Falsafa fanidan maruza matni


O'zini- o'zi nazorat qilishi va muxokama qilish uchun savollar



Yüklə 137,23 Kb.
səhifə2/2
tarix01.10.2023
ölçüsü137,23 Kb.
#125224
1   2
5 мавзу

O'zini- o'zi nazorat qilishi va muxokama qilish uchun savollar
1.Bilishning mohiyati nimada?
2.Gnoseologiyaning asosiy muammosi qaysilar?
3.Gnoseologiyaning epistemologiyadan farqi nimada?
4.Bilishning mohiyati nimadan iborat?
5.Falsafiy bilimning boshqa bilim turlaridan farqi nimada?
6.Ilmiy bilishning o'ziga xos xususiyatlarini ayting.
7.Bilishning mohiyati nimada?
8.Bilish jarayonida qarama-qarshilik mavjudmi?
9.Bilishda sub'ektning o'ziga xos xususiyatlarini ko'rsating.
10.Bilishda ob'ekt qanday o'ziga xos xususiyatlarga ega?
11. Bilishning qanday darajalarini bilasiz?
12. Haqiqat nima?
13.Falsafada haqiqatning qanday kontseptsiyalari mavjud?
14. Mutlaq va nisbiy haqiqatning o'zaro nisbati.
15. Bilish jarayonida amaliyot qanday rol o'ynaydi?
16. Amaliyotning qanday shakllari bor?
17. Sinergetik qanday ilmiy bilishdagi roli qanday?
18. Sinergetikaning qanday metodalari bor?


Mustaqil ish topshiriqlari:
“Bilish nazariyasi” mavzusini “Tushunchalar tahlili” metodi asosida loyihalashtiring:

Tushunchalar Tushunchalar mohiyati


Gnoseologiya
Ratsionalizm
Pertseptsiya
Appertseptsiya
Noilmiy bilish
Sub'ekt
Ob'ekt
Sezgi
Idrok
Tasavvurlar
Kuzatish
Ilmiy dalil
TEST
1. Bilish bu . . .
A. olamning inson ongida in'ikos etish jarayoni
B. ijtimoiy-tarixiy amaliyotda tekshirilgan va mantiqan tasdiqlangan,voqeliknig bilish jarayonida erishilgan natijasidir
V. biron narsa va hodisa haqida o'ylamoqlik
G. sezgilarimiz orqali tabiatga bo'lgan ta'sirdir.
2.Gnoseologiya – falsafaning
A. borliq haqidagi nazariyasi
B. qadriyatlar haqidagi ta'limoti
V. jamiyat to'g'risidagi ta'limot
G. bilish haqidagi bo'limi.
3. Hissiy bilish –
A. inson bilishining eng yuqori bosqichi bo'lib unda narsa va hodislarning mohiyati bilinadi
B. inson bilishining dastlabki bosqichi bo'lib, insonni tashqi olam bilan bog'lab turuvchi birinchi
vositadir
V. amaliyotning, tarixiy taraqqiyotning mahsulidir
G. tushuncha, muhokama va aqliy xulosalardir.
4. Sezgi . . .
A. borliqdagi predmet va hodisalarning ayrim tomoni, ya'ni uning tashqi belgilari xususiyatlarini
aks ettiradi
B. borliqdagi predmet va hodisalarning umumiy tomonlarini aks ettiradi.
V. predmet va hodisalarning bir butun yaxlit hissiy obrazidir
G. predmet va hodisalarni bilvosita in'ikos ettiradi.
5. Mantiqiy (aqliy) bilishning shakllari . . .
A. tushuncha, mulohaza va xulosa chiqarish
B. tushuncha, tasavvur va idrok
V. tasavvur, mulohaza va xulosa chiqarish
G. idrok, tushuncha va mulohaza
6. Aqliy bilishning dastlabki shakli . . .
A. mulohaza
B. xulosa chiqarish
V. sezgi
G. Tushuncha
7. Borliqdagi predmet va hodisalar haqidagi to'liq, aniq mukammal bilimlar qanday haqiqat?
A. Mutlaq haqiqat
B. Nisbiy haqiqat
V. Abadiy haqiqat
G. Sarob haqiqat
8. Odamlarning tarixan shakllangan ehtiyojlarini qondirish uchun u yoki bu ob'ektni o'zgartirish
maqsadiga ta'sir ko'rsatish faoliyati, bu - ...
A. Amaliyot
B. Bilim
V. Tajriba
G. Gipoteza
9. Sinergetika . . .
A. o'z-o'zini boshqarish, nochiziqli hodisalarni o'rganish, o'z-o'zidan tashkil bo'lish nazariyasi
B. narsa va hodisalar o'rtasida muayyan aloqa va bog'nishlarni aniqlab beradigan usuldir
V. qo'shilish va birikish ma'nosida kelib, falsafa va turli fanlarda narsa vahodislarni yaxlit, butun
holda olib ularning (amaliyotda yoki bilishda) tarkibiy qismlarini o'zaro bir-biri bilan bog'lab
tekshirish metodidir
G.biron bir hodisaning qismlarga bo'linmasligini, rivojlanmaganligini ifodolovchi tushuncha
10. Eklektik tafakkur usulida . ..
A. Falsafadagi amaliyot va fanning yangi ma'lumotlari e'tiborga olinmaydi, barcha qoidalar o'zgarmas deb hisoblanadi
B. inson o'z bilish jarayonida ba'zan bilishning biron bir tomoni yoki biron holatini noo'rin mutlaqlashtiriladi
V. turli hatto bir-biriga zid qarashlar, g'oya va nazariyalar mexanik ravishda qo'shib yuboriladi yoki ular bir falsafiy ta'limot sifatida birlashtiriladi
G. ijtimoiy taraqqiyotning tarixiy ehtiyojalarini, eski shakllarning yangi rivojlangan mazmuniga muvofiq kelmasligini hisobga olishga yordam beradi
Yüklə 137,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə