Toshkent axborot texnologiyalari universiteti televizion texnologiyalar fakulteti «audiovizual texnologiyalar» kafedrasi


CMS (Content Management System – Kontentlarni Boshqarish Tizimi)



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə27/33
tarix29.06.2022
ölçüsü2,04 Mb.
#90218
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti televizion texnolo (1)

CMS (Content Management System – Kontentlarni Boshqarish Tizimi) – bu maxsus web dastur bo‘lib, bir necha oddiy bosqichlardagi amaliyotlarni bajargandan so‘ng to‘la kuch bilan ishlay oladigan sayt yaratish imkoniyatini beradi. Bunday turdagi web dastur, huddi kompyuterlar uchun mo‘ljallangan dasturlar singari, bir necha bosqichlarda foydalanuvchidan sayt haqida boshlang‘ich ma’lumotlarni yig‘ib oladi va bosqichma-bosqich saytingizni avtomatik tarzda tashkil etib beradi. Dasturni o‘rnatish jarayonining nihoyasida Siz kiritgan ma’lumotlarda tayangan, o‘zingiz xohlagandek sayt avtomatik tarzda yaratiladi.
Quyida eng keng tarqalgan va bugungi kunda ko‘pchilik saytlarning asosi hisoblangan CMS dasturlarini keltirib o‘tmoqchiman. Bu yerda faqat eng ko‘p foydalaniladigan, asosiy dasturlargina keltirilgan. Sayt yaratishingiz mumkin bulardan boshqa yana ko‘plab dasturlar mavjud.
1. WordPress. Ushbu CMS asosan blog (biror shaxs, joy yoki alohida mavzuga bag‘ishlangan, tez-tez yangilab turiladigan, qisqa maqolalar va ma’lumotlar kiritib boriladigan o‘rta hajmdagi sayt) uchun mo‘ljallangan. Ammo bugungi kunga kelib bu CMS shu qadar mukammallashib ketdiki, hozirda uni hatto portal saytlar uchun ham ishlatishmoqda.
WordPress – foydalanish uchun juda oson, qulay va eng asosiysi 100% bepul bo‘lgan dastur. Uni WordPressning rasmiy sayti www.wordpress.org orqali yuklab olishingiz va foydalanishingiz mumkin. Asosiy CMS dasturdan tashqari WordPress uchun millionlab shablonlar (sayt ko‘rinishlari) va plaginlar (dastur ichida ishlovchi kichik qo‘shimchalar) yaratilgan.
Agar o‘zingiz uchun shaxsiy sahifa ochmoqchi bo‘lsangiz, sevimli qo‘shiqchingizga bag‘ishlab sayt yaratmoqchi bo‘lsangiz yoki o‘zingiz uchun qiziq bo‘lgan biror mavzuga oid maqolalaringizni butun dunyo bilan bo‘lishmoqchi bo‘lsangiz WordPressni tanlang.
2. Joomla. Bu CMS asosan katta saytlar va portallar uchun mo‘ljallangan. Ommaviyligi bo‘yicha WordPressdan keyingi o‘rinda tursa ham, ishlatish juda qulay, ishonchli va bepul CMS hisoblanadi. Dasturni rasmiy sayti www.joomla.org orqali yuklab olishingiz mumkin.
Joomla. CMS uchun ham ko‘plab shablonlar, “extension” (kengaytma, plagin)lar yaratilgan. Joomla! uchun ham saytni o‘zbek tiliga o‘tkazish imkoniyati bor. Buning uchun dasturni o‘rnatib, o‘zbek tiliga o‘girish uchun maxsus tayyorlangan kichik dasturni qo‘shishingiz kifoya!
Agar katta portal yaratmoqchi bo‘lsangiz, saytingiz foydalanuvchilari ro‘yxatdan o‘tib, saytingizda “foydalanuvchi-server” aloqasi ko‘rinishidagi murakkab amaliyotlarini bajara olishini xohlasangiz, juda keng qamrovli katta sayt yaratmoqchi bo‘lsangiz Joomla! Siz uchun eng yaxshi tanlov bo‘la oladi.

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə