Tir convention Uzbekistan


(ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan)



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/163
tarix13.06.2023
ölçüsü3,25 Mb.
#116982
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   163
TIR Convention Uzbekistan

(ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan)
17-moddaning 1-bandiga tushuntirish xati 
0.17-1 
XYT kitobchasining yuk manifestida transport vositasining yoki har bir 
konteynerning tarkibidagi har bir transport vositasining tarkibi alohida 
ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi qoida faqat alohida transport vositasi yoki 
alohida konteynerning tarkibini bojxona tekshiruvidan o‘tkazishni 
soddalashtirish uchun mo‘ljallangan. Shuning uchun, transport vositasi 
yoki konteynerda haqiqatan mavjud bo‘lgan narsa bilan transport 
vositasida yoki konteynerda yuk manifestiga muvofiq bo‘lishi kerak 
bo‘lgan narsa o‘rtasidagi har qanday farq Konvensiyaning buzilishi 
sifatida ko‘rilmasligi uchun, ushbu qoida bunchalik qat’iy talqin 
qilinmasligi kerak. 
Agar tashuvchi vakolatli organlarga shunday farqlarga qaramasdan, yuk 
manifestida ko‘rsatilgan yuklarning umumiy miqdori XYT kitobchasi 
berilgan transport vositalari tarkibining bortida yoki barcha konteynerlarda 
mavjud bo‘lgan yuklarning umumiy miqdoriga teng ekanligini isbotlay 
olsa, unda bunday holatni, umuman olganda, bojxona qoidalarini buzilishi 
deb hisoblanmaslik kerak.
2. XYT kitobchasi faqat bitta tashishni bajarish uchun amal qiladi. Unda mazkur 
XYT tashishlarini amalga oshirishda zarur bo‘ladigan miqdorda yirtma varaqalar 
bo‘lishi kerak.
(ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan)
17-moddaning 2-bandiga tushuntirish xati 
0.17-2 
Uy jihozlarini tashish holatlarida XYT kitobchasidan foydalanish 
Qoidalarining 10 c)-bandida nazarda tutilgan tartib qo‘llanishi mumkin, 
shu qatorda, buyumlar sonini oqilona cheklash lozim.
17-moddaga sharhlar
Avtopoyezdlarga va yarim tirkamali shataklar tarkibiga XYT kitobchasini 
berish
1 g) va h)-moddada belgilangan bitta transport vositasiga yoki transport 
vositalari tarkibiga ortilgan transport vositalari tarkibida yoki 
konteynerlarda yuklarni tashish uchun beriladigan XYT kitobchalarining 
kerakli soni to‘g‘risidagi qaror jo‘natish bojxonasi tomonidan qabul 
qilinadi. Jo‘natish bojxonasining qarori Konvensiyaning 4-moddasiga 
binoan hududida XYT operatsiyasi amalga oshiriladigan davlatlarning 
qolgan bojxonalari tomonidan tan olinadi, demak, bunday bojxonalar 
qo‘shimcha XYT kitobchalarini talab qila olmaydi.
(TRANS/WP.30/157, 26-band)
Oddiy yuklar va og‘ir vaznli va katta hajmli yuklardan iborat bo‘lgan 
aralash yuklarni tashishga XYT kitobchalarini berish
Oddiy yuklar va og‘ir vaznli va katta hajmli yuklardan iborat bo‘lgan 
aralash yuklarni tashish uchun talab etiladigan XYT kitobchalari soni 
borasidagi qarorni qabul qilishda jo‘natish joyining bojxonasi 32-
moddaning alohida qoidalarini inobatga oladi, ularga muvofiq og‘ir 


vaznli va katta hajmli yuklarni tashish uchun XYT kitobchasining 
muqovasida va barcha yirtma varaqalarida "og‘ir vaznli va katta hajmli 
yuklar" degan yozuv tushirilishi kerak. Ushbu yozuv bojxona muhrlari va 
plombalari ostida tashiladigan oddiy yuklarga taalluqli bo‘lmaganligi 
sababli, oddiy yuklarni tashish uchun alohida HYT kitobchasi (XYT 
kitobchalari) talab etiladi.
(TRANS/WP.30/AC.2/71, 3-ilova; TRANS/WP.30/206, 57-band)
Bir nechta XYT kitobchalaridan foydalanish
Agar jo‘natish joyining bojxonasi bitta XYT tashish uchun bir nechta XYT 
kitobchasini rasmiylashtirishga qabul qilgan bo‘lsa, unda mazkur 
bojxona "Rasmiylashtirishga qabul qilingan XYT kitobchasining barcha 
yirtma varaqalarida "Rasman foydalanish uchun" degan ustunda ushbu 
XYT kitobchalarining barcha raqamlarini ko‘rsatishi kerak.
(TRANS/WP.30/AC.2/71, 3-ilova; TRANS/WP.30/208, 52-band)

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə