Reja: Pedagogika kollejida amalga oshiriladigan o'quv metodik ishlarini o'rganish reja. Pedagogikaning asosiy tarmoqlari


O'qituvchining kasbiga xos bilimlari



Yüklə 26,88 Kb.
səhifə4/6
tarix23.12.2023
ölçüsü26,88 Kb.
#155004
1   2   3   4   5   6
3.Pedagogika kollejida amalga oshiriladigan o\'quv metodik ishlarini o\'rganish reja va bayonnomalar bilan tanishish hamda tahlil qilish

O'qituvchining kasbiga xos bilimlari:
- ta'lim va tarbiya jarayoni mohiyati bilan uning maqsad va vazifalarini tushunishi;
- psixologiya asoslari, yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya asoslarini bilishi;
- etnopsixologik bilimlarni egallashi;
- hozirgi zamon pedagogikasi asoslarini bilishi;
- hozirgi zamon pedagogikasining metodologik asoslarini egallaganligi;
- maktab yoshida bolalarning psixologik-pedagogik xususiyatlarini tushunishi;
- o'z fanini o'qitish metodikasini bilishi;
- o'quvchilarga tarbiyaviy ta'sir etishning samaradorligini bilishi;
- ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning mazmunini bilishi kabilardir.
O'z kasbiga xos xislatlari:
- milliy qayta qurish mafkurasi bilan mustaqil davlat mafkurasini tushunishi;
- zamonaviy maktabda olib boriladigan o'quv-tarbiya jarayonida umuminsoniy boyliklar milliy an'analar va urf-odatlarning ahamiyatini tushunishi;
- o'qituvchining kuzatuvchanligi;
- o'z diqqat e'tiborini taqsimlay olishi;
- pedagogik fantaziya (xayol)ning rivojlanishi;
- o'ziga tanqidiy munosabatda bo'lishi;
- pedagogik taktika;
- nutqning emotsional ifodalanishi.
Pedagogning shaxsiy uddaburonligi:
- o'tkaziladigan mashg'ulotlar uchun zarur qo'llanma va darsliklarni tanlay bilishi;
- o'quvchilarning bilish faoliyatini boshqara olishi;
- ta'lim va tarbiya jarayonida o'quvchilar ongining taraqqiy etib borishini istiqbolli ravishda rejalashtira olishi;
- pedagogik vazifalarni shakllantirish va tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishni bilishi;
- bolalar jamoasiga rahbarlik qilishda o'z faoliyatini rejalashtirishni bilishi;
- o'quv maqsadlarini rejalashtira olishi;
- o'zining ta'lim-tarbiya ishlariga tayyorlanish tizimini rejalashtira olishi.
Tashkilotchilik malakalari:
- bolalar jamoasini uyushtira bilishi;
- turli sharoitlarda bolalar jamoasini boshqara olishi;
- bolalarni biror narsaga qiziqtirib, ularni faollashtira olishi;
- amaliy masalalarni hal etishda o'zining bilim va tajribalarini ustalik bilan tez qo'llay olishi.

Yüklə 26,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə