96
hamda qiymatining o‗zgarishi hisobiga yuzaga keladi. Xomashyo sarfi hamda
qiymatining o‗zgarishi turli omillar hisobiga yuzaga keladi.
Tahlil davomida ushbu
omillarning ta‘siri ham o‗rganilishi kerak. SHunday qilib biz to‗qimachilik
korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishda xomashyo va asosiy
materiallar omilining ta‘sirini tahlil qilishda quyidagilarni hisobga olishimiz kerak: -
mahsulot ishlab chiqarish tannarxida xomashyo va asosiy materiallarga ketgan
xarajatlarning reja ko‗rsatkichidan farqlanishi; - xomashyo sarfi me‘yori va narxi
omillarining xomashyo va asosiy materiallarga ketgan
sarf-xarajatlarning reja
ko‗rsatkichidan farqlanishiga ta‘sirini aniqlash: - ba‘zi omillarning xomashyo sarfi
me‘yoriga ta‘sirini aniqlash; - xomashyo va asosiy materiallar qiymatining reja
ko‗rsatkichlaridan farq
qilish sabablarini aniqlash; - mahsulot ishlab chiqarish
tannarxida xomashyo va asosiy materiallarga ketgan sarf-xarajatlarni qisqartirish
ichki imkoniyatlarini aniqlash.
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish omillarini tahlil qilar ekanmiz,
mahsulot birligiga ketadigan xomashyo sarfi ulushini ham tahlil qilish maqsadga
muvofiqdir. Xomashyo sarfini 2 guruhga bo‗lish mumkin:
mahsulotga ketgan
xomashyo hamda chiqindilarga ketgan xomashyo unumli foydalanilgan xomashyoni
umumiy xomashyo sarfiga nisbati xomashyo va materiallardan foydalanish
koeffitsienti deyiladi. CHiqindilar esa qayta ishlatilsa bo‗ladigan va qayta ishlatib
bo‗lmaydigan chiqindilarga bo‗linadi (1-jadval).
Dostları ilə paylaş: