Tir convention Uzbekistan


 Qadoqlash varaqlari, fotosuratlar, sxemalar va hokazo



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/163
tarix13.06.2023
ölçüsü3,25 Mb.
#116982
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   163
TIR Convention Uzbekistan

11. Qadoqlash varaqlari, fotosuratlar, sxemalar va hokazo:
Agar ogʻir vaznli yoki katta hajmli yuklarni tanitish uchun bojxona organlari shunga oʻxshash hujjatlar XYT 
kitobchasiga ilova qilinishini, oxirgilar bojxona organlari tomonidan tasdiqlangan va kitobcha muqovasining 2-sahifasiga biriktirib qoʻyilishini talab qiladi. Bundan 
tashqari, barcha yirtma varaqlarda 8-rubrikasida ushbu hujjatlarni sanab oʻtish kerak. 
12. Imzo:
Barcha yirtma varaqlarda (14 va 15-rubrikalar) sana va XYT kitobchasining saqlovchisining yoki uning vakilining imzosi qoʻyilgan boʻlishi kerak. 
C. Yoʻl-transport hodisalari 
13.
Agar yoʻlda bojxona plombalari va muhrlari tasodifan shikastlangan yoki yuk nobud boʻlgan yoki buzilingan boʻlsa, tashuvchi bojxona organlariga, agar bundaylar 
yaqin masofada joylashgan boʻlsa, yoki, aks holda, u joylashgan mamlakatning boshqa vakolatli organlariga zudlik bilan murojaat qilishi kerak. Oxirgilar iloji boricha 
qisqa muddatda XYT kitobchasida keltirilgan bayonnomani tuzadi. 
14.
Agar yoʻl-transport hodisasi oqibatida yukni boshqa transport vositasiga yoki boshqa konteynerga qayta yuklash zarur boʻlsa, u holda bunday qayta yuklash 
yuqorida koʻrsatilgan 13-banddagi organlardan birining vakili ishtirokida amalga oshirilgan boʻlishi kerak. Ushbu organ bayonnomani tuzadi. Agar XYT kitobchasida 
“ogʻir vaznli yoki katta hajmli yuklar“ zikr etilmagan boʻlsa, u holda yuklar qayta yuklangan transport vositasi va konteyner(lar) bojxona muhrlari va ploombalari ostida 
yuklarni tashishga ruxsat etilgan boʻlishi kerak. Bundan tashqari, bayonnomada aks ettirilgan bojxona muhrlari va plombalari aks ettirilgan boʻlishi kerak. Biroq, tashish 
uchun ruxsat berilgan transport vositasi yoki konteynerning mavjud boʻlmasligida yuklar ruxsat berilmagan transport vositasiga yoki konteynerga, agar u yetarlicha 
ishonchli boʻlsa, qayta yuklangan boʻlishi mumkin. Ushbu oxirgi holatda yoʻnalish boʻyicha keyin joylashgan mamlakatlarning bojxona organlari XYT kitobchasini 
qoʻllash bilan ushbu transport vositasida yoki konteynerda yuklarni keyinchalik tashilishiga ularga ruxsat berish mumkinligini ham hal etadi. 
15.
Butun yukni yoki uning qismini zudlik bilan tushirib olinishini talab etuvchi bevosita tahdid soluvchi xavflar holatida, tashuvchi yuqorida 13-bandda zikr etilgan 
organlarning aralashuvini soʻramasdan va kutmasdan zarur boʻlgan choralarni oʻz ixtiyori bilan qabul qilishi mumkin. Bunday holatda u transport vositasini yoki 
konteynerni yoki yukni saqlab qolish manfaatida harakat qilishga majbur boʻlganligini isbotlarini keltirishi kerak, va zudlik bilan majburiy xarakterdagi shoshilinch 
choralarni qabul qilish boʻyicha dalillarni aniqlash, yukni tekshirish, transport vositasiga yoki konteynerga plombalarni tushirish va bayonnomani tuzish uchun yuqorida 
13-bandda zikr etilgan organlardan birini xabardor qilishi kerak. 

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə