Texnologiyalar kirish I bob



Yüklə 108,43 Kb.
səhifə6/6
tarix19.12.2023
ölçüsü108,43 Kb.
#151829
1   2   3   4   5   6
I bob Yosh avlodni tarbiyalashda pedagogik texnologiyani qo’llas

XULOSA
Mustaqillik yillarida respublikada ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo’nalishlari darajasiga ko’tarildi.
Biroq, o’tkazilgan tahlillar maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlarning samarasi va natijasi yetarli darajada ekanligini ko’rsatmoqda. Shuningdek, Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy talabga javob bermoqda. Maktabgacha ta’lim tizimida variativ dasturlar joriy etilgan, bolalarni maktabga tayyorlash bo’yicha muqobil, moslashuvchan modellar yetarli darajada rivojlanmagan hamda taraqqiy etgan mamlakatlar singari ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, matematik, jismoniy va ijodiy rivojlantirish, atrof-muhit bilan tanishuvga yo’naltirilgan maxsus davlat ta’lim dasturlari tatbiq qilinmoqda.
Davlat Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati o’rta maxsus ma’lumotga ega bo’lib, hozirgi paytda barcha pedagoglari oliy ma’lumotli qilish ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari Maktabgacha ta’lim sifati monitoringini yuritish tuzilmaviy va tashkiliy jihatdan nazarda tutilyotganligi sababli, Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim jarayoni sifati va samaradorligini baholash zamon talablariga javob bermoqda.
Xorijiy davlatlar ilg’or tajribasining tahlili zamonaviy Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratishga yo’naltirilganligi bilan tavsiflanib, bolaning ijobiy ijtimoiylashuvi imkoniyatlarini namoyon qilish, uning har tomonlama shaxsga oid ma’naviy-axloqiy va ongli rivojlanishi, maktabgacha yoshga tegishli faoliyat turlari asosida tashabbuskorligi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, muloqot doirasida katta yoshdagilar va tengdoshlari bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini ochishga qaratilgan.
YUNESKO tomonidan tan olingan pedagogik texnologiya oqimi 30- yillarda AQSHda paydo bo’ldi va 70-80 yillarda barcha rivojlangan malakatlarni qamrab oldi. Ta’lim nazariyasi va amaliyotida o’quv jarayoniga texnologik xususiyatni berish uchun 50-yillarda birinchi urinishlar qilib ko’rilgan. Ular o’z ifodasini an’anaviy o’qitish uchun mo’ljallangan majmuali texnik vositalarni yaratilishida namoyon bo’ladi.
Dastlab "texnologiya" tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so’z texnikaviy taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha ikki so’zdan - "texnos" (Techne) – san’at, hunar va "logos" (1ogos) - fan so’zlaridan tashkil topib "hunar fani" ma’nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni to’liq tavsiflab berolmaydi.
Texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni (operatsiyalarni) muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko’zda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan bo’lsak, texnologik jarayon - bu mehnat qurollari bilan mehnat ob’ektlari (xom ashyo)ga bosqichma-bosqich ta’sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchi (ishchi-mashina)ning faoliyatidir.
Ana shu ta’rifni tadqiqot mavzusiga ko’chirish mumkin, ya’ni: Pedagogik texnologiya - bu tarbiyachi(tarbiyachi)ning o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida bolalarga muayyan sharoitda ta’sir ko’rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarni intensiv shakllantirish jarayonidir.
Aynan ana shu mazmunda “texnologiya” termini va uning “o’qitish texnologiyasi”, “ta’lim texnologiyasi”, “ta’limda texnologiya” shakllari pedagogik adabiyotlarda foydalanila boshlandi va mualliflar ta’lim-texnologik jarayonining tuzilishi va tashkil etuvchilarini qanday tasavvur etishlariga qarab ko’plab ifodalarga ega bo’ldi (uch yuzdan ortiq).
Hozirgi vaqtda pedagogik texnologiya “ta’lim berishning texnik vositalari yoki kompyuterdan foydalanish sohasidagi tadqiqotlardek qaralmay, balki bu ta’limiy samaradorlikni oshiruvchi omillarni tahlil qilish yo’li orqali, yo’l va materiallarni tuzish hamda qo’llash orqali, shuningdek qo’llanilayotgan usullarni baholash orqali ta’lim jarayoni prinsiplarini aniqlash va eng maqbul yo’llarini ishlab chiqish maqsadidagi tadqiqotdir”
Ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni kiritish va ularni qo’llashda quyidagi vazifalar belgilanadi va hal etiladi:
pedagog-o’qituvchilarni zamonaviy pedagogik texnologiya asoslari bilan tanishtirish – ma’ruza, adabiyotlar tavsiya etish;
zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ishlashni xohlovchi fidoyi pedagoglarni aniqlash. Ular orqali pedagog-bolalarga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashdan ko’zda tutilgan maqsadni, uning mohiyatini yetkazishdir.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1. “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risidagi “Qonun O’RQ-595 16.12.2019-yil
2. “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” 31.05.2019-yil
3.O’zbekiston Respublikasining “llk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” 1-MH 18.06.2018-yil
4. “Ta’lim to’g’risidagi” Qonun O’RQ-637 23.09.2020-yil
5. Sh. M. Mirziyoyev "Erkin farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz" O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo'shma majlisidagi nutqi / Sh.M. Mirziyoyev. - T.:O'zbekiston, 2016. - 56 b
6. Maktabgacha ta’limni o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish fanidan maruza matni
7. “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” H.T. Omonova, N.X. Xo’jayev, S.A. Madyarova, E.U.Eshchonov
8. “Maktabgacha pedagogika” F.Qodirova , Sh. Toshpo’latova, N.Kayumova, M.A’zamova
9. “Ta’lim texnologiyalari” Z.F. Sharopova
10. Yo’ldoshev J “Ta’lim yangilanish yo’lida” T.: O’qituvchi. 2000 y..
11. Ishmuxamedov.R.J. va boshqalar “Ta’limda innovatsion texnologiyalar”. T.: Iste’dod. 2008 y
12. Sayidahmedov N. Pedagogik amaliyotda yangi texnologiyalarni qollash namunalari. -T.: RTM, 2000
13. R.A. Mavlonova B. Normurodova Tarbiyaviy ishlar metodikasi o'quv qo'llanma . 2008
14. R. Mavlonova D.Abdurahimova Pedagogik maxorat o'quv qo'llanma. 2012.
15. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar . Ma’ruza matni.
A.X.Qosimov, F.A. Holiqova 2004
16. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya . Saidahmedov N.
17. Pedagogik mahorat Sultonov G.A. TDPU 2005
Qo’shimcha saytlar:
Geoogle.com
Yüklə 108,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə