Yetarlicha etiborlimizmi ?



Yüklə 16,99 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü16,99 Kb.
#140890
Maqola yangisi


Yetarlicha etiborlimizmi ?
Yo’lda ketayotib do’konga kirishimga to‘g‘ri keldi . Ko’rinishidan ancha zamonaviy qurilgan , e’tiborni o‘ziga tez tortadi . Uning peshtoqidagi nomiga ko‘zim tushdi “Granat market” . To‘g‘ri , yonidagi rasm va belgilar bilan Anor haqida gap ketayotganini bilish mumkin . Bu so’zni ruscha so‘z desak “гранат“ , inglizcha so‘z desak “pomegranate” deb yozilardi. Bu yerda esa qaysi tilda yozilganligi ko’pchilikda savol uyg’otgan deb o‘ylayman . Tadbirkorlarning ishiga aralashish to‘g‘ri emas lekin bu tilning qadrsizlanishi emasmikan. Bugungi kunga kelib xorijiy so‘zlardan foydalanish “urf” bo’lmoqda. Shu bilan birga xorijiy so‘zlardan ko‘r-ko‘rona , kamiga imloviy yoki uslubiy xato yozilayotganlarini ham uchratyabmiz. Ulardan biri “мы открылись” “biz ochildik” jumlasidir . Biz bu yozuvni turli joylarda tez-tez uchratamiz . Masalan:do’konlar, oshxona , restoranlar va boshqa xizmat ko’rsatish maskanlarida . “Biz ochildik” so‘zma-so‘z tarjima bo‘lib, buning o’rniga “xush kelibsiz”, “barcha qulayliklar siz uchun “ yoki “tashrif buyurishingiz mumkin” kabi jumlalar qo‘yilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi menimcha . Yana bir e’tiborimizni tortgan joylardan biri “Zolotoy tikuv fabrikasi” bo‘ldi . Ruscha so‘zning lotincha harflar bilan yozilishi qanchalik to‘g‘ri ? Hozirgi kunda Ramazon oyida ko’plab choyxona , cafe va restoranlar saharlik va iftorlik uchun mijozlarga o‘z xizmatlarini taklif qilmoqda . Ko’pchiligida buyururtmani mijozning manziligacha yetkazib berish hizmati yo’lga qo’yilgan. Bu barchaga ma’qul kelayotgani bor gap . Lekin ba’zi bir reklama bannerlarida “dostavka bor” yoki “dostavka bepul” kabi yozuvni ko‘ramiz . Nega “yetkazib berish xizmati” emas ? Ho‘p, agar dostavkani ruscha so‘z deb oladigan bo’lsak nega lotincha harflar bilan yozilgan , kamiga esa yonidagi o‘zbekcha so‘z .
Bunday so‘z va jumlalarni ko’plab uchratishimiz mumkin. Barchamiz doim ko‘rib , lekin e’tibor bermay o‘tib ketadigan so‘zlarimiz anchagina . Zavtrak , apteka , cheesburger , cheburek shular jumlasidandir .
O‘zbek tili eng so‘zga boy tillardan biri hisoblanadi . Nahotki xorijiy so’zlarning muqobilini topib bo‘lmaydi ? Xo’p , xorijiy so‘zlardan foydalanishni hohlar ekanmiz , lekin uni to‘g‘ri qo’llashni, to‘g‘ri yozilishini ham bilsak maqsadga muvofiq bo‘lar edi . Abdurauf Fitratning mashhur “Tilimiz” maqolasi yodimizga tushadi. Eng boy va lekin eng baxtsiz ...
Yüklə 16,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə