Tir convention Uzbekistan


-modda Bojxona organlari ularning hududi orqali amalga oshirilayotgan tashishlar



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/163
tarix13.06.2023
ölçüsü3,25 Mb.
#116982
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   163
TIR Convention Uzbekistan

20-modda
Bojxona organlari ularning hududi orqali amalga oshirilayotgan tashishlar 
uchun muayyan tashish muddatlarini o‘rnatishi va yo‘l transport vositasi
transport vositalar tarkibi yoki konteynerlar belgilangan yo‘nalish bo‘yicha 
harakatlanishini talab qilishi mumkin.
20-moddaga tushuntirish xati 
0.20 
Xususan, bojxona organlari ularning hududi bo‘ylab tashish muddatlarini 
belgilashda tashuvchilarga taalluqli bo‘lgan maxsus qoidalarni, va 
ayniqsa, ish soatlari va yo‘l transport vositalari haydovchilarining shartli 
dam olish paytlariga taalluqli bo‘lgan qoidalarni hisobga olishlari kerak. 
Bojxona organlari o‘zlarining yo‘nalishni belgilash huquqlaridan faqat 
o‘ta zarur bo‘lgan holatlarda foydalanishlari tavsiya etiladi.
20-moddaga sharh
Jarima sanksiyalari
20 va 39-moddalardan kelib chiqadigan cheklovlar buzilgan holatda
shunday qoidabuzarliklar tufayli jarima sanksiyalarini to‘lashni kafolat 
birlashmasidan emas, XYT kitobchasining egasidan yoki shunday 
qoidabuzarliklarda 
ayblangan 
shaxsdan 
talab 
qilish 
lozim. 
(TRANS/GE.30/AC.2/14, 29-band; TRANS/GE.30/39, 30-band)
 


 
21-modda
Har bir oraliq bojxonada va belgilangan joyning bojxonalarida yo‘l 
transport vositasi, transport vositalari tarkibi yoki konteyner bojxona 
organlarining nazorati uchun ularda mavjud bo‘lgan yuk bilan va tashilayotgan 
yukga taalluqli bo‘lgan XYT kitobchasi bilan taqdim etiladi.
21-moddaga tushuntirish xatlari 
0.21-1 
Mazkur moddaning qoidalari bojxona organlarining transport vositasining 
muhrlangan yuk bo‘linmasidan tashqari istalgan qismlarini tekshirish va 
ko‘zdan kechirish huquqini cheklamaydi.
(ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan) 
0.21-2 
Agar mamlakatga kirish joydagi bojxona chiqib ketish mamlakatida XYT 
kitobchasi 
rasmiylashtirilmaganligini 
yoki 
noto‘g‘ri 
rasmiylashtirilganligini aniqlasa, tashuvchini qo‘shni davlatdan chiqish 
joyidagi bojxonaga qaytarib yuborishi mumkin. Bunday holatda 
mamlakatga kirish joyidagi bojxona XYT kitobchasiga chiqib 
ketish 
joyidagi bojxona uchun mo‘ljallangan belgini kiritadi. 
0.21-3 
Agar nazorat qilishda bojxona organlari yuklarning namunalarini olsa, 
unda ular XYT kitobchasining yuk manifestida olingan yuklar haqida 
barcha zarur ma’lumotlarga ega bo‘lgan tegishli belgini qo‘yishi kerak. 
21-moddaga sharh
Chiqib ketish bojxonasida (oraliq bojxonada) va belgilangan joyning 
bojxonasida XYT operatsiyasini tugatish
Oraliq bojxonada XYT operatsiyasini tugatish
Yo‘l transport vositasi, transport vositalarining tarkibi yoki konteyner 
nazoratdan o‘tish maqsadida chiqib ketish bojxonasida (oraliq 
bojxonada) yuk va unga taalluqli bo‘lgan XYT kitobchasi bilan birgalikda 
taqdim etilgan.
XYT operatsiyasini qisman tugatish
Yo‘l transport vositasi, transport vositalarining tarkibi yoki konteyner 
nazoratdan o‘tish maqsadida belgilangan joyning bojxonasida yuk va 
unga taalluqli bo‘lgan XYT kitobchasi bilan birgalikda taqdim etilgan, 
shundan keyin qisman yuk tushirish amalga oshirilgan.
XYT operatsiyasini yakuniy tugatish
Yo‘l transport vositasi, transport vositalarining tarkibi yoki konteyner 
nazoratdan o‘tish maqsadida belgilangan joyning oxirgi bojxonasida yuk 
yoki, XYT operatsiyasining oldingi qisman tugatilishi holatida, yukning 
qolgan qismi va unga taalluqli bo‘lgan XYT kitobchasi bilan birgalikda 
taqdim etilgan.
(TRANS/WP.30/192, 26-band; TRANS/WP.30/AC.2/59, 46-band va 5-
ilova)

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə