Reja: Pedagogika kollejida amalga oshiriladigan o'quv metodik ishlarini o'rganish reja. Pedagogikaning asosiy tarmoqlari


Pedagogning kasbiy, hissiy-irodaviy va axloqiy sifatlari



Yüklə 26,88 Kb.
səhifə3/6
tarix23.12.2023
ölçüsü26,88 Kb.
#155004
1   2   3   4   5   6
3.Pedagogika kollejida amalga oshiriladigan o\'quv metodik ishlarini o\'rganish reja va bayonnomalar bilan tanishish hamda tahlil qilish

Pedagogning kasbiy, hissiy-irodaviy va axloqiy sifatlari

Mamlakatimizda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga tadbiq etish jarayonida o'qituvchi-pedagogning yosh avlod ta'lim va tarbiya berishda jamiyat oldidagi javobgarligi yanada ortib boraveradi.


O'qituvchi – sinfdagi o'quv-tarbiya jarayonining tashkilotchisidir. Pedagog-o'qituvchi o'quvchilar uchun dars payti, darsdan tashqari va tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish, o'tkazish o'quvchilarga kerakli maslahatlar berishda bilimlar manbai bo'lishi lozim. Ko'pchilik o'qituvchilar sinf rahbari vazifasini bajarib, tarbiya jarayoni tashkilotchilari bo'lib hisoblanadilar.
Ma'lumki, pedagogik faoliyat – kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir.
Zamonaviy pedagog ruhiy-pedagogik asoslardan, pedagogik texnologiyadan, o'qitish metodikasidan, ijtimoiy psixologiyadan xabardor bo'lishi lozim. Bu esa uning kasbiy mahoratini yuksaltiradi.
O'qituvchi – pedagogning o'ziga xos xislatlarga ega bo'lishi uning kasbiy sifatlarga ega ekanligidan dalolat beradi.
O'qituvchining eng muhim shaxsiy xislatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • o'qituvchining o'z Vataniga sodiqligi, bolalarni sevishi, ularni insonparpvarlik ruhida tarbiyalash istagi, o'z yurti, ona tili, o'z xalqining tarixi va uning madaniyatini sevishi, davlatning mustaqilligi g'oyasida yashashi va ijod qilishi;

  • ijtimoiy javobgarlikni yuksak darajada his etishi;

  • oliyjanobligi, aql-farosatli, ma'naviy pokligi, bunday xislatlarni jamiyat talablari asosida bolalarga singdirib borishi;

  • o'z-o'zini nazorat qila olishi, sabrli-qanoatli, chidamli va matonatli bo'lishi.

Jamiyatning pedagogika kasbiga qo'yadigan asosiy talablari quyidagichadir:

  • shaxsni ma'naviy-axloqiy va madaniy-ma'rifiy tomondan tarbiyalashning, milliy uyg'onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarining mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik g'oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashni bilishi, o'z Vatani, tabiatga va oilasiga bo'lgan muhabbati;

  • keng bilim va saviyaga ega bo'lishi, turli bilimlardan xabardor bo'lishi;

  • yosh pedagogik-psixologiya, ijtimoiy psixologiya va pedagogika, yosh fizologiyasi hamda maktab gigienasidan chuqur bilimlarga ega bo'lishi;

  • o'zi dars beradigan fan bo'yicha mustahkam bilimga ega bo'lib, o'z kasbining fidoyisi hamda shu sohada jahon tajribasida ommalashgan eng ijobiy yutuqlardan muammolardan xabardor bo'lishi;

  • ta'lim va tarbiya metodikasini egallashi;

  • o'z ishiga ijodiy yondashishi;

  • bolalarni bilishi, ularning ichki dunyosini tushuna olishi;

  • pedagogik texnikani (mantiq, nutq, ta'limning ifodali vositalari) va pedagogik taktikaga ega bo'lishi;

  • o'qituvchining o'z bilim va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi ko'zda tutiladi.


Yüklə 26,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə