Reja: Pedagogika kollejida amalga oshiriladigan o'quv metodik ishlarini o'rganish reja. Pedagogikaning asosiy tarmoqlari



Yüklə 26,88 Kb.
səhifə2/6
tarix23.12.2023
ölçüsü26,88 Kb.
#155004
1   2   3   4   5   6
3.Pedagogika kollejida amalga oshiriladigan o\'quv metodik ishlarini o\'rganish reja va bayonnomalar bilan tanishish hamda tahlil qilish

Pedagogikaning asosiy tarmoqlari

Bu vazifa va talablar boshlang'ich sinf o'qituvchisida ayniqsa to'la mujasamlashgan bo'lishi lozim. Zero, maktabga ilk bor qadam qo'ygan bola dunyoning, hayotning qonun va qoidalarini, sir-asrorlarini o'qituvchidan o'rganadi. O'qituvchi esa bolaga o'z imkon va iqtidori hamda bilim-tafakkuri doirasida o'rgatadi. Agar bolani chuqur bilimli, e'tiqodli, madaniyatli va ma'naviy-axloqiy jihatdan shakllangan qilib tarbiyalamoqchi bo'lsak, shu fazilat o'qituvchida mujassamlashgan bo'lmog'i zarur.


O'qituvchi kasbiga xos bo'lgan muhim fazilatlardan, talablardan biri – bolani sevish, ularning hayoti bilan qiziqish, ular shaxsini hurmat qilishdan iboratdir. Bolani sevgan, butun kuch va bilimini bolalarni kelajagi buyuk Vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan mutaxassisgina haqiqiy o'qituvchi-ustoz bo'la oladi. Bolaga befarq, uning kelajagi bilan qiziqmaydigan, o'qituvchilik kasbiga loqayd odam haqiqiy o'qituvchi bo'la olmaydi.
O'qituvchi – pedagoglarning bugungi kunda jamiyatdagi o'rni haqida fikr yuritganda, Respublikamiz ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotida ta'lim-tarbiyaga oid tub islohotlar bevosita o'qituvchilarga ham taaluqlidir.
Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko'ra oktyabr oyining birinchi yakshanbasi “Xalq ta'limi xodimlari” kuni deb e'lon qilindi. Bu voqea davlatimizda o'qituvchilarning jamiyatda tutgan o'rni naqadar yuksak ekanligidan dalolat beradi. Ilg'or o'qituvchilarimizga yuksak unvonlar davlat mukofotlari berilishi ularga yanada ma'suliyatli vazifalar yuklamoqda. Keyingi davrlarda pedagog xodimlarning maishiy sharoitini yaxshilash borasida qator qonun hujjatlari qabul qilindi, imtiyozlar berildi, ish haqlari muntazam oshirilib bormoqda. Boshlang'ich sinf o'qituvchilari ham bundan mustasno emas.
O'zbekiston Respublikasi “Ta'lim to'g'risida”gi Qonuniga ko'ra pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqining belgilanishi

O'zbekiston Respublikasi siyosiy mustaqillik qo'lga kiritgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub islohotlarni amalga oshira boshladi. Totalitar boshqaruv usuli asosida ish yuritilayotgan xalq ta'limi tizimida ham so'ngi o'n yilliklar davomida yuzaga kelgan muammolarni hal etish vazifasi Respublika hamda mutasaddi tashkilotlarni ta'lim tizimida ham jiddiy o'zgarishlarni amalga oshirishga undadi. Bu boradagi sa'y-harakatlarning samarasi sifatida 1992 yil iyul oyida Mustaqil O'zbekistonning ilk “Ta'lim to'g'risida”gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunning mazmunida Respublika ta'lim tizimi, uning asosiy yo'nalishlari, maqsad, vazifalari, ta'lim bosqichlari va ularning mohiyati kabi masalalar o'z ifodasini topgan edi.


1997 yil yanvar oyiga kelib “Ta'lim to'g'risida”gi Qonun va undagi ilgari surilgan g'oyalarning amaliyotdagi tadbiqi, mavjud ahvol, yutuq va kamchiliklar tahlil etildi. O'tkazilgan tahlil natijalariga ko'ra ta'lim tizimida olib borilayotgan islohot aksariyat o'rinlarda chuqur ilmiy asoslarga ega bo'lmaganligi ma'lum bo'ldi. Shu bois, O'zbekiston Respublikasi “Ta'lim to'g'risida”gi Qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni ishlab chiquvchi maxsus komissiya tayinlandi. 1997 yilning iyul oyida har ikki me'yoriy hujjat mazmuni o'rganilib chiqildi va umumxalq e'tiboriga havola etildi. Muhokama jarayonida bildirilgan fikr-mulohazalar mas'ul komissiya tomonidan o'rganildi. Umumxalq muhokamasidan o'tkazilgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasi (1997 yil 29 avgust) da qabul qilindi.
Yangi ishlab chiqilgan “Ta'lim to'g'risida”gi Qonunning 1-moddasida asosiy maqsad quyidagicha talqin qilingan: “Ushbu Qonun fuqarolarga ta'lim-tarbiya berish, kasb-hunar o'rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishidan iborat Konstitutsiyaviy huquqini ta'minlashga qaratilgan.
4-modda. Bilim olish huquqi.
Jinsi, tili, yoshi, irqi, milliy mansubligi, e'tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi, O'zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat'iy nazar, har kimga bilim olishga teng huquqlar kafolatlanadi.
Bilim olish huquqi:
- davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini rivojlantirish;
- ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta'lim olishni tashkil etish;
- ta'lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o'qitish, shuningdek ta'lim muassasalarida shartnoma asosida to'lov evaziga kasb-hunar o'rgatish;
- barcha turdagi ta'lim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi o'quv yurtlariga kirishda teng huquqqa ega bo'lishi;
- Oilada yoki o'zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditatsiyadan o'tgan ta'lim muassasalarida eksternat tartibda attestatsiyadan o'tish huquqini berish orqali ta'minlanadi.
Boshqa davlatlarning fuqarolari O'zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega.
Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo'lmagan shaxslar bilim olishda O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.
“Ta'lim to'g'risida”gi qonunda pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqi quyidagicha belgilanadi:
Tegishli ma'lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo'lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga ega.
Pedagog xodimlarni oliy o'quv yurtlariga ishga qabul qilish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi tasdiqlagan Nizomga muvofiq tanlov asosida amalga oshiriladi.
Pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish sud huqmiga asosan man etilgan shaxslarning ta'lim muassasalarida bu faoliyat bilan shug'ullanishiga yo'l qo'yilmaydi.
Mazkur moddaning har bir bandini keng miqyosda talqin qilish mumkin. Biroq, biz “.... yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo'lgan shaxslar....” mazmunini bir muncha ochib berishga harakat qilmoqchimiz.
Axloq (arabcha xulq-atvor demakdir) – ijtimoiy ong shakllaridan biri, ijtimoiy tartib-qoida bo'lib, bu tartib-qoida ijtimoiy hayotning barcha sohalarida kishilarning xatti-harakatini tartibga solish vazifasini bajaradi.
Axloq shaxs taraqqiyotining yuqori bosqichi bo'lgan ma'naviy komillik asosini, poydevorini tashkil etadi.
Axloq – jamiyatda qabul qilingan, jamoatchilik fikri bilan ma'qullangan xulq-odob normalari majmuidir.
Odamning inson sifatida shakllana borish jarayonida uning kamoloti darajasi odob, axloq, madaniyat va ma'naviyat elementlarining unda qanchalik mujassamlashganligi bilan belgilanadi.
O'qituvchi ma'naviy-axloqiy mezonlari: insonparvarlik, mehnatsevarlik, milliy g'urur, vatanparvarlik, mehr-muruvvat, iymon, ijodkorlik, faollik, tashabbuskorlik, o'z-o'zini nazorat qilish va o'z-o'zini baholash bo'lib, bu talab o'quvchining vatan, ota-ona, do'stlari, jamoa oldidagi burchi vazifalariga ta'lim-tarbiya jarayonida namoyon bo'ladigan faollik, ijodkorlik xususiyatlariga munosabati orqali amalga oshiriladi.
Yuqoridagi xususiyatlarning barchasi inson kamolotiga ta'sir etuvchi tashqi omillar bo'lib, tarbiya orqali singdirilib boriladi. Tarbiya aniq maqsadni ko'zlab, tizimli ravishda, insonda ijobiy fazilatlarni tarkib toptirish yo'lida tarbiyachining rahbarligida amalga oshirilib boriladi.
Jumladan, “Boshlang'ich ta'lim kontseptsiyasi”da boshlang'ich sinf o'qituvchisi fazilatlari quyidagicha keltiriladi. O'qituvchi: “..... O'zbekiston -kelajagi buyuk davlat ekanligini ishonadigan milliy iftixori (bo'lishi);
- bolalarni xalq pedagogikasi durdonalari hamda milliy qadriyatlarimiz asosida tarbiya qila olishi;
- nutqi ravon, xalq tili boyligi, ifoda usuli, va ta'sir vositalarini adabiy til uslubi va me'yorini to'la egallagan bo'lishi zarur.
O'qituvchilik kasbiga xos bo'lgan bunday fazilatlarni undagi pedagogik odob-axloq shakllantiradi. Pedagogik odob bu, o'qituvchining yuksak kasbiy fazilatidir. U o'qituvchining sabotli bo'lishga, o'z hissiyotlarini idora qila olishga, bolalarga pedagogik ta'sir o'tkazish me'yor va vositalarini belgilash, aniqlashga yordam beradigan fazilat hisoblanadi.
Pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqini olgan boshlang'ich sinf o'qituvchisi, o'z ustida tinmay ishlab, milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizni chuqur bilishi, bolalarni sharqona tarbiya asosida o'zligimizni tanishi, ajdodlarimiz bebaho merosini o'rganish, allomalarimiz, olimu fuzalolarimiz va sarkardalarimiz bilan iftixor qilish ruhida tarbiyalashni amalga oshirishi lozim.


Yüklə 26,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə