul qilingan termin 
GIS 

geograficheskiye informasionnыye sistemы, 
ishlatiladigan bo’ldi). GIS ─ bu fazoviy-koordinataga egali ma’lumotlarni 
yig’ishni ta’minlab beradigan, qayta ishlaydigan, keng tarqalgan, integrallashgan, ilmiy va amaliy geografik 
topshiriqlarni bajarilishi uchun mo’ljallangan dasturli apparat-mashina va inson kompleksidir, ─ deb ta’rif berish 
mumkin. Lekin shu kungacha GISning geografiyada foydalaniladigan bunday ta’rifi uning ko’plab xususiyatlarini 
xarakterlaydi (geologiya, ekologiya va boshqa tarmoqlar uchun masalalar yechishga to’g’ri keldi). GISning barcha 
funksional, texnologik va amaliy xossalarini to’liq qamrab oladigan ta’rifini ishlab chiqishga bo’lgan urinishlar samara 
bermagan. “Geoinformatika ─ bu turli tabaqali va xududga ega geotizimlar haqidagi fazo-vaqtda tarqalgan 
ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash tushunchasidir”. Bu ta’rifda geoinformatika geotizimlarni o’rganish bilan 
bog’liqligi haqida gapiriladi, bu bilan esa uning Yer haqidagi fanlar tarkibiga kiritilishiga ishora qilayotganini tushunish 
mumkin. 
3.Geoinformatika tushunchasi, mazmuni va tasnifini tushuntiring? 
Hozirgi paytda inson faoliyatining, ya’ni maktab ta’limidan boshlab to yuqori davlat siyosatigacha bo’lgan sohalarda 
axborotlashtirish kirmagan jamiyat hayotini tasavvur etish qiyin. Informatika barcha fanlarning orqasida nafas olib, 
ularga yetib oldi va xatto ularni o’z domiga yutib, cheksiz kompyuterlashni takomillashtirishga intilmoqda. Yer haqidagi 
fanlarga informasion texnologi yalarning kirib kelishi yangi atamalarning paydo bo’lishiga sabab bo’lmoqda ─ 
geoinformatika 
va 
geografik axborot tizimlari
(
GAT
, keyinchalik umumiy qabul qilingan termin 
GIS 

geograficheskiye 
informasionnыye sistemы, 
ishlatiladigan bo’ldi). Bunda “geografik” so’zi hududiylik va yaxlitlilikni emas, balki 
GISdagi komplekslilik (majmualilik) va tizimlilik ma’nosini anglatadi. GISning jadal rivojlanib borishi Yer haqidagi 
fanlar, xususan, geografiya yuqori darajada texnologiyalashgan zamonaviy fanga aylanishiga sabab bo’ldi.
GIS 60-yillarning o’rtalarida, dastlab Kanada va AQShda yaratilgan bo’lib, hozirda rivojlangan mamlakatlarda 
minglab GISlardan iqtisodiyot, siyosat, ekologiya, resurslarni boshqarish va tabiatni muhofaza qilish, kadastr xizmati, 
fan, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda samarali foydalanib kelinmoqda. GIS global, regional, milliy, lokal, 
mahalliy miqyosda Ona sayyoramiz Yer haqidagi har xil ma’lumotlarni qamragan holda barcha sohada keng darajani 
egallagan: masalan, kartografiya, masofadan zondlash, statistika, kadastr, gidrometeorologiya, dala ekspedisiya 
kuzatish, quduq va suv ostini zondlab tekshirish va boshqalarda. GISlarni tuzilishida qator xalqaro nufuzli tashkilotlar 
(BMT, YuNEP, FAO va boshqalar) ishtirok etishadi.
4.Geoinformatika va geoinformatsion konsepsiyalarni tushuntiring? 
Geomatika va geoinformasion konsepsiyalar va ta’riflar asosan o’xshash bo’lishi asosiy e’tiborni 
geoinformatikaga qaratish zarurligini talab qilmoqda. Hozirgi taraqqiyot darajasida GISning o’rni Yer va jamiyat 
haqidagi fanlarda axborotlarni yig’ish, qayta ishlash va saqlash bilan cheklanib qolinmaydi. GIS tabiiy, xo’jalik, sosial 
jarayonlar va holatlarni modellashtirish, bog’liqligi va o’zaro harakatlarni kuzatish, makonda va zamonda keyingi 
rivojlanishini bashoratlash, eng asosiysi boshqarish uchun aniq qarorlar qabul qilish uchun asosiy, hattoki ajralmas 
quroli bo’lib qolmoqda.
GIS-modellashtirish ma’lumotlar bazasi va bilimlar manbaiga tayanadi. Birinchisi, obyektlarning fazoviy 
joylashishi, holati va munosabatlari haqidagi raqamli kartografik, aerokosmik, statistik va boshqa ma’lumotlarni 
birlashtiradi, ikkinchisi esa ─ modellashtirish va boshqarishni olib borish uchun zarur bo’lgan barcha mantiqiy qoidalar, 
bilimlar, g’oyalarni o’zida mujassamlaydi. Bir vaqtning o’zida GIS aniq texnologiya, kompyuter komplekslariga va 
dasturlariga asoslangan ─ bu kompleksning asosiy elementini avtomatik kartaga olish tizimi tashkil etadi. 
5.Geoinformatika Yer haqidagi fanlar tizimidaligini tushuntiring? 
Geoinformatika yangi yo’nalish sifatida kompyuter texnikasi va GIS-texnologiyalari asosida kundan-kunga 
rivojlanib bormoqda, buning natijasida yangicha qarashlar, guruhlashlar, izohlashlar, o’lchash metodlari va 
boshqalarning kelib chiqishi tabiiy holdir. Geoinformatikaning jadal taraqqiy etishi, fikrimizcha, aerokosmik 
zondlash, telekommunikasion tarmoqlar, Yer haqidagi fanlar hamda ularga yaqin bo’lgan sosial-iqtisodiy fanlarning 
yanada rivojlanishiga turtki bo’ladi. Yer haqidagi fanlarga informasion texnologi yalarning kirib kelishi yangi 
atamalarning paydo bo’lishiga sabab bo’lmoqda ─ 
geoinformatika 
va 
geografik axborot tizimlari
(
GAT
, keyinchalik 
umumiy qabul qilingan termin 
GIS 

geograficheskiye informasionnыye sistemы, 
ishlatiladigan bo’ldi). Bunda 
“geografik” so’zi hududiylik va yaxlitlilikni emas, balki GISdagi komplekslilik (majmualilik) va tizimlilik ma’nosini 
anglatadi. GISning jadal rivojlanib borishi Yer haqidagi fanlar, xususan, geografiya yuqori darajada 
texnologiyalashgan zamonaviy fanga aylanishiga sabab bo’ldi. GIS global, regional, milliy, lokal, mahalliy miqyosda 
Ona sayyoramiz Yer haqidagi har xil ma’lumotlarni qamragan holda barcha sohada keng darajani egallagan: 
masalan, kartografiya, masofadan zondlash, statistika, kadastr, gidrometeorologiya, dala ekspedisiya kuzatish, quduq 
va suv ostini zondlab tekshirish va boshqalarda. GISlarni tuzilishida qator xalqaro nufuzli tashkilotlar (BMT, 
YuNEP, FAO va boshqalar) ishtirok etishadi. 


6.GAT va telealoqa tarmoqlariga tushuncha bering? 
Telekommunikasion tarmoqlar ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari toifasiga taalluqli bo’lib, ular ma’lumotlarni uzatish 
zvenolaridan tarmoqchalar va tuguncha moslamalardan (terminallardan) iborat bo’lib, ma’lumotlarni EHM xotirasiga 
joylash va natijani nashr qilishga mo’ljallangan aloqa tarmoqlari, tugunlari va ulovchi (birlashtiruvchi) kommutator 
qurilmalardan tashkil topadi. Telekommunikasion tarmoqlarning asosi informasion resurslardan foydalanish huquqini 
ta’minlash, ma’lumotlar bilan erkin va tezkor almashishni yo’lga qo’yish, xohlagan fazoviy darajalarda va bilimlar 
sohalarida foydalanuvchilar o’rtasida aloqalarni tiklashga mo’ljallangan. 
GIS va telekommunikasiya tarmoqlari o’rtasida o’zaro munosabat birlashishi yo’nalishida ketmoqda: bir 
tomondan, tarmoqlar GISni fazoviy ma’lumotlar bilan ta’minlasa, boshqa tomondan ─ GIS tarmoqlarni optimal 
joylashtirish va faoliyat masalalarini yechishga xizmat qiladi. Bugungi kunda respublikamizda har xil informasion 
hisoblash tarmoqlari standart xizmatidan tashqari, informasion ma’lumotnoma bilan ta’minlovchi elektron pochta 
xizmati, shuningdek, telekonferensiya, telebirja, teleauksionlar va telefakslar keng rivojlanmoqda. Telekommunikasion 
tarmoqlarning planetar tarqalishi telefon aloqalar integrasiyasi, optik-tolali tarmoqlar, yo’ldosh tizimlari va 
geoinformasion texnologiyalar bilan ta’minlandi. Tarmoqni global (WAM) va lokal (LAN) bo’lish qabul qilingan. 
Global tarmoq, ko’p sonli lokal tarmoqlarni birlashtirib, kompyuterlarning kabellar yordamida bevosita ulangan 
tizimlaridan hosil bo’ladi. Telekommunikasiya tarmoqlari har doim kengayib borish, unga yangidan-yangi informasion 
resurslarni qo’shilishi, qayta ishlash va axborotlarni taqdim etishi 
informasion giperfazo 
shakllanishi haqida gapirishga 
undaydi. Uning yetarli darajadagi qismini raqamli geoaxborot, kartalar, kosmik suratlar va boshqa tasvirlar tashkil etadi.
7.Geoinformatsion kartaga olish to‘g‘risida tushuncha bering? 
Matematik-kartografik modellashtirish va geoinformasion kartaga olish ─ GIS-texnologiyasini tashkil etuvchi 
tizimlardan biri bo’lib, u qaror qabul qilish, boshqarish, ekspertiza qilish, bashoratlashni olib borishda qo’llaniladigan 
bu texnologiyaning asoslaridan biridir. Geoinformatika (GIS), kartografiya (K) va masofadan (distansion) zondlashni 
(M3) bir-biri bilan o’zaro bog’liqligini ko’rib chiqamiz. Kompyuterli modellashtirish va u bilan yaqin bog’liqlikda 
bo’lgan geoinformasion kartaga olish geoinformatikaning alohida ahamiyatli vosita va uslublaridan hisoblandi.
8.Kartografiya nazariyasida geoinformatsion konsepsiyani tushuntiring? 
Geomatika va geoinformasion konsepsiyalar va ta’riflar asosan o’xshash bo’lishi asosiy e’tiborni 
geoinformatikaga qaratish zarurligini talab qilmoqda. Hozirgi taraqqiyot darajasida GISning o’rni Yer va jamiyat 
haqidagi fanlarda axborotlarni yig’ish, qayta ishlash va saqlash bilan cheklanib qolinmaydi. GIS tabiiy, xo’jalik, sosial 
jarayonlar va holatlarni modellashtirish, bog’liqligi va o’zaro harakatlarni kuzatish, makonda va zamonda keyingi 
rivojlanishini bashoratlash, eng asosiysi boshqarish uchun aniq qarorlar qabul qilish uchun asosiy, hattoki ajralmas 
quroli bo’lib qolmoqda.
GIS-modellashtirish ma’lumotlar bazasi va bilimlar manbaiga tayanadi. Birinchisi, obyektlarning fazoviy 
joylashishi, holati va munosabatlari haqidagi raqamli kartografik, aerokosmik, statistik va boshqa ma’lumotlarni 
birlashtiradi, ikkinchisi esa ─ modellashtirish va boshqarishni olib borish uchun zarur bo’lgan barcha mantiqiy qoidalar, 
bilimlar, g’oyalarni o’zida mujassamlaydi. Bir vaqtning o’zida GIS aniq texnologiya, kompyuter komplekslariga va 
dasturlariga asoslangan ─ bu kompleksning asosiy elementini avtomatik kartaga olish tizimi tashkil etadi. 
Shunday qilib, bugungi kunda 
geoinformatika fan, texnika va ishlab chiqarishni qamrab oladigan tizim sifatida 
namoyon bo’ladi.
9.Hajmli yoki 3 o‘lchamli geotasvirlar haqida tushuncha bering? 
Hajmli geotasvirlar
uch o’lchamli hajmiy modellardan tashkil topgan. Ular o’zlarining xilma-xilligi bilan ajralib 
turadi va alohidagi tadqiqot amaliyotlariga alloqachon mustahkam kirib oldi. Bunday xilma-xillik nafaqat real, balki 
xayoliy obyektlarni ularning turli ko’rinishlarini ham modellashtirish imkonini beradi. Tasvirlash turlarining ko’pligi 
va qo’llanilidigan texnologiyalar uch o’lchamli kartografiya haqida gapirish maxsus ilmiy yo’nalish ekani haqida belgi 
beradi. L.Ye.Smirnov birinchi marta uch o’lchamli kartografiya vazifalarini aniqlab, shunday modellar tasnifini tuzdi. 
U modellarni tasvirlashning tizimli usullarini ishlab chiqib, ”real kuzatiladigan fazoviy obyektlar uch o’lchamli 
tasvirlanishi mumkin, bir vaqtning o’zida unda shartli obyektlarda hodisalarning tarqalishini ko’rsatish mumkin” ─ 
deb yozgan.
Bunda L.Ye.Smirnov uch o’lchamli fazoning yassi modelini ajratib, maxsus yo’l bilan uch o’lchamlilikni subyektiv 
tasavvur qilishga tayanib, ikki o’lchamli tasviri hosil qilingan stereoskopik modellarni hajmli aks ettirish, lekin bu 
moddiy bo’lmay, faqatgina undan fazoviy ko’rinishda namuna ko’chirish va shu bilan fizik modellar, obyektlarning 
tasvirini hajmli ko’rinishda aks ettirish bo’ladi.
Uch o’lchamli tasvirni hosil qilishda katta ahamiyatni ko’rish mumkin bo’lgan tasvir kasb etib, obyekt va 
hodisalarning fazoviyligi to’g’risida, shuningdek, ularning haqiqiy tasviri yoki uch o’lchamli modelni yaratuvchilari 
tasavvuridagi tasviri qanday bo’lishi kerakligi haqida to’liq tushuncha bo’lishi lozim.


10.Dinamikali 3 va 4 o‘lchamli geotasvirlar haqida tushuncha bering? 
Dinamik (harakatdagi) geotasvirlar 
Yer to’g’risidagi fanlarga ancha tez joriy bo’layotgan dinamik geotasvirlar kiradi. 
Buni geotizimlar dinamikasini o’rganishga, jarayonlar sababini topishga, Yer qobig’ida, atmosferada, gidrosferada va 
biosferada sodir bo’layotgan hodisalarni o’rganishga alohida bo’lgan qiziqish bilan tushuntiriladi. 
An’anaviy kartografiyada va zamonaviy geoinformasion kartografiyada hodisa va jarayonlarni dinamikasini 
tasvirlashning ko’p usullari mavjud bo’lib, ularni quyidagilar:
- dinamikani bitta kartada harakatdagi strelka yoki lentalar, “o’suvchi” belgilar va diagrammalar, kengayuvchi 
areallar, hodisalarning o’zgarish tezligi izoliniyalari va h.k. yordamida ko’rsatish;
- obyektlar holatini har xil davr va onlarda turli vaqtda yaratilgan kartalar, suratlar, fotokartalar, blok-
diagrammalar va boshqalar yordamida ko’rsatish; 
- hodisalar holatini o’zgarishi kartalarini yaratish, unda dinamikaning o’zi emas, balki faqat sodir bo’lgan 
o’zgarish natijasi ko’rsatiladi, masalan, qirg’oq va muzlik chiziqlarining siljishi miqdori, suv ombori qurilgandan keyin 
xududlarni suv ostida qolish jarayonining kengayishi, xududlar bo’yicha aholi zichligining o’zgarishini, bir turdagi 
o’simliklarni boshqasi bilan aralashishi, yer qimirlashishi va uning oqibatlari va h.k.;
- animasion geotasvirlarni, ya’ni elektron kartada siljiydigan belgilarni joylashtirish, harakatli (o’zgaruvchan) 
kartalar, kartografik filmlar va hokazolarni yaratish; 
- karta yoki surat ustidan kuzatuvchining qo’zg’alishishi uning rakursi va kuzatish burchagini o’zgartirish, 
xudud ustida uchish yoki uni “uchib o’tish”ni, shunchaki ifodalaydigan guruhlarga ajratish mumkin.
Tabiiyki, dinamik geotasvirlar yaratish metodining rivojlanishiga asosiy turtki ikki holat.
- GIS-texnologiyasi imkoniyatlarining o’sib borayotgani;
- monitoringining vizualizasiyasi zaruriyati, ya’ni atrof muhitning o’zgarishlarini va ekologik muvozanatning 
buzilishini doimiy kuzatishlar natijasi. Geoinformasion kartografiya taraqqiyoti yaqin kelajakda dinamik geotasvirlar 
bizni o’rab turgan borliqni bilishni odatdagi vositalari bo’lib, aerokosmik suratlardan va elektron kartalardan kam 
ahamiyatli bo’lmaydi deyishga asos beradi.
11.Birlashgan geotasvirlar haqida tushuncha bering? 
Birlashgan geotasvirlar. H
ar qanday geotasvirlarning ko’rinishi, turlari va variantlarini oddiy sanab o’tish, 
hyech qachon ularning barcha jihatlarini qamrab olamaydi. Kartografiya uslublarining rivojlanishi masofadan turib 
zondlash, kompyuter texnologiyasi va mashina-grafikasi vositalari taraqqiyoti, ya’ni murakkablashib borayotgan ilmiy 
tadqiqotlarning talablariga javob beruvchi va kuniga paydo bo’layotgan yangi amaliy ilovalarning barchasi hayotga 
yangidan-yangi fazoviy modellarni taqdim etmoqda. 
Barcha bunday ko’p qirralilikni ─ geotasvirlashning yagona tizimi sifatida qaraladigan, ularning bu tizimdagi 
o’rniga bog’liq holda sifati va xossalarining o’zgarishi qonuniyatlarini aniqlash, bundan esa o’zaro moslikni, baholash 
muammolarini o’ylab ko’rish o’ta dolzarb masaladir. Tizimli yondashish ehtimol xossalari avvaldan berilgan 
geotasvirlarning yangi turlari va ko’rinishlarini qurish vazifalarini hal qilishga yaqinlashish, ya’ni geotasvirlash 
tizimini boshqarish imkonini beradi.
12.Voqelik modeli sifatida geotasvirlarning xususiyatlarini tushuntiring? 
Nazariyadan ma’lumki, model bu ─ ilmiy bilish va amaliy faoliyatda qo’llaniladigan original tasvirning o’rnini 
bosuvchi obraz, modellashtirish orginalning o’zini emas, balki uning o’rnini bosuvchi obrazini yaratishdir, ya’ni bu 
uning yordamchi sun’iy yoki tabiiy tizimi.
Modellashtirishning bilish nazariyasida tajribaning maxsus turi sifatida originalni uning modeli bo’yicha, ya’ni 
ishlatishga juda sodda va o’rganish uchun qulay (oson) bo’lgan tuzilish xossalari ko’rinishidagi modelning originalda 
ham bor elementlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik va munosabatlarini ularning dinamikasi va funksiyalariga qarab 
o’rganiladi.
Modellashtirishning universial prinsiplari o’xshashlik va analogiya hisoblanadi.
Model (M) originalga (A) 
berilgan munosabat i-da mos kelishi M = S
i
A; bunda S

─ o’xshashlik mezoni bo’lib, real obyektlarga, modellar 
yordamida olingan xulosalarning to’g’riligini kafolatlovchi o’lchamsiz konstantalar. Munosabatlarni o’xshashlik 
mezoni (S
i
, S
j
,... S
n
) bo’yicha ishonchliligi ehtimolligi qanchalik ko’p qanoatlantirsa, xulosalar shunchalik to’g’ri 
bo’ladi. 


13.Geotasvirlarning tasnifini tushuntiring? 
Geotasvirlarni tasniflashda har xil yondashish mavjudligi sababli, yuqorida aytib o’tilganidek, ularni har xil xossalar 
ko’pgina umumiy belgilari bilan bir qatorda ahamiyatga ega bo’lgan farqli jihatlari ham bor. Eng avval bog’liqligiga 
qarab geotasvirlar olishning har xil usullarini quydagilarga ajratish mumkin:
1. 
Suratga olish
─ dastlabki faktografik geotasvirlarni olish maqsadiga ega bo’lgan tadqiqot va ro’yxatga olish 
(yer osti, yer usti, gidrografikli, suv osti, aero va kosmik) tabiiy instrumental kuzatishlar kompleksi.
2. 
Geotasvirlarni kameral sharoitda yaratish
─ muayyan (aniq) maqsadli qoidalar, foydalanish sohasi va 
darajasi, hamda boshqa talablarga mos bo’lgan yangi kartalar, foto- va kino tasvirlar olish uchun dastlabki suratli 
materiallarga ishlov berish va qayta ishlash bo’yicha amallar.
3. 
Geotasvirlarni qurish
─ berilgan xossali real yoki abstrakt modellarni yaratish uchun analitik, fotomexanik 
yoki kompyuterli amallarni bajarish.
Geotasvirlarni mavzusi va mazmuni bo’yicha ajratish mumkin, lekin bunda ro’yhat tuganmas bo’lib qolishi mumkin, 
chunki karta, surat va filmlar tabiatning barcha hodisalari va ko’plab sosial-iqtisodiy lavhalarni ifoda etadi, infraqizil 
diapazonda yoki radiolokasion tasvirli suratlar, hattoki, insonni qabul qilish imkoniyati bajara olmaydigan va ko’ra 
olmaydigan obyektlarning fizik xususiyatlarini bera oladi. Generalizasiya darajasi bo’yicha, qo’llash muddati 
(masalan, uzoq muddatli, tezkor, bir lahzada va boshqalar). Geotasvirlarning ko’p sonli umumiy tasnifidan tashqari, 
xususiy kartalarning, blok-diagrammalarning, animasiyalarning va aerokosmik tasvirlarning xususiy tasniflari ham 
bor. V.I.Kravsova kosmik suratlarni spektral tiniqlikda tasvirga olish texnologiyasini, masshtabi, ko’rinishi, suratga 
olishni takrorlash va boshqa ko’rsatkichlar kompleksi bo’yicha ko’plab tasniflashni tavsiya etgan
14.Geotasvirlar nazariyasi shakllanish omillari to‘g‘risida tushuncha bering? 
-aerokosmik suratlar, elektron kartalar, boshqa ikki va uch o’lchamli geotasvirlarning voqyelik modellari sifatida 
kartalar xususiyatlarini tizimli pozisiyalardan o’rganish; 
-geotasvirlarning axborot sig’imini baholash tamoyillari va uni oshirish yo’llarini ishlab chiqish; 
geotasvirlarning makon va zamon nuqtai nazaridan, mavzuli bir-biriga mosligi muammolarini tadqiq etish; 
-geografik obrazlarni farqlash va ularni tasniflash asoslarini ta’riflari (mavzusi, murakkabligi va boshqa o’lchamlari 
bo’yicha), turli tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar va jarayonlar uchun kataloglar va grafikli obrazlar tizimlarini 
yaratish; 
-geotasvirlarni generalizasiya qilishga oid umumiy muammolarni o’rganish, uning geotasvirlarning geometrik aniqligi, 
ishonchliligi va axborot sig’imiga, ularning evristik xususiyatlariga ta’sirini baholash, generallashtirishni boshqarish 
muammolarini o’rganish; 
-geotasvirlarni (ayniqsa dinamik) ko’rish orqali qabul qilingan qonuniyatlari, idrok qilishga o’rgatishning psixologik 
omillari va tamoyillari, obrazlarini o’qish va ajratish mexanizmlarini tadqiq qilish; 
-hisoblaydigan moslamalar va ajratuvchi tizimlarni loyihalashtirishga yagona uslubiy yondashuvlarni ishlab chiqish; 
geoikonikani boshqa fanlar bilan birlashtiruvchi fanlar: ko’rish psixologiyasi va fiziologiyasi, obrazlarni farqlash 
nazariyasi va kibernetika, optika va hokazoning chegaraviy muammolarini o’rganish, Yer va sayyoralar haqidagi fanlar 
bilan aloqalarni rivojlantirishdan iborat. 
15.Geoikonika bog‘lovchi fan sifatida ekanligini tushuntirib bering? 
Ikonika g’oyasiga qaytish kartografiya, masofali zondlash va mashinali grafikasining integrasiyasi (birlashishi) 
bilan bog’liq bo’ldi. 1985 yilda A.M.Berlyant tomonidan yangi yo’nalish ─ 
geoikonika, ya’ni geotasvirlar nazariyasini, 
ularni tahlil qilish usullari, fan va amaliyotdagi o’zgarishlarni o’rganuvchi bilimlarning sintetik sohasi
ni ishlab chiqish 
g’oyasi ilgari surildi. Bunda geoikonikani qandaydir chegaraviy emas, balki kartografiya, aerokosmik usullar va 
mashina-grafikalarni bir-biri bilan bog’lovchi ko’prik fan sifatida qarash kerak.
Ma’lumki, fanlarning jadal taraqqiy etishi natijasida ilmiy fanlar to’qnashuvida chegaraviy deb ataluvchi yangi 
fanlar paydo bo’ladi yoki ular bir nechta bilim sohalari va tadqiqot usullari birgalashishiga to’g’ri kelganda yuzaga 
keladi (uzelli fanlar). Bog’lovchi fanlar esa birmuncha boshqa kuchlar ta’sirida shakllandi. Ular bir-biriga yaqin turdosh 
soha yoki yo’nalishlarni birlashtiruvchi bo’g’inlar kabi paydo bo’ladi va ular o’rtasida “ko’priklar” hosil qilib, ilmiy 
bilimning tabaqalanishi jarayonida paydo bo’lgan bo’shliqni to’ldiradi.
16. Rastr va vektor modellarning afzalliklari va kamchiliklarini keltiring? 
Mashinografik va displeyli geotasvirlar
─ deb vektor yoki rastr farmatidagi avtomatik grafikli quruvchilar va 
displeylar yordamida hosil bo’lgan kartalar yoki suratlarga aytiladi.
Displeylar ekraniga elektronli kartalar chiqariladi, ular o’ziga xos ko’rinishda vektorli (chiziq ─ nuqtali) va 
rastrli (setka ─ maydonli) formatlarda (shakllarda) shartli belgilarni tizimlarda qabul qilingan dastur va texnik vositalar 
yordamida quriladi. Vektorli tasvir yorug’lik nurlaridan ─ nuqta ketidan nuqta ─ chiziq ko’rinishida, belgilar, shtrixlarda 
namoyon bo’lsa, rastrlar ─ qator─qator skanirlangan rastrli elementlardan hosil bo’ladi. Vektorli geotasvirlar aniqroq 
konturlarni bersa, rastrli geotasvirlar rangli va yarim tonli bo’yoqlarni yaxshi uzatadi.


18. Rastr formatdagi tasvirlarni tushuntiring? 
Grafopostroitellar har xil konstruksiyali (shakli) chizuvchi va o’yuvchi kallaklarga ega bo’lib, ular qalamlar, 
perolar, bir yoki bir necha rangli sharikli sterjenlar, o’yuvchi ignalar va keskichlar, hamda yorug’likni yaxshi sezuvchi 
qatlamlarga rasmni tushirish uchun yorug’lik lazeri nuri bilan jihozlangan bo’ladi. Bosma grafopostroitellar ─ printerlar 
rasmni elektron oqimi changlatgichlar yordamida yuqori sifatli rangli rastrli suratlar olish imkoniyatini beradi. Yuqori 
sifatli grafopostroitellardan (plotterlar) olingan karta oddiy qo’lda chizilgan kartalardan farq qilmay, hatto o’zi aniqligi 
va nafisligi bo’yicha ulardan ustunroq bo’ladi. 
Displeylar ekraniga elektronli kartalar chiqariladi, ular o’ziga xos ko’rinishda vektorli (chiziq ─ nuqtali) va 
rastrli (setka ─ maydonli) formatlarda (shakllarda) shartli belgilarni tizimlarda qabul qilingan dastur va texnik vositalar 
yordamida quriladi. Vektorli tasvir yorug’lik nurlaridan ─ nuqta ketidan nuqta ─ chiziq ko’rinishida, belgilar, shtrixlarda 
namoyon bo’lsa, rastrlar ─ qator─qator skanirlangan rastrli elementlardan hosil bo’ladi. Vektorli geotasvirlar aniqroq 
konturlarni bersa, rastrli geotasvirlar rangli va yarim tonli bo’yoqlarni yaxshi uzatadi.
19. Vektor formatini tushuntiring? 
Displeylar ekraniga elektronli kartalar chiqariladi, ular o’ziga xos ko’rinishda vektorli (chiziq ─ nuqtali) va 
rastrli (setka ─ maydonli) formatlarda (shakllarda) shartli belgilarni tizimlarda qabul qilingan dastur va texnik vositalar 
yordamida quriladi. Vektorli tasvir yorug’lik nurlaridan ─ nuqta ketidan nuqta ─ chiziq ko’rinishida, belgilar, shtrixlarda 
namoyon bo’lsa, rastrlar ─ qator─qator skanirlangan rastrli elementlardan hosil bo’ladi. Vektorli geotasvirlar aniqroq 
konturlarni bersa, rastrli geotasvirlar rangli va yarim tonli bo’yoqlarni yaxshi uzatadi.
Grafopostroitellar har xil konstruksiyali (shakli) chizuvchi va o’yuvchi kallaklarga ega bo’lib, ular qalamlar, 
perolar, bir yoki bir necha rangli sharikli sterjenlar, o’yuvchi ignalar va keskichlar, hamda yorug’likni yaxshi sezuvchi 
qatlamlarga rasmni tushirish uchun yorug’lik lazeri nuri bilan jihozlangan bo’ladi. Bosma grafopostroitellar ─ printerlar 
rasmni elektron oqimi changlatgichlar yordamida yuqori sifatli rangli rastrli suratlar olish imkoniyatini beradi. Yuqori 
sifatli grafopostroitellardan (plotterlar) olingan karta oddiy qo’lda chizilgan kartalardan farq qilmay, hatto o’zi aniqligi 
va nafisligi bo’yicha ulardan ustunroq bo’ladi. 
21. Geofazoviy ma’lumot toʻplash usullarini yozing? 
GATda ma’lumotni geofazoviy ma’lumot deb atasak, birmuncha toʻgʻri boʻladi. Chunki bu tizimda asosan har bir 
nuqta va har bir chiziq oʻzining joylashuviga qarab turli koordinatalarga ega boʻladi hamda bu koordinatalar jamlanib, 
joy toʻgʻrisida umumiy tushuncha hosil qilinadi. Kelgusida esa u fazoviy tahlil va boshqa turdagi tahliliy ishlarga asos 
boʻlib xizmat qiladi. Geofazoviy ma’lumotlarning manbayi bu raqamlangan kartalar, aerofotosuratlar, kosmik suratlar, 
statistik jadvallar va GATga bogʻliq boʻlgan boshqa ma’lumotlar boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, geofazoviy 
ma’lumotlar bevosita syomka (GPS syomka, geodezik asboblar yordamidagi syomka) natijalaridan ham atribut 
ma’lumot sifatida olinishi mumkin. Oldingi boblarda aytilganidek, ma’lumot olishning yana bir qulay yoʻli bu 
ma’lumotni sotib olishdir. Geografik ma’lumotlarni olgandan soʻng bu ma’lumotlar oʻzaro bir-biriga ma’lumotlar 
bazasi orqali bogʻlanishi kerak. Bu esa, oʻz navbatida, kartadagi va bazadagi ma’lumotlarni bir-biriga bogʻlab, yagona 
va umumiy ma’lumot olish imkoniyatini beradi. Fazoviy yoki geofazoviy tahlil bu modellashtirish, aniqlash va model 
natijalarini oʻzgartirish jarayonidir. Model tasvirlash va boshqarish mumkin boʻlgan raqamli formatning joy 
toʻgʻrisidagi haqiqiy tushunchasini namoyon qiladi. Fazoviy tahlil jarayoni moslikni aniqlash, baholash va 
prognozlash, oʻzgartirish va tushunish kabi ishlarda muhim sanaladi. GATning eng muhim vazifalaridan biri ham 
geofazoviy ma’lumotlar va ularning atributlarini qaror qabul qilish uchun tahlil qilishdir.
23. Geografik axborotlar tizimida ma’lumotlarni qayta ishlashni tushuntiring? 
Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi – komyuterdan, boshqarish tizimi va ta’minlash dasturidan iborat. Kartalarga 
proeksiyalar tanlash, generalizatsiya ishlarini bajarish, kartani tuzish, obektlar uchun tasvirlash usullarini tanlash, 
kartalarni bir-biri bilan bog’lash haqida ko’plab dasturlar tuzilgan. Dasturlar kartagrafning kompyuter bilan birgalikda 
ma’lumotlarni almashish (interaktiv) yo’li orqali ishlaydi.
30. Geoaxborot tizimining boshqa fanlar va texnologiyalar bilan aloqadorligi yozing? 
Geoinformatika fan sifatida kartografiya, masofadan turib zondlash, geografiya va Yer haqidagi boshqa fanlar 
o’rganadigan tabiat va jamiyat geotizimlarini maxsus vosita va metodlar orqali tadqiq qiladi. Ulardan eng muhimi 
kompyuterli modellashtirish va geoinformasion kartaga olishdir.
Ilmiy yo’nalishda 3 ta bo’lim alohida shakllanganini ko’rish mumkin: geoinformatika nazariyasi (kompyuter 
orqali geotizimlarni modellashtirish nazariyasi); geoinformatikani texnologiyasi va metodlari; geoinformatika amaliyoti 
─ GIS texnologiyalarini har xil geoinformasion muhitda tatbiq qilishni ta’minlash. 
Geoinformatika (GIS), kartografiya (K) va masofadan (distansion) zondlashni (M3) bir-biri bilan o’zaro bog’liqligini 
ko’rib chiqamiz. Kompyuterli modellashtirish va u bilan yaqin bog’liqlikda bo’lgan geoinformasion kartaga olish 
geoinformatikaning alohida ahamiyatli vosita va uslublaridan hisoblandi. 


31. Geoaxborot tizimining rivojlanish tarixi haqida tushuncha bering? 
Geoinformatika yangi yo’nalish sifatida kompyuter texnikasi va GIS-texnologiyalari asosida kundan-kunga 
rivojlanib bormoqda, buning natijasida yangicha qarashlar, guruhlashlar, izohlashlar, o’lchash metodlari va 
boshqalarning kelib chiqishi tabiiy holdir. Geoinformatikaning jadal taraqqiy etishi, fikrimizcha, aerokosmik zondlash, 
telekommunikasion tarmoqlar, Yer haqidagi fanlar hamda ularga yaqin bo’lgan sosial-iqtisodiy fanlarning yanada 
rivojlanishiga turtki bo’ladi. “Geoinformatika” termini 3 ta ─ geografiya, informasiya va avtomatika so’zlaridan tashkil 
topgan. Ingliz tili adabiyotida 
“Informatiyes”
va “
Computer sciyencye
” so’z birlashmasi EHMlarni ishlab chiqish va 
qo’llash, dasturlash, amaliy matematika, operasion (amaliy) tizim, sun’iy salohiyat muammolari va boshqalarni o’z 
ichiga olgan fanlar guruhini anglatadi. Shu paytgacha ingliz terminologiyasida keng ma’noli geoinformatika iborasi 
ishlatilmagan bo’lib, uning o’rniga 
geographical information system
─ GIS, yoki 
geoinformation system
keng 
qo’llanilgan, faqatgina XX asrning 80-yillari ohirida 
“Geoiformatics
” termini ingliz adabiyotida uchray boshlagan va 
bu shunga o’xshash o’quv fani shakllanishi boshlanganidan paydo bo’lgan. 
32. GAT va multimedia vositalari haqida tushuncha bering? 
Multimediy vositalari (multimedia – ko’pvositalilik) - bu insonga o’zi uchun tabiiy muxit: tovush, video, grafika, 
matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan muloqatda bo’lishga imkon beruvchi texnik va 
dasturiy vositalar majmuidir. 
Multimedia - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyi-
dagilar kiradi: 
- axborotning xilma-xil turlari: an'anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutk, musika, 
videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy maxsulotda integratsiyalaydi. 
Bunday integratsiya axborotni ro’yxatdan o’tkazish va aks ettirishning turli kurilmalari: mikrofon, audio-tizimlar, 
optik kompaktdisklar, televizor, videomagnitafon, videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda 
kompyuter boshqaruvida bajariladi; 
- muayyan vaqtdagi ish, o’z tabiatiga ko’ra statik bo’lgan matn va grafikadan farqi ravishda, audio va videosignallar 
faqat vaqtning ma'lum oralig’ida ko’rib chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks 
ettirish uchun markaziy protsessor tez harakatchanligi, ma'lumotlarni o’zatish shinasining o’tkazish qobiliyati, 
operativ (tezkor) va video-xotira katta sig’imli tashqi xotira (ommaviy xotira), hajm va kompyuter kirish-chiqish 
kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi; 
- "inson-kompyuter" interaktiv mulokotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va 
har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur xolat ta'lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon 
beradi.
33. Geoaxborot tizimida qo’llaniladigan atamalar haqida tushuncha bering? 
Yer haqidagi fanlarga informasion texnologi yalarning kirib kelishi yangi atamalarning paydo bo’lishiga sabab 
bo’lmoqda ─ 
geoinformatika 
va 
geografik axborot tizimlari
(
GAT
, keyinchalik umumiy qabul qilingan termin 
GIS 

geograficheskiye informasionnыye sistemы, 
ishlatiladigan bo’ldi). Bunda “geografik” so’zi hududiylik va yaxlitlilikni 
emas, balki GISdagi komplekslilik (majmualilik) va tizimlilik ma’nosini anglatadi. GISning jadal rivojlanib borishi Yer 
haqidagi fanlar, xususan, geografiya yuqori darajada texnologiyalashgan zamonaviy fanga aylanishiga sabab bo’ldi. 
“Geo” ─ qo’shimchasi boshqa planetalar uchun to’laqonli qo’llanilishini ko’plab holatlarda ko’rishimiz mumkin, chunki 
planetashunos olimlar allaqachon “selenologiya” va “selenolografiya”, “arealogiya” va “arealografiya” atamalaridan 
voz kechib, ularga qaraganda ancha qulayroq va tushunarliroq bo’lgan “Oy geologiyasi va geografiyasi”, “Mars 
geologiyasi va geografiyasi” va hokazolarga o’tib bo’lishgan. Ikonometriya atamalari va tamoyillari keng tarqalmadi, 
chunki ularga mazmunan yaqin bo’lgan boshqa atamalar, ya’ni fotogrammetriya, tasvirlar fotometriyasi, o’lchamli 
deshifrovkalash, uzoq masofali zondlashning o’lchamli asoslari va hokazolar mavjud edi.
35. Milliy geoaxborot tizimini yaratishda standartlarning o’rni haqida tushuncha bering? 
Hozirgi paytda, qator mamlakatlarda milliy va regional boshqarmalar tuzilgan bo’lib, ularning funksiyasiga 
GISni va avtomatik kartaga olishni rivojlantirish; geoinformatika sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish; milliy 
rejalashtirish, ma’lumot yig’ish va tarqatish; geografik informasiyani to’plash, uzatish va boshqarish hamda uni himoya 
qilishning huquqiy muammolari, tadqiqot va h.k.ni rivojlantirish kiradi. Bugungi kunda bularga respublikamizda 1:10 
000 dan 1:1 000 000 gacha masshtabli raqamli kartalarni va bu kartalar uchun ma’lumotlar banklarini yaratish vazifalari 
ham ko’zda tutilgan. MDH davlatlari orasida birinchilardan bo’lib Rossiyada ilmiy ishlab chiqarish geoinformasion 
markaz (Rosgeoinform) shakllandi. Hozirgi paytda Sankt-Peturburg, Yekaterinburg, Novosibirsk, Irkutsk va 
Xabarovskda markazning xududiy ishlab chiqarish bo’limlari shakllandi.


36. GAT da fazoviy modellashtirishga ta`rif bering? 
Fazoviy obyektlar bilan ishlaganda turli vositalardan topologiya, manzil lokatorlari, tarmoqlar, relyefning sonli modeli 
(terrain) va h.k. dan foydalanish uchun funksional imkoniyatlar va harakat modellarini qo‘shishingiz mumkin. 
Masalan, ajraladigan geometriyali obyektning fazoviy munosabatlarini modellashtirish, shuningdek,maʼlumotlarning 
yaxlitligini ta’minlash uchun topologiyadan, geokodlash funksiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun manzil lokatorlaridan, 
yo‘nalishni belgilash yoki yo‘llarni izlash uchun tarmoqlardan, rastrlar bilan ishlash uchun ehtiyoj tug‘ilganda rastr 
kataloglari yoki rastrmaʼlumotlari to‘plamlaridan foydalanishingiz mumkin.
37. Atribut va geofazoviy ma’lumotlar haqida tushuncha bering? 
Geoma’lumotlar bazalarini saqlash deganda ma’lumotlar sxemalarini, har bir geografik ma’lumotlar to’plami uchun 
qoidalar bazalarini, fazoviy va atribut ma’lumotlarining oddiy jadval ko’rinishini saqlash tushuniladi. Geoma’lumotlar 
bazasining barcha uchta asosiy ma’lumotlar to’plamlari (fazoviy ma’lumotlar sinflari, atribut jadvallar va rastr 
ma’lumotlar to’plamlari), geoma’lumotlar bazasining boshqa elementlari singari, jadvallar yordamida xotirada 
saqlanadi. Geografik ma’lumotlar to’plamining fazoviy ko’rinishi vektor yoki rastr formatida saqlanadi. Zamonaviy 
geografik ma’lumotlar turlari fazoviy ma’lumotlar sinflari, rastrlar va atribut jadvallari funksiyalarini kengaytiradi. 
Turli geoma’lumotlar bazalari elementlari oddiy jadvallar, fazoviy obyektlar va rastrlarni kengaytirish uchun 
foydalaniladi. 
38. Grafikli ma'lumotlarni kompyuterda tasvirlash printsiplari haqida tushuncha bering? 
Displeylar ekraniga elektronli kartalar chiqariladi, ular o’ziga xos ko’rinishda vektorli (chiziq ─ nuqtali) va 
rastrli (setka ─ maydonli) formatlarda (shakllarda) shartli belgilarni tizimlarda qabul qilingan dastur va texnik 
vositalar yordamida quriladi. Vektorli tasvir yorug’lik nurlaridan ─ nuqta ketidan nuqta ─ chiziq ko’rinishida, 
belgilar, shtrixlarda namoyon bo’lsa, rastrlar ─ qator─qator skanirlangan rastrli elementlardan hosil bo’ladi. Vektorli 
geotasvirlar aniqroq konturlarni bersa, rastrli geotasvirlar rangli va yarim tonli bo’yoqlarni yaxshi uzatadi.
Kartografik ma’lumotlarni displeyda aks ettirish uchun tasvirlanayotgan obyektning kodi orqali faylda grafikli 
ko’rinishi topib olinadigan shartli belgilar va shriftlar ifodalangan kutubxonasi bo’lishi kerak. Chunki shunday 
kutubxona mavjud bo’lsa, dastlabki kartografik ma’lumotlarni kartada joylashgan obyektlarning kodlaridan ko’rsatib, 
har bir obyektning joylashgan o’rnini topish mumkin.
39. Geofazoviy ma’lumotlarni tasvirlash usullariga ta`rif bering? 
GATda yaratiladigan modellar turlicha boʻladi. Model tushunchasi GATda tizim, obyekt tushunchalaridan keyin eng 
koʻp qoʻllaniladigan tushunchalardan biridir. Model soʻzi koʻplab sohalarda qoʻllanilgani uchun GATdagi bu 
tushunchaning vazifasi toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtamiz. GATda asosan ma’lumotlar bilan ishlangani uchun ma’lumotlar 
modeli tushunchasi koʻp qoʻllaniladi. Ma’lumot modeli mavhum yoʻl orqali ma’lumotlarning axborot yoki 
ma’lumotlar bazasi tizimida tasvirlanishini bildiradi. GATda fazoviy tahlil jarayoni ma’lumotlarning fazoviy 
bogʻliqligini aniqlash va uni tuzishdan iboratdir. Geoaxborot dasturlaridan biri sanalgan Geoaxborot tizimining ilmiy 
asoslari 166 ArcView dasturida bunday jarayon qoʻshimcha Spatial Analyst degan dastur yordamida amalga 
oshiriladi. Fazoviy tahlil jarayoni, oʻz navbatida, oddiy va murakkab turlarga boʻlinadi. Oddiy turda ma’lumotlarning 
fazoviy bogʻliqligi ma’lumotlarni oddiy usulda koʻrish yoki ma’lumotlar bazasidan talab qilib olish bilan 
chegaralansa, murakkab usulda qoʻshimcha dasturlar ishlab chiqiladi. Fazoviy tahlilning (Spatial Analyst) muhim 
qismlaridan biri bu Grid mavzusidir. Grid asosan mavzuning rastr koʻrinishidir. Bundan tashqari, Spatial Analyst 
jarayoni orqali berilgan grid va asosiy mavzular asosida joyning umumlashgan modeli yaratiladi. 
40. GAT da grafikli ma'lumotlar formatlari haqida tushuncha bering? 
Tasviming skanerlanishi natijasida hosil bo‘lgan kodlar bitlarini qattiq diskda saqlash uchun fayllardan foydala
niladi. Fayllar ma’lum qoida asosida tuzilgan bo‘lishi, xohlagan dastur orqali ulardan ma’lumotlar olinishi, ko
dlar orqali tasvirlar hosil qilinishi imkoniyati bo‘lishi kerak. Demak, faylning shakli biror bir shablon (namun
a) bo‘lib, uning qatorlari, belgilari, sonlari va boshqa ko‘rsatkichlari tasvirni tarkibini va ular qanday tartibda
joylashganligini bildiradi. Ko‘plab GATlar rastrli tasvirlami saqlash uchun o‘zlarida mavjud formatlardan foyd
alanadi. Agar barcha ishiar bitta GATda olib borilayotgan bo‘Isa, formatlar ushbu GAT dasturida tuzilishi kerak
. Lekin ish jarayonida boshqa ma’lumotlar kerak bo‘ladi, bunday vaqtda rastrli va vektorli formatlami saqlay ol
adigan va keng tarqalgan formatlardan foydalanish zarur. Bugungi kunda keng tarqalgan shunday formatlamin
g to‘rtta turi mavjud. 


41. Kartografik ma’lumotlarni generalizasiyalash haqida tushuncha bering? 
Geoinformasion kartalashtirish oddiy kartaga olish kabi tarmoqli va kompleksli, analitik va sintetik, turli fazoviy 
qamrovli, masshtabli, maqsadli, sintez darajasiga ko’ra har xil bo’lishi mumkin. Geoinformasion kartalashtirish 
kartografiyani dasturiy boshqariladigan kartaga olish va ko’pgina an’anaviy muammolarga boshqacha, ya’ni 
matematik asosni tanlab, kartani joylashtirish (proyeksiyadan proyeksiyaga o’tish, erkin masshtablash), ularga 
generalizasiya yordamida yangi tasvirlovchi vositalarni (masalan, kartada aralashgan yoki miltillagan belgilar, 
filtrlash, tekislash va shunga o’xshashlardan foydalanishni) kiritib qarashga undaydi. Kartografik generalizasiya ─ 
aniq bir maqsadga binoan obyektlar ko’rsatkichlarini tanlash va umumlashtirish jarayoni, asosiy elementlar va 
bog’liqliklarni yaqqol namoyon ettirish va u asosida yangi sifatli ma’lumotlarni olish; nazariy tadqiqotlarning asosiy 
yo’nalishlari ─ kartografiyada tizimli yondashish, kartografik modellashtirish, kartalardan foydalanish, geografik 
kartografiyani rivojlantirish. 
43. Geofazoviy ma’lumot to’plashda rastr va vektorli ma’lumot olish tartibi haqida tushuncha bering? 
Lotin tilidan tarjima qilingan rastrum - bu panjara. Rasterli rasm - bu bir xil o'lcham va shakldagi rangli nuqta - yoki 
piksel - to'plam bo'lib, u oxirgi shaklda panjara shaklida bo'ladi. Ushbu nuqtalar juda kichik bo'lib, inson ko'zlari 
ularni alohida emas, balki yagona naqsh sifatida qabul qiladi. Rasterli rasmlarni saqlashning eng mashhur formatlari 
GIF, JPEG, PNG. 
Agar kompyuter piksel naqshini sezilarli darajada kengaytirsa, biz loyqa chegaralarni ko'ramiz va darhol mozaikani 
eslaymiz: bitmap grafikasining o'ziga xos xususiyati aynan shu. Rasm sifati piksel soniga bog'liq: qancha ko'p bo'lsa, 
ranglarni ko'paytirish mumkin. Masalan, A4 bosma fotosurati taxminan 8 million pikseldan iborat. 
Vektorli (lotincha vektordan - "ko'taruvchi") grafika rasmni tasvirlash kabi millionlab ko'p rangli piksellarda 
tasvirlamaydi. Matematik formulalar bilan ishlaydi. Aytaylik, kompyuter buyruq oladi: ma'lum o'lchamdagi 
uchburchakni chizing. Uchburchakning joylashuvi o'rnatildi va bu erda chizilgan. Chiziqlar, egri chiziqlar, doiralar, 
matn bloklari bir xil tarzda chizilgan: bularning barchasi formulalar bilan tasvirlanishi va tasvirlanishi mumkin. Har 
bir ob'ektga atributlar belgilanadi - chiziq qalinligi, rang. Agar siz o'lchamni o'zgartirishingiz kerak bo'lsa, kompyuter 
formulani qayta ko'rib chiqadi va rasm darhol o'zgaradi.
Kompyuter grafikasidagi barcha rasmlar ikki sinfga bo'linadi: rastr va vektor 
Raster yoki nuqta tasviri odatda o'lcham va shakl bo'yicha bir xil bo'lgan piksellar to'plami deb nomlanadi (ko'pincha - 
kvadratchalar), bu muntazam (ya'ni bir xil shakldagi va o'lchamdagi hujayralardan tashkil topgan) panjara joylashgan. 
Har bir piksel uchun rang belgilanadi. 
Rasterli tasvirlar piksellar sonini ko'paytirish orqali ishlab chiqariladi, ularning har biri tasvirni yanada to'g'ri uzatish 
uchun o'z rangiga ega. 
44. Sputnikli navigasion GPS va GLONASS sistemalari haqida tushuncha bering? 
GLONASS TIZIMI. Tizimining to'liq ish ko'p jihatdan 1995 yildan beri amalga oshirilayotgan faol ish murakkab 
kiritish uchun harakat esa, muammolar ishlatiladigan sun'iy yo'ldosh past chidamlilik bilan bog'liq edi, faqat 2010 
yilda boshladi. Ayni paytda, GLONASS - orbitaga turli qismlarida faoliyat 24 yo'ldoshlar. Umuman olganda, uch 
komponentlar mavjud navigatsiya infratuzilmasini bo'lishi mumkin kosmik nazorat majmuasi (orbitasida nazorat 
guruhlari beradi), shuningdek, navigatsiya foydalanuvchilar texnik vositalari. Doimiy balandligi ega har biri 24 
yo'ldoshlar, bir necha toifalarga bo'linadi. Har bir yarimsharda 12 yo'ldoshlarini tashkil etdi. Yer yuzasining yuqorida 
yo'ldosh orbita orqali signallar aniq koordinatalarini aniqlanadi orqali bir panjara hosil qiladi. Bundan tashqari, 
GLONASS sun'iy yo'ldosh necha zaxira ob'ektlarni ega. Ular o'z orbitasida ham har bir mavjud va bo'sh emas. 
ularning vazifalar orasida, ayniqsa, viloyat qamrovini va sun'iy yo'ldosh tizimi chiqmasdan o'zgartirish kengaytirish 
o'z ichiga oladi. Amerika o'xshash, GLONASS - 1980 yilda o'z faoliyatini boshlagan bir GPS tizimi, lekin faqat 2000 
yildan boshlab, Joylashtirish to'g'riligi iste'molchilar orasida keng tarqatilishini mumkin qildi. Bugungi kunda 2-3 m 
aniqligini ta'minlash uchun o'z yo'ldoshlariga GPS. uzoq vaqt davomida navigatsiya variantlari rivojlantirishda 
kechikish sun'iy tabiati joylashtirish cheklashlar tufayli edi. Biroq ularning qaytish koordinatalarini aniqlash uchun 
maksimal aniqlik bilan ruxsat. sinxronizatsiya miniatyura priyomnik bilan erishilgan bo'lsa ham, GLONASS mos 
kelishi.
GPS TIZIMI. Amerika o'xshash, GLONASS - 1980 yilda o'z faoliyatini boshlagan bir GPS tizimi, lekin faqat 
2000 yildan boshlab, Joylashtirish to'g'riligi iste'molchilar orasida keng tarqatilishini mumkin qildi. Bugungi kunda 2-
3 m aniqligini ta'minlash uchun o'z yo'ldoshlariga GPS. uzoq vaqt davomida navigatsiya variantlari rivojlantirishda 
kechikish sun'iy tabiati joylashtirish cheklashlar tufayli edi. Biroq ularning qaytish koordinatalarini aniqlash uchun 
maksimal aniqlik bilan ruxsat. sinxronizatsiya miniatyura priyomnik bilan erishilgan bo'lsa ham, GLONASS mos 
kelishi.


45. GАT dа qo'llаnilаdigаn kаrtоgrаfik tеrmin vа аtаmаlаr haqida tushuncha bering? 
Yer haqidagi fanlarga informasion texnologi yalarning kirib kelishi yangi atamalarning paydo bo’lishiga sabab 
bo’lmoqda ─ 
geoinformatika 
va 
geografik axborot tizimlari
(
GAT
, keyinchalik umumiy qabul qilingan termin 
GIS 

geograficheskiye informasionnыye sistemы, 
ishlatiladigan bo’ldi). Bunda “geografik” so’zi hududiylik va yaxlitlilikni 
emas, balki GISdagi komplekslilik (majmualilik) va tizimlilik ma’nosini anglatadi. GISning jadal rivojlanib borishi Yer 
haqidagi fanlar, xususan, geografiya yuqori darajada texnologiyalashgan zamonaviy fanga aylanishiga sabab bo’ldi. 
“Geo” ─ qo’shimchasi boshqa planetalar uchun to’laqonli qo’llanilishini ko’plab holatlarda ko’rishimiz mumkin, chunki 
planetashunos olimlar allaqachon “selenologiya” va “selenolografiya”, “arealogiya” va “arealografiya” atamalaridan 
voz kechib, ularga qaraganda ancha qulayroq va tushunarliroq bo’lgan “Oy geologiyasi va geografiyasi”, “Mars 
geologiyasi va geografiyasi” va hokazolarga o’tib bo’lishgan. Ikonometriya atamalari va tamoyillari keng tarqalmadi, 
chunki ularga mazmunan yaqin bo’lgan boshqa atamalar, ya’ni fotogrammetriya, tasvirlar fotometriyasi, o’lchamli 
deshifrovkalash, uzoq masofali zondlashning o’lchamli asoslari va hokazolar mavjud edi.
46. Yassi geotasvirlar haqida tushuncha bering? 
Yassi geotasvirlar - bu juda katta va hajmi bo’yicha keng sinf bo’lib, uning tarkibiga quyidagi geotasvirlar 
kiradi: kartografik; fotografik; televizion; skanerli; lakasion; mashina-grafikli va displeyli tasvirlar.
47. Raqamli kartalar haqida tushuncha bering? 
Yassi geotasvirlarni batafsil ko’rib chiqish, bugungi kunda keng tarqalgan “raqamli kartalar” tushunchasiga 
murojaat qilishga undab, ularni geotasvirlar desa bo’ladimi, degan savolga javob beradi. Umuman olganda, raqamli 
karta ─ bu EHM xotirasida saqlanadigan, avtomatik ravishda hosil qilinadigan, turli fazoviy masalalarni o’zida 
avtomatik yechadigan tasvirlarning (masalan, kartografik, navigasion va boshqalarning) raqamli yozuvidir. Raqamli 
kartografiya standarti raqamli kartani kartografik generalizasiya qonuniyatlari asosida, qabul qilingan proyeksiyada, 
koordinatalar va balandliklar tizimlarida hosil qilingan, Yer yuzasining raqamli modeli deb ta’riflaydi.
Kartografiya bo’yicha ma’lumotnomada (spravochnikda) joyning raqamli modeliga joydagi obyektlar va 
ularning xususiyatlarining kodlarini raqamli fazoviy koordinatalari ko’rinishida mashinali tashuvchidagi tizimli 
yozuvidir, ─ deb ta’rif berilgan. Shu ma’lumotnomaning boshqa bir joyida esa raqamli karta ─ bu obyektlarning raqamli 
modeli, ular mazmun elementlarining X,Y,Z fazoviy koordinatalarini kodlangan raqamli ko’rinishdir. Raqamli karta ─ 
bu kartaga olinuvchi obyektlar haqidagi dastlabki ma’lumotning mantiqiy-matematik o’zgartirilgan natijasidir.
48. Karta, aero va kosmik suratlar masshtablari o’rtasidagi bog’liqliklar? 
Geotasvirning masshtabi undagi uzunliklarning Yer ellipsoidi yuzasidagi tegishli uzunliklarga nisbatan 
kamayish darajasini bildiradi. Masshtablarni o’zgartirish yo’li bilan tasvir chegaralarini surish yoki fazoviy qamrov 
darajasini kamaytirish, ya’ni, bir varaq qog’ozda yulduzli samoni yoki faqat bizning sayyorani, alohida qit’ani, 
davlatni, ma’muriy viloyatni, shaharni, shahardagi bog’ni va hokazolarni tasvirlash mumkin. Masshtab bevosita 
fazoviy qamrovga va geotasvirning to’liqligiga bevosita bog’liq. Oddiy hisoblashlar shuni ko’rsatadiki, 1 km
2
maydonni 1:1 000 masshtabda tasvirlash uchun 1 m
2
ga teng qog’oz varag’i kerak bo’ladi. Agar masshtabni 1:10 000 
gacha kamaytirsak, xuddi shunday hududni 1 dm
2
yuzada joylashtirishimiz mumkin, yana ham maydaroq masshtabda 
─ 1:100 000 da 1 sm
2
li qog’oz, 1:1 000 000 masshtabda esa bor-yo’g’i 1 mm
2
yuzali qog’oz kerak bo’ladi. 
Masshtabni kamaytirishda davom etsak, aytaylik, 1:100 000 000 gacha kamaytirsak, 1 kv.km. li maydon hattoki 
kartada nuqta yoki kosmik surat piksel bilan ham belgilana olmaydi.
Geotasvirning fazoviy masshtabi bo’lib, uning vazifasi, suratga olish texnik vositalari, daliliy materiallar bilan 
ta’minlanganligi funksiyasi bo’lib, shuning bilan bir vaqtda uning o’zi geotasvirning eng muhim xususiyatlarini 
belgilaydi. Masshtabga nafaqat fazoviy qamrov, balki geotasvirning hajmli mazmuni, uning tiniq ko’rinadigan 
batafsilligi va geometrik aniqligi ham bog’liq. Yirik masshtabli geotasvirlar butun maydonning hamma joyida jiddiy 
notekisliklarga ega emas, shuning uchun unga katta bo’lmagan fazoni tasvirlarda ularni yassi (tekis) deb hisoblasa 
ham bo’ladi, chunki sayyoraning egriligi kichik fazoviy o’lchamlarda sezilmaydi, mayda masshtabli kartalar va 
suratlarda esa egrilik juda kuchli aks etadi, asosiy masshtab ularda faqat markaz atrofida yoki alohida nuqtalar va 
chiziqlarda saqlanadi, bunda fazoviy qamrov ortgani sayin karta va suratlar chetlaridagi xatoliklar ko’payib boradi, 
ba’zan kichik masshtabli kartalar chetlarida ular 200-500 va undan ortiq foizgacha yetadi.
51. Rastr va vektorlar haqida tushuncha bering? 
Mashinografik va displeyli geotasvirlar
─ deb vektor yoki rastr farmatidagi avtomatik grafikli quruvchilar va 
displeylar yordamida hosil bo’lgan kartalar yoki suratlarga aytiladi.
Displeylar ekraniga elektronli kartalar chiqariladi, ular o’ziga xos ko’rinishda vektorli (chiziq ─ nuqtali) va 
rastrli (setka ─ maydonli) formatlarda (shakllarda) shartli belgilarni tizimlarda qabul qilingan dastur va texnik vositalar 
yordamida quriladi. Vektorli tasvir yorug’lik nurlaridan ─ nuqta ketidan nuqta ─ chiziq ko’rinishida, belgilar, shtrixlarda 
namoyon bo’lsa, rastrlar ─ qator─qator skanirlangan rastrli elementlardan hosil bo’ladi. Vektorli geotasvirlar aniqroq 
konturlarni bersa, rastrli geotasvirlar rangli va yarim tonli bo’yoqlarni yaxshi uzatadi.


52. Geotasvirlash kvadrati haqida tushuncha bering? 
Geotasvirlashning har xil tasniflari, o’zicha uncha-muncha muvaffakiyatli, qulay ko’rinsa-da, lekin 
modellarning birini boshqasiga o’zaro o’tishi, fazoviy axborotlar vizualizasiyasi shakllarining o’zaro aloqadorligi 
haqida mulohazalar uchun yetarli emas. Buning uchun barcha geotasvirlashlar to’plamlarining hammasini qonuniyatli 
tizimlar deb qarash kerak bo’ladi.
Xatto V.Bunge tomonidan “Nazariy geografiya” kitobida dastlabki, xomaki kartadan oddiy kartaga va 
matematik modellarga o’tishning o’ziga xos “Aqlli travers”lari belgilangan. “Travers ─ ulovchi ko’prik ma’nosida 
ishlatilgan”. Bu traverslar bo’ylab generalizasiya xossalari, modellar xatoligining xarakteri, o’lchami va boshqa 
xossalarining o’zgarishi belgilab o’tilgan. Masalan, traversda “kichik masshtabli, yirik masshtabli ─ aerofotosurat 
komplekti geodezik bog’liqlik, topografik bog’langan holda va shartli belgilar bilan dastlabki karta yoki birlamchi 
aerofotosurat” modelning tasavvur etish darajasi va tasvirdagi ma’lumotlarning o’zaro munosabati qonuniy ravishda 
almashinib turadi. Shunga o’xshash o’zgarishlar boshqa traverslarda, ya’ni:
- aniq kartadan soddalashgan kartosxemalarga va anamorfozga;
- haqiqiy ko’rinishli kartadan taxmin qilingan tasvirlarga va xattoki mavjud bo’lmagan obyektlarga;
- kartadan landshaftga va joylarning go’zal qilib chizilgan tasviriga va boshqalarga o’tishda ham yuz beradi.
Dastlabki kartani, oddiy kartani va matematik modellarning xossalarini taqqoslab ko’rib, V.Bunge “Dastlabki 
karta yaxlitligicha bu kartaning tizimchasi, kartani esa ─ matematikaning tizimchasi”, ─ degan xulosaga keladi. 
Hozirda, bu xulosaning to’g’riligiga 30 yil oldin geotasvirlarni yagona tizim sifatida tushunish yo’lida qo’yilgan 
shahdam qadamlar sabab bo’ldi. 
54. Geoinformatikaning tadqiqot obekti, predmeti va prinsiplari haqida tushuncha bering? 
Hozirgi paytda inson faoliyatining, ya’ni maktab ta’limidan boshlab to yuqori davlat siyosatigacha bo’lgan 
sohalarda axborotlashtirish kirmagan jamiyat hayotini tasavvur etish qiyin. Informatika barcha fanlarning orqasida 
nafas olib, ularga yetib oldi va xatto ularni o’z domiga yutib, cheksiz kompyuterlashni takomillashtirishga 
intilmoqda. Yer haqidagi fanlarga informasion texnologi yalarning kirib kelishi yangi atamalarning paydo 
bo’lishiga sabab bo’lmoqda ─ 
geoinformatika 
va 
geografik axborot tizimlari
(
GAT
, keyinchalik umumiy qabul 
qilingan termin 
GIS 

geograficheskiye informasionnыye sistemы, 
ishlatiladigan bo’ldi). Bunda “geografik” so’zi 
hududiylik va yaxlitlilikni emas, balki GISdagi komplekslilik (majmualilik) va tizimlilik ma’nosini anglatadi. 
GISning jadal rivojlanib borishi Yer haqidagi fanlar, xususan, geografiya yuqori darajada texnologiyalashgan 
zamonaviy fanga aylanishiga sabab bo’ldi.
GIS 60-yillarning o’rtalarida, dastlab Kanada va AQShda yaratilgan bo’lib, hozirda rivojlangan mamlakatlarda 
minglab GISlardan iqtisodiyot, siyosat, ekologiya, resurslarni boshqarish va tabiatni muhofaza qilish, kadastr 
xizmati, fan, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda samarali foydalanib kelinmoqda. GIS global, regional, milliy, 
lokal, mahalliy miqyosda Ona sayyoramiz Yer haqidagi har xil ma’lumotlarni qamragan holda barcha sohada keng 
darajani egallagan: masalan, kartografiya, masofadan zondlash, statistika, kadastr, gidrometeorologiya, dala 
ekspedisiya kuzatish, quduq va suv ostini zondlab tekshirish va boshqalarda. GISlarni tuzilishida qator xalqaro 
nufuzli tashkilotlar (BMT, YuNEP, FAO va boshqalar) ishtirok etishadi. Alohida olingan davlatlarning yirik 
tashkilotlari, vazirlik va idoralar, kartografik, geologik va yer xizmatlari, shaxsiy firmalar, ilmiy tadqiqot 
institutlari va universitetlar GISni ishlab chiqishga ko’plab moliyaviy mablag’ ajratmoqdalar. Soha tashkilotlari 
esa, o’zlarining kichik telekomunikasion tarmoqlari bilan katta maydonlarni qoplangan geoinformatik 
infratuzilmalarini tashkil etganini hozirda kuzatish mumkin.
55. Chiziqli model nima? 
Chiziqli model
─ masofadan turib zondlash eng avval GIS bilan bog’liq bo’lib, keyin esa u orqali kartografiya 
bilan bog’liq, chunki kartografiyani vazifasiga qayta o’zgartirilgan ma’lumotlarni aks ettirish kiradi. Natijada quyidagi 
ketma-ketlik shakllanadi. 
D3 – GIS – K 
Ikkinchi model ─ 
kartografiyani ustunligi modeli
deyiladi. Hamma jihatlarni nazarda tutuvchi 
kartografiyaning o’zaro kesishuvchi tizimchalari sifatida masofadan turib zondlash va GIS kiradi: 
(D3 ∩ GIS) SK 
Shuningdek, uchinchi model 
GISni ustunligi modelida
kartografiya va masofadan zondlash tizimlari GIS 
tarkibiga kichik tizimchalar bo’lib kiradi: 
(D3 ∩ GIS) GIS 
Uchlikning o’zaro ta’siri modeli
haqiqatga ancha yaqin deb hisoblash mumkin, bunda hyech qaysi fan bir-
biridan ustunlikka ega bo’lmay, ma’lumot va ilovalarni olishda ularning hammasi bir-biri bilan birlashadi, ya’ni: 


K ∩ D3 ∩ GIS 
Aynan shu model hozirgi vaqtda kartografiya, geoinformatika va masofadan zondlash fanlarini faol 
birlashtirish jarayonida sodir bo’lib, metodda, texnologiyada, ilmiy tadqiqot va ta’limda ko’zga tashlanadi. Shunday 
qilib, integrasiya yangi yo’nalishlarning ─ geoinformasion kartaga olish va geoikonikaning shakllanishiga asos bo’lib 
xizmat qiladi. 
56. Elektron hisoblash texnikasi yordamida dinamik tasvirlar yaratish uslublari qaysilar? 
Geoinformasion kartalashtirish maxsus dinamik kartografik asarlar, ya’ni animasion, ─ deb ataluvchi EHM 
kartalar, EHM filmlar yaratilishi mumkin (
animation
─ harakat, tirilish). Elektron hisoblash texnikasi yordamida har 
xil dinamik tasvirlar yaratish uslublari mavjud:
1)
Displeyda harakatlanuvchi tasvirlarni GIS ma’lumotlar bazasi asosida operatorning bevosita ishtirokida 
shakllantirish. 
2)
Maxsus animasion programmalar qo’llash, alohida karta-kadrlar bu yoki boshqa tashuvchida saqlanganda 
va operator tomonidan tanlangan vaqt masshtabida ularni ketma-ket harakatlanishni shakllantirish uchun maxsus 
animasion dasturlar qo’llash. 
3)
Kartografik yozuv tasvirini kompyuterdan videokassetaga ko’chirilishi. 
Suv va havo massasining, landshaftlarni o’zgarishi, muzliklar va ko’chkilar harakati, qor qoplamining keng 
maydonda o’zgarishi va boshqalar dinamikasini aks ettiruvchi geoinformasion displey─filmlar yaratishning dastlabki 
tajribalari, bu usulning tezkor kartografiya, geografiya va Yer va jamiyat haqidagi fanlar rivojiga ko’p narsalarni va’da 
qilishiga guvohlik beradi. 
57. Televizion geotasvirlar nima? 
Televizion geotasvirlar
─ bu televizion kameralar yordamida (videokonlar) nurga sezgir ekranlarda aks 
ettirilib, tasvirni belgilash usuli bilan tushiriladigan telesuratlar, telefilmlar, telepanoramalar va hokazolar hisoblanadi. 
Televizion geotasvirlar o’zlarining xossalari bo’yicha farqlanib, ular ingichka yoki keng chiziqli, optik 
kanalda turli razvertka qurilmasiga, har xil videosignallarni kuchaytirgichlari va hokazolardan iborat bo’lishi mumkin. 
Signallarning bir vaqtda hosil bo’lishi va to’planishida beto’xtov tasvirni uzatish imkoniyati bo’ladi, agar 
fototelevizion tizimdan foydalanilsa, albatta, unda signallarni belgilash va o’qish jarayoni vaqt davomida taqsimlanib 
amalga oshadi.
Odatda, televizion suratga olish samolyot yoki yo’ldosh bortidan olib borilib, uchish balandligi va 
obyektivning fokus masofasiga bog’liq holda, ancha keng, joyning 1-2 ming km li polosasini qamrab olishi mumkin. 
Yuqori orbitali yo’ldoshlar butun planetani yaxlit ko’rsatishi mumkin. Meteorologik yo’ldoshlardan uzatiladigan 
televizion suratlar yirik atmosfera to’plamlarni hosil bo’lishi, okean va quruqlik yuzasining asosiy tuzilishini 
ko’rsatadi. Ular juda kam ma’lumotga ega bo’lib tiniqligi bo’yicha fotografik suratlardan ancha sifatsizdir. Televizion 
tasvirlarning geometrik xatoligi anchagina sezilarli bo’lib, ular ko’pincha s’yomka kamerasi o’qining yer yuziga 
nisbatan og’ishiga bog’liq bo’ladi, biroq suratning ruxsat berilish qobiliyati obyektlarning yoritilganligiga va 
s’yomkanig texnik ko’rsatkichlariga bog’liq bo’ladi. 
58. Bloklangan geotasvirlar haqida tushuncha bering? 
Bloklangan geotasvirlar
─ bu turga blok-diagrammalar ─ yassi uch o’lchamli kartografik rasmlar, yuzaning 
gorizontal va vertikal qirqimlarini moslashtiruvchi perspektiv tasvirlari, fiziko-geografik kartalar, hajmiy kartogramma, 
shuningdek, ularga xossalari bo’yicha yaqin bo’lgan relyef kartalari va globuslar kiradi. 
Shakli va mavzusi bo’yicha blok-diagrammalar nihoyatda xilma-xildir. Ko’pincha ular xududning relyefini 
geologik va geologo-geomorfologik tekisliklar bilan birga ko’rsatadi. Bundan boshqa konning geofizik tuzilishidan 
darak beruvchi ─ relyef, landshaft va tuproqning nisbati haqida tasavvur beruvchi tuproqli bosimli yuzalar, vertikal 
harorat stratifikasiyasi, har xil balandlik sathlarida shamollarni mos holda ifodalovchi blok-diagrammalar ham 
mavjuddir. Blok-diagrammalar uch o’lchamli fazoda hodisalarning tuzilishini ko’rsatib uzatadi va eng asosiysi ─ 
ularning o’zaro bog’liqligini tasavvur qilish va tushunish imkoniyatini beradi.
Blok-diagrammalar ikki asosiy turdagi, ya’ni aksonometrik va perspektiv proyeksiyalarda yaratiladi. Aksonometrik 
proyeksiyalar burchak munosabatlari o’zgarmagan holda, karta gorizontal masshtabida tuziladi. “Aksonometriya” 
so’zining o’zi “o’qlar bo’yicha o’lchash” ma’nosini anglatadi. Perspektiv proyeksiyalar (bir yoki ikki perspektiv 
nuqtalariga ega) esa ancha ko’rimli, ular bo’yicha o’lchash ishlarini olib borish suratning har xil qismlarida perspektiv 
xatoliklar hisobiga ancha qiyinlashib boradi. Tajribalardan ma’lumki, blok-geotasvirlarni hajmiy qabul qilishda 
kuzatish burchagi (burilish azimuti) modelning vertikal masshtabi yoki uning gorizontga nisbatan qiyaligidan ko’ra 
muhimroqdir.


59. Animasiyalar yoki multiplikasion geotasvirlar haqida tushuncha bering? 
Animasiyalar yoki multiplikasion geotasvirlar
─ bu mavzuli va fazoviy bog’langan kadrlar seriyasidan iborat 
filmlar bo’lib, ular hodisa yoki jarayonlar holatini ketma-ketlikda (dinamik fazalarda) tasvirlaydi. Animasiyalar 
(animasion ketma-ketliklar ─ animation sequyencyes) elektron kartalar seriyasi yoki har xil vaqtda olingan suratlardan 
tashkil topgan bo’lishi hamda yassi yoki stereoskopik ko’rinishda bo’lib, real obyektlar va mavhum xayoliy modellarni 
aks ettirishi mumkin. Xususiy hollarda animasiyalar sifatida ko’p vaqt mobaynida olingan suratlar, diafilmlar, slayd-
filmlarni hisoblash mumkin. Animasiyalarning xossalari kadr sifatida ishlatiladigan kartalar yoki suratlarga, 
shuningdek, suratga olish va montaj qilish hamda ishlab chiqarish usuliga butunlay bog’liq bo’ladi.
60. Birlashgan geotasvirlar nima? 
Birlashgan geotasvirlar. H
ar qanday geotasvirlarning ko’rinishi, turlari va variantlarini oddiy sanab o’tish, 
hyech qachon ularning barcha jihatlarini qamrab olamaydi. Kartografiya uslublarining rivojlanishi masofadan turib 
zondlash, kompyuter texnologiyasi va mashina-grafikasi vositalari taraqqiyoti, ya’ni murakkablashib borayotgan ilmiy 
tadqiqotlarning talablariga javob beruvchi va kuniga paydo bo’layotgan yangi amaliy ilovalarning barchasi hayotga 
yangidan-yangi fazoviy modellarni taqdim etmoqda. 
Barcha bunday ko’p qirralilikni ─ geotasvirlashning yagona tizimi sifatida qaraladigan, ularning bu tizimdagi 
o’rniga bog’liq holda sifati va xossalarining o’zgarishi qonuniyatlarini aniqlash, bundan esa o’zaro moslikni, baholash 
muammolarini o’ylab ko’rish o’ta dolzarb masaladir. Tizimli yondashish ehtimol xossalari avvaldan berilgan 
geotasvirlarning yangi turlari va ko’rinishlarini qurish vazifalarini hal qilishga yaqinlashish, ya’ni geotasvirlash 
tizimini boshqarish imkonini beradi.
Javob topilmagan savollar: 
1.”Geoinformatika va fazoviy tahlil” fanining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati? 
17. Vektor ma’lumot olish usullarini ko’rsating? 
20. Analog yoki qogʻoz koʻrinishidagi tasvirlarni rastr formatiga o’tkazishni tushuntiring? 
22. GATning xalq xo‘jaligidagi axamiyati? 
24. Fazoviy va geofazoviy ma’lumotlar haqida ma’lumot bering? 
25. Hozirgi vaqtda plan va kartalarni yaratish necha xil usulda yaratilmoqda? 
26. Hozirgi vaqtda fototasvirlarni kompyuter xotirasiga kiritish, qanday amalga oshirilmoqda ? 
27. Kartografik ma’lumotlarni to‘plash, saqlash va qayta ishlash to‘g‘risida umumiy tushinchalari? 
28. Kartografik ma’lumotlarga ishlov berish, ularni saqlash va tasvirlash tizimi nimani anglatadi ? 
29. GPS qurilmasi orqali olingan ma’lumotlarni taxlil qilishni tushuntiring? 
34. Windows uchun mo’ljаllаngаn Atlas GIS dаsturi imkоniyatlаri haqida tushuncha bering? 
42. Sun`iy yo’ldoshlarning texnik xususiyatlari haqida tushuncha bering? 

Yüklə 451,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə