Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodi



Yüklə 237,09 Kb.
tarix08.04.2022
ölçüsü237,09 Kb.
#85165
Кичик гуруҳларда ижодий изланишни ташкил этиш метод lotin
2-mavzu

) Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodi.

1976 yili Tel-Aviv universiteti professori SH.Sharan tomonidan ishlab chiqilgan. Bu metodda kо‘proq о‘quvchilarning mustaqil va ijobiy ishiga e’tibor qaratiladi.

О‘quvchilar alohida-alohida yoki 6 kishilik kichik guruhlarda ijodiy izlanish olib boradilar. Ijodiy izlanish kichik guruhlarda tashkil etilganda darsda о‘rganish lozim bо‘lgan о‘quv materiali kichik qismlarga ajratiladi. Keyin bu qismlar yuzasidan topshiriqlar xar bir о‘quvchiga taqsimlanadi. Shunday qilib, xar bir о‘quvchi umumiy topshiriqning bajarilishiga о‘z hissasini qо‘shadi. Kichik guruhlarda topshiriq yuzasidan muzokara о‘tkaziladi. Guruh a’zolari birgalikda ma’ruza tayyorlaydi va sinf о‘quvchilari о‘rtasida о‘z ijodiy izlanishlari natijasini e’lon qiladi. Kichik guruhlar о‘rtasida о‘tkazilgan о‘quv baxsi, munozara о‘quvchilar jamoasining hamkorlikda bajarilgan mustaqil faoliyatning natijasi, yakuni saqlanadi. Hamkorlikda ishash natijasida qо‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlar sinf jamoasidagi xar bir о‘quvchining muntazam va faol aqliy mexnat qilishga, kichik guruhlarni, umuman sinf jamoasini jipslashtirishga, avval о‘zlashtirilgan bilim, kо‘nikma va malakalarni yani va kutilmagan vaziyatlarda qо‘llanib, yangi bilimlarning о‘zlashtirilishiga bog‘lik bо‘ladi.

Yuqorida qayd etilgan barcha metodlarning о‘ziga xos xususiyati, maqsad va vazifalarining umumiyligi, о‘quvchilarning tahsil olish va muloqotdagi shaxsiy ma’sulyatini taqozo etishi, shuningdek, muvaffaqiyat qozonishga bir xil imkoniyatlarning mavjudligidir. Hamkorlikda о‘qitish negizida musobaqa emas, balki hamkorlikda aqliy mexnat qilib, tahsil olish jarayoni yotadi.

О‘qituvchi ta’lim jarayonida hamkorlikda о‘qitish metodlaridan foydalanish maqsadida quyidagi ishlarni amalga oshiradi:


    • qaysi mavzularni hamkorlikda о‘qitish metodlaridan foydalanib о‘rganishni aniqlaydi va mazkur dasrlarni taqvim-rejada belgilaydi;

    • ushbu mavzu bо‘yicha о‘quvchilarga tavsiya etiladigan о‘quv topshiriqlari va ularni bajarish yuzasidan kо‘rsatmalar tayyorlaydi;

    • hamkorlikda о‘qitish metodidan foydalanib о‘tiladigan dars turi, dars strukturasi va borishni loyixalashtiradi;

    • yangi mavzu yuzasidan о‘quvchilar bilimini nazorat qilish uchun test savol-topshiriqlarini tuzadi.

KICHIK GURUHLARDA ISHLASH” METODI - ta’lim oluvchilarni faollashtirish maqsadida ularni kichik guruhlarga ajratgan holda о‘quv materialini о‘rganish yoki berilgan topshiriqni bajarishga qaratilgan darsdagi ijodiy ish.

Ushbu metod qо‘llanilganda ta’lim oluvchi kichik guruhlarda ishlab, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bо‘lishga, bir-biridan о‘rganishga va turli nuqtai- nazarlarni qadrlash imkoniga ega bо‘ladi. “Kichik guruhlarda ishlash” metodi qо‘llanilganda ta’lim beruvchi boshqa interfaol metodlarga qaraganda vaqtni tejash imkoniyatiga ega bо‘ladi. Chunki ta’lim beruvchi bir vaqtning о‘zida barcha ta’lim oluvchilarni mavzuga jalb eta oladi va baholay oladi. Quyida “Kichik guruhlarda ishlash” metodining tuzilmasi keltirilgan.





Kichik guruhlarda ishlash” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:



  • 1. Faoliyat yо‘nalishi aniqlanadi. Mavzu bо‘yicha bir-biriga bog‘liq bо‘lgan masalalar belgilanadi.

  • 2. Kichik guruhlar belgilanadi. Ta’lim oluvchilar guruhlarga 3-6 kishidan bо‘linishlari mumkin.

  • 3. Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar.

  • 4. Ta’lim beruvchi tomonidan aniq kо‘rsatmalar beriladi va yо‘naltirib turiladi.

  • 5. Kichik guruhlar taqdimot qiladilar.

  • 6. Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi.

  • 7. Kichik guruhlar baholanadi.



  • «Kichik guruhlarda ishlash» metodining afzalligi:



  •  о‘qitish mazmunini yaxshi о‘zlashtirishga olib keladi;

  •  muloqotga kirishish kо‘nikmasining takomillashishiga olib keladi;

  •  vaqtni tejash imkoniyati mavjud;

  •  barcha ta’lim oluvchilar jalb etiladi;

  •  о‘z-о‘zini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud bо‘ladi.



  • «Kichik guruhlarda ishlash» metodining kamchiliklari:



  •  ba’zi kichik guruhlarda kuchsiz ta’lim oluvchilar bо‘lganligi sababli kuchli ta’lim oluvchilarning ham past baho olish ehtimoli bor;

  •  barcha ta’lim oluvchilarni nazorat qilish imkoniyati past bо‘ladi;

  •  guruhlararo о‘zaro salbiy raqobatlar paydo bо‘lib qolishi mumkin;

  •  guruh ichida о‘zaro nizo paydo bо‘lishi mumkin.



    1. “Matematika o’qitish metodikasi ”fanidan o’quv dasturining qisqacha tavsifi(sillabus)

2.bob “Maktabda ko’pburchaklarni o’qitish metodikasi ” modulidan o’quv-metodik ishlanmalar.
Yüklə 237,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə