Reja: Pedagogika kollejida amalga oshiriladigan o'quv metodik ishlarini o'rganish reja. Pedagogikaning asosiy tarmoqlari



Yüklə 26,88 Kb.
səhifə1/6
tarix23.12.2023
ölçüsü26,88 Kb.
#155004
  1   2   3   4   5   6
3.Pedagogika kollejida amalga oshiriladigan o\'quv metodik ishlarini o\'rganish reja va bayonnomalar bilan tanishish hamda tahlil qilish


PEDAGOGIKA KOLLEJIDA AMALGA OSHIRILADIGAN O'QUV METODIK ISHLARINI O'RGANISH REJA VA BAYONNOMALAR BILAN TANISHISH HAMDA TAHLIL QILISH
REJA:


  1. Pedagogika kollejida amalga oshiriladigan o'quv metodik ishlarini o'rganish reja. Pedagogikaning asosiy tarmoqlari

  2. Pedagogika kollejida amalga oshiriladigan o'quv metodik ishlarni o'rganish reja va bayonnomalar bilan tanishish hamda tahlil qilish

  3. Pedagogning kasbiy, hissiy-irodaviy va axloqiy sifatlari


Kirish
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasi (1997 yil 27 avgust)da qabul qilingan hamda bugungi kunda g'oyalari amaliyotiga keng ko'lamda muvaffaqiyatli tadbiq etilayotgan O'zbekitson Respublikasining “Ta'lim to'g'risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” mazmunida barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonining mohiyati to'laqonli ochib berilgandir. Malakali kadrlar tayyorlashning har bir bosqichi o'zida ta'lim jarayonini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga muayyan vazifalarni amalga oshirish lozim.
Pedagogika kollejlari uchun mo'ljallangan pedagogika o'quv darsligi shu ta'lim muassasalarida qo'llanilayotgan o'quv dasturi asosida yaratilgan bo'lib, DTSda ilgari surilgan talablarga muvofiq keladi. Darsning maqsadi - pedagogika fanining nazariy – metodologik asoslarini ochib berish, bo'lajak pedagoglar tomonidan ularning chuqur o'zlashtirilishiga erishish, talabalarda pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli tashkil eta olish, ko'nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.


Pedagogik kasbning ijtimoiy asoslari
Pedagogik kasbning vujudga kelishi, pedagogning
jamiyatda tutgan o'rni

Eng qadimgi zamonlardan boshlab insonni har tomonlama tarbiyalash, kishilik jamiyatining azaliy orzusi bo'lib, ajdodlarimiz ma'rifat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o'rgatish, ularni komillikka yetaklash yo'llari, qonun-qoidalarini izlaganlar. Darhaqiqat, insonning ma'rifatli va ma'naviy komillikka erishishida pedagogika fani yetakchi rol o'ynaydi.


Xo'sh, pedagogika fani qanday fan? Pedagog kasbi qachondan vujudga kelgan?
Pedagogika terminining kelib chiqishi qadimiy Gretsiyaga borib taqaladi. Qadimiy Gretsiya (Yunoniston) quldorlarining bolalarini maktabga olib boruvchi qullarni pedagoglar deyishgan. Ya'ni, “pedagogika” grekcha so'z bo'lib, “paydagogas” – “bola yetaklovchi” ma'nosini anglatadi.
Ma'lumki, ibtidoiy jamiyatda kishilar o'zlarining ta'lim-tarbiyaga oid ehtiyojlarini, mehnat faoliyatlari jarayonida qondirganlar. O'sha davrda uzluksiz ta'lim-tarbiya jarayoni bir bosqichdan iborat bo'lib, oiladan boshlanar va shu yerning o'zida tugar edi.
Ishlab chiqarish kuchlari taraqqiy eta borib, odamlar yirik jamoalarga birlashib, ularda yerni o'lchash, vaqtni belgilash, kun sanash, suv toshqinlarini oldini olish, kishilarni davolash, jamiyatni boshqarish va boshqa bilimlarga ehtiyoj orta bordi.
Jamiyatda mehnatni taqsimlash jarayoni chuqurlashib borib, to'plangan bilimlarni keyingi avlodga qoldirish va ularni boshqalarga o'rgatuvchi kishilarga ehtiyoj paydo bo'ldi. Natijada yozuv va uni o'rgatuvchi pedagog (muallim)lar kasbi yuzaga keldi. Bu esa tarbiya bilan eng tajribakor, bilimdon kishilar shug'ullana borishni taqozo eta boshladi. Bu mashg'ulotlar tobora tashkiliy ko'rinish olib ijtimoiylasha boshladi.

Yüklə 26,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə