4-ma’ruza. Elektron o‘qitish vositalarining didaktik xususiyatlari



Yüklə 21,41 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü21,41 Kb.
#133826
  1   2
4-mavzu (1)

4-MA’RUZA. ELEKTRON O‘QITISH VOSITALARINING DIDAKTIK XUSUSIYATLARI




Reja:

1. Masofaviy o‘qitishga mo‘ljallangan o‘quv materiallarini yaratishning o‘ziga xos xususiyatlari


  1. Elektron o‘quv nashrlari moslashuvchanligi
  2. Masofaviy o`qitishga mo‘ljallangan o‘quv materiallarini yaratishning o‘ziga xos xususiyatlari


Masofaviy o‘qitishga mo‘ljallangan o‘quv materiallarini yaratishning o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘z yuritganda, to‘laqonli onlayn o‘qitish loyihasi ko‘rsatma, axborot, nazorat, kommunikativ va boshqarish bloklaridan iborat bo‘ladi.


Masofaviy o‘qitish kursi faqatgina mashg‘ulotlar matnigina emas, balki, tarmoqda zarur axborotlarni qidirish, ma’lumotlar almashish, ma’lumotlar bazasiga murojaat etish, INTERNET tizimidagi davriy axborot manbalaridan foydalanishdir. Masofaviy o‘qitish o‘zining xususiyatiga ko‘ra individiual o‘qish bo‘libgina qolmay, o‘qituvchi va boshqa o‘quvchilar bilan muloqot qilish imkoniyatini ham rivojlantirishi zarur.
Masofaviy o‘qitishning sifati o‘quv kurslarini tashkil etilishiga bog‘liq. Agar kurs o‘qitish uchun, ya’ni tinglovchi va o‘qituvchi muloqoti uchun yaratilgan bo‘lsa, u holda bunday kursni tashkil etish talablari, o‘quv materiallarini tanlash va ularning tuzilmasi muloqot xususiyatlaridan kelib chiqqan bo`lishi kerak. Agar kurs mustaqil ta’lim uchun yaratilgan bo‘lsa (bunday kurslar INTERNET tizimida juda ko‘p), u holda o‘quv materiallarini tanlash, kurslar tuzilmasi va tashkil etilishi boshqacha bo‘ladi. Kurslar telekommunikatsiya tarmog‘i sharoitidagi tinglovchi va o‘qituvchi muloqotining xususiyatlari asosidagi talablardan kelib chiqib tashkil etilishi lozim. Bunda o‘rgatuvchi kurslar yaratishning umumdidaktik tamoyillar, axborotlarni qabul qilish bilan bog‘liq psixologik xususiyatlar, ergonomik talablar, ikkinchidan, zamonaviy axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya tarmoqlarining dasturiy vositalari yaratgan imkoniyatlardan maksimal foydalanish hisobga olinishi zarur.
Masofaviy kurslarni yaratishda tinglovchilar guruhining xususiyatlarini inobatga olgan holda masofaviy o‘qitish metodikasi tanlanadi.
Malaka oshirish tizimida masofaviy o‘qitishda o‘qitish samaradorligi quyidagi 4 ta tashkil etuvchiga bog‘liq bo‘ladi:

  • tinglovchi va o‘qituvchining samarali muloqoti;

  • qo‘llanilayotgan pedagogik texnologiyalar;

  • yaratilgan o‘quv-metodik materiallarning sifati va ularni tinglovchiga yetkazish;

  • teskari aloqaning mavjudligi hamda samarasi.

Boshqacha qilib aytganda, masofaviy o‘qitishning samarasi o‘quv materiallarining sifatiga va pedagoglarning mahoratiga bog‘liq.

Yüklə 21,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə