Falsafa fanidan maruza matni



Yüklə 137,23 Kb.
səhifə1/2
tarix01.10.2023
ölçüsü137,23 Kb.
#125224
  1   2
5 мавзу




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi






FALSAFA FANIDAN MARUZA MATNI

Falsafa fanidan maruza matni
“Ijtimoiy fanlar " kafedrasida muhokama qilindi.

("__"аvgust bayonnoma, №1, 2022 yil)




Kafedra mudiri , Prof. N.Oblomurodov

Tuzuvchi : dotsent v.b M.Q.Yuldasheva


ТOSHKENT 2022 YIL


FANNING MAZMUNI




Dars
soatlari
hajmi




Мashgulotlar shakli : маruza (М)





Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli



2





Falsafani taraqqiyot bosqichlari. Sharq falsafasi

2





Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi



2





Borliq falsafasi

2





Bilish falsafasi (Gnoseologiya)

2





Rivojlanish nazariyasi (Dialektika)



2





Jamiyat falsafasi va inson borlig‘i

2




М8

Globallashuv va barqaror taraqqiyot falsafasi

2




M 9

Mantiq bilish nazariyasining tarkibiy qismi

2




M 10

Etika fanining predmeti, uning mohiyati va kategoriyalari

2




M 11

Etikaning zamonaviy muammolari

2




M 12

Estetika fanining ob’ekti, falsafiy mohiyati va kategoriyalari

2




M 13

Estetika zamonaviy muammolari.

2




M 14

Din falsafasi. Oʼzbekistonda davlatning din va diniy tashkilotlar bilan munosabati

2




M 15

Global korrupsiya ijtimoiy madaniy inqiroz sifatida



2




Jami 30 soat soat





5-mavzu. Bilish falsafasi (Gnoseologiya). Bilish nazariyasi


Reja:


1.Bilishning mazmuni va mohiyati.
2.Bilishda sub'ekt va ob'ektning o'zaro aloqasi
3.Bilish darajalari va ularning o'zaro aloqasi
4.Bilishda haqiqat va amaliyot uyg'unligi
5.Falsafada metod va metodologiya
6.Hozirgi zamon metodolgiyasi


Tayanch so'z va iboralar: gnoseologiya, epistemologiya, empirizm, ratsionalizm, pertseptsiya, apertseptsiya,optimizm, skeptitsizm, agnostitsizm, sub'ekt, ob'ekt, sezgi, idrok, tasavvur, tushuncha, hukm, xulosa, nisbiy haqiqat, mutlaq haqiqat, intuitsiya

Bilishning mazmuni va mohiyati. Bilishning mohiyati, shakllanishi va rivojlanish qonunlari, xususiyatlarini o'rganish falsafa tarixida muhim o'rin egallab kelmoqda. Inson o'z bilimi tufayli borliq, tabiat, jamiyat va nihoyat, o'z-o'zini o'zgartiradi. Bilishga qaratilgan inson faoliyatini va uning amalga oshirishning eng samarali usullari tadqiq etish falsafa tarixida muhim ahamiyatga ega. Shu bois ham falsafaning bilish masalalari va muammolari bilan shug'ullanuvchi maxsus sohasi – “Gnoseologiya” vujudga keldi. “Gnoseologiya” - sof falsafiy kategoriya. Uning nomi yunoncha gnosis – bilim, ilm va logos – ta'limot, fan so'zlaridan kelib chiqqan. So'zma-so'z ma'nosi - «bilish haqidagi ta'limot (fan)», «ong haqidagi ta'limot (fan)». Falsafiy adabiyotlarda, shu jumladan falsafiy qomuslar va lug'atlarda «gnoseologiya» atamasi «bilish nazariyasi» deb tarjima qilingan. Shu bilan bir qatorda, ayni shu mazmunni ifodalash uchun falsafiy adabiyotlarda «epistemologiya» so'zi ham qo'llaniladi. Shuni ta'kidlash lozimki, gnoseologiyaga tatbiqan bilish nazariyasi va epistemologiya nomlarining qo'llanilishini o'rinli deb bo'lmaydi. Zotan, «episteme» so'zi «pistis» - e'tiqod so'zi bilan uzviy bog'liq.


Biroq, biz biladigan (gnosio) va biz ishonadigan (pistio), mavjudligiga e'tiroz bildirmaydigan narsalar – falsafiy va ilmiy bilimlarning hozirgi darajasida mazmunan har xil tushunchalardir. Shu bois G'arbiy Yevropa falsafasida epistemologiyaning mazmuni ikki xil, ba'zan esa – uch xil talqin qilinadi. Umuman olganda, hozirgi zamon falsafasida gnoseologiya bilish jarayonining umumiy, aniqroq aytganda – falsafiy mohiyati hamda umumiy muammolariga e'tiborni qaratadi. Epistemologiya esa, bizning muayyan narsalar haqidagi bilimlarimiz va (yoki) e'tiqodlarimizning ishonchlilik darajasini o'rganadi. Demak, epistemologiya gnoseologiyaning tarkibiy qismi yoki uning amaliy ifodasidir. Tom ma'nodagi epistemologiya hozirgi kunda ilmiy, haqiqiy bilimning mazmunini, shuningdek diniy e'tiqodlarning gnoseologik mohiyatini o'rganish bilan shug'ullanadi. Bunda esa bilish (ong)ning mohiyati to'g'risida bahs yurituvchi falsafiy ta'limot ma'nosidagi «gnoseologiya» atamasidan foydalaniladi. Shu bilan biz avval gnoseologiya muammolari doirasini aniqlab olishga harakat qilamiz. Umuman olganda, hozirgi zamon falsafasida gnoseologiya bilish jarayonining umumiy, aniqroq aytganda – falsafiy mohiyati hamda umumiy muammolariga e'tiborni qaratadi. Epistemologiya esa, bizning muayyan narsalar haqidagi bilimlarimiz va (yoki) e'tiqodlarimizning ishonchlilik darajasini o'rganadi. Inson bilishi nihoyatda ko'p qirrali, murakkab va ziddiyatli jarayondir. Gnoseologiya asosan, bilishning falsafiy muammolarini hal etish bilan shug'ullanadi. Har bir tarixiy davr jamiyatning rivojlanish ehtiyojlaridan kelib chiqib, gnoseologiya oldiga yangi vazifalar qo'yyadi. Xususan, XVII asr o'rtalarida yevropalik faylasuflar ilmiy bilishning ahamiyati, haqiqiy ilmiy bilishlar hosil qilishning usullarini o'rganish, ilmiy haqiqat mezonini aniqlash bilan shug'ullandilar.
Tajribaga asoslangan bilimgina haqiqiy ilmdir, degan g'oyani olg'a surdilar. XVIII asr mutafakkirlari ilmiy bilishda inson aqli imkoniyatlariga, ratsional bilishning hissiy bilishga nisbatan ustunligiga alohida e'tibor berdilar. Buyuk nemis faylasufi I.Kant bilish natijalarining haqiqiyligi xususida emas, balki insonnig bilish qobiliyatlari haqida bahs yuritdi. Gnoseologiya oldida inson olamni bila oladimi, degan masala keskin qo'yildi. Insonning bilish imkoniyatlariga shubha bilan qaraydigan faylasuflar agnostiklar deb ataldi. Gnoseologiya yoki bilish nazariyasi falsafiy bilimlar (falsafa fani) bo'limi bo'lib, unda 1)insonning dunyoni bilish imkoniyati; 2) insonning o'zlikni anglash jarayoni; 3)bilishning bilmaslikdan bilim sari yuksalishi, 4)bilimlar tabiati va ularning mazkur bilimlarda aks etuvchi narsalar bilan o'zaro nisbati o'rganiladi. Umuman olganda, gnoseologiya ong, bilish, bilimni o'rganish bilan shug'ullanadi. Gnoseologiyaning asosiy muammosi bizning barcha bilimlarimiz tajribada sinalganmi? degan «oddiy» masalani yechishdan iborat: Bu savolga javob izlash va masalaning yechimini topishda gnoseologiyada ikki muxolif an'ana: bilimlarimiz tajribada sinalganini qayd etuvchi empirizm va buni inkor etuvchi ratsionalizm to'qnashadi.
Ratsionalizm (lot.rationalis, ratio - aql) - aqlga odamlarning bilish va xulqining asos, deb qaraydigan falsafiy yo'nalish. Ratsionalizm atamasi 19-asr o'rtalarida falsafaga kirib keldi. Ratsionalizm an'analari qadimgi yunon faylasuflariga borib taqaladi. Masalan, Parmenid bilimni aql vositasida olingan “haqiqiy” bilimga va sezgilari orqali olingan bilimlarga ajratadi; aqlga haqiqatning mezoni sifatida qaraydi. Ratsionalistlardan Spinoza, Leybnits, Kant va Gegel` insonning faoliyati va bilishida aqlning moddiy olam bilan alqadaorligida hissiy idrok vositachi bo'lishini inkor etmagan holda, ular aqlning birlamchiligi g'oyasini ilgari surishdi. Ratsionalizm sensualizmga (lot. sensus – his, sezgi – ob'ektiv reallikdagi narsa va hodisalar aloqadorligini bilishda hissiy bilishning rolini mutlaqlashtiradigan falsafiy ta'limot) qarama-qarshi hissiy bilishni holda haqiqiy ilmiy bilimlarni, haqiqatning asosi va mezoni sifatida namoyon bo'ladigan aql orqali bilish mumkin, deb hisobladi. Empirizm tarafdorlari (empiristlar, F. Bekon, J. Lokk, T. Gobbs, D. Yum), aksincha, hissiy idrokni bilimlarimizning asosiy va hatto yagona manbai deb e'tirof etishgan. Ularning fikriga ko'ra, tajriba inson ongida uning sezgilari va o'zini qurshagan dunyoni idrok etishi orqali aks etadi. Falsafada idrok etishni pertseptsiya (lotincha «perception» - idrok etish) deb atash odat tusini olgan. Pertseptsiya o'zini qurshagan dunyodagi narsalar va hodisalarni sezgilar orqali idrok etishga aytiladi, appertseptsiya borliqni aql bilan anglash, bilish, ularni g'oyalarda ifodalashdir. Gnoseologiya inson bilimining chegaralari to'g'risidagi masalani yechishni ham o'z ichiga oladi. Ko'pgina empiriklar (masalan, David Yum, Dyubua Raymond, agnostiklar) va ratsionalistlar (masalan, Kant va uning hamfikrdoshlari) inson nafaqat umumiy narsa va hodisalarni, balki muayyan, konkret narsalarni ham bilishi mumkin emas, degan fikrga qo'shiladilar.
Ayrim narsalar, hodisalar va kontseptsiyalar borki, ular pertseptsiyamizning chegaralariga ham, tafakkurimiz, refleksiyamiz (lotincha «reflexes» - orqaga qaytish) doirasiga ham sig'maydi. Masalan, Kant Koinot ibtidosi yoki ibtidosizligi, xudoning borligi yoki yo'qligi, jonning boqiyligi yoki foniyligi, axloqning sababiyligi yoki sababsizligi aqlning bilish chegaralariga sig'maydigan, oqilona o'rganib bo'lmaydigan transtsendental (lotincha «transcendentalism» - chegaraga sig'maydigan) masalalardir, deb hisoblagan. Gnoseologiya inson bilimi va bilishga doir juda ko'p muammolar bilan shug'ullanadi. U bizning bilimlarimiz qay darajada e'tiqod, qay darajada ko'r-ko'rona ishonch va qay darajada real borliqning haqiqiy in'ikosi ekanligini aniqlashga harakat qiladi. So'nggi o'n yilliklarda gnoseologiyada bilimlar o'rtasidagi farq, «nimani bilaman», «qanday bilaman», «shaxsiy tajribamdan bilaman», «dalilga ko'ra bilaman» kabi iboralar mazmunining o'zaro nisbati masalalari muhokama qilinmoqda. Bir so'z bilan aytganda, gnoseologiya borliqni to'liq qamrab olib, unda biron-bir tafsilotni nazardan qochirmaslikka harakat qiladi. Demak gnoseologiya falsafaning eng muhim omilidir.
Optimizm. Skeptitsizm. Agnostitsizm. Inson aqli bilish pillapoyasidan yuqoriga ko'tarilar ekan, har bir yangi pog'onada qayta-qayta quyidagi savolga javob topishga harakat qiladi: dunyoni bilish mumkinmi?,bilishning chegaralari bormi? Falsafada bu savollarga javob beruvchi uch asosiy yo'nalishni farqlash mumkin: optimizm, skeptitsizm va agnostitsizm (Kant va boshqalar). Optimistlardunyoni bilish mumkinligini ta'kidlaydilar,agnostiklar,aksincha, buni rad etadilar (I.Kant – «narsa o'zida»). Skeptiklardunyoni bilish mumkinligini inkor etmaydilar (XVIII asrda D.Yum), biroq bilimning haqiqiyligiga shubha bildiradilar. Odatda, skeptitsizm paradigmalar, qadriyatlar, ijtimoiy tizimlar va hokazolar o'zgarayotgan davrda (yoki uning arafasida), ilgari haqiqiy deb hisoblangan xulosalar fan va amaliyot olgan yangi ma'lumotlar nuqtai nazaridan soxta, asossiz bo'lib chiqqan holda ravnaq topadi. Skeptitsizm psixologiyasiga xos xususiyat shundan iboratki, u darhol nafaqat eskirgan, balki yangi, shakllanayotgan fikrlar, g'oyalarni ham toptay boshlaydi. Bu psixologiya zamirida tadqiqotchining yangilikka tashnaligi va inson tafakkurining kuchiga bo'lgan ishonch emas, balki qachondir qabul qilingan «qulay» tamoyillarga tayanish yotadi. Skeptitsizm ta'limot sifatida, hech shubhasiz, zararlidir, chunki u insonning bilish borasidagi deyarli barcha imkoniyatlarini kamsitadi. Bilimga chanqoq bo'lgan, bilishga harakat qilayotgan odam optimist: «Men buning nimaligini bilmayman, biroq bilishga umid qilaman», deydi. Agnostik esa, «Men buning nimaligini bilmayman va hech qachon bila olmayman», deb ta'kidlaydi. Yuzaki skeptitsizm, ko'r-ko'rona fanatizm kabi, dunyoqarashi tor odamlarda ko'p uchraydi. Biroq oqilona darajadagi skeptitsizm foydali va hatto zarur. Bilish usuli sifatida skeptitsizm shubha shaklida amal qiladi, bu esa haqiqatning tagiga yetish sari tashlangan qadamdir. Shubha eskirgan, qotib qolgan aqidalardan voz kechadi, ularga putur yetkazadi. U – rivojlanayotgan fanning muhim unsuri. Bilimsizlik qayd etadi va inkor qiladi, bilim – shubhalanadi. Agnostiklar dunyoni bilish mumkinligini inkor etadilar, ammo bu ko'r-ko'rona, hech narsaga asoslanmagan inkor etish emas. Ular ko'rsatayotgan ko'pgina savollarga chindan ham hali javob topilmagan.
Agnostitsizmga olib keluvchi asosiy muammo shundan iboratki, narsa yoki hodisani bilish jarayonida bu narsa yoki hodisa albatta bizning tafakkur va sezgi a'zolarimizda aks etadi. Bu narsa yoki hodisa bizning tafakkur va sezgi a'zolarimizda aks etish natijasida qanday ko'rinish kasb etgan bo'lsa, biz ular haqida shunday ma'lumotga ega bo'lamiz. Narsalar va hodisalar aslida qanday ekanligini biz bilmaymiz va bilishimiz mumkin ham emas. Qarshimizda bosh-adog'i yo'q dunyo yastanib yotadi, biz esa unga o'z formulalarimiz, modellarimiz va tushunchalarimiz bilan yaqinlashib, cheksizlikni o'z tasavvurlarimiz bilan ilg'ab olishga harakat qilamiz. Tushunchalar, kategoriyalar va nazariyalar «tugunlari»ni qay darajada qattiq qilib tugmaylik, dunyoni tushunib yetishga shu yo'sinda da'vogar bo'lishimiz to'g'rimi? Bundan chiqdi, biz o'z bilish usullarimiz bilan chegaralangan dunyoda yashaymiz va olam haqida haqqoniy bir gap aytishga qodir emasmiz. Biroq bilish fanining rivojlanishi agnostitsizmning bu amaliy xulosasini har qadamda rad etadi. Masalan, pozitivizm asoschisi O.Kont insoniyat Quyoshning kimyoviy tarkibini aniqlashga qodir emas, deb ta'kidlagan edi. Biroq keyinchalik spektral analiz yordamida Quyosh tarkibi aniqlandi. XIX asr fanining ba'zi bir namoyandalari atomlar amalda mavjud emas, ular faqat tafakkur mahsuli, deb hisoblar edi. Biroq E.Rezerford atomlar amalda mavjud ekanligini isbotlab berdi, oradan yarim asr o'tgach, genlarning keng kimyoviy tarkibi aniqlandi.
Agnosttsizm haqida so'z borar ekan biz beixtiyor I. Kantga murojaat qilamiz.Kant agnostitsizmining qisqacha mazmuni quyidagicha: biz biladigan narsa (fenomen) va o'z holicha mavjud bo'lgan narsa (noumen) mutlaqo har xildir. Biz hodisalar mohiyatini qay darajada teran anglamaylik, bizning bilimimiz baribir o'zicha mavjud bo'lgan narsalardan farq qiladi. Shunday qilib, I. Kant fikricha, bizning ongimiz, hissiyotimiz, tafakkurimizga bog'liq bo'lmagan narsalar olami mavjud. Uni faylasuf «narsa o'zida» sifatida ta'riflaydi. I.Kantning fikricha, bilish jarayoni «narsa o'zida»ning sezgi a'zolarimizga bevosita ta'siri ostida his-tuyg'uning uyg'onishidan boshlanadi. Vaholanki, his-tuyg'ular, tushuncha va mulohazalar o'z holicha «narsa o'zida» haqida muayyan nazariy bilim berishga qodir emas. Lekin bundan ishonchli bilim yo'q ekan, degan xulosaga kelmaslik kerak. Matematika va tabiatshunoslik aynan shunday ishonchli bilim manbaidir. Ammo ular qay darajada ishonchli bo'lmasin, «narsa o'zida» haqidagi haqiqiy bilim bo'la olmaydi . Kant bizning tafakkurimizda shakllangan tushunchalar «narsa o'zida»ni qay darajada to'g'ri yoki noto'g'ri aks ettira oladi, degan savolga aniq javob mavjud emas, deb ta'kidlaydi. Inson bilishini shartli ravishda bir necha turlarga bo'lib o'rganish mumkin. Dastlab inson bilishini unda borliq qanday holda in'ikos etganligiga qarab, oddiy (kundalik) va ilmiy bilishlarga ajratish mumkin. Oddiy (kundalik) bilish kishilarning odatdagi o'z kundalik hayotlarida borliqdagi predmet va hodisalarni bevosita o'z sezgi a'zolari va tafakkurlari orqali bilishdir. U kishilarning kundalik hayotiy tajribalari, malakalari va amaliy ishlari orqali hosil bo'lib, odatda “sog'lom fikrlar”da o'z ifodasini topgan bo'ladi. Ilmiy bilish esa, oddiy (kundalik) bilishdan farqlanib, u borliqdagi predmet va hodisalarning qonuniyatlarini, ularning mohiyatini bilshdir.Ilmiy bilish, odatda ilmiy tadqiqotlar va ilmiy izlanishlar olib borish asosida amalga oshadi. Shu sababli ilmiy bilish uzoq davom etadigan, muayyan usullar va yo'llar bilan amalga oshioriladigan murakkab, ziddiyatli bilishdir. Shu tufayli ilmiy bilish bilan hamma kishilar emas, balki bir guruh yoki alohida kishilar: tadqiqotchilar, olimlargina shug'ullanadilar.
Bulardan tashqari, inson bilishida uning qanday paydo bo'lishi jihatdan hisiy bilish, mantiqiy bilish, intuitiv bilish, g'oyibona bilish va shu kabi ko'rinishlari ham farqlanadi (bu haqda quyida yana alohida to'xtalib o'tamiz). Noilmiy bilish. Hozirgi fan nuqtai nazaridan ba'zi ongga oid hodisalarni hali to'liq yechimi berilmagan holatlarni biz noilmiy bilish tushunchasiga kiritishimiz mumkin. Masalan, parapsixologiya o'rganadigan quyidagi noilmiy fanlar turkumiga: telepatiya - fikrlarni miya orqali masofaga uzatish; bashorat qilish - kelajakda ro'y berishi mumkin bo'lgan axborotlarni idrok etish; psixokinez ongni materiyaga, fazoga, vaqtga yoki energiyaga fanga noma'lum bo'lgan mexanizmlar orqali ta'sir etish kabilar noilmiy bilish shakllariga kirtiishmiz mumkin.
2.Bilishda sub'ekt va ob'ektning o'zaro aloqasi. Bilish dunyoning ob'ekt va sub'ektga bo'linishini nazarda tutadi. Sub'ekt – bu bilish faolligining manbai. Sub'ekt deganda odatda individ tushuniladi. Biroq bu uncha to'g'ri emas. Sub'ekt – bu, albatta, avvalo bilish qobiliyatiga ega bo'lgan individ. Sub'ekt – bu mikroguruh, ijtimoiy guruh sinf, jamiyat hamdir. Tafakkur jarayoni amalga oshadigan bosh miya po'stlog'ida tafakkur muayyan insonning harakatlari, uning kechinmalari, his-tuyg'ulariga qaratilishi mumkin: bu holda ong o'zining alohida jihati – o'zlikni anglash sifatida amal qiladi, tafakkur (individ doirasida) nimaga qaratilgan bo'lsa, shu ob'ekt bo'ladi. Demak, bilish bilan shug'ullanuvchi kishilar va butun insoniyat bilish sub'ekti hisoblanadi. Ayrim olingan tadqiqotchi-olimlar, ilmiy jamoalar, ilmiy tadqiqot institutlari ham alohida bilish sub'ektlaridir. Ilmiy faoliyat tabiat va jamiyat mohiyatini bilishgina emas, balki insonning o'ziga ham qaratilishi mumkin. Inson va insoniyat ayni bir vaqtda ham bilish ob'ekti, ham bilish sub'ekti sifatida namoyon bo'ladi. Sub'ektning bilish faoliyati faqat muayyan tarixiy kontekstda aniq tushunchalarda namoyon bo'lishi mumkin. Ilmiy bilish nafaqat sub'ektning ob'ektga nisbatan, balki o'ziga, o'z faoliyatiga nisbatan ham ongli munosabatini, ya'ni tadqiqotchilik faoliyati shartlari, usullari, me'yorlari va metodlarini bilishi, an'analarni hisobga olishi va hokazolarni nazarda tutadi. Borliqning muayyan parchasi izlanayotgan tafakkur diqqat markazidan o'rin olgach, bilish ob'ektini tashkil etadi, sub'ekt bilan «sub'ekt – ob'ekt» munosabatlariga kirishib, ma'lum ma'noda sub'ektning «mulki»ga aylanadi. Binobarin, sub'ektning ongiga bog'liq bo'lmagan o'zicha borliq va sub'ekt bilan yuqorida zikr etilgan munosabatga kirishgan borliq mavjud. U go'yo sub'ektni o'zini bilishga da'vat etadi. Bir so'z bilan aytganda, sub'ekt bilan munosabatga kirishgan ob'ekt oddiy borliq emas, balki u yoki bu darajada anglab yetilgan, ya'ni ong – o'zining bilishga intilishida ijtimoiy belgilangan ong daliliga aylangan borliqdir, shu ma'noda bilish ob'ekti endi ijtimoiy dalilga aylanadi.
Ob'ekt – bu sub'ektning bilish faoliyati qaratilgan narsa yoki hodisa. Asbob ham (o'rganilayotgan va ta'mirlanayotganida), boshqa individ ham, individ bilan bog'liq narsa va hodisalar ham ob'ekt bo'lishi mumkin. «Ob'ekt» tushunchasini ob'ektiv borliq bilan aralashtirmaslik kerak. Masalan, hayvonlarning hujayralaridagi xromosomalar ular sitologiya va genetikada o'rganish «ob'ekti»ga aylanishidan oldin ham ob'ektiv mavjud bo'lgan, biroq kashf etilganidan keyingina o'rganish «ob'ektlari»ga aylangan. Bu tushunchalar nafaqat bilish faoliyati, balki amaliy baholash faoliyati bilan ham bog'liq. Bilish faoliyatida sub'ekt ob'ektsiz, ob'ekt esa – sub'ektsiz mavjud bo'lmaydi. Masalan, gen jonli narsalar tarkibida mavjud bo'lgan holda, nafaqat antik davrda, balki J.B.Lamark va CH.Darvin uchun ham ilmiy tafakkur ob'ekti bo'lmagan. Olimlar bu ko'zga ko'rinmas biologik borliqni muayyan vaqtgacha o'z bilish faoliyatining ob'ekti sifatida aniqlay olmaganlar. Bunga nisbatan yaqinda, dunyoning umumiy ilmiy manzarasida jiddiy o'zgarishlar yuz berganidan so'ng muvaffaq bo'lindi. Yoki, aytaylik, ilmiy tafakkur, texnika yutuqlari va ijtimoiy shart-sharoitlar atigi bir necha o'n yilliklar muqaddam Kosmosning olis kengliklarini tadqiqot ob'ektiga aylantirish imkonini berdi.
Hozirgi zamon gnoseologiyasida bilish ob'ekti va predmetini farqlash odat tusini olgan. Bilish ob'ekti degandasub'ektning bilish doirasiga kirgan, uning bilishi qaratilgan borliqdagi aniq predmetlar, hodisa va jarayonlar tashkil etadi. Bilishning predmeti – bu bilish ob'ektining sub'ekt bilishi qaratilgan, sub'ektning bilish faoliyati doirasiga kirgan tomonlari, xususiyatlari va munosabatlaridir, yoki boshqacha aytganda bilish predmeti – bu izlanayotgan fikrning diqqat markazidan o'rin olgan muayyan jihatlar. Masalan, inson juda ko'p fanlar – biologiya, tibbiyot, psixologiya, sotsiologiya, falsafa va hokazolarning tadqiqot ob'ekti hisoblanadi. Biroq ularning har biri insonni o'rganishga o'z nuqtai nazaridan yondashadi: masalan, psixologiya insonning ruhiyati, ichki olami, xulq-atvorini, tibbiyot – insonning kasalliklari va ularni davolash usullarini o'rganadi va h.k. Binobarin, tadqiqot predmetiga tadqiqotchining muhim mo'ljali kiradi, ya'ni u tadqiqot vazifasi nuqtai nazaridan shakllanadi. Ma'lumki, inson tarix yaratuvchisi, sub'ekti hisoblanadi, o'z tarixiy mavjudligining zarur shart-sharoitlari va asoslarini o'zi yaratadi. Ijtimoiy-tarixiy bilish ob'ekti odamlar tomonidan nafaqat o'rganiladi, balki yaratiladi ham, demak, ob'ektga aylanishdan oldin u yaratilishi, shakllantirilishi lozim.
Shunday qilib, ijtimoiy bilishda inson o'z faoliyatining mahsuli, amaliy faol jonzot bo'lgan o'zi bilan ham ish ko'radi. Bilish sub'ekti bo'lgan inson shu tariqa uning ob'ektiga ham aylanadi. Shu ma'noda ijtimoiy bilish insonning ijtimoiy o'zlikni anglash jarayonidir. Bunda inson tarixiy rivojlanish jarayonida yaratiladigan o'zining ijtimoiy mohiyatini o'zi uchun kashf etadi va o'rganadi.Shu sababli ijtimoiy bilishda sub'ekt va ob'ektning o'zaro aloqasi murakkablashadi, bu yerda ob'ekt bir vaqtning o'zida tarixiy ijod sub'ekti hamdir. Avvalo, bilish – inson aks ettirish faoliyatining alohida turi. U «inson – mehnat vositalari – tabiat» tizimi doirasida insonning narsalar mohiyati, masalan, magnetizm tabiati, hayot mazmuni va hokazolar yashirinib yotgan dunyoning «qobig'i»ni ochishga yo'naladi. U dunyoning sirlarini ochadi.Bilish inson izchil va ijodiy faoliyatining ijtimoiy jarayoni bo'lib, unda tashqi dunyoning ideal obrazlari yuzaga keladi va bilish maqsadi bo'lgan bilim shakllanadi. Bilim inson bilish faoliyatining natijasidir.
3. Bilish darajalari va o'zaro aloqasi. Bilish darajalarini shartli ravishda: quyi, yuqori va oliy darajaga ajratish mumkin. Bilishning quyi darajasi barcha tirik mavjudotlarga xos bo'lib, hissiy bilish deyiladi. Hissiy bilish sezgilar vositasida bilishdir. Insonning sezgi a'zolari (ko'rish, eshitish, hid bilish, ta'mbilish, teri sezgisi) boshqa mavjudotlarda bo'lgani singari uning narsalarga xos xususiyat, belgilarni farqlash, tabiiy muhitga moslashish va himoyalanishi uchun yordam beradi. Bilishning quyi bosqichida sezgi, idrok, tasavvur, diqqat, xayol tashqi olam to'g'risida muayyan bilimlar hosil qilishga yordam beradi. Sezgi dunyoni in'ikos etishning boshlang'ich shaklidir. Sezgi ob'ektiv dunyoning sub'ektiv in'ikosi. Sezgi a'zolari orqali dunyo hodisalarini, narsalarning xususiyat va sifatlarini ayrim-ayrim, bir-biri bilan bog'lanmagan holda aks ettiradi. Boshqacha aytganda sezgi – narsalar ayrim xossalarining sezgi a'zolari orqali his qilingan oddiy obrazi, in'ikosi, nusxasi yoki o'ziga xos surati dastlabki sezgi obrazi hisoblanadi. Masalan, aple`sinda biz to'q sariq rang, o'ziga xos hid, ta'mni sezamiz. Chunki, sezgilar insondan tashqaridagi muhitda yuz berayotgan va uning sezgi a'zolariga ta'sir ko'rsatayotgan jarayonlarda yuzaga keladi. Ovoz va yorug'lik to'lqinlari, mexanik bosim, kimyoviy ta'sir va hokazolar tashqi ta'sirlantiruvchilar hisoblanadi.
Biologik va psixofiziologik fanlar bergan ma'lumotlariga ko'ra “axborot qabul qilish qobiliyatiga ko'ra” insonda birinchi o'rinda ko'rish va teri sezgisi, ya'ni paypaslab ko'rish, undan keyin eshitish, ta'm-maza va hid bilish turar ekan. Hozirgi zamon biologik fanlar insonning asab jarayonlaridagi murakkab strukturalari, uning miya faoliyatini tadqiq qilib, aynan miya faoliyatidagi qaysi jarayonlar sezgilarning “qabul qilish” va “qayta ishlash” vazifalarini bajarishlari haqida ma'lumotlar bermoqda, shunday bosh miya qobig'ining ensa bo'limlarida – ko'rish sezgi “markazi” joylashgan bo'lib, uning tepa bo'limlarida paypaslab ko'rish, chekkada – eshitish sezgisi, bosh miya qobig'ining old qismi signal berganda, orqa qismi asosan axborotni “qayta ishlash” jaryonlaridan iborat ekan. Cezgilar dunyoning sifat jihatidan rang-barangligining ob'ektiv xususiyatini aks ettiradi va uning ta'sirida yuzaga keladi. Sezish qobiliyatining yo'qolishi muqarrar tarzda ongning yo'qolishiga olib keladi. Sezishning ko'rish, eshitish, tebranish, paypaslash, ob-havo, og'riq, muvozanat va tezlashishni his etish, hid, ta'm bilish kabi umumiy organik turlari farqlanadi. Sezgilarning har bir shakli o'zining ayrim ko'rinishi orqali materiya harakatining mazkur shakli va turi, masalan, elektromagnit, ovozli tebranishlar, kimyoviy ta'sirlar va hokazolarning umumiy xossalarini aks ettiradi. Har qanday predmet juda ko'p har xil jihatlar va xossalarga egadir. Masalan, qand bo'lagini olaylik: u qattiq, oq, shirin, ma'lum shakl, hajm va vaznga ega. Bu xossalarning barchasi bir predmetda mujassamlashgan. Biz bu xossalarni alohida-alohida emas, balki yaxlit holda - qand bo'lagi sifatida idrok etamiz va tushunamiz. Binobarin, yaxlit obrazni idrok etishning ob'ektiv negizini predmetning turli jihatlari va xossalari birligi va ayni vaqtda ularning ko'p sonliligi tashkil etadi.
Idrok. Sezgi a'zolariga bevosita ta'sir ko'rsatuvchi predmetlar, ularning xossalari va munosabatlarini aks ettiruvchi yaxlit obrazni idrok etish deb ataladi. Insonning idrok etishi narsalar, ularning xossalari va munosabatlarini tushunish va anglab yetishni o'z ichiga oladi. Bunda inson o'zining har bir yangi taassurotini mavjud bilimlar tizimiga kiritadi. Sezish va idrok etish inson tashqi dunyoga amaliy ta'sir ko'rsatishi jarayonida, mehnatda, sezgi a'zolari faol ishlashi natijasida amalga oshadi va rivojlanadi; masalan, harakatsiz ko'z narsalar rangini farqlashga qodir emas. Organizmning makroskopik, yaxlit narsalar va jarayonlar olamida mo'ljal olishga bo'lgan ehtiyoji bizning sezgi a'zolarimizni shunday tashkil qilganki, biz narsalarni yaxlit holda idrok etamiz. Aks holda hamma narsa harakatlanayotgan zarralar, molekulalar pardasiga aylangan va biz narsalarlarning chegaralarini ko'rmagan bo'lur edik. Ko'rish a'zosi organizm hayotida muhim rol o'ynaydigan borliqdagi yorug'lik hodisalarini mumkin qadar yaxshiroq aks ettirish yo'nalishida rivojlangan.
Shu sababli ko'z tabiatda mavjud yorug'lik ta'sirida yorug'likni qabul qilish, quloq - ovoz tebranishlarini farqlash uchun moslashgan va h.k. Sezgi a'zolarining o'ziga xosligi, «fiziologik» idealistlar fikridan farqli, tashqi dunyoni to'g'ri bilishga nafaqat monelik qilmaydi, balki, aksincha, narsalarning ob'ektiv xossalari aniqroq va to'liqroq aks etishini ta'minlaydi. Garchi sezish va idrok etish insonning barcha bilimlari manbai sanalsa-da, hissiy bilish ular bilangina kifoyalanmaydi. U yoki bu predmet insonning sezgi a'zolariga ma'lum zamon mobaynida ta'sir ko'rsatadi. So'ngra bu ta'sir barham topadi. Biroq predmetning obrazi izsiz yo'qolmaydi. U xotirada gavdalanadi va saqlanib qoladi. Binobarin, biron-bir narsa haqida u yo'qolganidan keyin ham fikr yuritish mumkin, chunki u haqda muayyan tasavvur qoladi. Yumiq ko'zlar bilan ham biz nimalarnidir tasavvur qilamiz.
Shunday qilib, biz haqiqatga eltuvchi yo'l naqadar og'ir ekanligini ko'ramiz: u amalda jonning barcha kuchlari – xotira, iroda, tasavvur, intuitsiya va aqlning bor kuchini ishga solishni nazarda tutadi. Masalan, xotirani olaylik. Bilish haqida xotirasiz fikr yuritish mumkinmi? Albatta, yo'q: xotirasiz jon – baliqsiz to'r degan gap. Bu ajoyib hodisasiz bilishni tasavvur qilish mumkin emas. Sezish va idrok etish jarayonlari o'zidan keyin miyada «iz» qoldiradi. Bu izlarning mohiyati insonga ayni lahzada ta'sir ko'rsatmayotgan narsalarning obrazlarini gavdalantirish qobiliyatidan va iborat. Tasavvurlar – bu bir paytlar insonning sezgi a'zolariga ta'sir ko'rsatgan va keyinchalik miyada saqlanib qolgan aloqalar bo'yicha gavdalanadigan narsalarning obrazlaridir. Sezish va idrok etish ong, fikr shakllanishining boshlanishi hisoblanadi. Xotira olingan axborotni qayd etadi va saqlaydi. Tasavvurda esa ong ilk bor o'zining bevosita manbaidan ajraladi va nisbatan mustaqil sub'ektiv hodisa sifatida mavjud bo'la boshlaydi. Inson nisbatan yangi obrazlarni erkin yaratishga qodir. Tasavvur – bu idrok etish va nazariy tafakkur o'rtasidagi bog'lovchi bo'g'in. Xotira o'tmish va hozirgi zamonni birlashtiradi, ularning bir-biriga o'tishini ta'minlaydi. Agar obrazlar miyada unga predmet ta'sir ko'rsatgan paytda paydo bo'lib, bu ta'sir to'xtaganidan keyin darhol g'oyib bo'lganida, inson narsalarni har safar mutlaqo notanish narsalar sifatida qabul qilgan, u mazkur narsalarni tanimagan, demak, ularni anglamagan bo'lar edi. Biror narsani anglash uchun aqlning ishlashi – hozirgi holatni oldingi holat bilan taqqoslashi talab etiladi. Tashqi ta'sirlarning idrok etilishi va ularning vaqtda saqlanishi natijasida xotirada tasavvurlar uyg'onadi.
Empirik bilim va uning shakllari. Empirik bilim mavjud narsaning bevosita emas, balki bilvosita in'ikosi. Masalan, olim o'zi ko'rmayotgan tegishli ob'ektning holati haqida unga axborot berayotgan asbob ko'rsatkichi yoki elektrokardiogrammaning elektr chizig'ini ko'radi. Boshqacha aytganda, bilishning empirik darajasi har xil asboblardan foydalanish bilan bog'liq; u kuzatish, kuzatilayotgan narsa yoki hodisani tavsiflash, bayonnomalar yuritish, hujjatlardan foydalanishni nazarda tutadi, masalan, tarixchi arxivlar va boshqa manbalar bilan ishlaydi. Xullas, bu oddiy sezgi darajasida bilishga qaraganda bilishning yuqoriroq darajasidir. Empirik bilimlar nazariy bilim negizini tashkil etuvchi ilmiy dalillar majmuidir.Empirik bilim kuzatish va eksperiment, tavsiflash, taqqoslash, o'lchash va dalillar kabi metodlar yordamida shakllanadi.
Kuzatish – bilish ob'ektining muhim xossalari va munosabatlarini aniqlash maqsadida ataylab amalga oshiriladigan izchil idrok etishdir. Kuzatish maqsadini belgilash, uning usullarini aniqlash, o'rganilayotgan ob'ekt xulq-atvorini nazorat qilishning rejasini tuzish, asboblardan foydalanish kabilar kuzatishning muhim xususiyatlaridir.
Kuzatishlarning natijalari bizga borliq haqida ilmiy dalillar ko'rinishida dastlabki axborot beradi. Kuzatish bevosita yoki bilvosita, masalan, mikroskop yordamida bo'lishi mumkin. Hozirda elektron mikroskop yordamida molekulalarni vizual kuzatish mumkin. Kuzatish – bu faoliyatning muayyan ob'ektlarga qaratilgan maqsadlar va vazifalarni ta'riflashni nazarda tutadigan faoliyat shakli. Biron-bir narsani bilishni xohlagan har qanday odam o'z ko'zlarini kuzatuvchanlikka o'rgatishi lozim. Zehnli, ijodkor va teran aql narsa va hodisalarning ko'pchilik e'tibor bermaydigan muhim jihatlarini ko'rish va sezish qobiliyati bilan ajralib turadi. Bu qobiliyat fan va san'atdagi novatorlik omilidir. Kuzatish maxsus tayyorgarlikni talab qiladi. Kuzatishlarni tayyorlashda kuzatish vazifalari, u javob berishi lozim bo'lgan talablarni aniqlash, kuzatish rejasi va usullarini oldindan ishlab chiqish muhim o'rin tutadi. Kuzatish tabiatning o'zida mavjud narsalar va hodisalarni qayd etadi. Biroq inson kuzatuvchi roli bilan kifoyalana olmaydi. U eksperimentlar o'tkazish orqali faol sinovchiga aylanadi. Miyada tasavvur qilingan model` ustida o'tkaziladigan fikriy eksperiment bilishning alohida shaklini tashkil etadi. Unga xayol va tafakkurning uzviy aloqasi xosdir. Eksperiment – bu shunday tadqiqot metodiki, uning yordamida ob'ekt yo sun'iy tarzda yaratiladi, yo tadqiqot maqsadlariga mos keladigan ma'lum shart-sharoitlarda o'rganiladi. Eksperimentda tadqiqotchi ilmiy tadqiqotni o'tkazish shart-sharoitlariga faol aralashadi. U jarayonni istalgan bosqichda to'xtatishi mumkin bo'lib, bu ob'ektni yanada mufassalroq o'rganish imkonini beradi. Tadqiqotchi o'rganilayotgan ob'ektni boshqa ob'ektlar bilan har xil tarzda bog'lashi yoki u ilgari kuzatilmagan shart-sharoitlarni yaratishi va shu tariqa fanga ma'lum bo'lmagan yangi xossalarni aniqlashi mumkin.
Eksperiment o'rganilayotgan hodisani sun'iy tarzda gavdalantirish va nazariy yoki empirik bilim natijalarini amalda sinash imkonini beradi. Eksperiment doim, ayniqsa hozirgi zamon fanida ba'zan juda murakkab texnika vositalari, ya'ni asboblardan foydalanish bilan bog'liq. Asbob – bu insonning sezgi a'zolari bilishi mumkin bo'lmagan hodisalar va xossalar haqida axborot olish uchun mo'ljallangan, kerakli xossalarga ega bo'lgan moslama yoki moslamalar tizimidir. Asboblar bizning sezgi a'zolarimizni kuchaytirishi, ob'ekt xossalarining faollik darajasini o'lchashi yoki ularda o'rganilayotgan ob'ekt qoldirgan izlarni aniqlashi mumkin. Eksperimentning asosiy maqsadi – o'rganilayotgan ob'ekt mavjud bo'lgan odatdagi shart-sharoitlarni o'zgartirish. U o'rganilayotgan ob'ekt xossalari bilan shart-sharoitlar o'rtasidagi sababiy bog'lanish, shuningdek shart-sharoitlarning o'zgarishi munosabati bilan bu xossalarning o'zgarish xususiyatini aniqlash imkonini beradi. Shu bilan bir vaqtda, bu metod predmetlarning tabiiy sharoitda namoyon bo'lmaydigan yangi xossalarini aniqlash uchun imkoniyat yaratadi, masalan, sun'iy iqlim laboratoriyalarida o'simliklarning o'sishi va rivojlanishiga temperatura, yorug'lik, namlik va shu kabilarning ta'sirini u yoki bu darajada to'g'ri aniqlash mumkin. Zero, shart-sharoitlar o'zgarishi bilan predmetning muayyan xossalari o'zgarishi (ba'zan yana yuzaga kelar), boshqa xossalarida esa sezilarli o'zgarishlar yuz bermasligi mumkin. Eksperimentga shart-sharoitlarni nazorat qilish, jarayonlarning ko'rsatkichlarini o'lchash imkoniyatining mavjudligi va asbob-uskunalardan foydalanish xosdir. Inson tajriba o'tkazish chog'ida yanglishishi mumkin. Asboblar bu kamchilikdan xoli. Mikroskop, teleskop, rentgen apparati, radio, televidenie, telefon, seysmograf va shu kabilar yordamida inson o'zining idrok etish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirdi va teranlashtirdi.
Fan, ayniqsa tabiatshunoslikda erishilgan yutuqlar eksperiment o'tkazish metodlari va vositalarining takomillashuvi bilan uzviy bog'liq. So'nggi yillarda olimlar ilmiy ijod jarayoniga bevosita kiritilgan komp`yuterlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Nazariy bilim darajasi va uning shakllari. Ilmiy dalillar nazariyaga nisbatan ham ikki xil vazifani bajaradi: mavjud nazariyaga nisbatan ilmiy dalil yo uni mustahkamlaydi (verifikatsiya qiladi), yo u bilan to'qnashadi va uning asossizligini ko'rsatadi (fal`sifikatsiya qiladi). Biroq, boshqa tomondan, nazariya empirik tadqiqot darajasida olingan ilmiy dalillar yig'indisini shunchaki umumlashtirishgina emas. Uning o'zi yangi ilmiy dalillar olish manbaiga aylanadi. Shunday qilib, empirik va nazariy bilim yaxlit hodisa – ilmiy bilim ikki tomonining birligi hisoblanadi. Bu tomonlarning muayyan ilmiy bilish jarayonidagi o'zaro aloqasi va harakati, ularning o'zaro nisbati nazariy bilimga xos bo'lgan shakllarning izchil qatori yuzaga kelishini belgilab beradi.Nazariy bilim muayyan maqsadga yo'nalgan ilmiy asoslangan bilim darajasi. Nazariy bilimning asosiy shakllari: ilmiy muammo, gipoteza, nazariya, tamoyillar, qonunlar, kategoriyalar, paradigmalardir.
Aqliy (mantiqiy) bilish darajasi va uning shakllari. Inson hamishanimalar haqidadir o'ylaydi. O'ysiz holat ham, psixologlar fikriga ko'ra, amalda hech bo'lmasa hech narsa haqida o'ylamaslikni o'ylash holatidir. Bilishning dialektik yo'li sezgi a'zolari orqali bilish, dalillarni aniqlashdan mantiqiy tafakkur sari olib boradi. Tafakkur– bu insonning narsalar muhim xossalari va munosabatlarini izchil, bilvosita va umumiy aks ettirishidir. Ijodiy tafakkurlash amaliyot, fan, texnikada yangi natijalar olishga qaratiladi. Tafakkurlash – muammolar qo'yish va ularni yechishga qaratilgan faol jarayon. Tirishqoqlik – fikrlayotgan odamning muhim belgisi. Sezgidan fikrga o'tish zamirida bilish ob'ektining ichki va tashqi mohiyatning ifodasi, ayrim va umumiyga bo'linishi yotadi. Zotan, ilmiy va falsafiy bilim faqat sezgi va tasavvurlardan iborat emas: sezgi idroki naqadar go'zal bo'lmasin, mazmunan qashshoqdir – u narsaning mohiyatini yoritmaydi. Narsalardagi umumiylik – avvalo, muhim xossalar va munosabatlar majmuidir. Ma'lumki, ular ayrim predmet kabi aniq ko'rinib turmaydi, ularni bevosita idrok etish mumkin emas. Narsa, hodisalarning tashqi tomoni asosan amalda kuzatish, empirik bilish yo'li bilan, narsalarning mohiyati, umumiy jihatlari esa – tushunchalar, mantiqiy fikrlash yordamida aniqlanadi. Fikrlashda, tushunchalarda narsalar bilan bevosita aloqa mavjud bo'lmaydi. Biz idrok etishga qodir bo'lmagan narsalarni ham tushunishimiz mumkin.
Sezgi darajasida aniqlangan ma'lumotlar va empirik tajribadan kelib chiqib, tafakkur sezgi a'zolarining ko'rsatmalarini mazkur individ miyasida mavjud barcha bilimlar, bundan tashqari, insoniyatning umumiy tajribasi, bilimlariga, ular mazkur odamning boyligiga aylangan darajada faol solishtirishi va hodisalar orqali yanada teranroq mohiyatni anglab, amaliy va nazariy muammolarni yechishi mumkin.
Tafakkur bilan borliq o'rtasida birlik mavjud. Tafakkur va borliqning birligi zamirida mantiqiy shakllar va tafakkur qonunlarini shakllantiruvchi ijtimoiy amaliyot yotadi. Dunyo rivojlanishining ob'ektiv umumiy qonuniyatlaridan mantiqiy qonuniyatlarning farqi shundaki, inson mantiqiy qonuniyatlarni ongli ravishda qo'llashi mumkin, tabiatda esa dunyoning rivojlanish qonuniyatlari o'ziga ongsiz tarzda yo'l ochadi.
Inson o'zini qurshagan dunyo haqidagi barcha bilimlarni pirovard natijada sezgi a'zolari orqali oladi. Biroq ular ayrim soxta g'oyalar, masalan, Yerning yassi tuzilishi, Quyosh Yer atrofida aylanishi kabi g'oyalar manbai hamdir. Bu ko'pincha sezgi a'zolarining ma'lumotlariga ishonchsizlik uyg'otgan, ratsionalistlar bu a'zolarning bilishdagi rolini kamsitishi va bilishda asosiy rolni tafakkur o'ynashini qayd etishiga sabab bo'ladi. Biroq empiriklar bu fikrga e'tiroz bildirib, bilishda xatolarga ko'proq tafakkur yo'l qo'yganini qayd etadilar. Ularning fikricha, hayvon tabiat yo'llaridan chetga chiqa olmaydi: uning motivlari zamirida sezgi a'zolari orqali idrok etiladigan narsalar yotadi. Hayvonlar hech narsani o'ylab topmaydi va shuning uchun ham ular aqlsizlik holatiga tushmaydi. Inson esa har xil xomxayollar qurboni bo'ladi. Sezgi darajasida bilishning rolini mutlaqlashtiradigan va mavxum nazariy tafakkurga ishonmaydigan empirizm ilmiy bilishning rivojlanishiga monelik qiladi. Mutaxassislar fikricha, qadimgi matematiklar, faylasuflar, pifagorchilar, matematikaga irratsional, ba'zan – kasr sonlarining kiritilishiga qarshi chiqqanlar, o'z fikrlarini bu sonlarning noaniqligi bilan isbotlashga harakat qilganlar.
Bunday fikrlar yunonlarni algebrani fan sifatida inkor etishga majbur qilgan, bu esa matematikaning analitik metodlari Uyg'onish davriga qadar zamondan orqada qolishining sabablaridan biri bo'lgan. Qadimgi mutafakkirlar sezgida bo'lmagan narsa tafakkurda ham bo'lmaydi deb qayd etgan. Tafakkur jarayoni modellar, sxemalar, tabiiy, sun'iy til va hokazolar ko'rinishidagi sezgi unsurlariga tayanmay ish ko'ra olmaydi. Aqliy bilish (yoki tafakkurning) asosiy shakllari. Tafakkur jarayonining oqilona mazmuni tarixiy rivojlanish jarayonida yaratilgan mantiqiy shakllar qobig'iga o'raladi. Tafakkur o'zining asosiy shakllari – tushunchalar, mulohazalar va xulosalar ko'rinishida yuzaga kelgan, rivojlanmoqda va amalga oshirilmoqda.
Tushuncha – narsalar va hodisalarning umumiy, muhim xossa va aloqalari aks etuvchi fikr. Tushuncha – tafakkur, tushunish faoliyatining mahsuli. Ular nafaqat narsalar va hodisalarning umumiy jihatlarini aks ettiradi, balki ularni bir-biridan ajratadi, ular o'rtasida mavjud farqlarga qarab ularni guruhlaydi, tasniflaydi. Bundan tashqari, biz biror narsa haqida tushunchaga ega ekanligimizni ta'kidlar ekanmiz, bunda mazkur ob'ektning mohiyatini tushunishimizni nazarda tutamiz. Masalan, «inson» tushunchasi nafaqat muhim umumiy, ya'ni barcha odamlarga xos bo'lgan jihatni, balki har qanday odamning boshqa har qanday narsalardan farqini ham aks ettiradi, mazkur odamning mohiyatini tushunish esa, umuman insonning mohiyati, ya'ni inson haqidagi tushunchaning mazmunini bilishni nazarda tutadi: «Inson – aql, so'zlashish va mehnat qilish qobiliyatiga ega bo'lgan bioijtimoiy mavjudot».
Tushuncha muhim jihatlar va xossalarni aniqlaydi va ularni o'zida mujassamlashtiradi: tushuncha mohiyatning fikrda ifodalangan obrazidir. Mulohaza (yoki hukm) – fikrning shunday bir shakliki, unda tushunchalarni bog'lash yo'li bilan biror narsa haqidagi biron-bir fikr tasdiqlanadiyoki rad etiladi. Masalan, «Terak – o'simlik» degan shunday bir mulohazaki, unda terak haqida uning o'simlik ekanligi xususida fikr bildiriladi. Tasdiqlash yoki rad etish, soxtalik yoki haqiqiylik, shuningdek ehtimol tutilgan narsalar bor joyda biz mulohazalarga duch kelamiz. Agar bizning ongimizda faqat tasavvurlar, o'z holicha tushunchalar mavjud bo'lgan va ular bir-biri bilan mantiqan bog'lanmaganida, tafakkur jarayoni ham bo'lmas edi. Ma'lumki, so'zning hayoti faqat

  • nutqda, gapdagina haqiqiydir. Tafakkur – biror narsa haqida xulosa chiqarish demak. Bunda biz mulohaza ko'rinishida ifodalay olmaydigan tushuncha biz uchun mantiqiy ma'noga ega bo'lmaydi. Mulohaza (yoki mulohazalar) – keng ma'noda ifodalangan tushuncha, tushunchaning o'zi esa – toraytirilgan mulohaza (yoki mulohazalar), deb aytish mumkin. Nima yuksakroq - tushunchami yoki mulohaza, degan masala atrofidagi bahslar sxolastik, shuning uchun ham besamardir.

Xulosa – mushohadaning nisbatan tugallangan birligi. Mushohada yuritish jarayonida mavjud mulohazalardan yangi mulohaza – xulosa chiqariladi. Xulosa chiqarish tafakkurning shunday bir amaliki, unda ayrim fikrlarni taqqoslash yo'li bilan yangi mulohaza yaratiladi. Inson narsalarning, xossalari va munosabatlarini teran bilish orqali vaqti vaqti bilan hozirgi zamon chegaralaridan o'tib, sirli kelajakka nazar tashlashi, hali ma'lum bo'lmagan narsalarni oldindan ko'rishi, yuz berishi ehtimol tutilgan va muqarrar bo'lgan voqealarni bashorat qilishi mumkin. Bashorat qilish «murakkab narsani oddiy narsaga aylantirish»ning oliy darajasini tashkil etadi. Ilmiy bilim taraqqiyoti ilmiy bashorat kuchining o'sishi va mazkur hodisa chegaralarining kengayishi bilan bog'liq. Bashorat qilish jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish imkonini beradi. Ilmiy bilish nafaqat kelajakni bashorat qilish, balki bu kelajakni ongli ravishda shakllantirish uchun
imkoniyat yaratadi. Har qanday fanning hayot mazmunini shunday tavsiflash mumkin: bashorat qilish uchun bilish, ish ko'rish uchun bashorat qilish kerak. Masalan, D.I.Mendeleev yuz yil keyin kashf etilgan kimyoviy elementlarning mavjudligini bashorat qilgan edi.
Intuitsiya– haqiqatni mantiqiy dalillar yordamisiz, bevosita anglab yetish qobiliyatidir. U doim inson aqli va joni birgalikda amalga oshirgan katta ish mahsuli hisoblanadi. Shu ma'noda faqat iste'dodli, mehnatkash va tirishqoq odamlargina intuitiv bilishga qodir.
Intuitsiya muammosi falsafa va tabiatshunoslik tarixida har xil, ba'zan bir-birini istisno etuvchi yondashuvlar, nuqtai nazarlar va tasavvurlar bilan tavsiflanadi. Antik falsafadayoq bu muammo atrofida keskin bahslar bo'lgan. Ioniya falsafasi namoyandalari intuitsiyaga bevosita bilim, sezgi a'zolari orqali bilish shakli deb qaragan bo'lsalar, eley maktabi vakillari, shuningdek Levkipp va Demokrit bevosita bilim va sezgi a'zolari orqali bilishni rad etganlar, sezgilarni soxta deb e'lon qilganlar. Suqrot talqinida intuitsiya «daymoniy» yoki «predmet g'oyasiga egalik»dir. Platon ham hissiy bilishni haqiqat emas deb hisoblagan.
Yangi davrda Dekart, Spinoza, Leybnits intellektual intuitsiya haqidagi ta'limotni yaratdi. Dekart intuitsiya deganda sezgilarning omonat guvohligi va tartibsiz xayolning aldamchi mulohazasiga bo'lgan ishonchni emas, balki teran va zehnli aqlni tushunadi. Spinoza intuitsiyani narsalarning mohiyatini qamrab oluvchi eng ishonchli bilish deb hisoblaydi. Sensualistlar sezgi darajasidagi intuitsiyani targ'ib qiladi va sezgi a'zolari orqali bevosita bilishni birinchi o'ringa qo'yadi. J.Lokk fikriga ko'ra, aql – sezgi a'zolari faoliyatining haqiqiy natijalarini uzluksiz qayd etuvchi ko'zgu, xolos. Bilishning bu tomonini rad etib bo'lmaydi: aql shu tomonga o'z e'tiborini qaratgani zahoti u, xuddi quyoshning yorqin nurlari kabi, o'zini bevosita idrok etishga majbur qiladi. Ikkilanish, shubhalanish, o'rganishga hech qanday o'rin qolmaydi: aql shu zahoti uning yorqin nurlari bilan to'ladi, isbotlash yoki o'rganishga muhtoj bo'lmaydi, biroq haqiqatni faqat unga o'z e'tibori qaratilganligi tufayli idrok etadi. Intuitsiya – kutilmaganda bevosita olingan bilimdir.
4. Bilishda haqiqat va amaliyot uyg'unligi. Haqiqat bilish nazariyasining bosh kategoriyasi. U borliqning bilishdagi ideal ifodasi, chunki haqiqat ongdan, bilayotgan sub'ektdan tashqarida va undan qat'iy nazar mavjuddir. Haqiqat – bilimlarning mazmuni ob'ektiv borliqqa muvofiq kelishidir. U bilish jarayoni, bilish in'ikosining natijasidir. Haqiqat ilmiy nazariyada mujassamlashgan anglab yetilgan tasdiqlovchi mulohazalar ko'rinishida o'z ifodasini topadi. Har qanday ilmiy nazariya rivojlantirilishi, ba'zan boshqa, yanada haqiqiyroq nazariya bilan almashtirilishi lozim. Shu ma'noda haqiqat – bilish rivojlanishining yakuni va omilidir. Hozirgi zamon bilish nazariyasida haqiqiy bilim va uning shakllari haqida turli fikrlar mavjud. Demak, haqiqat konkret yoki mavhum, mushohadaviy va fikriy xulosalar, tushuncha va tasavvurlarning ob'ektga mosligidir. Hozirgi zamon falsafiy va ilmiy adabiyotlarda ob'ektiv haqiqat tushunchasi tez-tez uchrab turadi. Ob'ektiv haqiqat – bu bilimlarimizning shunday mazmuniki, u bir kishiga ham, butun inosniyatga ham bog'liq emas. Haqiqatning ob'ektivligini u mavjud olamning in'ikosi bo'lishi belgilaydi. Haqiqtaning ob'ektivligi vaqt va zamondagi o'tish ma'nosida ketma-ketlik, izchillik va vorislikning asosi hisoblanadi. Haqiqat bu jarayondir. Ob'ektiv haqiqatning jarayon bo'lish xususiyati ikki xil tarzda namoyon bo'ladi:
birinchidan, bu ob'ektni to'liqroq in'ikos ettirishga tomon qaratilgan o'zgarishlar jarayonidir,
ikkinchidan esa, kontseptsiyalar, tamoyillar strukturasida xatolik va yanglishishlarga barham berish jarayoni hamdir. Bu jihatdan qaraganda haqiqat o'zi ifodalangan bilimlarning mazmuniga ko'ra sub'ektga bog'liq bo'lmasada (bu ma'noda u ob'ektiv haqiqat deb ataladi), lekin u o'z ifodalanish shakli jihatdan sub'ektga bog'liq bo'ladi. Ko'p hollarda haqiqat mazmuniga ko'ra ob'ektiv, shakligi ko'ra nisbiydir.
Bizning bilimlarimizda doim yo muayyan odamga, yo muayyan ijtimoiy guruhga bog'liq bo'lgan unsur mavjud bo'ladi. Binobarin, o'z bilimlarimizda sub'ektiv unsurlarga bog'liq bo'lmagan va shu sababli ob'ektiv hisoblanadigan mazmunni qayd etishimiz lozim. Ob'ektiv haqiqat rivojlanib, ikki shakl: nisbiy va mutlaq haqiqat shakllarida amal qiladi. Mutlaq haqiqat – predmetni kelajakda to'ldirilishi yoki unga aniqlik kiritilishi mumkin bo'lmagan tarzda to'la, mukammal bilishdir. Olam vaqt va makonda cheksizligi tufayli bunday bilimga amalda erishish mumkin emas. Haqiqat tushunchasini mutlaq haqiqat tushunchasi bilan tenglashtirib, biz unga erishib bo'lmasligi, umuman bilish mumkin emasligi haqida gapiramiz. Biroq fanning haqiqiy tarixi buning teskarisidan dalolat beradi: fan rivojlanadi, chunki u nisbiy va mutlaq bilimning birligi sifatida tushuniladigan haqiqatni bilishga qodir. Boshqacha aytganda, ob'ektiv haqiqat to'la va mukammal ko'rinishdagi mutlaq haqiqatdir. Ayrim hollarda, agar haqiqat vaqt o'tishi bilan o'zgarmasa, ya'ni vaqt shart-sharoitlariga bog'liq bo'lmasa, u boqiy haqiqat deb ataladi. Nisbiy haqiqat – borliqni asosan to'g'ri aks ettirsada, obraz ob'ektga uncha mos emasligi bilan ajralib turadigan bilim. Nisbiy haqiqat to'g'ri, biroq noto'liq, taxminiy, vaqt va joyning muayyan tarixiy shart-sharoitlari bilan cheklangan haqiqatdir.
Nisbiy va mutlaq haqiqat bir-biri bilan chambarchas bog'liq. Nisbiy haqiqatlar bilish taraqqiyoti jarayonida rivojlanib, o'z chegarasi bo'lgan mutlaq haqiqatga yaqinlashadi. Biroq bilishning tarixiy rivojlanish jarayoni nafaqat nisbiy haqiqatlarning mutlaq haqiqatga aylanish jarayoni, balki ayrim mutlaq haqiqatlarning yuzaga kelish jarayoni hamdir. Bu fikrni fizikada atom va uning tuzilishi haqidagi tasavvurlarning rivojlanishi misolida ko'rishmumkin. Yuz yil muqaddam fiziklar va ximiklar atomlar amalda mavjud va ajralmas sharchalar ko'rinishida, deb taxmin qilar edilar. Bu tasavvur zamirida mutlaq haqiqat unsurlari mavjud edi. Bundan: «Kimyoviy elementlarning atomlari amalda mavjud», degan xulosa kelib chiqadi. Fizika va kimyoning keyingi rivojlanishi mutlaq haqiqatning bu elementini bekor qilmadi. Biroq bu tasavvurlarda xatolar mavjudligi (taranglik, ajralmaslik va h.k.) aniqlandi.
XIX asr oxirida elektronlar kashf etilishi natijasida atom tuzilishining yangi manzarasi yaratildi. Tomson musbat zarralar va manfiy zaryadli elektronlardan tashkil topgan atom modelini yaratdi. Atomning bu nisbatan haqiqiy manzarasida mutlaq haqiqatning yangi unsurlari paydo bo'ldi: Darhaqiqat atom musbat zaryadli zarralardan iborat. Nisbiy va mutlaq haqiqat dialektikasi bizning bilimimiz atrofimizdagi olamni har tomonlama va aniq qamrab olishga intilib, qarama-qarshiliklarni yechib, ob'ektiv borliqni yanada teranroq va mukammalroq aks ettirishini ko'rsatadi. Emotsiyalar, iroda, ishonch, ideal. Ilgari sezgilar hodisalarning muhim jihatlariga nisbatan neytral deb qaralar edi. Odatda bu neytrallik mavjud bo'lmaydi. Bu holda sezgilar sub'ektga yuz berayotgan voqeaning shaxsiy ma'nosini tushunish imkonini beruvchi kechinmalar sifatida amal qiladi.
Hodisalar va holatlar ahamiyatini bevosita his etish emotsiyalar deb ataladi.Ijobiy emotsiyalar – lazzatlanish, quvonch, hayrat, muhabbat va sh.k. Salbiy emotsiyalar - qo'rquv, hayiqish, nafrat, qayg'u va sh.k. Insonning emotsiyalar dunyosi juda murakkab bo'lib, uni psixologiya atroflicha o'rganadi. Falsafiy jihatdan emotsiyalarni ekzistentsializm ko'proq o'rgangan bo'lib, bu yerda ekzistentsial deganda ko'pincha vaziyatli emotsiyalar (kuchli ruhiy hayajonlanish, ehtiroslar) emas, balki inson borlig'ining barqaror strukturalari tushuniladi. Inson emotsiyalariga uning butun hayot tajribasi kuchli ta'sir ko'rsatadi. Ba'zan bir so'z bilan ifodalangan qisqacha xabar inson o'limiga sabab bo'lgan hollar ma'lum.
Amaliyot va uning tarkibiy qismlari. Bilishning negizini amaliyot tashkil etadi. Bu insonning butun bilish jarayoni sezgilardan boshlab ilmiy mavhumliklarga qadar ijtimoiy-amaliy faoliyat asosida rivojlanishi, uning ehtiyojlari va muvaffaqiyatlari bilan belgilanishi va yo'lga solinishini anglatadi.Amaliyot kishilarning voqelikni o'zgartirishga qaratilgan moddiy-ma'naviy faoliyatlarining yig'indisidir. Amaliyot mazmuni va shakllariga ko'ra, moddiy ne'matlar yaratish; ijtimoiy-siyosiy faoliyat; ilmiy-amaliy faoliyat kabi turlardan iborat.Shuningdek amaliyot odamlar ijtimoiy-tarixiy faoliyatining rang-barang shakllarini qamrab oladi.
Ijtimoiy amaliyot ehtiyojlari doim bilish rivojlanishining negizi va harakatlantiruvchi kuchi sifatida amal qiladi. Yer maydonlarini o'lchash, vaqtni hisoblash, savdoda hisob-kitoblarni amalga oshirish zarurati matematik bilimlarning rivojlanishiga yo'l ochdi. Binolar, ariqlar, to'g'onlar, kemalar, mashinalar va hokazolarni qurish ehtiyojlari mexanikaning rivojlanishiga olib keldi. Ijtimoiy amaliyot bilishning negizi hisoblanishi haqida so'z yuritganda ilmiy bilish jarayonining nisbatan mustaqil ekanini unutmaslik kerak. Zero amaliyot bilan bilish murakkab bilvosita xususiyatga ega. Bilishning har bir bosqichida ilmiy tafakkurning oldingi rivojlanish jarayonida shakllangan muammolar yechiladi. Shu sababli fanning u yoki bu yutuqlarini u yoki bu tarixiy davrning amaliy tajribasi va ehtiyojlariga bog'lashga urinish xato bo'lur edi.
Inson tafakkuri doimo oldingi avlodlardan olingan bilimlar majmui va fanning oldingi rivojlanish jarayonida qo'yilgan muammolar bilan ish ko'radi. Fan bu muammolarni yechib, amaliyotdan o'zishi va unga ongli ravishda yo'l ko'rsatishi mumkin va lozim.
Amaliyot – odamlarning tarixan shakllangan ehtiyojlarini qondirish uchun u yoki bu ob'ektni o'zgartirish maqsadiga ta'sir ko'rsatish faoliyatidir. Bilishga nisbatan amaliyot uch xil vazifani bajaradi. Birinchidan, u bilishning manbai, harakatlantiruvchi kuchi sifatida bilishga umumlashtirish va nazariy o'rganish uchun zarurni material beradi. Shu tariqa amaliyot bilishni oziqlantiradi va real hayotdan uzoqlashishga yo'l qo'ymaydi. Ikkinchidan, amaliyot bilimlarni tatbiq etish sohasidir. Shu ma'noda u bilishning maqsadidir. Uchinchidan, amaliyot bilish natijalarining haqiqiyligini tekshirish mezoni. Bilishning amaliyot sinovidan o'tgan natijalarigina amalda ob'ektiv ahamiyatga ega bo'lishi mumkin.
Shunday qilib, amaliyot – barcha bosqichlarda bilishning shakllanish va rivojlanish negizi, bilim manbai, bilish jarayoni natijalarining haqiqiyligi mezondir. Tajriba tushunchasi har xil ma'noga ega: tajriba (empiriya) mavhum fikr yuritishga qarshi qo'yiladi va shu ma'noda u kuzatish va eksperimentni qamrab oladi. Hayot tajribasi, mashina haydash, ma'ruzalar o'qish va shu kabilar ma'nosidagi bilim va ko'nikmalar darajasi ham tajriba deb ataladi. Maqsad, maqsadga muvofiq faoliyat, amaliyot vositalari, amaliy harakat ob'ekti, harakat natijasi kabilar amaliyotning tarkibiy qismlari hisoblanadi. Maqsad sub'ektga yoki odamlar guruhiga xos.
Maqsad –erishish mo'ljallangan kelajakning sub'ektiv obrazi. Pirovard maqsad muqarrar tarzda muayyan predmetlarga bog'lanadi, deb o'ylash yaramaydi. Insonning chegara bilmas intilishi bilan tavsiflanadigan ideal ham maqsad bo'lishi mumkin. Maqsad haqidagi falsafiy ta'limot teleologiya deb ataladi. Amaliyot o'z maqsadlarini ko'zlovchi odamning faoliyatidir. Shu sababli u maqsadga muvofiq faoliyat hisoblanadi. Bu faoliyatning o'zi maqsad timsoli sifatida amal qiladi. Bu yerda sub'ekt muqarrar tarzda g'ayri niyatni emas, balki kuchni tan oladigan tabiat bilan to'qnashadi. Inson tabiatga tabiiy kuch sifatida qarshi turadi. Tabiatda inson o'z maqsadini ro'yobga chiqaradi.
5. Falsafada metod va metodologiya tushunchalari. Metod (yunon. metods — usul) keng ma'noda yo'l, ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi ma'nolarni anglatadi. Metodologiya tushunchasi ikki asosiy mazmunga ega — birinchidan, faoliyatda qo'llaniladigan ma'lum usullar tizimi (fanda, siyosatda, san'atda va h.k.)va ikkinchidan tizim haqidagi ta'limot yoki metod nazariyasi. Hozirgi davrda metodologiya faqat ilmiy bilish sohasi bilan cheklanishi mumkin emasligi ayon bo'ldi va y albatta, bilish chegarasidan chiqishi va o'z sohasida amaliyotda ham qo'llanishi zarur. Bunda bilish va amaliyotning uzviy aloqadorligiga e'tibor qaratmoq kerak. Metodologiya faqat metodlarni emas, balki tadqiqotni ta'minlovchi boshqa vositalarni ham o'rganadi. Tamoyil, qoida va ko'rsatmalar, shuningdek, kategoriya hamda tushunchalar mana shunday vositalar jumlasiga kiradi. Fan metodologiyasi uning strukturasi, taraqqiyoti, ilmiy tadqiqot vositalari va usullari, uning natijalarini asoslash yo'llari, bilimni tajribaga tatbiq qilish mexanizmlari va shakllarini o'rganadi. Shuningdek, metodologiya metodlar yig'indisi va faoliyat turi haqidagi ta'limotdir.
Metod u yoki bu shaklda ma'lum qoida, tartib, usul, harakat va bilim mezonlarining yig'indisi hamdir. U tamoyillar, talablar tizimi bo'lib, sub'ektni aniq vazifani bajarishga, faoliyatning shu sohasida ma'lum natijalarga erishish sari yo'naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt, kuchni tejaydi, maqsadga eng yaqin va oson yo'l bilan yetishishga yordam beradi. Metodning asosiy vazifasi faoliyatning bilish va boshqa shakllarini boshqaruvdan iborat. Har qanday metod muayyan nazariya asosida yaratiladi va tadqiqotning zaruriy sharti sifatida namoyon bo'ladi. Har bir metodning samaradorligi uning chuqur mazmun va mohiyatga egaligi, nazariyaning fundamentalligi bilan asoslanadi. O'z navbatida, metod mazmuni kengayib boradi, ya'ni bilimning chuqurlashishi va kengayishi, tajribaga tatbiq etilishi bilan metodning ko'lami ham o'zgaradi.
Ilmiy bilishda nafaqat ilmiy natija (bilimlar majmui) va predmetning mohiyatini anglash, balki unga eltuvchi yo'l, ya'ni metod ham haqiqiy bo'lmog'i lozim. Shunga ko'ra, predmet va metodni bir-biridan ayri holda tushunish mumkin emas. Har qanday metod u yoki bu darajada real hayotiy jarayonlarda shakllanadi va yana unga qaytadi. Metod har qanday tadqiqot boshlanishida to'la holda namoyon bo'lmasada, ma'lum darajada predmetning sifat o'zgarishi bilan har safar yangidan shakllanadi.
Metod metodikada konkretlashadi. Metodika daliliy materiallarni yig'ish va saralash vositasi, aniq faoliyat turidir. U metodologik tamoyillardan farq qilsada, ularga asoslanadi. Metodlar xilma-xilligiga qarab, turli mezonlar asosida klassifikatsiya qilinadi. Eng avvalo, ma'naviy, g'oyaviy (shuningdek, ilmiy) moddiy va amaliy faoliyat metodlarini ajratmoq lozim. Ilmiy tadqiqot jarayoni tarixan ishlab chiqilgan metodlar asosida amalga oshiriladi. Hech kim hech qachon haqiqatni yo'qdan bor qila olgan emas. Albatta, olim izlanishlar, xatolar qurshovida harakat qiladi. Ba'zi hollarda bir narsani izlash jarayonida butunlay boshqa narsa yaratiladi.
Metod o'z-o'zidan tadqiqotning muvaffaqqiyatli bo'lishini ta'minlay olmaydi, chunki nafaqat yaxshi metod, balki uni qo'llash mahorati ham muhimdir. Metodlar umumiylik darajasi va amal qilish doirasiga ko'ra bir necha guruhga bo'linadi. Ular: fan metodlari, xususiy ilmiy metodlar, umumilmiy tadqiqot metodlari, fanlararo tadqiqot metodlari, falsafa metodlari, ijtimoiy-gumanitar fanlar metodlari kabilardir.
Fan metodlari – ma'lum fan tarmog'iga kiruvchi yoki fanlar tutashgan joyda vujudga kelgan muayyan fan sohasida qo'llaniladigan usullar tizimi. Har bir fundamental fan, mohiyat-e'tibori bilan, o'z predmetiga va o'ziga xos tadqiqot usullariga ega bo'lgan sohalar majmuidir. Fanda, ko'p hollarda tanlangan metod tadqiqotning taqdirini hal qiladi. Aynan bir daliliy materialni turli metodlar asosida o'rganish ziddiyatli xulosalarga olib kelishi mumkin. Ilmiy bilishdagi to'g'ri metodni xarakterlar ekan, F.Bekon uni yo'lovchining yo'lini yorituvchi chiroq bilan qiyoslaydi. Noto'g'ri yo'ldan bora turib, y yoki bu masalani hal qilishda muvaffaqiyatga erishishga umid qilish mumkin emas. 3epo nafaqat natija, balki unga eltuvchi yo'l ham to'g'ri bo'lmog'i lozim.
Xususiy ilmiy metodlar – materiya harakatining asosiy shakliga mos bo'lgan muayyan fanda qo'llaniladigan bilish usullari, tamoyillari, tadqiqot usullari va tartib-taomillari majmui.Mexanika, fizika, kimyo, biologiya va ijtimoiy-gumanitar fanlarning metodlari shular jumlasidandir. Xususiy fanlar metodlarining o'ziga xos xususiyatlari moddiy ifodasini topgan bilish vositalari: mikrofizikada zarralarni tezlatgichlar, tibbiyotda a'zolar faoliyatini qayd etuvchi turli o'lchagichlar va shu kabilar hozirgi zamon metodologik tadqiqotining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Umumilmiy tadqiqot metodlari falsafa bilan maxsus fanlarning fundamental nazariy-metodologik qoidalari o'rtasida o'ziga xos «oraliq metodologiya» bo'lib xizmat qiladi. Umumilmiy tushunchalar qatoriga ko'pincha «axborot», «model`», «tuzilma», «funktsiya», «tizim», «element», «oqilonalik», «ehtimollik» singari tushunchalar kiritiladi. Umumilmiy tushuncha va kontseptsiyalar asosida bilishning tegishli metodlari, tamoyillari ta'riflanadi, ular esa, o'z navbatida, falsafaning maxsus ilmiy bilim va uning metodlari bilan oqilona o'zaro aloqasini ta'minlaydi. Umumilmiy metodlar qatoriga tizimli va strukturaviy-funktsional, kibernetik, ehtimoliy yondashuvlar, modellashtirish, formalizatsiya hamda boshqalar kiradi.
Umumilmiy tushunchalarning muhim roli shundan iboratki, ular o'zining «oraliq xususiyati» bilan falsafiy va alohida ilmiy bilimning (shuningdek tegishli metodlarning) o'zaro o'tishini ta'minlaydi. Gap shundaki, birinchi bilim ikkinchi bilimga sof yuzaki tarzda, bevosita o'tmaydi. Shuning uchun ham maxsus ilmiy mazmunni darhol falsafiy tushunchalar tilida ifodalashga urinishlar, qoida tariqasida, nokonstruktiv va samarasiz bo'ladi. Fanlararo tadqiqot metodlari–asosan fan sohalari tutashgan joyda amal qiladigan (metodologiyaning turli darajasi elementlarini birlashtirish natijasida yuzaga kelgan) bir qancha sintetik va integrativ usullar majmui. Mazkur metodlar kompleks ilmiy dasturlarni amalga oshirishda keng qo'llaniladi.
Falsafa metodlari. Falsafa metodlarining asoslari bevosita amaliy faoliyat bilan bog'liq. Turli konkret vazifalarni hal qilishning zaruriy shartlaridan biri universal xususiyatga ega bo'lgan umumiy falsafiy metodlarga murojaat qilishdir. Bu metodlar haqiqatni anglashda umumiy yo'lni ko'rsatadi. Mazkur metodlarga falsafaning qonun va kategoriyalari, kuzatish va tajriba, taqqoslash, analiz, sintez, induktsiya, deduktsiya va h.k.lar taalluqli. Agar maxsus metodlar ob'ektning qonuniyatlarini o'rganishning xususiy usullari sifatida namoyon bo'lsa, falsafiy metodlar shu ob'ektlarda namoyon bo'ladigan, alohida xususiyatlardagi harakat, taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlarini o'rganadi.
Falsafaning eng qadimgi keng tarqalgan metodlardan biri dialektika bo'lsa, ikkinchisi metafizikadir. Biroq falsafa metodlari bular bilan cheklanmaydi. Bugungi kunda uning sofistika, eklektika, analitik, (hozirgi zamon analitik falsafasi), intuitiv, fenomenologik, sinergetik, germenevtik (tushunish) va boshqa turlari ham mavjud.
Dialektika(yunon. dialektika — bahs, suhbat) tabiat, jamiyat va bilish taraqqiyoti qonuniyatlari hamda ularning asosida shakllanadigan umumiy tafakkur uslubi va amaliy faoliyat haqidagi ta'limotdir. U grek tilida bahs va suhbatlashish san'ati, degan ma'noni anglatadi. Antik dunyo faylasuflari uni haqiqatga erishish yo'li va usuli sifatida talqin etganlar. Hozirgi davrga kelib dialektika olamdagi narsa va hodisalar doimo o'zgarishda, o'zaro aloqadorlik va bog'liklikda, taraqqiyot va rivojlanishda, deb tushunishga asoslanadi. Unga ko'ra, olamda o'z o'rniga va joyiga, yashash vaqti va harakat yunalishiga ega bo'lgan barcha narsalar va voqealar bir-birlari bilan bog'liq va aloqador tarzda, bir-birlarini taqozo etadigan, doimiy va takrorlanib turadigan bog'lanishlar orqali namoyon buladi.
"Metafizika" (yunon.— fizikadan keyin) - dialektika kabi universal metoddir. Bu so'z ilmiy muomalaga er. av. I asrda Aristotelning shogirdi, uning she'rlari sharhovchisi Rodosskiy tomonidan kiritildi. Mutafakkir asarlarini bir tizimga solar ekan, u borliq va bilish haqidagi umumiy masalalarni fizikadan so'ng "birinchi falsafa"ning (mohiyat, sabab va boshqa) ikkinchi falsafadan farqli xususiy-ilmiy bilimlarni o'rganadigan qismi sifatida talqin qilgan. Ko'p hollarda, dialektikaga qarama-qarshi deb talqin etiladigan metafizika olamdagi narsa va hodisalarni o'rganishda ularning muayyan vaqt davomida nisbatan o'zgarmasdan, alohida turgan holatiga diqqatni ko'proq qaratadigan usuldir. Bu usul qo'llanganida olamning namoyon bo'lish shakllari hamda ular bilan bog'liq bo'lgan jarayonlarning alohida qismi yoki holatiga asosiy e'tibor beriladi. Voqea, hodisa va jarayonlarni doimiy o'zgarish holatida o'rganish nihoyatda kiyin bo'lganligidan, nafaqat faylasuflar, balki barcha fan mutaxassislari uning nisbatan tinch va o'zgarmay turgan holatini o'rganadilar, tadqiq etadilar.
Aslini olganda, olam garchand dialektik o'zgarish va harakatda bo'lsada, bu jarayon doim ham nihoyatda tez sodir bo'lavermaydi. Biz esa dunyodagi narsa, hodisa va odamlarga shunchalik metafizik tarzda o'rganib qolganmizki, go'yo kechadan bugunning farqi yo'qdek, kecha ko'rgan kishiga bugun duch kelganimizda unda hech qanday o'zgarishlar bo'lmaganday tuyuladi. Shu ma'noda, hayotda ko'p hollarda metafizik usulda fikr yuritamiz, nimalargadir ana shunday munosabatda bo'lamiz. Aclida esa, ular ham azaliy o'zgarishlar jarayoniga tushgan narsa va kishilar ekanligini juda kamdan-kam hollarda o'ylab ko'ramiz. Xuddi shunday, bizning umrimiz ham kechadan ertaga qarab oqib turadigan dialektik jarayondir. Biz ham ana shunday o'zgarib boramiz, ammo ko'p hollarda bunga unchalik ko'p e'tibor berilavermaydi. Shu tariqa maktabni tugatib qo'yganimizni, ulg'ayganimizni, bolalikning ortda qolganini go'yoki bilmay qolamiz...
Alohida ta'kidlash lozimki, metafizik usulning hayotda, ilmiy izlanishlar va falsafiy tadqiqotlarda ham o'z o'rni bor. Bizda haligacha metafizikaning tushunchalari, kategoriyalari, tamoyillari va ilmiy mohiyati izohlangan yoxud tadqiq etilgan asarlar, tadqiqotlar yo'k,. Qolaversa, uni dialektika bilan butunlay qarshi qilib qo'yish va bu farqni mutlaq ziddiyat darajasiga ko'tarish ham maqsadga muvofiq emas. Aynan ana shunday yondashuv sobiq ittifoqda dialektikani mutlaqlashtirishga, metafizikani esa quruq va o'lik ta'limot sifatida qarashga, uning imkoniyatlaridan foydalanilmasligiga sabab bo'ldi.
Sofistika — qarama-qarshi fikrlar asosida ixtiyoriy tanlangan foydali mulohaza bo'lib, uning yordamida har qanday narsa yoki fikrni isbotlay olish mumkin. Masalan, Aristotelning yozishicha, bir afinalik ayol o'g'liga, jamoa ishlariga aralashma, chunki agar to'g'ri gapirsang, seni odamlar; yolg'on so'zlasang — Xudolar yomon ko'radi, degan ekan. Sofizmga ko'ra afinalik ayolga shunday rad javobi berish mumkin: sen jamoa ishlarida ishtirok qilishing kerak, chunki to'g'ri so'zli bo'lasan va buning uchun seni Xudolar ham, odamlar ham yaxshi ko'radi. Sofistika mavjud bilimlar tizimidan ziddiyatlarni siqib chiqaradi, bu bilan eski va yangi bilimlarni murosaga keltiradi. Sofistika inson bilimi doirasida cheksiz relyativizmni ulug'laydi. Predmet haqida har narsa deyish mumkin. Qanday maqsad ko'zlanmasin, so'zlar ifodasida hech qanday chegara yo'q (masalan, asal — shirin; asal — achchiq; qo'rg'on — aylanasimon, qo'rg'on — to'rtburchak va h.k.) shunga ko'ra sofist — mohir usta, so'zamol donishmand ma'nolarini anglatadi. Sofistikaga faqat salbiy munosabatda bo'lish noo'rindir. U odatda yangi g'oya, nazariya va turmush sharoitining paydo bo'lishi bilan bog'liq. Sofistika bilish tizimidagi mantiqiy ziddiyatlarni aniqlash, eski bilim tizimini qayta qurishda zaruriy element sifatida namoyon bo'ladi. Sofizm muayyan, yaxlit xususiyatga ega, chunki hodisaga ta'sirchan bo'lib, eski narsa xavf ostiga olinadi. Shuning uchun har qanday sofizm o'ziga xosdir. Sofistika qadimgi Yevropa tafakkur uslubining asosi bo'lib xizmat qildi. Ammo sofistikani tanqid qilish orqali antik davr falsafasi dunyoning yangicha kontseptsiyasiga erishdi. Bu kontseptsiya fikr va borliq ayniyligiga asoslanadi. U Aristotel` falsafasida o'zining nihoyasiga yetdi va nasroniylikda mustahkamlandi. Shu ma'noda, sofistika insoniyat tafakkurining umumiy taraqqiyotida o'z o'rni va ahamiyatiga ega.
Eklektika. Eklektika hech qanday bilim faoliyati bilan bog'lanmagan, bir-biriga zid dalillarga asoslanadi va olamni buzib yolg'on aks ettiradi. U bilim tizimi rivojidagi yo'nalish, u hech qanday yagona nazariy asosga ega emas va ba'zida ob'ektni o'rganishning ziddiyatli jihatlarini xarakterlovchi bilim elementlaridir.
Metodologik usul sifatida eklektika birinchi marta qadimgi yunon falsafasida paydo bo'ldi va iqtiboslarga asoslangan o'rta acp sxolastik bahslarida, yangi davr XV-VIII asrlar falsafiy bahslarida keng foydalanildi. U hozirgi davrda ham reklama va tashviqotda, ommaviy kommunikatsiya tizimida qo'llanilib, inson psixikasidagi an'analar, ko'nikmalar, intilishlarni bo'rttiradi. Bunday usulning bema'niligini Suqrot va Aristoteldan boshlab, hozirgi davr mutafakkirlarigacha tanqid qiladilar. Ammo bu undan foydalanilmaslikni anglatmaydi. Eklektika olam, narsa va hodisalarning bir butunligini, umumiy asoslarini parchalab tashlash uslubiga tayanadi.
6. Hozirgi zamon metodologiyasi. Hozirgi zamon fanida sinergetika metodi keng qo'llanilmokda. Sinergetika so'zi yunoncha ("sinergena") bo'lib, kelishuv, hamkorlik, o'zaro ta'sir kabi ma'nolarni anglatadi. German Xakenning fikricha, sinergetika ko'p qismlardan iborat bo'lgan, o'zaro murakkab aloqadorlikdagi komponentlar tizimini o'rganadi. Xaken fikricha sinergetika hamkorliqdagi harakat bo'lib, butunning tizim sifatida aks etuvchi qismlarining kelishilgan faoliyati ma'nosida talqin qilinadi.Barcha ta'limotlar paydo bo'ladi, rivojlanadi va, nihoyat, eskiradi. Xaken sinergetikasi ham vorisiylikka asoslangan. Uning davomi bo'lgan I.Sherringtonning sinergetik uslubi, C.Ulamning sinergiyasi, I.Zabusskiyning sinergetik yo'nalishlari ana shular jumlasidandir. I.Sherrington sinergetik yoki integrativ tafakkurni muskullar harakatining boshqaruvida (orqa miya) asab tizimsidagi kelishilgan ta'sirni izohlash usulidir, deb tushunadi. S.Ulam esa, EHMning birinchi avlodi vakillaridan biri bo'lib, u sinergiyaning, ya'ni mashina va uning operatori orasidagi uzluksiz hamkorlikning foydaliligi, ahamiyatining hozirgi davrdagi ta'siriga e'tiborni qaratadi. I.Zabusskiy 60-yilning o'rtalarida liniyasizlik masalalarini hal qilishda analitik jihatdan cheklanganlik bir yoklamalikka yo'l ochganligini ta'kidlaydi. Liniyasiz matematika va fizika masalalarida sinergetika usulining tatbiq etilishini odatdagi matematika hisoblash mashinasining faoliyatini tahlil qilish bilan qiyoslaydi. Hozirgi davrda I. Prigojinning sinergetika to'g'risidagi fikrlari ham ko'pchilikning e'tiborini tortmokda. Yuqoridagi barcha holatlarda uzluksiz harakat haqida so'z boradi. Sinergetika orqali sodda tizimlardan murakkablarini yaratuvchi o'lik tabiatdagi o'z-o'zidan harakatning tamoyili shakllandi. Sinergetika bilan fizikada evolyutsion yo'nalish paydo bo'ldi va fan ijodkorlikdan yangilik yaratish tushunchasi tomon rivojlandi.
Sinergetika fanning makroskopik darajalariga tasodifiylikni kiritdi va bu bilan mexanika metodlarini makroskopik darajaga, ya'ni mikrodunyo masalalariga tatbiq qildi. Sinergetika nisbiylik nazariyasidagi energiya va narsaning o'zaro bir-biriga o'tishini tasdikdaydi va narsalarning paydo bo'lishini o'ziga xoc tarzda izoxlaydi. U biz yashayotgan makrotizimlar qanday paydo bo'lganligi masalasini hal etishga harakat qiladi. Sinergetika nazariyasida energiya kristall sifatida qotib koladi va kinetiklikdan potentsiallikka aylana boshlaydi, deb talqin qilinadi. Bunga ko'ra, narsa qotib qolgan energiyadir. Energiya faoliyatning ishlab chiqarish qobiliyatini xarakterlovchi tushuncha, lekin hozirda energiya nafaqat mexanik faoliyat, balki yangi strukturalarni yaratuvchisi sifatida ham o'rganilmoqtsa. Sinergetika tabiatdagi evolyutsiya nimaning hisobiga sodir bo'lishi mumkinligini asoslaydi. Barcha yangi strukturalar yaratilayotgan joyda energiyaning kuchli to'lqini va muhit bilan almashinuv zarur (evolyutsiya hayot kabi), metabolizmni talab qiladi. Agar osmon jismlari evolyutsiyasida biz ishlab chiqarishning natijasini kuzatsak, sinergetika tabiatni yaratish jarayonini o'rganadi. Sinergetika nisbiylik nazariyasining xulosalarini tasdiklaydi: energiya olamning yanada yuqoriroq darajalarini yaratadi. Xullas, sinergetika — olamning o'z-o'zini tashkil etishi, makon va vaqtda narsa va voqealarning azaliy ketma-ketligi, o'zaro aloqadorligi, ularning muayyan tizimlardan iborat sababiy bog'lanishlar asosida mavjudligini e'tirof etishga asoslangan ilmiy qarashlar majmuidir. Bu ta'limotni dialektika asosida shakllangan va uni to'ldiradigan ilmiy qarashlar majmuasi deydiganlar ham bor. Ularga qarshi o'laroq, dialektika endi kerak emas, uni sinergetika bilan almashtirish lozim, deb hisoblovchilar ham yo'q emas.Sinergetikada bifurkatsiya, fluktuatsiya, tartibsizlik, dissipatsiya, g'alati attraktorlar, chiziqsizlik singari tushunchalar mashhur. Ulardan tizimlar barcha turlarining, jumladan old organizmik, organizmik, ijtimoiy, etnik, ma'naviy va boshqa tizimlarning xulq-atvorini tushuntirish uchun foydalaniladi.
Bifurkatsiya ikkilanish nuqtalarining mavjudligini hamda rivojlanish davomining har xilligini nazarda tutadi. (Masalan bitta oila negizida yangi oila paydo bo'ladi va yangi oila o'zining rivojlanish tamoyillariga ega bo'ladi). Ularning faoliyati natijalarini oldindan bashorat qilish qiyin. I. Prigojinning fikriga ko'ra, bifurkatsiya jarayonlari tizimning murakkablashuvidan dalolat beradi. N. Moiseevning fikricha, «ijtimoiy tizimning har bir holati bifurkatsiya holatidir».
Fluktuatsiyalar umumiy holda ta'sirlantirishni anglatadi. Ularning ikki katta turkumi: tashqi muhit yaratadigan fluktuatsiyalar va tizimning o'zida vujudga keladigan fluktuatsiyalar farqlanadi. Ba'zan fluktuatsiyalar juda kuchayib, tizimni to'la egallab olishi va mohiyat e'tibori bilan uning mavjudlik tartibini o'zgartirib yuborishi mumkin. Ular tizimni unga xos bo'lgan «tartib turi»dan olib chiqadi, ammo xaosga olib chiqadimi yoki yo'qmi – bu masalaning boshqa tomoni.
Dissipativ tizim ta'sirlar tarqaladigan tizim hisoblanadi. Umuman olganda, bu fluktuatsiyalar to'la qamrab olgan tizim xulq-atvorining xususiyatidir. Har xil ta'sirlarga o'ta ta'sirchanlik va buning natijasida haddan tashqari nomuvoziylik – dissipativ tizimning asosiy xossasidir. Attraktorlar to'plamlarni o'ziga tortuvchi, elementlar intiladigan markazlarni hosil qiluvchi tuzilma. Masalan, bir yerga olomon to'planganida, o'z yo'nalishida harakatlanayotgan odam unga e'tibor bermasdan o'tib keta olmaydi. Uning traektoriyasi olomon tomonga buriladi. Kundalik hayotda bu qiziquvchanlik, deb ataladi. O'z-o'zini tashkil etish nazariyasida mazkur jarayon «to'planish nuqtasiga siljish» deb nomlanadi. Attraktorlar o'z atrofiga stoxastik elementlarni to'playdi, shu tariqa muhitni tuzilmalarga ajratadi va tartib o'rnatish ishtirokchisiga aylanadi.
Dunyoning postnoklassik manzarasida tartiblilik va tuzilmalarga ajratilganlik tartibsizlik va stoxastiklik singari voqelikning ob'ektiv, universal xususiyatlari e'tirof etilgan. Ular rivojlanishning barcha strukturaviy darajalarida namoyon bo'ladi. Nomuvoziy tizimlarning nomuntazam xulq-atvori muammosi sinergetikaning diqqat markazida turadi. Xullas, sinergetika – strukturogenezning eng umumiy qonuniyatlarini aniqlashni o'z predmetiga aylantirgan o'z-o'zini tashkil etish nazariyasidir.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar metodlari. Ijtimoiy-gumanitar fanlarda kuzatish natijalari ko'p jihatdan kuzatuvchining shaxsiga, uning hayotiy qarashlariga va boshqa sub'ektiv omillarga bog'liq bo'ladi. Mazkur fanlarda oddiy (faktlar va hodisalar chetdan turib qayd etiladi) kuzatish va ishtirokchilikka asoslangan ichdan turib(bunda tadqiqotchi ma'lum ijtimoiy muhitga qo'shiladi, unga moslashadi va hodisalarni «ichdan» tahlil qiladi) kuzatish farqlanadi. Psixologiyada kuzatishning o'z-o'zini kuzatish (introspektsiya) va empatiya (boshqa odamlarning ruhiy kechinmalariga kirib borish, ularning ichki dunyosi–sezgilari, fikrlari, xohish-istaklarini tushunishga intilish va h.k.) farqlanadi.
Etnometodologiya ichdan turib kuzatishning turlaridan biri bo'lib, u ijtimoiy hodisa va voqealarni tavsiflash hamda kuzatish natijalarini ularni tushunish g'oyalari bilan to'ldirishni nazarda tutadi. Mazkur yondashuv hozirda etnografiya, ijtimoiy antropologiya, sotsiologiya va kul`turologiyada tobora keng qo'llanilmoqda. Ijtimoiy eksperimentlar ular ijtimoiy tashkil etish va jamiyatni boshqarishni oqilonalashtirishning yangi shakllarini amalga tatbiq etishga ko'maklashmoqda. Ijtimoiy eksperiment ob'ekti odamlarning ma'lum guruhi eksperimentning bevosita ishtirokchilaridan biri bo'lib, ularning manfaatlari bilan hisoblashishga to'g'ri keladi, tadqiqotchi esa o'zi o'rganayotgan vaziyatga bevosita qo'shiladi. Ijtimoiy eksperimentlar tadqiqotchidan axloqiy va yuridik norma va tamoyillarga qat'iy rioya etishni talab qiladi. Bu yerda (tibbiyotda bo'lgani singari) «ziyon yetkazma!» tamoyili muhim ahamiyatga ega.
Insonning intim dunyosiga kirish quroli bo'lib xizmat qilish - ijtimoiy eksperimentlarning asosiy xususiyati. Shakllantiruvchi eksperimentda muayyan ruhiy faoliyat qanday shakllanishini aniqlash uchun tajriba o'tkazilayotgan shaxs turli eksperimental sharoitlarga qo'yiladi va unga ma'lum masalalarni hal qilish taklif etiladi. Bunda murakkab ruhiy jarayonlarni shakllantirish va ularning tuzilishini yanada chuqurroq tadqiq qilish mumkin. Mazkur yondashuv pedagogik psixologiyada qo'llaniladi. Ijtimoiy-gumanitar fanlarda falsafiy va umumilmiy vositalar, metod va amallardan tashqari, mazkur fanlarning predmeti bilan bog'liq maxsus vositalar, metod va amallardan ham foydalaniladi. Ularning jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ideografik metod–alohida tarixiy faktlar va hodisalarning o'ziga xos xususiyatlarini tavsiflash. Dialog «savol-javob metodi» ikki va undan ortiq kishilr orasidagi muloqot.
Hujjatlarni tahlil qilish–son va sifat jihatidan tahlil qilish (kontent-analiz). So'rovlar o'tkazish– maxsus tayyorlangan savollar yordamida u yoki bu masalaga oid ijtimoiy fikrni aniqlash. «Yuzma-yuz» so'rov (interv`yu) yoki sirtdan (so'rovnoma yordamida, pochta, telefon orqali va sh.k.) so'rov o'tkazish, ommaviy va maxsus so'rovlar farqlanadi. Maxsus so'rovlarda professional ekspertlar axborot olishning bosh manbai hisoblanadi. Proektiv metodlar (psixologiyaga xos)–insonning produktiv faoliyati natijalariga qarab, uning shaxsiy xususiyatlarini bilvosita o'rganish usuli.
Testlash (psixologiya va pedagogikada)–standartlashtirilgan topshiriqlar bo'lib, ularni bajarish natijalari ayrim shaxsiy xususiyatlar (bilim, ko'nikma, xotira, zehn va sh.k.)ni o'lchash imkonini beradi. Testlarning ikki asosiy guruhi farqlanadi–intellekt testlari (mashhur Q koeffitsienti) va erishilgan (kasbda, sportda va h.k.) natijalar testlari. Testlar bilan ishlashda axloqiy jihat muhim ahamiyat kasb etadi. Zotan, layoqatsiz yoki g'irrom tadqiqotchining qo'lida testlar jiddiy zarar keltirishi mumkin.
Biografik va avtobiografik metodlar yordamida u yoki bu kishining hayot yo'li o'rganiladi.
Sotsiometriya metodi–ijtimoiy hodisalarni o'rganishda matematika vositalaridan foydalanishdir. Undan ko'pincha «kichik guruhlar»ni va ulardagi shaxslararo munosabatlarni o'rganishda foydalaniladi. O'yin metodlari – boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda qo'llaniladi. Imitatsion o'yinlar (ishbilarmonlik o'yinlari) va ochiq o'yinlar (ayniqsa, nostandart) vaziyatlarni tahlil qilishda farqlanadi. O'yin metodlari orasida psixodrama va sotsiodrama alohida o'rin tutadi. Ularda ishtirokchilar muayyan individual va gruppaviy vaziyatlarni ko'rib chiqadilar. Hozirgi zamon metodologiyasi. «Kumatoid», «case studies», «abduktsiya» tushunchalari an'anaviy metodologik tushunchalar ruhida tarbiyalangan odamga erish tuyulishi mumkin. Ammo, aynan ular metodologiyaning hozirgi rivojlanish bosqichining o'ziga xos xususiyati ilmiy muomalaga mutlaqo yangi tushunchalarni kiritish bilan bog'liq ekanligini ko'rsatadi. Mazkur tushunchalarning aksariyati muayyan (xususiy) fanlar sohasi bilan bog'liq. Bunday tushunchalar qatoriga hozirda ancha mashhur bo'lgan bifurkatsiya, «fluktuatsiya», «dissipatsiya», «attraktor» tushunchalarini, shuningdek, «kumatoid» (yunoncha–to'lqin) degan innovatsion tushunchani kiritish mumkin.
Kumatoid – suzayotgan ob'ektni anglatadi va ob'ektlarning tizimli xususiyatini aks ettiradi. U vujudga kelishi, hosil bo'lishi, shuningdek yo'qolishi, parchalanishi mumkin. U o'zining barcha elementlarini birvarakay emas, balki o'ziga xos «hissiy-o'ta hissiy» tarzda namoyon etadi. Masalan, tizimli ob'ekt–o'zbek xalqini ma'lum vaqt, makon bo'lagida ifoda ipii a mahalliylashtirish mumkin emas. Boshqacha qilib aytganda, ob'ektni yaxlit ifoda etish uchun o'zbek xalqining barcha vakillarini yig'ish mumkin emas. Shu bilan birga, mazkur ob'ekt soxta emas, realdir. Uni kuzatish, o'rganish mumkin. U butun sivilizatsion-tarixiy jarayonning yo'nalishini ko'p jihatdan belgilab beradi. Yana bir misol–talabalar guruhi. U dam paydo bo'ladigan, dam ko'zdan yo'qoladigan suzuvchi ob'ekt sifatida o'zaro aloqalarning deyarli barcha tizimlarida namoyon bo'ladi. Masalan, o'quv mashg'ulotlari tugaganidan keyin guruh yaxlit ob'ekt sifatida mavjud bo'lmaydi, ammo institutsiyaviy belgilangan ma'lum vaziyatlar (guruh raqami, talabalar soni, guruh tuzilishi, umumiy xususiyatlari)da u ob'ekt sifatida namoyon bo'ladi va o'z-o'zini identifikatsiya qiladi. Bundan tashqari, mazkur kumatoid guruh a'zolari o'rtasidagi do'stlik, raqobat va boshqa munosabatlar bilan ham qo'llab-quvvatlanadi.
Kumatoidning o'ziga xos xususiyati shundaki, u vaqt va makonda mahalliylashishga befarq bo'libgina qolmay, substrat–o'zini tashkil etuvchi materialga ham qattiq bog'lanmagan. U tizimli xususiyatlarga ega emas. Binobarin, mazkur xususiyatlar uning tarkibiy qismlariga mavjud yoki mavjud emasligiga, ayniqsa, ularning rivojlanish yo'nalishi yoxud xulq-atvor tarziga bog'liq. Kumatoidni moddiy tarzda mustahkamlangan ma'lum bir xususiyat yoki bunday xususiyatlar to'plami bilan aniq identifikatsiya qilish mumkin emas. Butun ijtimoiy hayot suzuvchi ob'ektlar–kumatoidlar bilan to'lib-toshgan. “Case studies”, ya'ni vaziyatli tadqiqotlar o'tkazish hozirgi zamon metodologiyasidagi muhim yangilikdir. Mazkur tadqiqotlarni o'tkazishda fanlararo tadqiqotlar o'tkazish metodologiyasiga tayaniladi, ammo individual sub'ektlarni, mahalliy gruppaviy dunyoqarashlar va vaziyatlarni o'rganish nazarda tutiladi. «Case studies» atamasi pretsedentning, ya'ni kuzatish ostida bo'lgan va tushuntirishning mavjud qonunlari doirasiga sig'maydigan individuallashtirilgan ob'ektning mavjudligini aks ettiradi.
Vaziyatli tadqiqot metodologiyasi neokantiantlar Baden maktabining idiografik metodi bilan bog'liq. Vaziyatli tadqiqotlarning ikki ipii: matnli va maydondagi tadqiqotlar farqlanadi. Ularning ikkalasida ham mahalliy determinatsiya birinchi darajali ahamiyatga ega. Mahalliy determinatsiya «ichki ijtimoiylik» tushunchasi bilan muayyanlashadi va ayni guruh yoki vaziyatga xos bo'lgan faoliyat, muloqot shakllari ta'sirida shakllanadigan bilimning noaniq shartlarining tutash tizimi deb, alohida so'zlar va harakatlarning ma'no-mazmunini belgilaydigan ijtimoiy-madaniy kontekst deb tushuniladi. Vaziyatli tadqiqotlarning ustunligi shundaki, ularda bilim tizimining mazmuni shartlarning pirovard to'plami, hayotiy vaziyatlarning muayyan va alohida shakllari nuqtai nazaridan ochib beriladi. Hozirgi zamon metodologiyasi o'z an'anaviy metodlarining universalligi cheklanganligini tushunadi. Masalan, gipotetik-deduktiv metod ishni tayyor gipotezalardan boshlab, «dalillarni eng yaxshi tushuntirish» bosqichidan sakrab o'tganligi uchun tanqid qilinadi. Abduktsiya fikr yuritish orqali empirik faktlardan ularni tushuntiruvchi gipotezaga yuksalishni nazarda tutadi. Bunday fikr yuritish turmushda va amaliyotda ko'p uchraydi. Har bir inson tushuntirish yo'llarini izlashda beixtiyor abduktsiyaga murojaat etadi. Masalan, vrach kasallik alomatlariga qarab, uning sababini, detektiv esa jinoyat izlariga qarab jinoyatchini qidiradi. Xuddi shuningdek, olim ham sodir bo'layotgan hodisani tushuntirishda abduktsiya metodidan foydalanadi. Mazkur atama induktsiya va deduktsiya singari mashhur, keng e'tirof etilgan bo'lmasa ham, u yangi hamda samarali metodologik strategiyani ishlab chiqishda muhim rol o'ynaydi.
Evristika. Evristika yunoncha heurisko–topaman, kashf etaman, degan so'zdan kelib chiqqan. «Evristika» atamasining qo'llanilishi qadimgi yunon olimi aleksandriyalik Papp (miloddan avvalgi III asr) nomi bilan bog'lanadi. Bu nuqtai nazardan evristika matematika masalalarini yechishni o'rganishni istaganlarga mo'ljallangan qoidalarning maxsus to'plami sifatida namoyon bo'ladi. «Mahorat sirlari» hamisha qat'iy sir tutilgan va tavsiflanmagan. Evristikani kashfiyotlar to'g'risidagi fan sifatida tavsiflash barcha zamonlarda ham juda murakkab vazifa hisoblangan. G. Leybnitsning «Kashfiyot san'ati» g'oyasi amalga oshmadi. B. Spinoza to'g'ri metod oqilona tanlashni ta'minlashi, noma'lumni bilish qoidalariga ega bo'lishi, foydasiz imkoniyatlarni chetlatish tartibini belgilashi lozimligini qayd etgan bo'lsa-da, buni asoslovchi nazariyani yaratmadi. Muayyan ilmiy bilimdagi barcha ikkilamchi, noaniq metodologik qoidalar evristika sohasini to'ldiradi. Shuning uchun ham evristika ba'zan qayg'urish, ilhomlanish, insayt bilan bog'lanadi. Metodologik tafakkurning izchil tizimida evristikaga ko'pincha yetarli darajada anglab bo'lmaydigan, ammo izlash va topish salohiyati katta bo'lgan soha deb qaraladi. Formal mantiqiy metodlar evristik metodlarga qarama-qarshi qo'yiladi. Barcha mumkin bo'lgan hollarda evristikadan bilim mazmunini kengaytirish, ilgari ma'lum bo'lmagan yangilikni yaratish kutiladi. Ko'pincha «evristika» tushunchasini tafakkurga bog'lab, «evristik tafakkur» tarzida qo'llaniladi. Aytish mumkinki, bunday hollarning barchasida tafakkurning yaratuvchi funktsiyasi to'g'risida so'z yuritiladi. G'arb falsafasida evristik tafakkurni tushuntirishga harakat qiluvchi nazariyalarning uch turkumi farqlanadi: «tinch oqar suv» yoki o'rtacha hisobga keltirilgan mehnat nazariyasi; blitskrig yoki insayt nazariyasi; yaxshi qopqon yoki oqilona metodologik qoida nazariyasi. Evristika metodologiyaning bo'limi sifatida hali rasman e'tirof etilgani yo'q. Ammo, o'z-o'zidan ayonki, ilmiy bilimning har bir sohasida u eng tez, samarali va o'ziga xos yechim topishning strategiyasi hisoblanadi, evristik usul va qoidalar noan'anaviy yo'llarni izlash, ulardan foydalanishga turtki beradi. Evristika fanlararo xususiyatga egaligi mazkur sohaning o'ziga xos belgisidir. Ammo evristik xususiyat fan ichidagi bilimda ham mavjud.
Evristik sezgi ilmiy izlanishning deyarli har bir qadamiga hamroh bo'ladi. Reduktsiya, metodlarini o'zlashtirish, gumanitar va texnika fanlarining usullarini birlashtirish, muayyan ilmiy ishlovlarni amalga tatbiq etishni tanlash, hal qiluvchi eksperimentning o'zi ma'lum darajada evristik farazlarga asoslanadi. Evristika ilmiy va noilmiy bilim, oqilonalik va nooqilonalik o'rtasida bog'lovchi bo'g'in bo'lib xizmat qiladi. U xulq-atvor taktikasini tanlashga va rivojlanish jarayonida to'g'ri yo'l topishga ko'maklashadi. Ilmiy tavakkalchilik mezoni sifatida evristika ilmiy bilimni rivojlantirishning tarkibiy qismi sifatida hamisha olqishlangan, dunyoning postnoklassik manzarasida esa nazariyaning evristik xususiyati bilim berish jarayonini o'zgartirish, uni ijodiy, muammoli, o'yin tarzida o'tkazish imkonini beradigan ilmiy bilim mezoni darajasiga ko'tarildi. Evristika sirlariga yaqinlashishga bo'lgan eng so'nggi urinishlardan A.F.Osbornning “miyaga hujumi”ni qayd etish mumkin. Unda kashfiyotchilikning o'rindoshlik, o'tkazish, birlashtirish va ajratish bilan bog'liq an'anaviy usullari bilan bir qatorda, xayolni rag'batlantiruvchi usullar: tig'iz muddatlar tizimi, muammoni tanqidsiz vaziyatda erkin muhokama qilish, tortishuvlik muhitini yaratish, shuningdek hazil taxminlar qilish qayd etiladi. Ammo, evristika yo'nalishining vakili D. Poyya ilgari surgan ijodning (yoki muammolarni samarali hal qilishning) muqarrar tarzda amal qiladigan qoidalarini ishlab chiqish amalga oshirib bo'lmaydigan vazifa, degan g'oyasi yanada an'anaviyroq hisoblanadi. Darhaqiqat, evristika o'ziga xos metodologiya, ya'ni ijodiy faoliyat metodlarining majmui sifatida ma'lum talablar qo'yadi:
– u oddiy tanlash usullariga emas, balki muammoni hal qilish vaqtini qisqartirish imkonini beradigan usullarga tayanadi;
– qo'llaniluvchi usullar an'anaviy qabul qilingan va eskirgan usullardan jiddiy farq qilishi mumkin;
– usullardan foydalanishga tadqiqot ko'rsatkichlariga qo'yiladigan tashqi cheklashlar qarshilik ko'rsatadi;
– izlanish modellari jiddiy darajada individuallashtirilgan bo'lib, bilish sub'ektining ruhiy faoliyati bilan chambarchas bog'liq.
Xulosalar. Shunday qilib, metodologiya muayyan bir, hatto, «eng muhim metod»ga ham bog'liq bo'lmaydi. «Olim hech qachon faqat bitta ta'limotga tayanib qolmasligi, hech qachon o'z tafakkur metodlarini faqat bitta falsafa bilan cheklab qo'ymasligi kerak». Metodologiya alohida metodlarning oddiy yig'indisi, ularning «mexanik birligi» ham emas. Metodologiya – turli darajadagi usul va tamoyillarning faoliyat sohalari, yo'nalishlari, evristik imkoniyatlar, mazmunlar, tuzilmalar va hokazolarning murakkab, yaxlit hamda muvofiqlashtirilgan tizimi. Ilmiy bilishda turli darajalarda, faoliyat sohalarida va yo'nalishlarda turli-tuman metodlarning murakkab, dinamik va muvofiqlashtirilgan tizimi faoliyat ko'rsatadi. Mazkur metodlar har doim tadqiqotning muayyan shartlari va predmetidan kelib chiqib amalga oshiriladi.



Yüklə 137,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə