Tir convention Uzbekistan


partiyasini bir-biridan 0.18-2 tushuntirish xatining 1-bandida



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/163
tarix13.06.2023
ölçüsü3,25 Mb.
#116982
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   163
TIR Convention Uzbekistan

partiyasini bir-biridan 0.18-2 tushuntirish xatining 1-bandida 
nazarda tutilgan holatdagidek ajratish lozim.
(TRANS/WP.30/208, 28-band va ilova; TRANS/WP.30/AC.2/71, 71-
band va 3-ilova)
0.18-2 tushuntirish xatiga sharh
Tovarlarni tushirish
Xususan, 0.18-2 tushuntirish xatida eslab o‘tilgan "tushirish" atamasi, 
transport vositasi yoki konteynerdan yuklarni jismonan chiqarib olishni 
anglatishi shart emas, masalan XYT tashish yakunlangandan keyin 
transport operatsiyasi davom etayotganda. Biroq, agar XYT tashish 
yuklarning bir qismi uchun yakunlanib, qolgan qismi uchun davom 
etayotganda, yuklarning birinchi qismi plombalangan yuk bo‘linmasi 
yoki konteynerdan chiqarib olishini kerak, yoxud 
og‘ir vaznli yoki 
katta hajmli yuklar tashilgan holatda, XYT tashish davom etayotgan 
boshqa yuklardan ajratib olinishi lozim.
(TRANS/WP.30/AC.2/59, 46-band va 5-ilova; TRANS/WP.30/192, 26-
band)
19-modda
Yuklar va yo‘l transport vositalari, transport vositalari tarkibi yoki 
konteynerlar jo‘natish joyining bojxonasida XYT kitobchasi bilan birgalikda 
taqdim etilishi kerak. Jo‘natuvchi mamlakatning bojxona xodimlari yuk 
manifestining aniqligiga ishonch hosil qilish uchun va bojxona muhrlari va 
plombalarini qo‘yish uchun, yoki tegishli ravishda vakolatlangan shaxslar 
tomonidan eslatib o‘tilgan bojxona organlarining javobgarligi ostida qo‘yilgan 
bojxona muhrlari va plombalarini nazorat qilish uchun zarur choralarni 
qo‘llashlari kerak.


19-moddaga tushuntirish xati 
0.19 
Jo‘natish joyi bojxonasining yuk manifesti aniq ekanligiga ishonch hosil 
qilish majburiyati yuk manifestidagi ma’lumotlarni eksport hujjatlaridagi 
va transport yoki mazkur yukga taalluqli bo‘lgan boshqa hujjatlardagi 
ma’lumotlarga hech bo‘lmaganda muvofiq kelishini tekshirish zaruratini 
nazarda tutadi; zarurat bo‘lganda jo‘natish joyining bojxonasi yukni 
tekshiruvdan o‘tkazishi ham mumkin. Jo‘natish joyining bojxonasi 
muhrlar va plombalarni qo‘yishdan oldin yo‘l transport vositasi yoki 
konteynerning holatini tekshirishi, brezent bilan qoplangan transport 
vositalari yoki konteynerlarga nisbatan esa, brezent va uning 
mahkamlanadigan qismlarining holatini tekshirishi lozim, chunki bu 
haqdagi ma’lumotlar ruxsat berish to‘g‘risidagi guvohnomaga 
kiritilmagan. 
(ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan) 
19-moddaga sharhlar
Jo‘natish bojxonasida nazoratdan o‘tkazish
XYT tizimi me’yorda ishlashi uchun jo‘natish bojxonasida yuklarning 
bojxona rasmiylashtiruvi barcha zarur bojxona rasmiyatchiliklarini 
bajarib amalga oshirilishi juda muhim. Xususan, quyidagilarga to‘sqinlik 
qilish zarur:
- yuklarni transport operatsiyasi chog‘ida almashtirib qo‘yish uchun 
noto‘g‘ri deklaratsiya qilish (ya’ni, sigaretalar ortiladi, lekin 
gulqog‘ozlar deklaratsiya qilinadi, transport operatsiyasi chog‘ida 
sigaretalar tushiriladi, gulqog‘ozlar ortiladi); va 
- XYT kitobchasining manifestiga kiritilmagan yuklar tashilishi 
(sigaretalar, alkogol, narkotiklar, qurollar).
(TRANS/GE.30/AC.2/12, 
31-band; 
TRANS/GE.30/GRCC/11,19-21-
bandlar)
Jo‘natish 
bojxonasida 
XYT 
kitobchasini 
rasmiylashtirishni 
qalbakilashtirish
Jo‘natish joyining bojxonasida qat’iy nazoratdan qochish maqsadida 
qoidabuzarlar qalbaki bojxona muhrlari va plombalaridan foydalanib
jo‘natish joyining bojxonasida asl XYT kitobchasini rasmiylashtirishni 
qalbakilashtirishga urinishlari mumkin. Bunday noqonuniy harakatlar 
juda xatarli, chunki, XYT Konvensiyasining qoidalariga muvofiq, tranzit 
mamlakatlari va belgilangan mamlakatlarning bojxona organlari odatda 
jo‘natish joyidagi bojxonaning tekshiruvlariga ishonadi. Shuning uchun 
jo‘natuvchi mamlakatda joylashgan chiqib ketish bojxonasi (bojxonalari) 
bunday firibgarlik harakatlarini fosh etishda muhim rol o‘ynaydi va 
bojxona muhrlari va plombalarining haqiqiyligini tekshirishi kerak, 
imkon qadar, XYT kitobchasining yuk manifestidagi ma’lumotlarni 
odatda 0.19 Tushuntirish xatiga muvofiq ravishda jo‘natish joyining 
bojxonalarida tekshiriladigan boshqa kuzatuv hujjatlaridagi (masalan, 
yuk eksport deklaratsiyasi, KYuTK yukxati va boshqalar) ma’lumotlarga 
muvofiqligini tekshirishi kerak. Zarurat bo‘lganida, eslatib o‘tilgan 
chiqib ketish bojxonasi (bojxonalari) jo‘natuvchi mamlakatda 


(mamlakatlarda) XYT operatsiyasi tufayli talab etiladigan boshqa 
bojxona tartiblarini amalga oshirishi lozim.
(TIRExB/REP/2003/18, 29-band; TRANS/WP.30/AC.2/75, 61-band va 
3-ilova va TRANS/WP.30/AC.2/75/Corr.3)
Bojxona muhrlari va plombalarining texnik tavsiflari
XYT Konvensiyasida bojxona muhrlari va plombalari uchun standartlar 
va talablar masalasi ko‘rib chiqilmagan Unda faqat Ahdlashuvchi 
tomonlar boshqa Ahdlashuvchi tomonlarda qo‘yilgan bojxona muhrlari 
va plombalarini tan olishi kerakligi aytib o‘tilgan xolos. Shunday qilib
bojxona muhrlari va plombalarining texnik tavsifining masalasi milliy 
bojxona organlarining ixtiyoriga qoldirilgan. Bojxonada plombalash 
samaradorligini ta’minlash uchun bojxona ma’muriyati shu sohadagi 
oxirgi xalqaro talablarga mos keladigan muhrlar va plombalardan 
foydalanishi kerak. Mazkur kontekstda, bojxona organlarining e’tibori 
Bojxona tartiblarini soddalashtirish va uyg‘unlashtirish to‘g‘risidagi 
Xalqaro Konvensiyaga (Kioto konvensiyasi tomonidan qayta ko‘rib 
chiqilgan) bo‘lgan Ye maxsus ilovaning 1 bobida bayon etilgan minimal 
talablarga qaratiladi. Bundan tashqari, ko‘rsatilgan Konvensiyaga 
bo‘lgan umumiy ilovaning 6 bobiga Jahon bojxona tashkiloti (JBT) 
shafeligi ostida ishlab chiqilgan direktivalarni eslatib o‘tish mumkin.
(TRANS/WP.30/216,67-band va 2-ilova va TRANS/WP.30/216/Corr.1; 
TRANS/WP.30/AC.2/77, 54-band va 3-ilova)

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə