Toshkent axborot texnologiyalari universiteti televizion texnologiyalar fakulteti «audiovizual texnologiyalar» kafedrasi



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə2/33
tarix29.06.2022
ölçüsü2,04 Mb.
#90218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti televizion texnolo (1)

KIRISH


Kurs ishi- o‘quv faoliyati shakillaridan biri bo‘lib u o‘qituvchi rahbarligida talaba tamonidan mustaqil bajariladi. Kurs ishi, ilmiy tadqiqot elementlarni o‘zlashtirishni talab etuvchi o‘quv-tadqiqoti faoliyatidir. Kurs ishlarini bajarish talabalarda mustaqil fikrlash, tahlil qilish va faktlarini taqqoslab ko‘rish, umumlashtirish, materialni mantiqiy bayon etish qobiliyatini shakillantirishiga qaratilgandir. Kurs ishini bajarish natijasida, talabada xususiy muammolardan biri bo‘yicha yangi sub’bektiv bilim shakillanadi.
Ishlash jarayonida talaba ongida ilmiy kuzatuvchanlik rivojlanib boradi, talaba nafaqat zarur ma’lumotni izlab topishni, balki undan to‘g‘ri foydalana bilish, undan o‘z tadqiqotiga oid foydalanishi, u yoki bu ma’lumotlarni qanday va qayerdan olinganliginu, ularning ushbu tadqiqotdagi ahamiyatini bilimdonlarcha namoyish etishini o‘rganadi.
Kurs ishi talabada mustaqil ijodiy tajriba shakillanishiga, nazariy va kasbiy tayyorgarlik darajasini yuksaltirishga, o‘quv materiallarini yaxshiroq o‘zlashtirib olishga ko‘mak beradi.
Talaba kurs ishini bajarishda, o‘zining shaxsiy kampyuterda ishlashdagi, adabiy ma’lumotlarni tahlil qilishdagi asoslarni hulosalar va takliflar kiritishdagi amaliy ko‘nikmalarni ko‘rsatib bera olishlari shart.
Kurs ishlari “Raqamli axborotga ishlov berish” fanini o‘rganish jarayonida talabalarda shakillanadigan bilim va mahoratlarni amalda qo‘llashga va mustahkamlash, chuqurlashtirish va umumlashtirishga ko‘mak beradi.
Kurs ishini tayyorlash vaqtida talaba oldida yangi ilmiy qonun-qoidalarni ochish masalasi turmaydi. Talaba mavzuni bayon etish jarayonida adabiyotdan ilmiy foydalanish, materialni bayon etish metodologiyasini tushunishini, ma’lumotni tizimlashtirish, haqiqiy materialga ishlov berish, umumlashtirish va hulosalar chiqarish, nazariyani amaliy va zamonaviy ob’yektiv voqelik bilan bog‘lay olish mahoratini ko‘rsatishi zarur.


1. KURS ISHINI TAYYORLASH BO‘YICHA TAVSIYALAR

Kurs ishining mavzusi o‘qituvchilar tamonidan taklif etiladi. Rahbar bilan kelishib olgan holda talaba taklif etilgan mavzuning shakillanishini aniqlab olishi mumkin, yoki maqsadga muvofiqligini asoslab bergan ravishda o‘zining shaxsiy mavzusini taklif etishi mumkin.


Kurs ishining o‘qituvchi tamonidan taklif etilgan mavzusi tasdiqlab olinganidan va adabiyotlar o‘rganib chiqilganidan so‘ng, tadqiqot yo‘nalishi, uning maqsad va vazifalari aniqlab olinadi. So‘ngra talaba mustaqil ravishda, tadqiqotni bajarishda foydalanilishi rejalashtirilgan qo‘shimcha ma’lumot manbalarni (kitoblar, vaqtli nashr, elektron resurslar) tanlab oladi, kurs ishining mazmuniy tarkibini ishlab chiqadi. Talaba tuzilgan adabiyotlar ro‘yhati va kurs ishi rejasini o‘qituvchi bilan kelishib olishi zarur.
Kurs ishini bajarish, nazariy materiallarni o‘rganishi, mumkin bo‘lgan yechimlarni ko‘rib chiqish va baholash, tadqiqot uslublarini tanlab olishi, yig‘ish, tahlil qilish va shaxsiy materiallarni umumlashtirish, dasturlash mahsulotini ishlab chiqarish (ta’minlash), matnni yozish, amaliy vazifani bajarish va xulosalarni shakllantirishni o‘z ichiga qamrab oladi.



Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə