Tilshunoslik tarixida ikki qarama-qarshi fikrlar. Muloqot haqida tushuncha



Yüklə 163,5 Kb.
səhifə7/9
tarix29.11.2023
ölçüsü163,5 Kb.
#141099
1   2   3   4   5   6   7   8   9
TIL. kognitiv

majmuiy kinetik nutq bo‘lgan. Nutqning bu shakli ibtidoiy obrazli tafakkur bilan bog‘langan bo‘lib, taxminan yarim million yil avval mavjud bo‘lgan. Majmuiy kinetik nutq deb, tana harakatlari yordamida ma’lumot etkazishning sodda tizimiga aytiladi.
Nutq rivojlanishining keyingi bosqichida nutq harakatlarining asta-sekin mehnat faoliyatidan ajralib, nutq vositalari sifatida ixtisoslashi, ya’ni, ularning jestlarga aylanishi bilan bog‘liq. Harakatlarning nutqiy va mehnat harakatlariga bo‘linishiga odamlar mehnat faoliyatining murakkablashishi sabab bo‘ldi. Natijada maxsus qo‘l bola til va qo‘l (kinetik) nutqi paydo bo‘ldi. Shunday qilib, odam qo‘li mehnat va muloqotning asosiy vositasi bo‘lib qoldi.
Tovushli nutqqa o‘tish, taxminan, 100 ming yillar avval boshlangan bo‘lishi mumkin. Bu ishlab chiqarishning rivojlanishi va mehnatning birlamchi bo‘linishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Qo‘l nutqi bajara olmaydigan jism va hodisalar alohida tushunchalar tizimida aniqroq belgilanadigan, nutqqa bo‘lgan talab paydo bo‘ldi.
Muloqot jarayonida qo‘l imo-ishoralari ma’lum mujmal tovushli ovoz bilan birga ijro qilingan. Asta-sekin nutq tovushlari rivojlanib, sayqallanib bordi. Vaqt o‘tishi bilan ular kinetik nutq bajargan vazifalarni o‘z zimmalariga oldilar, bundan tashqari, odam nutqi taraqqiyotini ta’minlab berdilar. Shunday qilib, nutq va til yangi sifat darajasi – tovushli aniq nutq darajasiga ko‘tarildilar.
Dastlab tovushli nutq takomillashmagan edi. So‘zlar, birlamchi, qo‘l imo-ishoralari kabi juda umumiy, noaniq ma’noga ega edi. Bir xil so‘z mazmuni turlicha bo‘lgan jismlarni belgilashda qo‘llanilishi mumkin edi (ibtidoiy polisemantizm). Ilk so‘zlar yaxlit iboralar bilan ifodalangan, deb taxmin qilish mumkin, dastlabki nutq shakllari juda oddiy bo‘lgan. Ularda yashirin ma’no, jumlalar bo‘lmagan. Nutq aniq maqsadlarda, qandaydir ma’lumotni etkazishdagina ishlatilgan. So‘ngra mehnat ta’sirida so‘z ma’nolari rivojlana borgan, va bu asta-sekin murakkab morfologiya va sintaksisga ega bo‘lgan tilning shakllanishiga olib keldi.
Nutq rivojlanishining keyingi bosqichi yozuvning yaratilishidir. Yozuvli nutq og‘zaki nutq kabi o‘z taraqqiyotida bir necha bosqichlardan o‘tdi. Dastlab yozuv belgilari paydo bo‘ldi, keyinroq esa, tovushli nutq paydo bo‘lishi bilan yozuv belgilari tovushlar ma’nosini aks ettira boshladi, bu esa harf-fonetik turdagi zamonaviy yozuvning yuzaga kelishiga olib keldi
Irsiy jihatdan nutq tafakkur bilan birga ijtimoiy-mehnat amaliyotida paydo bo‘ldi va u bilan insoniyat ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot jarayonida rivojlandi. Nutq yaxlitligicha ong tomonidan boshqariladi. Ongning asosiy vazifasi – turmushni anglash, aks ettirish, til va nutq buni maxsus holatda bajaradilar: ular turmushni, belgilagan holda aks ettiradilar.
Til va nutq o‘zaro farqlanadilar. Til – muloqot vositalarining qat’iy me’yoriy tizimi, nutq esa – muloqot jarayonida fikr va hissiyotlarni etkazish uchun qo‘llanma. Til uni qo‘llaydigan odamlar uchun bir xildir, nutq individual tarzda o‘ziga xos bo‘ladi. Nutqda alohida olingan odam yoki odamlar jamoasining psixologiyasi ifodalanadi, til esa o‘zida halq psixologiyasini ifodalaydi.
s

hu bilan birga, nuq va tilning o‘zaro aloqasi shubhasizdir, chunki ma’lum tilsiz nutq bo‘lmagani kabi, nutqda qo‘llanmaydigan til ham bo‘lmaydi.







Demak, nutq – bu verbal kommunikatsiya, ya’ni, til vositasidagi muloqot jarayonidir. Inson nutqi xilma-xil shakllarga ega. Lekin nutqning qanday shaklidan foydalanmaylik, u nutqning ikki asosiy:
Yüklə 163,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə