|
![](/i/favi32.png) Tir convention Uzbekistano‘tilgan shaxsning (shaxslarning) to‘lov majburiyati tufayli yuqorida ko‘rsatilganTIR Convention Uzbekistano‘tilgan shaxsning (shaxslarning) to‘lov majburiyati tufayli yuqorida ko‘rsatilgan
ikki yillik muddat mobaynida ma’muriy yoki sud orqali ko‘rib chiqish predmeti
bo‘lgan XYT operatsiyalari holatida, to‘lov to‘g‘risidagi har qanday talabnoma
vakolatli organlar yoki sudlarning qarori kuchga kirgan kundan boshlab bir yil
mobaynida amalga oshiriladi
.
(ECE/TRANS/17/Amend.30, 2012 yil 13 sentabrda kuchga kirgan)
11-moddaning 3-bandiga tushuntirish xati
0.11-3-1
Agar qonunchilikda manfaatlarni himoya qilishning vakolatli organlar
javobgar bo‘lgan boshqa vositalari nazarda tutilsa, yuk yoki transport
vositasini o‘tkazib yuborish masalasini hal etishda ularga kafolat
birlashmasi XYT kitobchasi saqlovchisidan undirilishi kerak bo‘lgan
kechikishlar uchun bojlar, yig‘imlar va soliqlarni to‘lanishiga javobgar
ekanligiga qaramaslik tavsiya etiladi.
(ECE/TRANS/17/Amend.30, 2012 yil 13 sentabrda kuchga kirgan)
0.11–3–2
Vakolatli organlar kafolat birlashmasining to‘lov majburiyati tufayli
ma’muriy yoki sud muhokamasi qo‘zg‘atilganligi borasida xabardor
qilishi mumkin. Har qanday holatda ham vakolatli organlar kafolat
birlashmasini ikki yillik muddat o‘tmasdan, cheklangan ushbu muddat
tugagunga qadar yakunlanishi mumkin bo‘lgan shu kabi muhokamalar
borasida xabardor qiladi. (ECE/TRANS/17/Amend.30, 2012 yil 13
sentabrda kuchga kirgan)
11-moddaning 3-bandiga sharh
Bojlar va soliqlarni to‘lash talabnomasi
To‘lov talabnomasiga
tegishli hujjatlarning nusxalari biriktirilishi
kerak. Yukning bir qismiga nisbatan qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan
holatda, vakolatli organlar 8-moddaning 1 va 2-bandlarida eslatib
o‘tilgan undiriladigan boj va yig‘imlarni to‘lash to‘g‘risidagi
talabnomani tegishli tarzda mutanosib ravishda to‘g‘rilab chiqishlari
lozim. Qayta ko‘rib chiqish huquqiga taalluqli bo‘lgan har qanday milliy
qoidalarga zarar yetkazmasdan, kafolat birlashmasi XYT operatsiyasini
to‘xtatish bo‘yicha muqobil dalilni olgan holatda, mazkur birlashma ushbu
dalilni XYT operatsiyasi yakunlanmaganligi to‘g‘risida xabardor qilgan
vakolatli organlarga taqdim etishi kerak.
(ECE/TRANS/WP.30/AC.2/2010/3/Rev.1, 2-ilova)
Dostları ilə paylaş: |
|
|